- I.P.Podlasiy tomonidan taklif etilgan jismoniy tarbiyaning vazifalari V.A.Slastenin, I.F. Isaev, E.N.Shiyanovlar tasnifiga mos kelib, shu bilan birga jismoniy tarbiyaning yana ikkita funksiyasi alohida ajratib ko‘rsatilgan: 1) o’quvchilarda estetik sifatlarni tarbiyalash; 2) o’quvchilarda axloqiy sifatlarni tarbiyalash.
- Jismoniy tarbiyani amalga oshirish vositalari xilma-xil bo‘lib, ularni umumlashgan tarzda uch guruhga ajratish mumkin: tabiiy omillar, gigienik shart-sharoitlar va jasmoniy mashqlar. Tabiiy omillar tabiat in’omlari (suv, havo, quyosh)ning sogliqni mustahkamlash, bolaning morfologik va jismoniy to‘g‘ri rivojlanishiga ko‘maklashish imkoniyatlarini o‘zida aks ettiradi. Ilmiy adabiyotlarda mazkur holat «bola organizmini chiniqtirish» atamasi bilan tavsiflanadi. Bola organizmini chiniqtirish deganda, organizmni mustahkamlash, chidamlilik, zararli ta’sirlarga qarshilik ko‘rsatish, hayotiy sharoitlaming o‘zgarishiga tez moslashish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar tizimi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |