Mavzu: nafas a’zolarining tuzilishi. Maruza rejasi: Burun bo‘shlig‘i va uning tog‘aylari



Download 23,96 Kb.
bet3/3
Sana22.01.2022
Hajmi23,96 Kb.
#401478
1   2   3
Bog'liq
Nafas a’zolarining tuzilishi

O‘pka pallalari ma’lum darajada ayrim va bir-biridan xolis bo‘lgan o‘pkaning anatomik qismi bo‘lib, har biri xususiy bronx va qon tomir nerv kompleksiga ega.

O‘pkaning har bir segmenti o‘ziga hos bronx bilan bir qatorda xususiy qon tomir va nerv kompleksiga ega.



Segment - bu o‘pkaning o‘z xususiy qon tomirlari nerv tolalari va bronxiga ega bo‘lgan qismidir. Har bir segment boshqalaridan farqlansada , lekin ularning tuzilishilda umumiylik bor: ular barchasining shakli konussimon bo‘lib, konusning uchi o‘pka ildizi tomon yo‘nalgan va keng asosi vistseral plevra bilan qoplangan.

O‘pkaning morfologik va funktsional birligi - atsinusdir. Atsinus tarkibiga terminal va alveolyar bronxiolalar va alveolalar kiradi. Alveolar sharsimon shaklga ega bo‘lib, ichki yuzasi ikki turdagi hujayralar nafas alveolotsitlari (skvamoz) va katta (granulyar) alveolotsitlar bilan qoplangan. Nafas alveolotsitlar ko‘pchiligini tashkil etadi va 97.5% alveolalar yuzasini qoplaydilar. Bu hujayralar nihoyatda yassi va qalinligi 0.1-0.2 mkm tashkil etadi, faqat yadrosi joylashgan yerda qalinlashgan bo‘ladi. Yassi hujayralarning chegaralari o‘zaro zich bo‘lib, ular bazal membrana ustida joylashgan. Nafas alveolotsitlarni nihoyatda yupqa bo‘lishi, ularni asosiy funksiyasi bo‘lmish gaz almashinishiga kulay sharoit yaratadi. Katta alveolotsitlar yirik hujayralar bo‘lib, ikki donadan un donagacha sferik shakldagi osmiofil plastinkasimon tanachalarga ega. Zamonaviy nazariyalarga ko‘ra katta alveolotsitlar lipoproteid tabiatga ega bo‘lgan, va xudayralarning alveolaga qaragan yuzasini qoplab turadigan surfaktant degan moddani ishlab chiqaradilar. Katta alveolotsitlar bazal membrana ustida joylashadilar va o‘zga turdagi hujayralar bilan zich joylashadilar Bundan tashqari katta alveolotsitlar alveolalarning ichki yuzasini qoplab turgan boshqa hujayralarning hosil bo‘lishi uchun manba hisoblanadi. Har bir alveola kapillyar tomirlar turi bilan o‘ralgan. Alveola devori, bazal membrana va kapillyar tomirlar devori orqali gazlar almashinadi - havodan qonga kislorod, qondan alveolaga esa karbonat angidrid va suv buglari o‘tadi. O‘pkalardagi alveolalarni soni 600-700 millionga yetadi, ularning yuzasi esa 40-120 m2 ga teng deb hisoblanadi. Jismoniy ish ta’sirida alveola devorlari cho‘ziladi va nafas olish yuzasi ancha oshadi.

Har qaysi o‘pka plevra deb ataladigan seroz parda bilan o‘ralgan. Plevra ikki varaqdan - ichki (vistseral) va devor (parietal) varaqlardan iborat. Ichki yoki vistseral varag‘i darvoza sohasidan tashqaridan butun o‘pkani o‘rab turadi. Devor yoki parietal varag‘i esa ko‘krak bo‘shlig‘i devorini qoplab oladi. Ichki va devor varaqlar o‘rtasida yoriqsimon plevra bo‘shlig‘i bo‘ladi. Bu bo‘shliq ichida plevra varaqlarini namlab turadigan bir oz miqdorda seroz suyuqligi joylashgan. Seroz suyuqligi nafas olishda o‘pka harakatlarini yengillashtiradi. Plevra biriktiruvchi to‘qimali plastinka bo‘lib, ustidan mezoteliy bilan qoplangan. Parietal plevrada joylashuviga ko‘ra qovurg‘a, mediastinal va diafragmal qismlari farqlanadi. Qovurg‘a plevrasi qovurg‘alar yuzasini va qovurg‘a-aro bo‘shliqlarni qoplaydi. To‘sh suyagi ni old tomonidan, umurtqa pog‘onasining orqa tomonidan qovurg‘a plevrasi mediastinal qismi bilan tutashadi. Mediastinal plevrasi perikard ustini qoplaydi va o‘pka ildizi sohasida o‘pkaning vistseral plevrasiga o‘tib ketadi. Pastda qovurg‘a va mediastinal plevralar diafragmal plevraga o‘tib ketadi. Faqat diafragmani markaziy qismlariga o‘ta olmaydi, chunki bu yerda perikard diafragmaga yopishgan bo‘ladi. Qovurg‘a plevrasi diafragmal va mediastinal plevralarga o‘tish sohalarda o‘pka cho‘ntaklarini yoki sinuslarini hosil qiladi. Bu sinuslar o‘pkalar uchun qo‘shimcha bo‘shliqlar bo‘lib, nafas olish va nafas chiqarishda o‘pkalar xajmini kengayishini ta’minlaydi.

Ikkala plevral xaltachalari o‘rtasida joylashgan a’zolarni kompleksiga ko‘krak kuks oralig‘i deb ataladi. Kuks oralig‘i old tomondan to‘sh suyagi , orqadan umurtqa pog‘onasining ko‘krak qismi, ostki tomondan diafragma, yuqoridan ko‘krak qafasining yuqorigi aperturasi bilan chegaralangan. Ko‘krak kuks oralig‘i oldingi va orqa qismlarga bo‘linadi. Ikki qismni ajratib turuvchi chegara kekirdak va bronxlar hisoblanadi. Ko‘krak kuks oralig‘ining oldingi qismida yurak, o‘pkalar, ayrisimon bezlar, aorta yoyi, o‘pka stvoli va diafragma nervi tashkil etadi.

Ko‘krak kuks oralig‘ining orqa qismida umurtqa pog‘onasi, qizilo‘ngach, ko‘krak aortasi, adashgan nerv, toq vena va yarim toq vena, ko‘krak limfa yo‘li, simpatik nerv stvoli joylashgan.

Nazorat savollari

1. Nafas olish sistemasi organlarini sanang.

2. Burun va hiqildoq tuzilishi va funksiyasini to‘sho‘tiring.

3. Kekirdakning tog‘ayli va muskulli halqalarini tushuntiring.



4. Bronxlarning shoxlanishi va tuzilmalarini tushuntirib bering.

5. Plevra pardasi va o‘pkaning joylashishi va funksiyasini ayting.
Download 23,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish