Mavzu. O‘pka absessi. Quruq va eksuddativ plevritlarning etiologiyasi, klinikasi, diagnostikasi, asoratlari Reja



Download 378,03 Kb.
bet1/3
Sana11.04.2022
Hajmi378,03 Kb.
#543847
  1   2   3
Bog'liq
Ўпка абцесси лотинча


Mavzu. O‘pka absessi. Quruq va eksuddativ plevritlarning etiologiyasi, klinikasi, diagnostikasi, asoratlari
Reja:

  1. O‘pka absessi haqida ma’lumot

  2. Plevrit va uning turlari

  3. Plevritning etiologiyasi, klinikasi, diagnostikasi, asoratlari



  1. O‘pka absessi haqida ma’lumot

O‘pka abssessi – o‘pkadagi yiring boylagan joy. Nafas yo‘llariga yiring paydo qiluvchi mikroblar (stafilokokk, streptokokk, pnevmokokk va boshqa(lar)) tushishi sabab bo‘ladi. O‘pkaga anaerob mikroorganizmlar tushganida o‘pka to‘qimalari irib yemiriladi, o‘pka gangrenasi paydo bo‘ladi. O‘pka abssessi va o‘pka gangrenasi, asosan, o‘pkaning krupoz yoki o‘choqli yallig‘lanishi, shuningdek, nafas a’zolarining surunkali kasalliklari, xususan, bronxoektazlarning asorati sifatida namoyon bo‘ladi.
Nafas yo‘llariga yot jismlar tushishi, ko‘krak bo‘shlig‘i yoki o‘pkaning shikastlanishi ham o‘pka abssessiga sabab bo‘lishi mumkin. O‘pka abssessi va o‘pka gangrenasiga ko‘proq kamquvvat, zaifroq (mudom araq ichavrib ozib-to‘zib ketgan) kishilar chalinadi. Bemorni mutaxassis shifokor davolaydi. O‘pka yalliglanishini yaxshi naf beradigan vositalar yordamida asoratlarsiz tuzatib yuborish tufayli o‘pka abssessi bir qadar kam uchraydi.
O‘pka absessi yakka yoki ko‘p bo‘shliq hosil bo‘lishi bilan ifodalanadi. Yiringlash o‘chog‘i sog‘lom to‘qimadan chegaralangan yallig‘lanish infiltratsiyasi (biriktiruvchi to‘qima pardasi) bilan o‘ralgan. O‘pka gangrenasi - qo‘lansa xidli balg‘am ajralishi bilan kechadigan o‘pka to‘qimasining nobud bo‘lishi, chirib yemirilishi. Uning sog‘lom to‘qimadan aniq ajralish chegarasi yo‘q (abssessdan farqi).
ETIOLOGIYASI. Kasallik infeksiya aralashgan har xil moddalarni, yot jismlarni, burun-tomoq suyuqliklarining nafas yo‘li orqali bronx va o‘pkaga tushishi, o‘tkir zotiljamlar, infeksiyali o‘pka emboliyasi, ko‘krak qafasining shikastlanishi natijasida vujudga keladi. Kasallikni har xil bakteriyalar - streptokokk, stafilokokk, pnevmokokk, fridlender diplokokklari, ichak tayoqchalari, hamda anaerobli mikroorganizmlar chaqiradi.
PATOGNEZI. Infeksiyaning o‘pka to‘qimasiga kirishining bir qancha yo‘llari mavjud. Bronx yoki bronx o‘pka yo‘li. O‘pka va bronxlarga infeksiya aralashgan ovqat parchalari va quruq moddalar tushishi natijasida rivojlanadigan aspiratsionli abssess alohida o‘rin egallaydi. Bunday hodisalar bemor xushini yo‘qotganda, narkoz va mast holatlarda yuzaga keladi. Ba’zi hollarda abssess bronxning o‘pka atelektazi bilan siqilishi natijasida vujudga keladi. Masalan, bronx o‘pka saratonida, aorta anevrizmasida, ko‘ks oralig‘i o‘smalarida. Uchoqli va krupozli zotiljamdan keyingi abssess alohida o‘rinni egallaydi. Bunga sabab o‘tkir zotiljamni kech davolash, antibiotik dozasining kamligi, organizmning immun-biologik va reaktivlik xususiyatining pasayishidir. Gematogen yo‘li. Bunda abssess o‘pka tomirlarida infeksiyalangan embollarni qon oqimi bilan o‘pkaga tushishi natijasida rivojlanadi. Bu holat septikli endokardit, tromboflebit, tug‘ruqdan keyingi septikopiyemiyada kuza tiladi. Limfa yo‘lida qo‘shni a’zolarda - jigar, taloq va diafragma osti abssessida, yiringli mediastenit va plevritlarda, paranefritlarda, qizilo‘ngach saraton kasalligida to‘plangan yiring o‘pkaga siljiydi va abssessni vujudga keltiradi. Shikastlanish yo‘li orqali abssess rivojlanishi ko‘krak qafasining ochiq va yopiq jarohatlanishida kuzatiladi. Bunda jarohatlangan o‘pka sohasida qon quyilishi qon aylanishi buzilishi va yiringlashni vujudga keltiruvchi infeksiyaning qo‘shilishi ahamiyatga ega.
PATALOGIK ANATOMIYASI. Abssess yakka yoki bir nechta bo‘lishi mumkin. Asosan ular o‘ng o‘pkada joylashadi, bunga sabab o‘ng bronxning ancha kattaligi va kengligidir. Aksariyat o‘pkaning pastki sohalari shikastlanadi, chunki bu qismdagi bronxlarning drenaj faoliyati zaifroq Absses bo‘shligining yuzasi notekis, granulyatsiya bilan qoplangan va yiring saqlaydi. Uning atrofini o‘pka to‘qimasining yalliglanish infiltratsiyasi qoplaydi. Gangrenada bo‘shliq




aniq chegaraga ega emas, gangrenali soha sezilmagan holda sog‘lom to‘qimaga qo‘shilib ketadi. 1 Utkir abssessning klinik ko‘rinishi. Kasallik kechishida 3 davr farqlanadi. Abssess shakllanishi davri. O‘pka to‘qimasida 10-12 kun davomida yiring to‘planadi. Shikoyati. Kasallik boshlanishida yengil qaltirash, et uvishishi, yuqori harorat, ko‘p terlash, hansirash, bosh ogrig‘i, og‘izdan yoqimsiz hid kelishi, quruq yo‘tal yoki juda oz miqdorda shilliq-yiringli balg‘am ajralishi, ko‘kra qafasining shikastlangan tomonida ogriq, ifodalangan intoksikatsiya belgilari (darmonsizlik, ishtaha yuqolishi, bo‘gimlardagi ogriq) aniqlanadi. Obyektiv belgilari. Bemor ahvoli og‘ir, rangi bo‘zargan, lablari ko‘kargan. Nafas olishi tez va yuzaki. Ko‘pincha bemorlar shikastlangan tomonni bosib yotadilar. Palpatsiyada zararlangan sohaning qovurg‘alar orasida bemor ogriq sezadi, tovush titrashi kuchaygan. Perkussiyada shikastlanish o‘chogi yuza joylashganda va katta hajmda bo‘lganida bo‘giqroq yoki bo‘giq tovush aniqlanadi. Auskultatsiyada dagal vezikulyar, ba’zida bronxsimon nafas, oz miadorda quruq va mayda pufakchali nam xirillashlar eshitiladi. Qonda neytrofilli leykotsitoz (15,0 - 26,0 • 109 g.l.), leykotsitlar formulasining chapga siljishi (miyelotsitlar paydo bo‘lishi), ECHT oshishi kuzatiladi. Rentgenda oddiy pnevmoniya yoki sil infiltratiga o‘xshash chetlari to‘gri bo‘lmagan katta o‘choqli qorayishi aniqlanadi. 2-davr — yiringlash o‘chog‘ining bronx yo‘liga yorilishi to‘satdan yo‘tal bilan ogiz to‘lib ko‘p miqdorda qo‘lansa hidli yiringli, ba’zida qon aralash balgam ajralishi kuzatiladi. Balgamning bir kecha-kunduzgi miqdori patologik jarayon xarakteriga, bo‘shliq xajmiga va bronxlar drenaj faoliyati holatiga bog‘liq (200 ml dan 1-2 litrgacha). Balgam ko‘chishining ko‘payishi bilan bemor ahvoli yaxshilanib boradi: tana harorati pasayadi, asta-sekin ko‘krak qafasidagi og‘riq, xansirash, zaharlanish belgilari yo‘qoladi, ishtaha tiklanadi, gematologik ko‘rsatkichlar normaga yaqinlasha boradi. Abssess bo‘shlig‘i yiringdan tozalangach, uning joylashishi va hajmiga nisbatan fizikal ma’lumotlar har xil bo‘lishi mumkin. Agar bo‘shliq katta va yuza joylashgan bo‘lsa, perkussiyada timpanik tovush, auskultatsiyada bronx va xatto amforik nafas, chegaralangan o‘pka qismlarida jarangli o‘rta va katta pufakchali nam xirillashlar eshitiladi. Balg‘am stakanda tindirilganda 3 qavatga bo‘linadi: yuqorisi - ko‘pikli, shilliqli, o‘rtasi-serozli, cho‘ziluvchan loyqa suyuklik, pastkisida yiring bo‘ladi. Mikroskopiyada: ko‘p miqdorda leykotsitlar, eritrotsitlar, cho‘ziluvchan tolalar, parchalangan o‘pka to‘qimalari aniqlanadi. Rentgenda yumaloq yoki tuxumsimon shaklda chegaralangan oqish joylar ko‘rinadi. Agar bo‘shliq bronx bilan tutashsa, unda ekssudat va havo bo‘lsa, u holda bo‘shliqda suyuqlikning gorizontal yuzasi paydo bo‘ladi, suyuqlik sathi ko‘rinishi tana holatiga qarab o‘zgaradi. Qonda gipoxromli anemiya, neytrofilli leykotsitoz, ECHT ortishi kuzatiladi. 3-davr - pirovard-abssessning yakuni bemor sog‘ayishi yoki umumiy qoniqarli ahvolda o‘pkada bo‘shliq hosil bo‘lishi yoki jarayonning surunkali turiga o‘tishi bilan yakunlanadi. Sog‘ayish holatida 15-20 kundan keyin yo‘tal kamayadi, balgam ajralishi, zaharlanish belgilari yo‘qoladi. Rentgenda bo‘shliq yuqolishi aniqlnadi. Bunda jarohatlangan o‘pka sohasida qon quyilishi qon aylanishi buzilishi va yiringlashni vujudga keltiruvchi infeksiyaning qo‘shilishi ahamiyatga ega. Agar rentgenogrammada va tomogrammada o‘pkada hosil bo‘lgan kovakning kichrayganligi ko‘rinmasa va plevra qavatlari birikib ketgan bo‘lsa, bu o‘tkir abssessni surunkali turiga o‘tganligini ko‘rsatadi.
KECHISHI. O‘tkir o‘pka abssessining rivojlanishi va uning bitishi bo‘shliqning joylashishiga, uning yiringni tashqariga chiqarish xususiyatiga, asoratlariga bog‘liq. Ko‘p hollarda o‘pka abssessi tuzaladi va bo‘shliq o‘rnida o‘choqli pnevmoskleroz hosil bo‘ladi.
ASORATLARI: plevra empiyemasi yoki pnevmotoraks, o‘pkadan qon ketishi, ichki a’zolar amiloidozi, yiringli mediastenit, abssessni miyaga, jigarga va boshqa a’zolarga metastazi. Surunkali abssessning klinik ko‘rinishi. O‘tkir o‘pka abssessining surunkali turiga o‘tganligini ko‘rsatuvchi asosiy klinik belgilar ajralayotgan balg‘am midorining barqarorlashishi va hidining kamayishi, davomli subfebril harorat, zaharlanish simptomlarining kamligi.
TASHXISI kasallikning klinik manzarasi va rentgen ma’lumotlariga asoslanib qo‘yiladi. Uzoq davom etadigan zotiljamda o‘pka yiringlanishi rivojlanishini o‘ylash kerak. Rentgenda bo‘shliqda suyuqlikning gorizontal yuzasi aniqlanadi.
QIYOSIY TASHXISI. Kasallikni sil kavernasi, bronxoektaziya kasalligi, o‘pka saratonining kavakli turi va surunkali o‘pka abssessi bilan farqlash kerak. O‘pka sili bilan shikatlanish torpid ko‘rinishida subfebril harorat va ko‘p terlash bilan kechadi. Balg‘amning bir kunlik miqdori 100-150 ml dan oshmaydi va hidsiz bo‘ladi. Rentgenda parchalanayotgan infiltrat yoki shakllanayotgan bo‘shliq atrofida soyalar, balg‘am va bronx yuvindisi tarkibida, parchalangan bo‘shliq bioptatida sil mikobakteriyalari topiladi. Bronxoskop bilan tekshirilganda bronxlarning shilliq pardasida sil guddalarining aniqlanishi sil tashxisini tasdiqlaydi. O‘pka saratonining parchalanishida va ko‘pincha o‘smaning ikkilamchi yiringlanishida farqlash qiyinchiligi sodir bo‘ladi, lekin tashxisni aniqlashda quyidagi belgilarga e’tibor berish kerak. Saraton kasalligi aksariyat yoshi 50dan kattalarda, abssess esa, yoshlarda uchraydi. Saraton kasalligida o‘tkir davr deyarli ifodalanmagan, tana harorati normal yoki subfebril, yo‘tad iztirobli, oz miqdorda ajraluvchi balg‘am odatda hidsiz va tarkibida kam mivdoda mikroflora aniq;lanadi. Rentgenda bo‘shliq devorining tashki ko‘rinishi, abssessdan farqi, yetarli aniq, atrofida yallig‘lanish infiltratsiyasi yo‘q, ichki ko‘rinishi esa, tekis emas. Saraton bo‘shlig‘ida suyuqlik yuq, bo‘lsa ham juda kam miqdorda. Sitologiyada aksariyat atipik xujayralar aniqlanishi mumkin. Bronxoektaz Kasalligiga davomli anamnez, og‘iz to‘la balg‘am ajralishi, ko‘p qonli qaytalanish va remissiya davrlari xos. Rentgen tekshirishlari o‘pka to‘qimasining ari uyachalari rasmini aniqlaydi. Surunkali o‘pka absqessining qaytalanishi, o‘tkir turidan, pnevmoskleroz, "nogora cho‘pi" simptomi va kaxeksiya rivojlanishi bilan farqlanadi.
DAVOLASH patologik flora o‘chog‘ini yo‘qotish, bronxlar drenaj faoliyatini tiklash, zaharlanish simptomlariga qarshi kurashish, organizmning himoya kuchini oshirishga qaratiladi. Bemorning umumiy ahvolini qayta tiklash va buzilgan gomeostazni sozlash uchun bemorni yaxshi parvarishlash kerak: bemor havosi toza, yorug‘ xonada davolanadi. Bemorga tarkibi oksil va vitaminlarga boy yuqori kaloriyali ovqatlarni istemol qilishlik tavsiya qilinadi. Oqsil yo‘qotilishini qoplash maqsadida oqsil gidrolizatlari (aminokrovin, gidrolizin, infuzoaminlar) tomir ichiga tomchilab, anabolik garmonlar (retabolil, nerobol) mushak orasiga yuboriladi. Kamqonlikka qarshi yangi olingan qon yoki eritrotsitlar massasi xafada 1-2 marta 250-500 ml tomirga tomchilab qo‘yiladi. Detoksikatsiya uchun vitaminlar, gemodez, poliglyukin, plazma, 5 foizli glyukoza eritmasi, 8-14 birlikda insulin va kaliy ionini saqlaydigan dorilar tomirga tomchilab boriladi. Og‘ir bemorlarga gemosorbsiya yoki plazmoferez buyuriadi. Gipoksemiyaga qarshi oksigenoterapiya qo‘llaniladi. Balg‘am ajralishini yengillashtirish uchun 2 foizli kaliy yodid eritmasi, mukolitilar qabul qilinadi. Yiring oqimini kuchaytirish maqsadida postural drenaj (30 daqiqadan kuniga 8-10 marta) tavsiya qilinadi. Bunda drenaj qilinayotgan bronx pastga vertikal yo‘nalishda bo‘lishi kerak. Davolash bronxofibroskopiyasi usulida destrukqiya o‘chog‘idagi yiring so‘rib olinadi va bo‘shliqni fiziologik kaliy permanganat, furagin eritmalari bilan yuviladi, so‘ngra mukometikyur, proteolitiklar, fermentlar, bronxolitiklar, antibiotiklar yuboriladi. Infeksion jarayonni qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmga qarshi kurashish uchun mikrofloralar sezgirligini hisobga olgan holda katta dozada antibiotiklar (penitsilin va uning sintetik hosilalari, gentamitsin, linkomitsin, peflotsin,separin, dolotsin va h.k.) buyuriladi. Organizmning immunologik himoya omillarini tiklash va kuchaytirish uchun o‘rinbosar immunterapiya (qizamikda va stafilokokka qarshi gamma-globulin) qo‘llaniladi. Konservativ davo foyda bermasa xirurgiya choralari qo‘llaniladi.
PROFILAKTIKASI. O‘pka abssessini oldini olishda alkogol va chekishga ro‘ju qo‘yishga qarshi kurashish katta ahamiyatga ega. Muntazam ravishda og‘iz bo‘shligi va xalqumni tozalash, respiratorli virus infeksiyalarini davolash kerak. Ikkilamchi profilaktikaga o‘pka - bronx tizimidagi yallig‘lanish jarayonlarni o‘z vaqtida faol davolash choralari kiradi. Antimikrob, balg‘am ajratuvchi, bronxospazmolitiklar va giposensibilizatsiyalashtiruvchi moddalar aerozolidan ingalyatsiya usulida foydalaniladi. Fizioterapiyadan detsimetrli to‘lqin, kaliy va yod elektrofarezlari, hamda umumiy ultrabinafshi nurlari qo‘llaniladi.


  1. Download 378,03 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish