Mavzu: nutq va adabiy me’yor. Reja



Download 36,78 Kb.
bet3/4
Sana14.02.2022
Hajmi36,78 Kb.
#449140
1   2   3   4
Bog'liq
12. MAVZU. NUTQ VA ADABIY ME’YOR.

1- topshiriq. Matn asosida quyidagi savollarga javob bering:
1. Til ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyotida qanday
o‘rin tutadi?
2. Til va madaniyat tushunchalari o‘rtasidagi bog‘liqlik nimadan iborat?
3. Bilim egallashda til qanday vazifani bajaradi?
4. Fikrlash bilan so‘zlash o‘rtasidagi bog‘liqlik va farqni
tushuntiring.
Nutq madaniyati, nutq odobi — 1) og`zaki va yozma adabiy til me’yorlari (talaffuz, urg`u, so`z qo`llash, grammatika, uslubshunoslik qoidalari)ni egallash, shuningdek, turli aloqa-aralashuv sharoitlarida tilning tasviriy vositalaridan nutqning maksad va mazmuniga mos ravishda foydalanish mahorati; 2) tilshunoslikning tilni madaniyat quroli sifatida mukammallashtirish maqsadida me’yorlashtirish (tartibga solish) muammo larini o`rganuvchi bo`limi. G`arb tilshunosligida umumiy ma’noda "til madaniyati" termini ham qo`llanadi. 1-ma’nodagi "Nutq madaniyati" tushunchasi adabiy tilni o`zlashtirishdagi ikki bos-qichni qamrab oladi: a) nutqning to`g`riligi va boshqa nutqiy mahorat.
Nutqning to`g`riligi muayyan tilda so`zlovchilar va yozuvchilar tomonidan "ideal" yoki umum tomonidan qabul qilingan va an’anaviy saqlanib kelayotgan odatlar, ibrat va namunalar tarzida idrok etiladigan adabiy me’yorlarga amal qilishdir. Nutqiy mahorat esa nafaqat adabiy me’yorlarga amal qilish, balki o`zaro mavjud bo`lgan variantlardan mazmunan eng to`g`ri, eng aniq, uslub va vaziyat nuqtai nazaridan eng makbuli va ifo-dalisini tanlab olish mahoratidir (Mas, aka — oka — ako; kelyapti — kevotti — kelopti variantlaridan bi-rining adabiy me’yor sifatida tanlanishi). Yuksak Nutq madaniyati kishining umumiy yuksak madaniyatini, fikrlash madani-yatini, tilga nisbatan ongli mexr-muhabbatini namoyon qiladi. Nutq madaniyati nazariyasining asosiy tushunchasi til me’ye’ridir. 2- ma’nodagi Nutq madaniyatining asosiy vazifasi ijtimoiy til amaliyotiga faol ta’sir ko`rsatish maqsa-dida (tilning barcha sathlarida) ob’yektiv til me’yorlarini ularning barqarorlashgan shakllarida, ziddiyatlarida, vujudga keluvchi tamoyillarida va boshqalarda o`rganishdir. Zamonaviy Nutq madaniyati nazariy va amaliy fan bo`lib, u til amaliyotiga ta’sir etish maqsadida adabiy til tarixi, grammatika, uslubshunoslik va boshqa tilshunoslik bulimlarining yutuklari va xulosalarini umumlashtiradi.
Nutq madaniyati na-zariyasida adabiy til milliy tilning oliy shakli deb e’tirof etiladi; ba-diiy adabiyot tili o`zining eng yaxshi namunalari bilan xalqning madaniyat sohasidagi yutuklari va an’analarini mustahkamlaydi va boyitadi. Nutq madaniyati ijtimoiy hodisa bo`lib, u jamiyat, fan va texnika, madaniy va adabiy hayot rivoji bilan chambarchas boglik holda taraqqiy etadi. Jamiyat a’zolarining madaniy saviyasi ortgan sari nutqi ham jilolanib, sayqallashib, Nutq madaniyati qoidalari va me’yorlariga muvo-fiq holda takomillashib boradi. Nutq madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida adabiyot, san’at, radio, televideniye va davriy matbuotning alohida o`rni bor. Kasbiy nutqlar esa kasbga doir so’zlar bilan ifodalanadi. Har bir kasbning o’ziga xos ishlatiladigan so’zlari mavjud. Til va nutq Til va nutq bir-biriga bog‘liq hodisadir. Ularni bir-biridan ajratish mumkin emas, Til - bu quroldir. Til nutq uchun moddiy materialdir, lekin, shu bilan bir qatorda ular bir-biridan farq, ham qiladi. Til kishilarga doimo o‘zaro aloqa, munosabat, madaniy-ma’naviy zaruriyat, jamoa bo‘lib birlashish, kurashish quroli bo‘lib ham xizmat qiladi.
Alisher Navoiy ham o‘zining "Mahbub – ul - qulub" asarida tilga shunday baxo beradi. "Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir”1 Nutq tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan xolda mavjudlikka aylangan fikrdir, nutq a’zolarining harakati jarayonida paydo bo‘lgan ruhiy hodisa tilning ifoda vositalari nutq ixtiyoriga o‘tkach, xaqiqatga aylanadi. Til insonlar o‘rtasida aloqa vositasi bo‘lib, jamiyat a’zolarining bir-biri bilan fikr almashuviga xizmat qiladi. Til o‘zida behisob tushunchalarni mujassamlashtiradi. Til butun jamiyat a’zolarining ongli hayot kechirishi, his-tuyg‘ularini ifoda etishi, kurashish va rivojlanishida o‘ziga hos benazirligi va buyukligi bilan ajralib turadi.

Download 36,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish