Mavzu: mutaxassis fanlarni o`qitishda nazorat va o`z-o`zini nazorat metodlari reja



Download 94,63 Kb.
bet1/4
Sana14.04.2022
Hajmi94,63 Kb.
#550583
  1   2   3   4

MAVZU: MUTAXASSIS FANLARNI O`QITISHDA NAZORAT VA O`Z-O`ZINI NAZORAT METODLARI


Reja

  1. Bilimlarni o’zlashtirish nazorati

  2. Nazorat funksiyalari

  3. Назорат турлари ва баҳолаш мезонлари

  4. Талабалар билимини баҳолаш ва натижаларини қайд қилиш


Mutaxassislik darslarida talabalar bilimini baholashning interaktiv texnologiyalaridan foydalanish oliy ta’lim tizimini axborotlashtirish talablariga muvofiq quyidagilarni ta’minlaydi:
- o’qitishning shaxsga yo’naltirilganligi;
- ma’lumotlar bazasini ilmiy va kasbiy talablarga muvofiq interfaol egallashga erishish;
- talabalarni intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
- talabalarning mustaqil o’quv faoliyatiga, o’zaro bilimlarni o’rtoqlashish va hamkorlikka intilishlarini orttirish;
- interaktiv texnologiyalarning zamonaviy imkoniyatlari yordamida talaba faoliyati motivatsiyasini orttirish;
- talabalar bilimini avtomatlashgan tizimi orqali baholashning axborot muhitini yaratish;
- talabalar bilimini baholashda vaqt sarfini kamaytirish, bilim berish imkoniyatini kengaytirish;
- talabalar bilimini ob’ektiv baholash va h.k
Oliy ta’lim talablariga muvofiq talabalar baholash vositalari, usullari, turlari va shakllarini mustaqil ishlab chiqish zarur. Bilimlarni nazorat qilish usullarini tanlash baholash maqsadi, mazmuni hamda ta’lim muassasasining mazkur usuldan foydalanish imkoniyatlariga, resurslariga muvofiq bo’ladi. Murakkab nazariy savollarni tekshirish asosan individual so’rov (seminar, kollokvium) tarzida amalga oshiriladi. Frontal og’zaki so’rov hajmi ko’p, lekin murakkab bo’lmagan mazmunga boy o’quv materiallarini o’rganishda rejalashtiriladi.
NATIJALAR
Bilimlarni o’zlashtirish nazorati:
− an’anaviy yoki innovatsion (reyting, portfolio, keys-o’lchov, esse va
h.k.) bo’lishi mumkin;
− individual, guruhli;
− yozma, og’zaki, dasturiy vositalardan foydalanish yoki ijodiy ishni himoya qilish ko’rinishida va h.k.
Bilimlarni nazorat qilishning an’anaviy shakllaridan: suhbat, kollokvium, sinov (zachyot), imtixon (sohalar bo’yicha, modul bo’yicha, yakuniy davlat attestatsiyasi), test, nazorat ishi, hisobot (amaliyot hisoboti, talabalarning ilmiy-tadqiqot yuzasidan hisoboti va sh.k.), kurs ishi, bitiruvmalakaviy ish keng tarqalgan. Nazoratning an’anaviy shakllari, turlari va
uslublarida asosan bilimlarni o’zlashtirishni nazorat qilishga yo’naltirilgan
bo’ladi va har doim davlat malaka talablarida ko’zda tutilgan
kompetensiyalarni shakllantirish nazoratini modernizatsiyalash va o’tkazishga xizmat qilmaydi. Nazoratni innovatsion texnologiyalari va baholash vositalariga: portfolio, keys-texnologiyalar, vaziyatli topshiriqlar, imitatsion treninglar, kichik-loyiha, kompyuterli simulyatsiya, sahnalashtirish, guruhlarda kurs loyihalarini bajarish, ishbop va rolli o’yinlar kiritiladi Zamonaviy bosqichda nazoratning tashhislash funksiyasi talabalar o’quv faoliyatini boshqarish, shaxsiy qobiliyati darajasiga muvofiq o’quv faoliyatini bajarishga tayyorgarligiga yo’naltiriladi. Rivojlantiruvchi va tarbiyalash funksiyasi talabalarning shaxsiy xususiyatlariga hamda kelgusi kasbiy faoliyat sohasining o’ziga xos xususiyatiga yo’naltiriladi.
Nazoratning yangi kompetentli yondashuv nuqtai nazaridan o’ziga xosligi:
- kompetensiyalar tasnifi: universal. metapredmetli (ko`p predmetli])va xususiy, fanga oid;
- kasbiy ehtiyoj, masalan, ish beruvchilar potensiali ortishi;
- kompetensiyalar shakllanganligi monitoringi olib borish;
- har bir talabaning sub’ektiv, shaxsiy ehtiyoji;
- ta’lim texnologiyalari bilan aloqasi;
- ta’lim mahsulotlari iste’molchilari va ta’lim jarayoni ochiqligi, shaffofligi;
- o’z-o’zini nazorat qilish va tashhislash sharoitlari, auditoriya makonidan “chiqish” chegarasi.
Ta’lim oluvchilar ta’limi sifati yakuniy natijaga ta’sir etuvchi eng asosiy va muhim ko’rsatkich hisoblanadi. CHunki ta’lim jarayoni markazida aynan ta’lim oluvchilar turadi. Ta’lim sifatini oshirish bir qancha mezonlarga bog’liq bo’lib, talabalar bilimini nazorat qilish va baholash shulardan biridir. Baholash tizimini oqilona tashkil etish, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammo va kamchiliklarning oldini olish, bartaraf etish, ushbu jarayonning samaradorligini oshirish, ya’ni har bir talabaning mavjud fan yuzasidan belgilangan talab asosida o’zlashtirganini qayd etish yoki o’z ustida ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish oliy ta’lim tizimining uslubiy ahamiyatga ega bo’lgan vazifalaridan biri hisoblanadi,

Download 94,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish