Mavzu: Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar



Download 499,5 Kb.
bet19/29
Sana31.05.2022
Hajmi499,5 Kb.
#622565
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Bog'liq
Mavzu Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga o

Mavzu: OAV fuqarolik jamiyati instituti sifatida

Reja:



  1. Kirish.

  2. Konstitutsiyaviylik va qonuniylik – ommaviy axborot vositalarining bosh mezoni.

  3. Ommaviy axborot vositalarining huquqiy asoslari.

  4. Ommaviy axborot vositalarining fuqarolik jamiyatini yuksaltirishdagi o`rni.

  5. Xulosa.

  6. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.


KIRISH
“O`zbekistonda demokratik yangilanishlar jarayonini chuqurlashtirish va fuqarolarning erkinliklarini ta`minlashning g’oyat muhim sharti – bu ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun andozalarni joriy etish bo`yicha aniq choralarni amalga oshirishdir.” Islom Karimov.
R espublikamiz Konstitutsiyasida mustaqillik sharofati tufayli so`z, matbuot va fikr erkinligini ta`minlashga qaratilgan muhim qoidalar mustahkamlab qo`yildi. Ushbu konstitutsiyaviy qoidalarni ikki guruhga bo`lib tasniflash mumkin.



  • Birinchi guruh – fikr yuritish va so`z erkinligini inson va fuqaroning daxlsiz hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo`yishga hech kim haqli bo`lmagan shaxsiy huquq va erkinliklari sifatida qaror toptiruvchi konstitutsiyaviy qoidalar.
  • Konstitutsiyaning 29-moddasida qayd etilganidek, har kim fikrlash, so`z va e`tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o`zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitusiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo`lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin.




  • Ikkinchi guruh – insonning fikrlash, so`z va matbuot erkinligini to`g’ridan-to`g’ri ta`minlashga qaratilgan fuqarolik jamiyatini alohida instituti – ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi huquqiy maqomi belgilab qo`yilgan konstitutsiyaviy qoidalardan iboratdir..
  • Konstitutsiyaning 67-moddasi bunga misol bo`la oladi. Unda qayd etilganidek: “Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to`g’riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Cenzuraga yo`l qo`yilmaydi”. Bunday qoida ilgari O`zbekistonning birorta konstitutsiyasida, hattoki sobiq ittifoq konstitutsiyasida ham qayd etilmagan.




Bugungi kunda ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi o`rnini yuksaltirish, matbuot, televidenie, radio faoliyatini yanada liberallashtirish, ularning mustaqilligi va erkinligini amalda ta`minlash masalalari hayotimizni isloh qilish va yangilash borasida oldimizga qo`ygan ustuvor vazifalardan biri etib belgilab qo`yilgan.
Respublikamizda ommaviy axborot vositalari erkinligi – konstitutsiyaviy tamoyillardan biri sifatida tan olindi. Shunga amal qilingan holda ish olib borilmoqda.
Ommaviy axborot vositasi – sodir bo`layotgan voqea-hodisalar haqidagi barcha ma`lumotlarni to`plab, qayta ishlovchi va ularni yangilik-axborot sifatida ommaga etkazib turuvchi muassasadir. Buni ba`zan ommaviy axborot kommunikatsiyalari ham deb ataydilar.
O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki davridanoq ommaviy axborot vositalarini tom ma`noda “to`rtinchi hokimiyat” darajasiga ko`tarish borasida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan uzviy islohotlar bugun ham mustahkamlanib borilmoqda.




Bugungi kunda o`zida matbuot, radio va televidenie xususiyatlari hamda imkoniyatlarini mujassamlashtirgan, axborot etkazib berish darajasi bo`yicha tezkorlikda va ko`lamdorlikda mukammal bo`lgan Internet ayniqsa shiddat bilan hayotimizga kirib keldi.
Bugun O‘zbekistonda Internetdan foydalanuvchilar umumiy soni 13 million kishidan oshdi. Respublika hududida ro`yxatga olingan saytlar esa 150 mingdan ortdi. Mamlakatda Internet xizmatlari va ma’lumotlar uzatish tarmoqlari provayderlari soni 921 tani tashkil qiladi, global tarmoqdan ommaviy foydalanish punktlari umumiy soni 963 taga yetdi.
O`zbekiston milliy qonunchiligida Internet ommaviy axborot vositasi turi sifatida alohida tilga olinmaganligini ham eslatish o`rinlidir. “Ommaviy axborot vositalari to`g’risida”gi qonunning 1-moddasida qayd etilganidek, “Gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, axborot agentliklari, televidenie (kabelli, efir-kabelli televidenie) va radioeshittirishlar, hujjatli kino, elektron axborot tizimi, shuningdek, doimiy nomga ega bo`lgan, davlat tasarrufidagi, mustaqil va boshqa ommaviy davriy nashrlar ommaviy axborot vositalaridir”.
Hozirgi yurtimizdagi ommaviy axborot vositalarini davlat va nodavlat, shuningdek mahalliy ommaviy axborot vositalari sifatida farqlash mumkin.
1. Davlat ommaviy axborot vositalari - davlat tomonidan ta`sis etilgan yoki muayyan davlat ulushi va davlat byudjetidan ajratiladigan mablag’lar hisobidan faoliyat ko`rsatayotgan ommaviy axborot vositalaridir.
2. Nodavlat ommaviy axborot vositalari sirasiga esa nodavlat tashkilotlar, jamoat birlashmalari, xususiy shaxslar tomonidan ta`sis etilgan va ularning mablag’lari hisobidan faoliyat ko`rsatayotgan ommaviy axborot vositalari kiradi.
3. Mahalliy ommaviy axborot vositalari-mahalliy hokimiyat vakillik organlari tomonidan ta`sis etilgan yoki ularning ulushi bo`lgan va mahalliy byudjetdan ajratiladigan mablag’lar hisobidan faoliyat ko`rsatayotgan ommaviy axborot vositalari, demakdir
Fuqarolik jamiyati institutini mustahkamlash va rivojlantirish, OAVlarni rivojlantirish bo’yicha bir talay ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda O’zbеkistonda 8250 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilot, 870 dan ortiq gazеta va jurnallar 100 ga yaqin davlat va nodavlat tеlеradiostantsiyasi faoliyat ko’rsatmoqda. Rеspublikamizda faoliyat yuritayotgan OAVlar soni 2016 yilga kеlib 1200 tani tashkil etdi. Xususan, ularning 600 dan ziyodi viloyatlarda faoliyat ko’rsatmoqda.
2010 yil 12 noyabrda Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi” nomli ma’ruzasida ta’kidlaganidek, mamlakatimizda o‘tgan yillar davomida ommaviy axborot vositalarini liberallashtirish, so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan demokratik talab va standartlarga to‘la mos keladigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. Fuqarolik jamiyatining muhim tarkibiy instituti sifatida ommaviy axborot vositalarining mavqeini belgilashda, ularning davlat hokimiyati organlari bilan munosabatlari qaysi yo‘nalishlar asosida amalga oshirilishini aniqlab olish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda ushbu munosabatlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yuzaga kelayotganligini ko‘rsatib o‘tish mumkin:

1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish