Mavzu: Oʻrta Osiyo h



Download 45,44 Kb.
bet1/8
Sana22.05.2023
Hajmi45,44 Kb.
#942493
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
akrfIcopnUV31SZlc1ofHUZc5zEyssEUEZiKIf9F (1)


8- mavzu: Oʻrta Osiyo hududlarining xonliklarga boʻlinib ketishi, uning sabablari va oqibatlari


Asosiy tushuncha va iboralar: xonlik; amirlik; xutba; shayx ul-islom; inoq; amlakdor; madrasa; pochta tizimi.


8.1. XV asr oxiri va-XVI asr boshlariva Movarounnahrda siyosiy vaziyat. Shayboniylar hukmronligining oʻrnatilishi
XIV asr boshlariga kelib, 1236-yilda Botuxon tomonidan asos solingan Oltin O‘rda davlati ikki qismga bo‘linib ketdi va uning sharqiy qismida Oq O‘rda davlati tashkil topdi. Ayrim tarixiy manbalarda bu hududlar “0 ‘zbeklar mamlakati” deb ham eslatiladi. XV asrning o‘rtalariga kelib Sharqiy Dashti Qipchoq hududlarida Jo‘jixonning beshinchi o‘g‘li Shaybon urug‘idan bo‘lgan Abulxayrxon ko‘chmanchi o‘zbeklar davlatiga asos soldi va Movarounnahrdagi o‘zaro kurashlardan foydalanib Sirdaryoning o‘rta oqimidagi bir qancha shaharlarni, Xorazmning bir qismini bosib olishga erishdi. Shayboniylar sulolasining kuchli rivojlangan va bevosita Movarounnahrga aloqador davri Abulxayrxonning nabirasi Muhammad Shayboniyxon nomi bilan bogʻliq.
U 1451- yilda tugʻilgan. Bobosi, Abulxayrxon va otasi Shoh Budogʻ Sulton oʻlimidan soʻng boshlangan qirgʻinlardan Movarounnahrga qochib qutulgan. Avval Samarqand, keyin Buxoro madrasalarida ta’lim olgan. Uzoq harakatlar natijasida nufuzli ruhoniy va Oʻrta Osiyoning zadagonlari yordamida XV asr oxirlariga kelib Muhammad Dashtu qipchoq nomi bilan mashhur boʻlgan yerlarda oʻz hukmronligini oʻrnatishga muvaffaq boʻladi. Oldiga qoʻygan asosiy maqsadi Turkiston zaminidagi siyosiy beqarorlikni tugatish, kuchli markazlashgan davlat tuzish edi.
XV asrning so‘nggi choragiga kelib temuriy shahzodalar o‘rtasidagi toj-taxt uchun o‘zaro kurashlar avj olib, ko‘pgina mulk va viloyatlar, xususan, Farg‘ona, Hisor, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xorazm o‘zlarini mustaqil hisoblab, ko‘p hollarda bir-birlari bilan kurash olib borar edi. Shuning uchun ham Movarounnahrdagi temuriylar saltanati amalda mustaqil boshqariladigan kichik-kichik viloyatlarga bo‘Iinib ketdi, Shayboniyxon esa bunday vaziyatdan ustalik bilan foydalanishga harakat qildi.
XV asrning 90- yillarida Temuriylarning oʻzaro urushlari kuchaygan kezlarda Shayboniyxon Dashti Qipchoqning janubiy qismini, jumladan, Oʻtror, Sabron, Yassi (Turkiston) va boshqa shaharlarni ishgʻol qiladi. Shayboniyxon qoʻshinlari 1499- yildan Movarounnahrni istilo qilishga kirishdi. U Qarshi va Shahrisabzga bosib boradi, katta oʻlja bilan Dashti qipchoqqa qaytadi. Oradan koʻp oʻtmay Shayboniyxon katta kuch bilan Samarqandni qamalga oldi. Shu asnoda Dabusiya qal’asi yaqinida u samarqandliklarga yordamga kelayotgan Buxoro hokimi Muhammad Boqi Tarxon qoʻshinlarini tor-mor qilib, avval Buxoroni, soʻngra Qorakoʻlni egallaydi.
Shayboniyxon Buxoroga oʻz dorugʻasi (hokim)ni tayin etib, uni oʻzining bosh qarorgohiga aylantiradi. Buxoro va Qorakoʻlda Shayboniyxonga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon shafqatsiz bostiriladi. Shayboniyxon yana Samarqand ustiga yurish qilib shaharni toʻqqiz oy qamalda tutadi.
Bu vaqtda Samarqandda Abu Saidning nabirasi Sulton Ali Mirzo hukmdorlik qilardi. Ogʻir iqtisodiy tanglik va taxt uchun kurashlardan bezor boʻlgan mehnatkash omma shahar zodagonlarining ma’lum qismi Temuriylar hukmdorligini tiklash tarafdori edi. Ular Fargʻona hukmdori Boburga maktub yoʻllab, Samarqandni ishgʻol qilishga da’vat etadilar. Bobur qoʻshinlari bilan Samarqandga yetib kelgach, unga peshvoz chiqilib, shahar darvozalari ochib beriladi. Shayboniyxonning shahar himoyasi uchun qoldirgan 600 nafar askari qirib tashlanadi. Shayboniyxon katta kuch bilan yana Samarqandga yurish boshlaydi.
1501- yil aprelda Zarafshon boʻyidagi Saripul qishlogʻi yaqinida boʻlgan jangda Bobur qoʻshinlari yengiladi. Bobur Samarqandga chekinadi. Shahar yana qamalga olinib, u toʻrt oy davom etadi. Qamalda qolgan shahar aholisining ochlikdan tinkasi quriydi. Noilojlikdan Bobur 1501- yilning 2- yarmida Samarqandni tark etib, Toshkentga togʻasi Mahmudxon huzuriga yoʻl oladi. Shayboniyxon Samarqandni ikkinchi marotaba jangsiz egallab, mudofaachilarning aksariyatini qilichdan oʻtkazadi.
1503- yilda Shayboniyxon Sirdaryo tomon yurish qilib, Toshkent xoni Mahmudxon,Bobur va Sulton Ahmadxonning birlashgan kuchlarini tor-mor keltiradi. Toshkent va Shohruxiya shaharlari zabt etiladi. 1504- yilda Fargʻona ishgʻol qilinadi. Shayboniyxon Samarqandni oʻz davlatining poytaxti qilib, Buxoroga inisi Mahmud Sultonni hokim etib tayinlaydi. Toshkent xonligi va Sirdaryo boʻyidagi shaharlarni amakilari Koʻchkunchixon bilan Suyunchxoʻjaxonga topshiradi.
Movarounnahrda siyosiy mavqeini mustahkamlab olgach, Shayboniyxon 1504- yilda avval Hisor hukmdori Xusravshohni yengib Qunduzni boʻysundiradi. Soʻngra Xorazmga yurish qiladi, oʻn oy davom etgan qamaldan keyin 1505- yilning avgust oyida Urganch taslim boʻladi. Natijada butun Xorazm yerlari Shayboniyxon tasarrufiga oʻtadi.
1507- yil may oyida Shayboniyxon Hirotga yoʻl oladi. Jangda Hirot qoʻshinlari tor-mor etiladi. Shayboniyxon shaharga 100 ming tanga, zodagon va suyurgʻol egalariga alohida yana 20 ming tanga tovon soladi. Temuriylarning mol-mulklari musodara qilinib, shahar aholisi ikki kun talanadi. Temuriylar davlati sakkiz- yil mobaynida butunlay istilo qilinib, uning xarobalarida Shayboniyxon saltanati tashkil topadi. Bu saltanatga Kaspiy dengizidan Yettisuvgacha, Dashti Qipchoqdan Xurosonning janubiy chegaralarigacha boʻlgan yerlar kirdi. Temuriylar davlatining barham topishiga yuqori tabaqa vakillarining ma’lum qismi mamlkatda oʻz mavqelari hamda mol-mulklarini saqlab qolish maqsadida Shayboniylar bilan kelishib, sotqinlik yoʻliga oʻtishlari ham sabab boʻldi.
Movarounnahr va Xurosonda qozonilgan gʻalabadan soʻng, Shayboniyxon shimolda kuchayib borayotgan Qozoq xonligi, janubda Eron Safaviylari bilan toʻqnashadi.
1510- yilda Shayboniyxon Murgʻob daryosining narigi tomonida boʻlgan katta jangda qizilboshlilar Shayboniyxon qoʻshinlarini qurshovga olib, butunlay tor-mor qiladilar. Muhorabada Shayboniyxon ham halok boʻladi. Shayboniylar zudlik bilan Toshkent hokimi Suyunchxoʻjaxonni sulola boshligʻi qilib saylaydilar, lekin shayboniylar oʻrtasida nizolar toʻxtamagach, xon avlodining yoshi ulugʻi Koʻchkunchixonni yurtning yangi hukmdori qilib koʻtaradilar. Shayboniyxondan keyin shoh Ismoilga qarshi kurashuvchi munosib sarkarda topilmaydi.

Download 45,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish