Mavzu. Neft va tabiy gaz xomashiyolarini qayta ishlashda oksidlash jarayonlari. Reja



Download 0,92 Mb.
bet7/14
Sana01.01.2022
Hajmi0,92 Mb.
#302646
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Barno kurs

4. Dizel fraksiyasi. (180-350 0S). Uni gazoyl deb ataladi. Undan dizel dvigatellari teplovoz, suv kemalari uchun yoqilg’i olinadi.
5. Mazut fraksiyasi. (3500S dan yuqorida). Uni termik krekinglab, qo’shimcha miqdorda yoqilg’i va moylar olish mumkin.
Gudron fraksiyasi. (500°S dan yuqorida). Bu fraksiya juda yopishqoq bo’lib, 30-40°S da qotadi. Koks bitum va boshqa yopishqoq materiallar olish uchun ishlatiladi.

Neftni qayta ishlashda gidrogenizatsion jarayonlar
Katalizator ishtirokida va vodorod muhitida yuqori harorat va bosimda sodir bo’ladigan neft хom ashyosining qayta ishlash jarayonlari gidrogenizasion yoki termogidrokatalitik deb ataladi. Gidrogenizasion jarayonlarida vodorodning roli benzinning riformingi va yengil uglevodorodlarning izomerlanishi bilan solishtirganda bu jarayonlarning muhim farq qiluvchi хossasi bo’lib hisoblanadi. Agar riforming va izomerlanish holida vodorodning roli katalizatorda koks hosil bo’lishini kamaytirish bo’lsa, gidrogenizasion jarayonlarida esa vodorod to’yinmagan, naften, aromatik hamda geteroatomli birikmalarning asosiy gidrogenlash reaksiyalarida ishtirok etadi. Teхnik adabiyotda “gidrogenizasion” atamasi turli jarayonlar uchun qo’llaniladi. Bu gidrotozalash, gidroboyitish, gidrooltingugurtsiz-lantirish, gidrodeparafinlash, gidroizomerlash, gidrodearomatlash, gidrogenlash, gidrokreking, gidrokonversiya, gidrodemetallash, va boshqalar. Haqiqatda bu jarayonlarning barchasini ikki guruhga: gidrotozalash va gidrokrekingga bo’lish mumkin. Hammasi tushunarli bo’lganday: gidrotozalash bu gidrogenizasion jarayon bo’lib neft fraksiyalarini yoki qoldiqlarini zararli qo’shimchalar bo’lgan oltingugurt, azot, kislorod, to’yinmagan va Ko’phalqali aromatik uglevodorodlar, og’ir metallardan tozalashga ko’maklashadi, gidrokreking esa nafaqat neft fraksiyalarini zararli qo’shimchalardan tozalashga, balki uglevodorodlarning parchalanishi, destruksiyasiga ko’maklashadigan
gidrogenizasion jarayondir. Ammo gidrotozalashda ham uglevodorodlarning destruksiyasi sodir bo’ladi, ammo katta bo’lmagan miqdorda. SHuning kelishganlaricha, agar dastlabki хom ashyoning destruksiya (konversiya) si 10 %
(mas.) dan kam bo’lsa, bunday gidrogenizasion jarayon gidrotozalash deb ataladi. Agar konversiya 10-50 % (mas.) tashkil qilsa unda bunday jarayonm yengil gidrokreking deb, agar 50 % (mas.) dan ko’p bo’lsa- chuqur gidrokreking deb ataladi (pastdagi sхemaga qarang). Gidrotozalash jarayonlarini o’z navbatida distillyatlarni, neft qoldiqlarini gidrotozalashga va ikkilamchi kelib chiqishli distillyatlarni gidrogenlashga bo’ladilar. Neft qoldiqlarini gidrotozalash distillyatlarning gidrotoza-lashidan shu bilan farq qiladikim oltingugurt, azot, kisloroddan gidrotozalash bilan bir qatorda хom ashyoning demetallanish jarayoni boradi, ya`ni хom ashyoni undagi bo’lgan nikel’, vanadiy va boshqa shunga o’хshagan og’ir metallardan tozalash. Ikkilamchi kelib chiqishli distillyatlarga bosim ostida termik kreking, visbreking, kokslash, piroliz, katalitik kreking jarayonlarining benzinli, kerosinli, dizelli va vakuumli fraksiyalari kiradi, ya`ni ko’p miqdorda to’yinmagan va aromatik uglevodorodlarni oladigan jarayonlarda ham.

Ikkilamchi kelib chiqishli distillyatlarni gidrogenlash to’g’ri haydalgan distillyatlarning gidrotozalashidan shu bilan farq qiladikim ko’p miqdorda to’yinmagan uglevodorodlarni saqlagan ikkilamchi kelib chiqishli mahsulotlarni


gidrogenlashda reaksiyaning issiqlik effekti (to’yinmagan uglevodorodlarning
reaksiyasi ekzotermik bo’lib hisoblanadi) va katalizator qatlamida haroratning keskin o’zgarishi oshadi. Yengil gidrokrekingni sifatida distillyatlar va neft qoldiqlarini qo’llab o’tkazish mumkin. Yengil gidrokrekingga dizel va vakuumli distillyatlarning gidrodeparafinlanishi-ni hamda yuqori parafinli хom ashyoning gidroizomerlanishini kiritish mumkin. CHuqur gidrokrekingni distillyatli хom ashyo yoki neft qoldiqlarida o’tkazish mumkin. CHuqur gidrokrekingni katalizatorning reaktoridagi holatiga qarab katalizatorning qo’zg’almas qatlamidagi, katalizatorning muallaq holatdagi qatlamida va хom ashyo bilan birga harakatlanayotgan katalizatordagi gidrokrekinglarga bo’linadi.
Hozirgi vaqtda neftni qayta ishlash sanoatida gidrogenizatsion jarayonlarni gidrotozalash, gidrokreking, gidrodealkillash, gidrogenlash va gidroizomerlash usullari keng qo’llaniladi. Bu jarayonlarni qo’llash orqali neft mahsulotlarini sifatini va ishlab chiqarish ko’lamini oshirishga erishiladi. Gidrogenizatsion
jarayonlar neftni qayta ishlash sanoatida ikkinchi jahon urushidan so’ng kengm qo’llanila boshlandi. Dastlab kataliktik riforming xom ashyosi benzin va dizel yoqilg’isini gidrotozalash rivojlandi, keyinrok neft distillyatlarini gidrokrekinglash amalga oshirila boshlandi.Oxirgi yillarda maxsus yoqilg’i va moy komponentlarini olish imkonini beruvchi gidroizomerlash jarayonlarini qo’llash muhim o’rin kasb etmoqda. Shuningdek, neft ashyosi uchun xom ashyo olishda alkillash jarayonlari ham keng qo’llanilmokda. Katalitik riforming qurilmalari xom ashyosi uchun benzin fraksiyalari gidrotozalash va gidrooltingugurtsizlantirishdan o’tkaziladi. Bunda oldindan qayta ishlovni o’tkazilishi riforming jarayonidagi asosiy ko’rsatkichlar yahshilaydi, asosan xom ashyoni aromatlilik darajasini, olinadigan benzin oktan sonini, katalizator xizmat muddatini uzaytiradi. Kerosin va dizel fraksiyalarini gidrotozalashdan maqsad talab etilgan standart me`yorlariga ko’rsatilgan miqdorgacha oltingugurt miqdorini va termik barqaror, yonish xususiyatlari yahshilangan tayyor distilliyatlar olishdir. Bir vaqtda yoqilg’ini korroziyaga aktivligini pasaytiriladi v uning saqlash vaqtidagi har hil cho’kindilar hosil bo’lishi pasayadi. Benzin fraksiyalarni gidrotozalashda asosiy mahsulot barqaror gidrogenizat hisoblanadi, uning chiqishi 90-99% (mass.) ni tashkil etadi.
Gidrogenizatdagi oltingugurt miqdori 0,002 % (mass.) dan oshmaydi. Kerosin destilliyatlarini gidrotozalashda neftni to’g’ri haydashdan olingan 130-240 va 140-2300C fraksiyalar xom ashyo bo’lib hisoblanadi. Gidrotozalangan kerosin fraksiyasi jarayon asosiy mahsuloti bo’lib, uning chiqishi 96-97% (mass.) ga etishi mumkin. Bundan tashqari, oz miqdorda past oktanli benzin fraksiyasi, uglevodorod gazlari va vodorod sulfid ham olinadi. Benzin, kerosin va gazoyl fraktsiyalarini gidrotozalashda boradigan kimyoviy reaktsiyalar. Sanoatda neft fraksiyalarini gidrotozalash jarayonlari odatda alyumokobaltmolibdenli, alyumonikelmolibdenli va boshqa katalizatorlarda 350 - 4000C temperaturada, 30 - 50 am bosim va vodorodni xom ashyoga ko`ra molyar nisbati 5׃1 dan 10׃1 gacha bo`lgan sharoitda o`tkaziladi. Oltingugurt neft va neftni qayta ishlash mahsulotlarida elementar
oltingugurt, vodorod sulfid, merkaptanlar, alifatik va aromatik sul'fidlar, siklik sul'fidlar va tiofenlar ko`rinishidà saqlanadi.Disulfidlar asosan odatda
merkaptanlarni oksidlanishi natijasida hosil bo`ladi. Elementar oltigugurt ham asosan vodorod sulfidni oksidlanish mahsuloti hisoblanadi. Katalitik gidrotozalash jarayonlarida boruvchi oltingugurt birikmalari gidrogenoliz reaksiyalari quyida keltirilgan.


Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish