Mavzu: O’lkamizda qadimgi va o’rta asr shaharlari Reja



Download 35,01 Kb.
bet1/8
Sana31.12.2021
Hajmi35,01 Kb.
#209608
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
URBANIZATSIYA


MAVZU: O’lkamizda qadimgi va o’rta asr shaharlari

Reja:

  1. O‘zbekiston hududlarida ilk shaharlarning paydo bo‘lish xususiyatlari.

  2. Bronza davrining shaharmonand obidalari

  3. O’rta asr shaharlarining shakllanish jarayonlari

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

O‘rta Osiyoning ilk shaharlari dastavval, xo‘jalik hamda ma’lum dehqonchilik vohalarining markazlari bo‘lib, ulardagi aholi geografik sharoitlardan kelib chiqib, ko‘p hollarda atrof hududlarda dehqonchilik bilan shug‘ullanganlar. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida ochilgan ko‘p sonli moddiy madaniyat buyumlari shundan dalolat beradiki, bronza davri O‘rta Osiyoning ilk shaharlari atrof qishloq xo‘jalik markazlari, ma’muriy va diniy markazlar hisoblangan. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, ilk shaharlar vazifaviy holatida savdo-sotiq, harbiy, siyosiy va madaniy jarayonlar ham muhim o‘rin egallagan.

O‘rta Osiyoda urbanizatsiya jarayonlarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi masalalari hali ko‘plab tadqiqotlar talab etishiga qaramay, tadqiqotchilarning turli fikrlarini umumlashtirib tahlil etganimizda shu narsa aniq bo‘ladiki, dastlabki, eng qadimgi shaharlarga hozirgi «shahar» tushunchasi nuqtai nazaridan yondoshish maqsadga muvofiq emaSopollitepa CHunki, paydo bo‘lish va shakllanish nuqtai nazaridan, hamda asosiy shaharsozlik belgilari va bajargan vazifasi nuqtai nazaridan ilk shaharlar hozirgi, hattoki, o‘rta asrlar shaharlaridan ham keskin farqlanadi. Olib borilgan tadqiqotlar shunday xulosa chiqarish imkonini beradiki, dastlabki shaharsozlik madaniyati dunyoning turli hududlarida turli davrlarda shakllanib rivojlanganligi kabi, shaharlar paydo bo‘lgan ilk davrida yoki rivojlangan davrida turli vazifalarni bajargan va turli bosqichlarda taraqqiy etish jarayonida turli davrlarni boshdan kechirgan bo‘lishi mumkin.

Shaharlar tarixini tahlil etish jarayonida markaziy poytaxt shaharlaridan tashqari, shahardavlatlar, agrar (dehqonchilik) shaharlar, savdo shaharlari (ayrim hududlarda port shaharlar) va shu kabilar bo‘lganligini kuzatishimiz mumkin. Tadqiqotchilarning fikricha, har bir tarixiy davrda o‘sha davr tarixiy-madaniy jarayonlari, o‘ziga xos xususiyatlari va taraqqiyotidan kelib chiqib o‘ziga xos «shahar» tushunchalari bo‘ladi. Misol uchun, «ilk shaharlar», «antik davr shaharlari», «o‘rta asr shaharlari» va hokazo. Shuning uchun ham urbanizatsiya jarayonining turli davrlardagi o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib shaharlarni eng qadimgi, qadimgi, o‘rta asrlar va zamonaviy shaharlarga bo‘lishimiz mumkin. Bu o‘rinda ular o‘sha davrda bajargan vazifalarini hisobga olish ham nihoyatda muhimdir

Shahar – bu insoniyat tomonidan tabiiy yaratilgan hayotiy zarurat bo‘lib, uning har tomonlama faoliyat ko‘rsatishi uchun o‘ta muhimdir. Jamiyat taraqqiyoti natijasida shahar shakllanadi, rivojlanadi va kengayib boradi. Shahar – me’morchilik va qurilish faoliyatining nisbatan yuqori va murakkab ko‘rinishidir. Aynan Shuning uchun ham shaharlarning paydo bo‘lishi me’morchilik inshootlarining qad ko‘tarishi bilan bevosita bog‘liqdir. Shahar – bu rejali, murakkab tuzilishga ega hudud bo‘lib bu erda ishlab chiqarish kuchlari, madaniy an’analar, ixtisoslashgan hunarmandchilik kabilar markazlashadi. Shaharlarning taraqqiy etishi ko‘plab omillar, avvalo, aholining o‘sishi va uning mehnat faoliyati hamda turmush tarzi bilan bevosita bog‘liqdir.

Jamiyatdagi ma’lum bo‘g‘in sifatida ilk shaharlarning paydo bo‘lishi butun jamiyat hayotidagi chuqur sifatiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lib, ushbu tarixiy-madaniy rivojlanish natijasida shaharlar qishloqlardan kelib chiqadi. Ushbu jarayon natijasida ikkala qarama-qarshilik birlashuviga asoslangan jamiyat rivojlanishining davr taqozo etgan o‘ta muhim yangi qonuniyatlari ma’lum tuzum sifatida 81 o‘rnatiladi. Muhim yangi ijtimoiy jarayon sifatida shaharlar shakllanishidagi dastlabki shart-sharoitlar ilg‘or va nisbatan jadal rivojlangan (ma’lum tarixiy va tabiiy sharoitlarda, albatta) jamiyatda, ko‘p qirrali mehnat taqsimoti jarayonining doimiy chuqurlashuvi natijasida paydo bo‘ladi.

Ilk shaharlarning paydo bo‘lish asoslari va omillari masalalari bo‘yicha turli yillarda V.M. Masson, B.A.Litvinskiy, A.A.Asqarov, V.I. Sarianidi, E.V.Sayko, I.M.Dyakonov, G.E.Areshyan, T.Sh.Shirinov, E.V.Rtveladze, A.Sagdullaev hamda qator xorijlik olimlar tadqiqot ishlari olib bordilar. Ularning turli hajmdagi maqolalari va monografiyalarida ilk shaharlar paydo bo‘lish asoslari, omillari va shart-sharoitlar, dunyo tarixidagi qadimgi shaharlar bilan qiyosiy tahlil masalalari ko‘rib chiqildi.

Quyidagi shart-sharoitlar ilk shaharlar paydo bo‘lishi uchun asosiy va muhim o‘rinda turadi:



  1. Qishloq (manzilgoh)larning aholi soniga qarab kengayib borishi.

  2. Qishloq (manzilgoh)larda aholi tabaqalanishining boshlanishi.

  3. Mehnatning markazlashuvi va mehnat faoliyatining chuqurlashib borishi.

  4. Mehnatning yangi ehtiyojlarni qondirishdagi zaruriy shart sifatida ixtisoslashuvi.

Ilk shahar madaniyatining muhim ko‘rinishlaridan biri – aholining turli qatlamlari yashovchi turli shakldagi aholi punktlarining paydo bo‘lishi va o‘zaro munosabatlari hisoblanadi. Bu o‘rinda shunga alohida e’tibor berish lozim bo‘ladiki, shahar madaniyatining shakllanishi etnogenetik jarayonlarda sifatiy yangi bosqich boshlanganligidan dalolat beradi.

Mil. avv. IV ming yillikning oxiri – III ming yillikning boshlariga kelib O‘rta Osiyoning ko‘pgina hududlarida o‘troq dehqonchilik iqtisodiyoti va aholining o‘sishi natijasida yirik aholi manzilgohlari – oziq-ovqat zaxirasi, hunarmandchilik faoliyati, jamoa ibodatxonalari hamda hokimiyat organlari markazlashgan hududlarga – qishloq xo‘jalik viloyatlari yoki vohalarning markazlariga aylanib boradi.

Ilk shaharlarning vazifaviy holati hamda ularning ichki tuzilishi o‘ziga xos xususiyatlarga, o‘z rivojlanish shakliga ega. Shuni alohida ta’kidlash joizki, bronza davri O‘rta Osiyo shaharsozligining shakllanishida sug‘orma dehqonchilik asosiy ahamiyatga ega bo‘lgan bo‘lsa-da, O‘rta Sharqning ayrim ilk shaharlari bundan mustasno (misol uchun, Afg‘onistondagi Mundigakning shakllanishida lojuvard-tranzit yo‘li katta ahamiyatga ega bo‘lgan).

Ko‘pchilik tadqiqotchilar fikrlarini qiyosiy va umumlashma tahlili asosida, qadimgi O‘rta Osiyodagi urbanistik jarayonlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishini quyidagi to‘rtta asosiy davrga bo‘lish mumkin:



  1. Janubiy Turkmaniston hududlaridagi eneolit davrining nisbatan rivojlangan dastlabki dehqonchilik manzilgohlari (mil. avv. IV-III ming yilliklar):

  2. O‘zbekistonning janubi, Zarafshon vohasi, Shimoliy Afg‘oniston, Janubiy Turkmaniston hududlaridagi bronza davrining rivojlangan qishloqlari va ularning shaharlarga aylanishi (mil. avv. III 85 – II ming yillikning oxirlari):

  3. Baqtriya, So‘g‘diyona, Farg‘ona vodiysi, Toshkent vohasi va Xorazm hududlaridagi ilk temir davrining dastlabki shaharlari (mil. avv. I ming yillikning boshlari va ikkinchining choragi):

  4. O‘rta Osiyo hududlaridagi ellinistik-antik davr shaharlari (mil. avv. III – milodiy III asrlar).

O’zbekiston hududida qadimdan sivilizatsiya jarayonlari shakllangan hududlarga kiradi. Shahar madaniyati O’rta Osiyoda eneolit davridan malum. Antik davrda O’rta Osiyoda Kuzaliqir, qo’yqirilgan qala, Nisa, Samarqand, Buxoro, Termiz, Qarshi, Shaxrisabz kabi bir necha shaharlar vujudga kelgan. Shahar madaniyati urbanistik jarayonlar bilan aloqador. Urbanus-shaharning, urban- shahar tushinchalarini beradi. Bu jarayon tarixiy rivojlanish bosqichlarida shakllanib boradi. O’rta asr shaharlari ahamiyatli savdo, xunarmandchilik markazlari bo’ldi. Savdo kommunikatsiyalari bo’yida, unumdor dehqonchilik markazlari bilan aloqada rivojlandi. Ular umuman geostrategiyalık faktorlarga xam aloqadar edi. O’zbekiston shaharlari boshka da elatlar kabi turli tashqi faktorlar , urushlar qismiga uchradi. Tarixda ayrim shaharlar so’nib, boshkalari rivojlangani malum. Lekin shaharlarning rivojlanish jarayonini tuxtatib bo’lmaydi.

Shahar- bu tarixning universal tushunchalarini o’z ichiga mujassamlashtirgan, chigal tarixiy fenomen. U odamzot tarixi rivojlanishida alohida ahamiyatga ega. Shahar xar qanday o’zgaruvchanlikning katalizatori bo’lib, shu bilan birga madaniy traditsiya- ananalarni saqlashda ahamiyatga ega. Elam shaharlari ming yilliklar davomida xar qanday evolyutsion jarayonlarni boshidan kechirdi. Shahar kichik organizmdan katta gigant megapolis darajasiga kutarilishi mumkin. Shaharlar tez o’sadi, bu xamma xududda birdek o’tishi mumkin..Tarixchi uchun bu- utmish guvohi. Tarixchi shaharning shaklanishi, rivojlanishi, inqiroz holati, urbanizatsiyaning boskichlari, etnik jarayonlari, va boshqa tomanlarini o’rganishi mumkin. Urbanistik jarayon- tarix protsessidagi qiyin va mukammal muammo bulib uning yechimlarin topish oson emaSopollitepa Bu ko’p chigal masalalarni o’rganishni talab qiladi. Shular qatorida shaharning geografik joylashishi, territorial o’sishi, dinamik rivoji, krizisi, umuman ko’p madaniy- tarixıy jarayonlarni, dinamik faktorlar, ishlab chikarish, ekonomika va boshkalarni tahlilini talab qiladi. O’rta Osiyoda urbanizatsiya davlatlarning shakllanishiga ta’sir qildi. Shaharlar feodal jamiyatning siyosiy, madaniy, ekonomik markazlari bo’lgan.

1970 yillargacha Markaziy Osiyodagi ilk shaharlar Ahamoniylar bosqinidan so’ng, ularning ta’siri doirasida paydo bo’lgan degan fikr hukmron edi (er.av. VI asr). 70-yillarda olib borilgan Janubiy O’zbekistondagi tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, Markaziy Osiyo ham jahon tarix fanidagi "shahar oldi madaniyati" deb nom olgan madaniyat tarqalgan hududlarga kirishi isbotlangan.

O’lkamizda brona davriga oid shahar ko’rinishlarini olgan bir nechta xarobalar o’rganildi. Jumladan Sopollitepa va Jarqo’ton shaharlarini keltirish mumkin.




Download 35,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish