Mavzu: Non qayerdan keladi ? Darsning maqsadi: Ta’limiy



Download 5,25 Mb.
bet3/5
Sana23.07.2022
Hajmi5,25 Mb.
#844305
1   2   3   4   5
Bog'liq
NON-QAYERDAN-KELADI-TOZA

O’qituvchi: Rahmat sizga onajon
Dehqon bobo, tegirmon, kombayin, quyosh, shamol, yomg’ir, yeru ko’k osmon.
Uyimizga mehmon kelganda dasturxonga birinchi bo`lib non qo`yamiz.Negaki ,non rizq ro`zimiz,dasturxonomuz ko`rki hisoblanadi.Bu o`zbek xalqining mehmondo`stligigan darak beradi.
,, Non haqida ertak
Ertalab nonushta payti .Dasturxon ustiga barcha ne`matlar yig`ilishdi.Yeguliklar orasidaqaymoq, asai, shaker, va non bore di.Ular o`zaro baxslashar edilar.
Qaymoq kerilib gap boshlabdi.
-Sizlarga bu yerda nima bor? Menday oppoq ,mazali, yoqimli qaymoq turganda odamlar sizlarni yeyisharmidi?
Bu gap shakarga yoqmadi.
-Hay hay qaymoqjon,oppoqqina bo`lganing bilan shirin mazalilikda mendan ancha ortda qolasan.
Asal ham bo`sh kelmabdi.
-Men hamma mazza qilib yeydigan xushbo`y, foydali asal bo`laman.Sen menchalik shirin emassan.
Shu kabi yeguliklar o`z sifatlarini aytib birin- ketin to`xtamasdan maqtanib ketishibdi.Dasturxonning bir chetidan esa endigina tandirdan uzilgan ,ikki yuzi qip-qizil shirmoy non joy olgandi. Unga hech kim gap bermasdi.
Shunda oila a`zolari xontaxta atrofiga yig`ilishdi.Ular birinchi bo`lib o`sha, jimgina o`tirgan kamtar nonga qo`l uzatishibdi.Chunki barcha ne`matlar non bilan shirin edi-da.
Non o`zining to`yimliligi ,ta`mi bila ajralib turadi. Uning tarkibida juda ko`p foydali moddalar –inson salomatligi uchun nihoyatda zarur bo`lgan oqsillar, uglevodlar, vitaminlar va mikroelementlar bor.Shu sababli ko`plab xalqlarning qadimgi rivoyat va afsonalarida non tinchlik, mehr-shavqat , farovonlik, baxtga qiyoslanadi.
Ona zaminimizda insonni o`ziga rom etadigan ne`matlar ko`p.Turfa gullar ifori-yu polizda anqigan handalak hidi kimni maftun etmaydi.Ammo olamda bir ne`mat borki, u har qanday guldan muattarroq . Katta-yu kichikni birday jalb etuvchi bu ifor – non isi.
(Alisher Navoiyning non isi hikoyasi qo`yib beriladi.)
Non isi.
Bir kuni Husayn Boyqaro :
-Dunyodagi eng hushbo`y narsani keltiring ,-deb qolibdi. Unga dunyodagi jamiki xushbo`y narsalarni keltirishibdi. Sulton:
-Yo`q , -debdi.
Vazirlar nima qilishini bilmay, boshlari qotibdi. Axiyri topolmasdan Alisher Navoiyga murojaat qilishibdi.
Navoiy saroyga bir savat non olib borishni maslahat beribdi.
-Rahmat do`stim , yangi yopilgan non isini istayotgan edim ,topib aytibsiz -dedi Husayn Boyqaro.
O`qituvchi : Ulug` va dono bobolarimiz o`zlarining kuch qudratliligi , ilimlari va yuksak ma`naviyat va madaniyat egasi ekanliklari bilan ajralib turganlar. Dunyo ahlini o`z zakovati bilan lol qoldirganlar.
Dono xalqimiz biror narsaga ehtirom bildirsa , ,,nondek aziz , nondek mo`tabar” deya non so`zini qo`shib aytadi.Mamlakatimiz gebida g`alla boshog`I tasviri tushirilgani ham o`zbek xalqining bug`doyga , nonga alohoda hurmat –etibori ifodasidir . Zero , no n dasturxonomiz ko`rki, farovon hayotimiz belgisidir.
Bunday o`ylab qarasak , kishi noni e`zozlagan sari fel atvori ham ezgulikka moyil bo`lib borarkan

Dunyo sayyohlari e`tirof etishganiday , o`zbek xalqining Bag`rikengligi, mehmondo`stligi va tantiligi , nonga bo`lgan hurmati bilan bog`liqdir. Har tong oyijonlarimiz yopgan non hidi dimoqlarimizni qitiqlaydi.Biz esa yumshoqqina nonlarni va boshqa noz ne`matlarni yeb o`qishga kelamiz.
Bir vaqtlar non do`kondagi mahsulotlar turlari hozirgidek xilma hil bo`lmagan.Non uchun ba`zida soatlab navbat kutishgan.Hatto bir bo`lak non bir kun uchun ozuqa hisoblangan.
Istiqlolimiz sharofati bilan yurtimiz obodlikka , xalqimiz farovonlikka erishdi.Do`konlarimizda non mahsulotlarining 200 dan ortiq turi ishlab chiqarilmoqda.

Birinchi prezidentimiz aytganidek ,,Yaratganga ming shukurki o`z donimizga, o`z beminnat nonimizga ega bo`lgan kunlarga yetib keldik. Bugun yurt kezsak bepoyon dalalardagi oltindek tovlanayotgan bug`doyzorlar ko`zimizni quvontiradi.
Har uchala guruhga mazkur bo`g`inlarni birlashtirib , ulardan qanday maqol hosil bo`lishini topish vazifasi beriladi. ,,Nonning uvog`i ham non” maqolini birinchi bo`lib topgan guruh non haqida sher aytib izohlab beradi.

O`zbekistonning barcha viloyatlarini aylanib chiqsak turli tuman nonlarning guvohi bo`lamiz.Masalan: obi non , obi jimjima, kulcha non, jizzali non, go`shtli non, javdar no, cho`pchak non , qatlama patir, qo`shaloq shirmoy, kunjutli non , Sedona non va hakozolar shular jumlasidandir.

Osiyoning sharqiy janubidagi mamlakatlarida non daraxti o`sadi.
I ssiq o‘lkalarda o‘sadigan meva daraxtlarining ba’zilarini non daraxti deb atashadi. Buning boisi shuki, bu daraxtlar serhosil, mevalari bir yo‘la yoppasiga etilmay, birin-ketin pishadi va non o‘rnida iste’mol qilinadi.






Non daraxtining 15—20 yoshlik rosmana bir tupi 1—2 kishini, 5—6 tupi esa katta bir oilani bemalol bir yil boqa oladi. Non daraxti Osiyoning sharqi va janubidagi orollarda istiqomat qiluvchilarning qadim zamonlardan beri ishongan va tayangan osh-noni bo‘lib kelmoqda. Non daraxti sershox, bo‘yi 18—20 metr, po‘stlog‘i sarg‘ish kulrang, yog‘ochi sariq va sarg‘ish-jigarrang, barglari yirik bo‘ladi. Non daraxtining gullari bevosita daraxt tanasidan yoki yo‘g‘on shoxlaridan chiqadi, mevasi juda katta bo‘lib, o‘rtacha og‘irligi 20—25 kilogramm, hatto 40 kilogrammliklari ham uchraydi.


Pishgan meva och sariq yoki limonrang, eti chuchmalroq shirin bo‘ladi.Bir tup daraxt 700—800 dona meva beradi. Bu mevalar noyabrdan avgustgacha birin-ketin pishaveradi. Ehtiyojga qarab keragicha olinib ovqatga ishlatiladi. Avgust, sentyabr va oktyabr oylarida non daraxti
gullashdan va meva tugishdan to‘xtab dam oladi. Shu davr o‘tgach, yana gullab, meva tugishga kirishadi.



Download 5,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish