Mavzu: Musiqa ta’limi asosida komil inson ta’limi va tarbiyasi



Download 3,04 Mb.
bet1/5
Sana07.07.2022
Hajmi3,04 Mb.
#754121
  1   2   3   4   5
Bog'liq
fan ijtimoiy ....

MAVZU: FAN IJTIMOIY-MADANIY HODISA


MAGISTRATURA BO’LIMI MUSIQA TA’LIMI VA SAN’AT YO’NALISHI
I-KURS MAGISTRANTI
KENJAYEV KOMIL
“ilmiy tadqiqot metadologiyasi “ fanidan
mustaqil TA’LIM UCHUN
TAYYORLAGAN
TAQDIMOTI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA INSTITUTI

Mavzu : FAN IJTIMOIY-MADANIY HODISA reja : 1. Fan tushunchasining tahlili 2. Fan tarixiga oid yondashuvlar 3. Fanning funksiyalari 4. Fan taraqqiyotining asosiy bosqichlari

Fan tushunchasining ma’nosi. Fan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida insoniyatning kundalik ehtiyojlariga javob sifatida paydo bo ‘Idi. Ko‘p sonli ta’riflarga ko‘ra fan bilim, faoliyat va ijtimoiy hodisa sifatida ,namoyon bo‘ladi. Bilim sifatida fan atrof-borliq narsalari va jarayonlarini amalda aniq, izchil va tadrijiy bilishga qaratilgan. Faoliyat sifatida fan maqsadlarni belgilash, qarorlar qabul qilish, yo'l tanlash, o ‘z manfaatlarini ko ’zlash, mas’uliyatni tan olish maydonida amal qiladi. V.I.Vemadskiy fanning aynan faoliyat sifatidagi talqinini alohida qayd etgan edi: «Fanning mazmuni ilmiy nazariyalar,gipotezalar, modeller bo‘lib, u yaratuvchi dunyoning manzarasi bilan cheklanmaydi, uning negizi asosan ilmiy omillar va ulaming empiric xulosalaridan tashkil topadi, tirik odamlarning ilmiy ishi uning asosiyjonli mazmunini tashkil etadi».


Faoliyat stfatidagl fan obyektivlik, aniqlik, haqiqiylik mezonlariga javob beruvchi blllmlar tizimi sifatida amal qiluvchi ilmiy bilim о ‘ziga erkinlik hududini ta 'mtnlashga, majkuraviy va siyosiy yo ‘nalishlarga nisbatan betarqf bo 'lishga harakat qiladi. Olimlar o‘z umrini baxshida etuvchi haqiqat yo'lidagi izlanishlar hamma narsadan ustun turadi, fanning bosh omili va asosiy boyligi hisoblanadi.
Ijtimoiy institut yoki ijtimoiy ong shakli sifatidagi fan ilmiy tashkilotlar, ilmiy hamjamiyat a ’zolari о ‘rtasidagi o'zaro aloqalar tizimini, m e’yorlar va qadriyatlar tizimini tashkil etadi. Biroq o‘n minglab va hatto yuz minglab odamlar o‘z kasbini topgan institute sifatidagi fan yaqin o‘tmishdagi rivojlanish mahsulidir. Zotan, faqat XXasrga kelib olim kasbi o‘z ahamiyatiga ko‘ra ruhoniy va qonunchi kasbi bilan tenglashdi.
J.Bernal fan tushunchasiga amalda ta’rif berish mumkin emasligini qayd etib, fanning mohiyatiga yaqinlashish imkonini beruvchi yo‘llarni belgilaydi. Uning fikricha fan: 1) institut; 2) metod; 3) ilmiy an’analaming shakllanishi; 4) ishlab chiqarishning rivojlanish omili; 5) e’tiqodlar va insonning dunyoga munosabatini shakllantiruvchi eng kuchli omil sifatida namoyon bo‘ladi1. «Etimologik lug‘at»da fanga «tabiiy hodisalami kuzatish, tasniflash, tavsiflash, tajribada sinash va nazariy tushuntirish taomillarini ko‘rsatish vositasi» deb ta’rif berilgan. Bu ta’rif asosan amaliy xususiyat kasb etadi.
Shunday qilib, fan bilan faqat dalillar majmuini qayd etish va ulami tavsiflashni bog1 lash mumkin emas. Biz narsalar va hodisalami tushuntirish va ulami taxmin qilish tamoyillarini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan taqdirdagina to‘laqonli fanga ega bo‘lamiz. Ko‘pgina olimlar ma’lum tamoyillar, soddalik mavjud bo‘lmasa, fan ham mavjud bo‘lmaydi, deb hisoblaydilar. Bu bahsli fikr. Chunki farming yetukligi nafaqat soddalik va aniqlik, balki teran nazariy, konseptual daraja bilan ham belgilanadi. Agar inson mushohada yuritishni emas, balki unga barcha dalillar taqdim etilishini xohlayotgan bo‘lsa, u fanning dastlabki bosqichida emas, balki bu bosqichning nuqtai nazarida turgan bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda fan avvalo, ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Bu fan jamiyatda amal qiluvchi rang-barang kuchlar va ta’sirlarga bog‘liq ekanligi, ijtimoiy kontekstda o‘z ustuvor vazifalarini belgilashi, murosai madoraga moyilligi va o‘zi ham jamiyat hayotini sezilarli darajada belgilashini anglatadi. Shu tariqa ikki xil munosabat qayd etiladi: fan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida insoniyatning dunyo haqida haqiqiy, aniq bilim olish va yaratishga bo'lgan muayyan ehtiyojiga javob tariqasida yuzaga kelgan va o ’z mavjudlik jarayonida jamiyat hayotining barcha jabhalari rivojlanishiga ancha kuchli ta ’sir ко ‘rsatadi.
Fanga ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida qaralishi shu bilan izohlanadiki, uning asoslarini o‘rganish to‘g‘risida so‘z yuritilgan taqdirda bugungi kunda biz fan deb ataydigan hodisaning chegarasi «madaniyat» chegarasigacha kengayadi. Boshqa tomondan, fan o‘zining dastlabki - faoliyat va texnologiya sifatidagi talqinida madaniyatning birdan-bir barqaror va «haqiqiy» poydevori roliga da’vogar bo‘ladi.Ijtimoiylik munosabatlarining o‘zi odamlaming odamlar xususidagi munosabatlari va odamlaming narsalar xususidagi unosabatlari sifatida tushuniladi. Bundan fan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida insoniy munosabatlaming barcha jabhalariga kirib boradi, u odamlar o‘rtasidagi munosabatlaming asosiy negizlaridan ham, narsalami ishlab chiqarish,ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish bilan bog‘liq barcha faoliyatshakllaridan ham o‘rin oladi, degan xulosa kelib chiqadi. Hozirgi texnokratik asr qonuni shunday yangraydi: «Hamma narsa ilmiy, ilmiy asoslangan va ilmiy tekshirilgan boiishi lozim».

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish