Mavzu: O’smirlar orasida deviant xulqni keltrib chiqaruvchi psixologik omillar



Download 248,5 Kb.
bet9/14
Sana21.12.2022
Hajmi248,5 Kb.
#893061
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

O’smirlik yoshida deviatsiya namoyon bo’lishining tinimsiz oshib borishi pedagog oldida bu o’smirlar bilan ishlashning yangi usullari, texnologiyalarini izlash va ularga tadbiq etish vazifasini qo’yadi. Ilmiy nazariy va amaliyotda ikki asosiy texnologiya-profilaktika va reabilitatsiya keng tarqalgan.


Profilaktika – o’smirlar xulq-atvorida ijtimoiy normalardan og’ishning turli shakllarini keltirib chiqaruvchi asosiy sabab va sharoitlarni bartaraf etishga qaratilga ijtimoiy, tibbiy, tashkiliy, tarbiyaviy va davlat tadbirlarining majmuasidir. U asosan bolani o’rab turuvchi muhitga bog’liq bo’ladi.
Profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirayotganda pedagog quyidagi qoidalarga suyanadi:
1. Ijtimoiy-madaniy normani o’zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonida amalga oshadi. Qadriyatlar, g’oyalar va boshqa ramziy tizimlar majmuasini o’zlashtirmay inson jamiyatning to’la qonli a’zosi sifatida faoliyat yurita olmaydi.
2. Ijtimoiy madaniy normaning muxolifi bolalarning ijtimoiy madaniy va pedagogik qarovsizligi bo’lib, u nafaqat bola rivojining g’ayrinormal alomati, balki uning zimmasiga anomal ijtimoiy holatlarni yuklatishning natijasi sifatida qaraladi.
3. Bolalar qarovsizligining profilaktikasi nafaqat mavhum ijtimoiy madaniy normadan, balki muayyan sharoitda yashashga majbur bo’lgan boladan kelib chiqishi lozim.
4. Bola reabilitatsiyasi faoliyat sub’ekti, ijtimoiy sub’ekt va shaxs darajasida amalga oshirilishi kerak.
“Profilaktika” atamasi o’zi noxush oqibatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish ma’nosini bildiradi.
Ijtimoiy og’ishlar turli sabab va holatlardan kelib chiqishini inobatga olsak, profilaktik chora-tadbirlarning bir nechta turlarini ajratsa bo’ladi:
neytrallashtiruvchi;
o’rnini to’ldiruvchi;
ijtimoiy og’ishlarga sabab bo’luvchi holatlarni yuzaga kelishidan ogohlantiruvchi;
bu holatlarni bartaraf etuvchi;
o’tkaziladigan profilaktika ishlarini nazorat qiluvchi.
Ijtimoiy pedagogning o’smirlar bilan profilaktika ishlari olib borishiga bir nechta yondashuvlar mavjud:
Informatsion yondashuv-voyaga yetmagan shaxslar ularga davlat va jamiyat tomonidan axloqiy normalarni bajarishga taqdim etilgan huquq va majburiyatlardan xabardor qilinadilar.
Ijtimoiy profilaktik yondashuv. Bunda asosiy maqsad negativ hodisalarni aniqlash, bartaraf etish va neytrallashtirishdir. Bu yondashuvning mohiyati davlat, jamiyat, muayyan ijtimoiy pedagogik muassasa, ijtimoiy pedagog tomonidan deviant xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, tashkiliy, huquqiy va tarbiyaviy chora tadbirlarni o’tkazishdan iborat.
Tibbiy-biologik yondashuvning mohiyati esa ijtimoiy normalardan ehtimoliy og’ishlarni turli ruhiy anomaliyalar bilan aziyat chekuvchi shaxslarga nisbatan davlat profilaktik xarakterdagi choralar vositasida oldini olish hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogik yondashuv deviant xulq-atvorga ega o’smirning ijobiy xislatlarini tiklashda namoyon bo’ladi.
Deviant xulq-atvorga ega o’smirlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiyasi nimadan iborat? Ijtimoiy pedagogning dezadaptatsiya bo’lgan o’smirlar bilan ishlashining boshqa bir texnologiyasi ularning reabilitatsiyasi hisoblanadi. Reabilitatsiya keng turdagi vazifalar, elementar ko’nikmalardan tortib insonning jamiyatda to’liq integratsiyalashuvigacha bo’lgan masalalarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi sifatida qaralishi mumkin.
Reabilitatsiya ob’ektlari quyidagilar:
1. Ijtimoiy va pedagogik qarovsiz bolalar. Tavakkal guruhidagi bolalarning eng tarqalgan toifasi bo’lib, ularning qiyin tarbiyalanishi ruhiy pedagogik sabablar bilan izohlanadi. Qarovsizlikning asosiy belgilari deb yetakchilik faoliyatidagi kamchiliklar, xulq-atvorda chetga og’ish, ijtimoiy adaptatsiya qiyinchiliklarini aytsak bo’ladi. Bu bolalar va o’smirlar faoliyatning to’la qonli sub’ekti bo’lmaganliklar uchun ularga asosiy yordamni pedagog, psixolog va ota-onalar ko’rsatishlari mumkin.
2. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar, yetim bolalar, xulq-atvorida chetga og’ish bo’lgan o’smirlar. Bu toifaga avvalambor ijtimoiy adaptatsiyada, ijtimoiy rollarni egallashda yordam ko’rsatish lozim. Reabilitatsiyaning asosiy sub’ekti ijtimoiy pedagog bo’lib, u yuqorida sanab o’tilga funktsiyalarni bajara olishi, o’smirlar va bolalarga psixologik yordam ko’rsata olishi lozim.
3. Psixosomatik va nerv-psixologik sog’ligi buzilgan va funktsional og’ishlarga ega bolalar: surunkali somatik kasalliklar, funktsional buzilishlar, asab-ruhiy hastaliklar, aqliy qoloqlik, nogironlik.
Bu toifa bolalar avvalambor tibbiy va ruhiy reabilitatsiyaga ehtiyoj sezadilar. Uning sub’ektlari shifokorlar va psixologlar bo’lib, ular shuningdek pedagog va ijtimoiy ishchilar bilan hamkorlikda kompleks reabilitatsiyani ham o’tkazishlari mumkin.
Reabilitatsion yordam xarakteri:
kechikkan yordamdan profilaktik yordamga o’tish,
jazolovchi yordamdan ayovchi yordamga o’tish,
tasodifiy yordamdan kafolatlangan va kompleks yordamga o’tish,
anonim yordamdan shaxsiy yordamga o’tish.
Adaptatsiyadan farqli o’laroq reabilitatsiya tiklanish, faollashtirish sifatida tushuniladi. Reabilitatsiya jarayonida o’rnini to’ldiruvchi mexanizm mavjud nuqsonni yengib o’tish uchun qo’llanadi, adaptatsiya jarayonida esa u mavjud nuqsonga ko’nikish maqsadida qo’llanadi.
Demak, reabilitatsiya bu bolani jamiyatdagi faol hayotga va ijtimoiy foydali mehnatga qaytarish maqsadidagi chora-tadbirlar tizimidir.
Reabilitatsiyaning bir qancha turlari mavjud: tibbiy, psixologik, pedagogik, ijtimoiy-iqtisodiy, kasbiy, maishiy.
Tibbiy reabilitatsiya bola organizmining u yoki bu yo’qotilgan funktsiyasini o’rnini to’ldirish yoki to’liq va qisman tiklashga qaratilgan bo’ladi.
Ruhiy reabilitatsiya o’smirning ruhiy sohasiga qaratilgan bo’lib, uning maqsadi deviant xulq-atvorli bola ongida uning hech kimga kerakmasligi haqidagi tasavvurni yengib o’tishdir.
Kasbiy reabilitatsiya o’smirni biror-bir kasbga o’rgatish, u uchun yengillashtirilgan sharoitli va qisqartirilgan ish kuniga ega ish joylarini qidirishdan iborat.
Maishiy reabilitatsiya o’smir uchun normal yashash sharoitlarini yaratishga qaratiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy reabilitatsiya deganda esa o’smir huquq va manfaatlarini himoya qilish, unga tegishli bo’lgan moddiy mulklar, to’lovlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi.
Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya – bola hayotiy faoliyatida muhim ahamiyatga ega shaxsiy xislatlarni, uning jamiyat integratsiyasiga yordam beruvchi faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish, ijobiy rollarni, jamiyatda yurish-turish qoidalarini o’zlashtirishi, kerakli ma’lumot olishga qaratilgan tarbiyaviy xarakterdagi chora-tadbirlardir.
Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya muassasalarining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
-bolalar va o’smirlarni nazoratsizliklarini oldini olish;
-voyaga yetmaganlarning ijtimoiy dezadaptatsiyasiining sabablari va manbalarini aniqlash;
-kasbiy, o’quv, ijtimoiy-madaniy, sog’lomlashtirish va boshqa komponentlardan tashkil topgan bolalar va reabilitatsiyasining individual dasturlarini amalga oshishini ta’minlash;
-uy sharoitlarida reabilitatsion chora-tadbirlarning uzluksizligini ta’minlash uchun dezadaptatsiya bo’lgan bolalar oilalari bilan hamkorlik qilish va tavsiyalar tayyorlash;
nazoratsiz bolalar va o’smirlarning (18 yoshgacha) normal maishiy sharoitlarda vaqtinchalik yashashini ta’minlash (shu jumladan, ularga bepul ovqat tarqatish, tibbiy xizmatlar, ijtimoiy yordam ko’rsatish va b.);
oilada inqirozli vaziyatni bartaraf etish va bolaning o’z oilasiga qaytib kelishi uchun ruhiy, psixokorrektsion va boshqa yordam ko’rsatish;
voyaga yetmaganlarning keyingi taqdirini hal qilishda ishtirok etish;
boshqa muassasalar bilan hamkorlikda bolalarning keyingi tarbiyasining yanada optimal shakllarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Bu vazifalar ko’lami muassasalar faoliyatini kadrlar bilan ta’minlanishi va muayyan sharoitlarga bog’liq ravishda o’zgarib turishi mumkin.
Deviant xulq-atvorli o’smirlarning ijtimoiy pedagogik reabilitatsiyasi reabilitatsion markaz deb nomlanuvchi ixtisoslashgan muassasalarda amalga oshiriladi. Bu muassasalarning vazifalari:
nazoratsizlik, daydilik profilaktikasi;
ota-onasi aybi bilan yoki ekstremal vaziyat tufayli qiyin hayotiy holatga tushib qolgan bolalarga tibbiy-psixologik yordam;
ijobiy ijtimoiy xulq-atvor, atrofdagilar bilan muomula qilish ko’nikmalarini shakllantirish;
ota-onasi qaramog’isiz qolgan bolalarga nisbatan vasiylik funktsiyalarini bajarish;
shaxsning inqirozli ruhiy holatlarini bartaraf etishga yordam beruvchi ruhiy va pedagogik qo’llab-quvvatlanish;
oilaga qaytib kelishga ruxsat;
normal rivojlanish, ta’lim olish imkoniyati bilan ta’minlash;
ishga jolashtirilishiga g’amxo’rlik qilishdan iborat.
Bu muassasalarda ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya uch asosiy bosqichdan iborat: tashxis qilish reabilitatsion dasturni yaratish va amalga oshirish, bolaning reabilitatsiyadan keyingi himoyasi.
Qiyin tarbiyalanadigan bolalarning reabilitatsiya jarayonida tarbiya muassasalari katta ahamiyatga ega.
Ta’lim muassasining reabilitatsion xizmati umumiy yondashuv asosida funktsional majburiyatlar va kasbiy vakolatlar doirasida o’zaro munosabatga kirishuvchi va bola hamda uning munosabatlarini uyg’unlashtirishga qaratilgan o’zaro bog’liq chora-tadbirlar tizimini amalga oshiruvchi mutaxassislar guruhi va pedagogik jamoadir. Maktab reabilitatsiyasi (tibbiy-psixologik-pedagogik) reabilitatsiya xizmati modeli muassasa spetsifikasini ham inobatga oladi.
Bu reabilitatsiya xizmatining asosiy vazifalari quyidagilar:
-bolalar va o’smirlar rivojlanishidagi o’zgarishlar sabablarini aniqlash;
-ularni bartaraf etish vositalarini qidirish;
-ta’lim-tarbiya, yashash sharoitlarini optimallashtirish;
-normal shaxs rivojlanishiga yordam beruvchi pedagogik jarayonni tashkil qilish;
-tavakkal guruhi bolalari va o’smirlarini o’z vaqtida aniqlash;
-o’smirlarning ruhiy inqirozini yengib o’tish;
-maxsus reabilitatsion dasturlarni amalga oshirish orqali muhtojlarga har tomonlama yordam ko’rsatish.
Ta’lim muassasasining reabilitatsion tizimi asosan psixologik-pedagogik xarakterga ega, ya’ni uning mazmuni va shakllari asosiy maktab xodimlarining zimmasida bo’ladi. Avvalam bor u bolalarni o’z maqomlarida (muomalaning to’laqonli a’zosi sifatida) va muomala layoqatiga ega (etakchi o’quv faoliyatinig sub’ekti) sifatida tiklanishlariga qaratilgan. U bolalar, o’smirlar va ularning ijtimoiy atrof-muhiti bilan ish olib borishiga bog’liq. Pedagoglar shug’ullanuvchi nuqsonlar va me’yordan chetga og’ishlar sabablari asoson psixologik-pedagogik xarakterga ega bo’lib, kerakli vositalar yordamida to’g’ri yo’lga solinadilar.
Ta’lim muassasalarida ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya qarovsiz bolalar va o’smirlarga nisbatan oilaviy va maktab repressiyalarini oldini olishga, nizoli vaziyatlarni hal qilishga, shuningdek, ularni o’quv faoliyatining sub’ekti sifatida tiklashga qaratiladi.

Reabilitatsion ijtimoiy pedagogik texnologiyalar. Deviant xulq-atvorga ega o’smirlar bilan ishlashning reabilitatsiya dasturlarini tuzishda quyidagilar inobatga olinadi:


1. Voyaga yetmagan bolaning ijobiy xislatlariga suyanish. Ijtimoiy pedagog deviant xulq-atvorga ega bolani qoralay olmaydi. U uchun muvaffaqiyat vaziyatini yaratish orqali uning xulq-atvorida ijobiy xislatlarni topish kerak va ijtimoiy pedagog faoliyatini shunga muvofiq tashkil qilish lozim.
2. Hayotiy intilishlarni shakllantirish. Odatda maktabdagi surunkali muvaffaqiyatsizliklardan so’ng o’smirlar umidsizlikka tushishadi, o’z kuchlariga ishonch yo’qoladi. Bunday o’smir uchun keyingi kasbiy o’z-o’zini anglab olish muhim bo’lib, bu holatda ijtimoiy pedagogning psixolog bilan hamkorlikdagi faoliyati uning kelajakdagi kasbiy o’z-o’zini anglab olish muhimi bo’lib bu holatda ijtimoiy pedagogning psixolog bilan hamkorlikdagi faoliyati uning kelajakdagi kasbini aniqlashga qaratiladi.
3. Uning keyingi kasbiy taqdiri bilan bog’liq faoliyatdan tashqari deviant xulq-atvorli bolani u uchun ahamiyatli bo’lgan ijtimoiy faoliyatga jalb qilish ham lozimdir. Bu murakkab vazifa hisoblanadi, chunki odatda bu holatda nafaqat u yoki bu faoliyat turiga nisbatan o’zgarishni, balki bolalar jamoasi bilan ham munosabatlarning normallashuvini talab qiladi. Amaliyotning guvohlik berishicha, qiyin tarbiyalanadigan bolalarda boshqa o’quvchilarga qaraganda bo’sh vaqti to’rt marta ziyoddir.
4. O’smir bilan o’zaro munosabatlarga hurmat bilan qarash. Dezadaptatsiya bo’lgan bolalarda yaxshi muomalaning yo’qligi sababli har qanday tarbiyaviy ta’sir voyaga yetmagan bola tomonidan qattiq qarshilikka duch keladi. Bunday bolalar bilan ish olib borishda ijtimoiy pedagogdan sabr-matonat talab qilinadi.

Hozirgi kunda o’smirlar bilan ish olib borishda qanday reabilitatsion ijtimoiy pedagogik texnologiyalardan foydalanilayotganligini ko’rib chiqaylik. Ijtimoiy pedagogning bu bolalar bilan ish olib borishi o’smir ichki olamini ijtimoiy sog’lomlashtirishga qaratiladi. Ijtimoiy pedagog bola tushib qolgan vaziyatni shoshilinch tashxis qo’ya olishi va ijtimoiy-shaxsiy-emotsional xislatlarning buzilishi sabablarini ham aniqlashi lozim.


SHu borada asosiy faoliyat turlariga: individual maslahat berish, salbiy emotsional ahamiyatga ega vaziyatlarni to’g’rilash maqsadida o’smirlarni trening guruhlariga qo’shish, bola qadriyatlari tizimi bilan individual ish olib borish, ijtimoiy ko’nikmalar paydo qilish kiradi.
Bundan tashqari bola va ota-ona o’rtasida yaxshi o’zaro munosabatlarni tiklash uchun oila bilan ham ish yuritish lozim. Bu faoliyat oila pedagogik pozitsiyalariga tashxis qo’yishni, ota-onalarni trening guruhlarga jalb etishni ko’zda tutadi.
Inqirozli holatda turgan o’smir boshqacha yondashuvlarni talab qiladi. Odatda bunaqa xulq-atvor o’smirning hal qilib bo’lmaydigan vaziyatga munosabatini bildiradi. Bu toifa bolalar bilan ish olib borishda emotsional holatning shoshilinch diagnoztikasi, bu muammo sabablarini aniqlash, muammolarni hal qilish ko’nikmalariga o’rgatish, ijobiy “Men” kontseptsiyasini shakllantirish ustida ish olib borishni ko’zda tutadi.
Ijtimoiy pedagog faoliyatning boshqa bir yo’nalishi uy-joysiz bolalarga qaratilgan. Bu bolalar bilan ishlash ikki yo’nalishdan iborat: bunaqa bolalarning yashab ketishlari uchun sharoitlar yaratish (tibbiy yordam ko’rsatish, ovqat bilan ta’minlash); o’ziga, o’z kelajagiga ishonchni mustahkamlash uchun o’tgan hayotlarining salbiy tajribasidan xalos etish.
Asosiy ish shakli “Men” kontseptsiyasini shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy-psixologik trening tashkil qilish.
Bu reabilitatsiya dasturlarini quyidagi uch shartlarni bajargandagina, samarali tarzda amalga oshirsa bo’ladi:
1) dasturning barcha ishtirokchilarini-bola, ota-ona, ijtimoiy pedagog, mutaxassis yuqori motivatsiyasi;
2) mutaxassislar va reabilitatsion muassasalar rahbarlarining ruhiy-pedagogik kompetentliklari;
3) turli davlat xizmatlari-ta’lim sog’liqni saqlash va b. faoliyatini tartibga solish.
Dezadaptatsiya bo’lgan bolalar bilan ish olib borishning mavjud texnologiyalari deviant xulq-atvorni ijtimoiy nazorat ostiga olishga qaratilgan. Bu jarayon, birinchidan, eng xavfli deviant xulq-atvor shakllarini ijtimoiy foydali shakllar tomonidan siqib chiqarilishi; ikkinchidan, bolaning ijtimoiy faolligini ijtimoiy ma’qullanadigan tomonga yo’naltirish, uchinchidan, daydilik, giyohvandlik, besoqolbozlik, fohishabozlik bilan shug’ullanuvchi o’smirlarni jinoiy yoki ma’muriy kuzatuvdan xalos etish; to’rtinchidan, maxsus ijtimoiy yordam xizmatlarini tuzishdan iborat.



Download 248,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish