Mavzu: O’lchashlarning usullari va turlari



Download 0,57 Mb.
bet2/16
Sana08.04.2022
Hajmi0,57 Mb.
#537155
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
YTYK metrologiya

Kontrol savollar

I. “Metrologiya standartlashtirish va sertifikatlashtirish “ fanini o’ganishdan maqsad nima ?


2. Eng qadimgi o’lchash birliklariga nimalar kiradi ?
3. Sank Peterburgning aloqa instituti olimlari qanday o’chash yutuqlarini qo’lga kiritganlar?
4. Farobiyning qanday asboblarini bilasiz?
5. Qachon prezidentimiz tomonidan 3 ta ketma-ket qonunlar imzolangan?
6. “Metrologiya haqida “qonun necha bo’limdan iborat?

Tayanch iboralar :




Menejment, Fut
Marketing, Pyad’
Texnika Usturlob
Kerat Kvalimetriya
Gran antropetrik


MAVZU: ISHLAB CHIQARISH VA UNING TARMOQLARIDA METROLOGIK XIZMAT VA TA`MINOT


R E J A:

1.Kirish
2. Metrologiya va standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilotlar


3.Xalqaro standartlashturish tashkiloti (ISO)
4.Xalqaro elekrtotexnika komissiyasi (MEQ).
5. Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilot (MOZI).
O’lchash informatikasiga nafaqat miqdor bo’yicha talablar , balki sifat bo’yicha ham talablar qo’yiladi. Bunga uning (o’lchashning) aniqligi, ishonchliligi ,tan narxi va samaradorligi kabi tavsiflar kiradi.
Bu sifat tavsiflarining barchasining asosida metrologik ta’minot yotadi. Metrologik ta’minotni shunday ta’riflash mumkin:

  • o’lchashlar birligini ta’minlash va talab etilgan aniqlikka erishish uchun zarur bo’lgan texnikaviy vositalar, tartib va qoidalarning , me’yorlarning ilmiy va tashkiliy asoslarning belgilanishi va tadbiq etilishi.

Ushbu tavsifdan kelib chiqib aytish mumkinki, metrologik ta’minotning vazifasiga quyidagilar yuklatilgan.

  • o’lchash vositalarining ishga yaroqliligini tashkil etish,ta’minlash va tadbiq etish:

  • o’lchashlarni amalgam oshirish, uning natijalarini qayta ishlash va tavsiya etish borasidagi me’yoriy xujjatlarni ishlab chiqish va tadbiq etish:

  • hujjatlarni ekspyertizadan o’tkazish:

  • o’lchash vositalarining davlat sinovlari:

  • o’lchash vositalarining va uslublarining metrologik attestasiyasi va xokazolar.

Metrologik ta’minotning 4ta tashkil etuvchisi mavjuddir:
I.Ilmiy asosi- metrologiya o’lchashlar haqidagi fandir;
II.Texnikaviy asoslari kattaliklar birligining davlat etalonlari, kattaliklar birligini etalonlardan ishchi vositalarga uzatish,
o’lchash vositalarini yaratish va ishlab chiqishni yo’lga qo’yish,
o’lchash vositalarining majburiy davlat sinovlari ularni bajarish usullarining metrologik attestasiyasi ,o’lchash attestasiyasi vositalarini ishlab chiqishda ,ta’minlashda va ishlatishda majburiy davlat qiyoslashidan o’tkazish, modda va materiallarning tarkibi va xossalari bo’yicha standart namunalarni yaratish ,standart ma’lumotnomalar,mahsulotning majburiy davlat sinovlari.
III. Tashkiliy asosi –davlat va mahkamalardagi metrologik xizmatdan tashkil topgan O’zR metrologik xizmatdan tashkil topgan O’zR metrologiya xizmati:
IV. Me’yoriy -qonuniy asoslari - tegishli respublika qonunlari, davlat standartlari , davlat va tarmoqlarning meyoriy hujjatlari.
Metrologik ta’minotning o’z oldiga qo’ygan maqsadlari:
-mahsulot sifatini ishlab chiqarish va uning avtomatlashtirishni samaradorligini oshirish ;
-detallar va agregatlarning o’zaro almashinuvchanligini ta’minlash;
-moddiy boyliklarning va energetik resurslarning hisobini olib borish ishonchliligini ta’minlash;
-atrof muhitni himoya qilish ;
-salomatlikni saqlash va hokazolar.
Metrologik ta’minot darajasi maxsulotning sifatiga bevosita ta’sir qiladi. Bu samaradorligini yanada oshirish maqsadida metrologik prafilaktika ishlariga va ishlab chiqarishni tayyorlashdagi metrologik ta’minot masalalariga alohida ahamiyat beriladi. Bu esa o’z vaqtida respublikamizda bozor munosabatlarini yanada chuqurroq shakllanishiga va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksport imkoniyatini oshirishga munosib zamin yaratdi.
2. Turli xalqaro tashkilotlar standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohalarida meyoriy hujjatlarni ishlab chiqish , dunyo malakalarni shu sohalardagi ilg’or yutuqlarni umumlashtirish va bu sohalar bo’yicha har xil yordam ko’rsatish bilan xalqaro standartlashtirish tashkiloti. Xalqaro elektrotexnika komissiyasi, Metrologiya soyasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilot, sifat bo’yicha Yevropa tashkiloti sinov labaratoriyalarini akkreditlash bo’yicha xalqaro konferenisya, G’arbiy yevropa mintaqaviy va iqtisodiy tashkilotlari, standartlashtirish va Metrologiya bo’yicha Arab tashkiloti va boshqalar faol ishlab turibdi.
Ana shu tashkilotlar va ularning olib borayotgan ishlari, faoliyat doiralari xususida qisqacha ma’lumot berib o’tish maqsadga muvofiqdir .
3.Birinchi standartlashtirish milliy tashkiloti –Britaniya assotsatsiyasi 1901-yilda tashkil etilgan bo’lib biroz keyinroq, birinchi jahon urushi davrida Daniya byurosi, Germaniya qo’mitasi 1918-yilda, Amerika qo’mitasi va boshqalar tashkil topdi.
Standartlashtirish sohasidagi ishlar xalqaro markaz kerakligini taqazo qildi. Shu maqsadda1926-yil standandartlashtirish milliy tashkilotlarning xalqaro atistatsiyasi (ISO)paydo bo’ldi .ISAning tarkibiga 20 mamlakat vakillari kirdi.
1938-yilda Berlin shayhrida standartlashtirish bo’yicha Xalqaro s’ezd ochildi. Unda texnikaning turli sohalari bo’yicha 32 ta qo’mita va kichik qo’mitalar tuzildi. 1939-yili boshlangan ikkinchi jahon urishi ISAning faoliyatini to’xtatib qo’ydi
Hozirgi Xalqaro standartlashtirish tashkiloti 1946-1947 yillari tashkil topdi, uni qisqacha ISO deb yuritiladi. Bu nufuzli tashkilot Birlashgan Millatlar Bosh Assambleyasi tarkibiga faoliyat ko’rsatib rivoj topmoqda. ISOning tuzilishidan ko’zda tutilgan asosiy maqsad xalqaro miqiyosidagi mol almashinuvida va o’zaro yordamni yengillashtirishni rivojlantirishga ko’maklashish hamda aqliy, texnikaviy va iqtisodiy faoliyatlar sohasida rivojlantirishdir.
Bu maqsadlarni amalga oshrish uchun:
-dunyo ko’lamida standartlarni va ular bilan bog’liq bo’lgan sohalarda uyg’unlashtirishni yengillshtirish uchun choralar ko’rish;
- xalqaro standartlarni ishlab chiqish va chop etish (agar har bir standart uchun uning faol tashkiliy va kichik qo’mitalarining ikkidan uch qismi ma’qullab ovoz bersa va umumiy ovoz beruvchilarning to’rtdan uch qismi yoqlab chiqsa, standart ma’qullanishi mumkin.)
- o’z qo’mita a’zolarining va texnikaviy qo’mitalarning ishlari haqida axborotlar almashinuvini tashkil qilish.
- soxaviy masalalar bo’yicha manfaatdor bo’lgan boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish ko’zda tutiladi.
ISO rahbar va ishchi qo’mita idoralaridan tashkil topgan.
Rahbar idoralari tarkibiga kengashning yuqori idorasi -Bosh Assambleya , Kengash, ijroiya byurosi, texnikaviy byuro,kengashning texnikaviy qo’mitalari va markaziy sekretariati kiradi.
ICO da president , viste-prezident , gaz inachi va bosh sekretar’ lavozimlari mavjud . Bosh Assambleya –ISO ning Oliy Raxbari bo’lib , ISO ning yig’ilishi uch yilda bir marta bo’ladi . Uning sessiyasida president uch yil muddat bilan saylanadi .
Bosh Assambleya o’tkazish vaqtida sanoat soxasida etakchi mutaxassislar ishtirokida xalqaro standartlashtirishning muhim ISO kengashi yiliga bir marta o`tkaziladi.



Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish