Mavzu: Oila psixologiyasining umumiy asoslari. Reja


Hozirgi zamon oilasining asosiy funksiyalari



Download 102,98 Kb.
bet5/50
Sana05.06.2022
Hajmi102,98 Kb.
#637775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Oila psixologiyasi ma\'ruza matn (2)

Hozirgi zamon oilasining asosiy funksiyalari
Har bir oila ijtimoiy tizim struktura sifatida jamiyat oldida ma`lum bir funksiyalarni bajaradi. Oilaning ijtimoiy funktsiyalari haqida gapirganda, bir tomondan, jamiyatning oilaga ta`sirini, ikkinchi tomondan, umumiy ijtimoiy tizimda oilaning o`rnini, oilaning hal qiladigan ijtimoiy (jamoatchilik) funktsiyalarini hisobga olish lozim.Barcha oldingi jamiyatlarda oila quyidagi asosiy funktsiyalarni bajargan: iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy, rekreativ, kommunikativ, regulyativ (boshqaruv).Bu haqida Sharq allomalari Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Ahmad Donish va boshqalar o`z asarlarida yozib qoldirganlar.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida hozirgi zamon oilasining asosiy funksiyalari qatorida quyidagilarni sanab o`tish mumkin: iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy, rekreativ, kommunikativ, regulyativ (boshqaruv), feliotsitologik kabilar.


Oilaning iqtisodiy funksiyasi


Oilaning iqtisodiy funksiyasi uning asosiy funksiyalaridan biri hisoblanadi. Oila iqtisodi, byudjeti, daromadni rejali sarflash, kundalik harajatga, zarur buyumlarga pul ajratish, bir necha yildan so`ng olinadigan narsalarga mablag` yig`ish, tejab ro`zg`or yuritish er-xotinning katta tajriba, malakaga ega bo`lishlariga bog`liq. Shuningdek, oilada o`sayotgan bola ham mana shu malaka va ko`nikmalarga ega bo`lib borishi zarurligini unutmagan holda bolaga iqtisodiy masalalarni hal etishni o`rgata borish lozim.
Bu oila iqtisodiy funksiyasining atigi birgina shaxsni shakllantirishdagi foydasini ko`rsatadi, xolos. Oilada xo`jalik ishlarini yuritish, moddiy ne`matlar ishlab chiqarish, fermer xo`jaligi, shaxsiy ishlab chiqarish kabilar uning jamiyat oldidagi iqtisodiy funksiyasi ahamiyatini bundanda oshiradi.
Oilaning reproduktiv funksiyasi
Oilaning muhim bo’lgan funksiyalaridan yana biri bu uning reproduktiv (jamiyatning biologik uzluksizligini ta’minlash, bolalarni dunyoga keltirish) funksiyasidir. Bu funksiyaning asosiy mohiyati inson turini davom ettirishdan iboratdir.
Statistik ma’lumotlarga ko’ra, agar har bir oilada bittadan farzand bo’ladigan bo’lsa, bunday xalq sakkizinchi avloddan keyin yo’q bo’lib ketishi mumkin ekan. Har bir oilada ikkitadan farzandning bo’lishi ham aholi sonini saqlab turishni ta’minlay olmadi. Demograflarning ta’kidlashlaricha, oila o’zining reproduktiv funksiyasini bajarish uchun har bir oilaga o’tacha 2-6 ta farzand to’g’ri kelishi kerak.
Albatta, faqat oilagagina jamiyat oldidagi funksiyalarini bajarib qolmasdan, balki jamiyat ham oilalarga funksiyalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni yaratib berishi lozim. Bu o’rinda hukumatimiz tomonidan yuritilayotgan demografik siyosat, iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy tadbirlar bunga yaqqol misol bo’la oladi. Bunday siyosatning asosiy yo’nalishlari onalik va bolalikni muhofaza qilish, ko’p bolali va kam ta’minlangan oilalarning ahvolini yaxshilash, yosh oilalarga, onalarga yaratilayotgan imtiyozlar va shu kabilardan iborat.



Download 102,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish