Mavzu: Mustaqil so`zlar va ularning shakllari. Fe’l. Reja



Download 131,62 Kb.
bet16/17
Sana14.02.2022
Hajmi131,62 Kb.
#447719
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
5-MA&



Demak, kelasi zamon shakllari nutq paytidan so‘ng bajariladigan harakatni bildiradi va bunda gumon, istak, ta`kid, qat`iylik ma`nolari yuzaga chiqadi. Kelasi zamon ma`nosini ifodalash bilan aloqador shakllarning barchasi (-r, (-ar), -gay, -moqchi, -gum zamon qo‘shimchalari, buyruq va shart mayllari shakllari) edi to‘liqsiz fe`li bilan birikkanda armon-ushalmagan orzu, reja, tilak, imkoniyat ma`nolarini ifodalaydi: Men sizga uylanmoqchi edim. (O.Y.)


Ot-kesimli gaplarda ham zamon shakllari ifodalanadi, bunda bo‘lmoq bog`lamasi va edi to‘liqsiz fe`li keng ishlatiladi. -a (-y) qo‘shimchali hozirgi- kelasi zamon fe`li bilan bog`lama vazifasida kelgan bo‘lmoq fe`li ham hozirgi va kelasi zamon ma`nolariga ega bo‘ladi. -a,-y zamon shakli kelasi zamon ma'nosini ifodalaganda bog‘lama zarur bo‘ladi: ... Kelar yili tuqqaning, o‘zingga yo‘ldosh bo‘lur (Qo‘shiqdan). Hozirgi zamon ma'nosida kelganda tushib qolishi, shaxs-son qo‘shimchalari esa ot-kesimga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shilishi mumkin: Men shogird bo‘ldim  Men shogirdman; Sen shifokor bo‘lding  Sen shifokorsan. Ot-kesim hozirgi-kelasi zamonning III shaxsida -dir qo‘shimchasini olishi mumkin: Bahor go‘zaldir; Samarqand qadimiy shahardir. Gapning egasi va kesimi ot turkumiga mansub bo‘lsa, kesim tarkibida -dir bog‘lamasi bo‘lmasa, u holda ega bilan kesim orasida tire () qo‘yiladi: Akam shifokor; Onam to‘quvchi. Agar ega va kesimdan biri boshqa so‘z turkumiga mansub bo‘lsa, tire qo‘yilmaydi: Bahor go‘zal; Men shifokor kabi.
To‘liqsiz fe`lning ekan, emish shakllari gap kesimiga gumon, taxmin, kutilmaganlik, eshitilganlik kabi ma'nolarni yuzaga chiqaradi. Ot-kesimli gaplarda bular bog‘lama vazifasini o‘taydi va o‘tgan zamon ma'nosini ifodalaydi: Aytgan gaplari yolg‘on ekan; Dadam kasal emish.
Buyruq - istak va shart mayllaridagi fe'llar hamisha nutq momentidan keyin sodir bo‘ladigan, ya'ni ideal harakatlarni ifodalaydi. Shu xususiyati bilan ular aniqlik (xabar) maylidan farq qiladi, chunki xabar mayli ham real (nutq momentidan oldin va nutq momentida bo‘lgan), ham ideal (nutq momentidan
keyin bo‘ladigan) harakatlarni ifodalay oladi. Bu ular orasidagi birinchi farqdir. Ikknchi farq shundaki, buyruq-istak va shart mayllari hamisha modal ma'nolarga ega bo‘lib, ularda zamon shakllari yo‘q. Xabar mayli esa modal ma'nolarga nisbatan neytral bo‘lb, keng taraqqiy etgan zamonlar sistemasiga ega.
Buyruq-istak mayli bilan shart mayli orasidagi farq shundaki, birinchisi hamma vaqt ideal harakatga qo‘zg‘atishni ifodalaydi, ikkinchisi esa harakatga qo‘zg‘atish ma'nosiga ega bo‘lishi ham, ega bo‘lmasligi ham mumkin: Ertaga ertalab ishga chiqmanglar (S. A.). Agar xabar kelsa, komandirovkaga borasiz-da (P.Qodirov). Qani endi gap uqtirib bo‘lsa!… (A. Qahhor) Ushbu gaplarning birinchisi va uchinchisida ideal harakatga qo‘zg‘atish ma'nosi, ikkinchisida esa qo‘zg‘atish ma'nosiga ega bo‘lmaslik belgisi mavjud.
Buyruq-istak mayli shakllari va ular ma'nosini quyidagi chizmada umumlashtirish mumkin:



Birlik







I shaxs

Ishlay / boray

Istak ma'nosi

II shaxs

Ishla /bor
Ishlagin /borgin

Harakatga qo‘zg‘atish ma'nosi (buyruq, maslahat, iltimos)

III shaxs

Ishlasin /borsin

Orzu-istak, maqsad ma'nosi

Ko‘plik







I shaxs

Ishlaylik/boraylik

Ish-harakatni bajarishga undash, bajarishga b'olgan maqsad, istak ma'nosi

II shaxs

Ishlang/boring ishlanglar/boringlar
Ishlangiz /boringiz

Hurmat ma'nosi, ko‘plik ma'no bo‘yog‘i, ko‘tarinkilik, hurmat, kitobiylik ma'nolari

III shaxs

Ishlasin /borsin
ishlasinlar /borsinlar

Orzu-istak, qat'iy buyruq, maqsad ma'nolari

Fe'l o‘zak yoki asosga qo‘shilib kelgan-sa qo‘shimchasi shart mayli shaklini yasaydi. -sa qo‘shimchasi fe'lda so‘z yasovchisi yoki nisbat, bo‘lishsizlik qo‘shimchalari bo‘lsa, shu qo‘shimchalardan keyin keladi: qurdirmasang, ishlasangiz kabi. Shart mayli shakllarining modal ma'nosi shart (Agar odam bo‘lay desang, ishda oqla o‘zingni (U)), istak (Koshki edi o‘sha yerga men ham uchsam), iltimos/maslahat (Menga ham so‘z bersangiz), hayratlanish (Nahotki Ilhom ham kelmagan bo‘lsa?), to‘siqsizlik (Tilim kelishmasa ham, dilim kelishadi(A. Q.)), faraz, gumon ( U bugun kelmasa kerak), imkoniyat, zaruriyat (Bugun o‘qishga bormasam bo‘lmaydi), qiyoslash, chog‘ishtirish (To‘y qandoq xursandchilik bilan boshlangan bo‘lsa, shundoq tugadi (A. Q.)) kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Qo‘shma gaplar tarkibida shart mayli shakli asosan, shart va payt ma'nolari bilan qo‘llaniladi. Lekin qani endi, koshki, yaxshi bo‘lardi, zora kabi tilak -istak ifodalovchi so‘z va birikmalar bilan birga kelgan hollarda shart mayli mustaqil sodda gapning kesimi bo‘lib kela oladi va tilak-istak ma'nolarini ifodalaydi: Qani endi murodiga yetsa.


Yuqoridagilardan shunday xulosaga kelish mumkin: Nutq momenti shunday real harakatlarni ideal harakatlardan ajratib turadi. Ideal harakatlar so‘zlovchi uchun hamisha qorong‘i bo‘lganligi uchun ular hamma vaqt modal ma'nolar ifodalaydi. Buyruq - istak, shart-istak barcha kelasi zamon shakllari uchun ma'no umumiyligi shundan iboratki, ular hamisha ideal harakatlarni ifodalab, modal ma'no xususiyatlariga ega bo‘ladi. Shu xususiyati asosida ba'zan bu shakllardan biri ikkinchisi o‘rnida qo‘llanila oladi: Ukam o‘qisin (o‘qisa, o‘qigay) deb bu kitobni oldim. Ideal harakatlarni ifodalovchi barcha shakllarga edi (erdi) to‘liqsiz fe'li qo‘shilganda o‘tgan zamondagi modallik irreal (bo‘lishsiz shaklda sodir bo‘lgan) harakatni ifodalaydi: kelsaydim, kelgaydim, kelardim kabi [2, 31-34;].
Bir zamon shaklining boshqa zamon shakliga xos ma'noda qo‘llanishi zamon shakllarida omonimiya va sinonimiya shakli nutqimizda ma'lum uslub talabi bilan bo‘ladi. Harakatning qaysi zamonga oidligi esa umumiy holatdan sezilib turadi:
1.-di qo‘shimchasi yordamida yasaladigan shakl kelasi zamon va hozirgi zamon ma'nolarida qo‘llanadi: Hozir qorong‘ida qayoqqa bordigu, nimayam qildik.
2.-di shakli -gan shakl o‘rnida ko‘p qo‘llanadi: A.Navoiy 1447 yilda tug‘ildi/ tug‘ilgan.
3.-gan shakli ba'zan hozirgi zamon ma'nosida qo‘llanadi: Ayrimlari imtihondan o‘tgan, ba'zilari esa e`lonlar taxtasi yonida.
4.-yap shakli kelasi zamonga oid harakatni ifodalaydi va bu, asosan, ket, bor, yubor boshla kabi fe'llar doirasida uchraydi: Ertaga urushga ketyapman, uka. (O.Y.)
5.-yotib shakli o‘tgan zamonga oid harakatni ifodalaydi: Tunov kun opamni ko‘raman deb kelayotibdi.
6.-yapti va -di shakllarining zamon xususiyatida ham yaqinlik bor: Hozir soat o‘ndan oshyapti. -Hozir soat o‘ndan oshdi. Shunga o‘xshash zamon shakllari orasida shakldoshlik va manodoshlik holatlari nutqda keng qo‘llaniladi.
Qisqasi, turkiy tillarda mayl va zamon kategoriyalari o‘zaro uzviy bog‘langan bo‘lib, harakatning obyektiv borliqqa munosabati (uning real yoki ideal e'kanligi) aniq ko‘rsatilgan (ya'ni faqat ideal harakatlarni ifodalaydigan) mayllarda harakatning nutq momentiga munosabati, ya'ni zamon ma'nosi qorong‘ilashtiriladi (buyruq-istak, shart-istak mayllarida); harakatning obyektiv borliqqa munosabati aniq ko‘rsatilmagan (ya'ni ham real, ham ideal harakatlarni ifodalay oladigan) aniqlik maylida keng taraqqiy e'tgan zamonlar sistemasi yozaga chiqadi.

Download 131,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish