Mavzu: Oʻzbekiston Respublikasida va Buyuk Britaniyada patent olish


Oʻzbekistonda patent olish tizimi



Download 227,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana19.12.2022
Hajmi227,02 Kb.
#891039
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'zbekiston va Buyuk Britaniyada patent olish tartibi. (1)

Oʻzbekistonda patent olish tizimi. 
Ixtiroga o‘zbekiston respublikasining patentini berish uchun talabnomalarni tuzish, 
topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari to‘g‘risida 
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 22-martda 
ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1329] 
O‘zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat 
namunalari to‘g‘risida”gi Qonunini bajarish yuzasidan buyuraman: 
1. Ixtiroga O‘zbekiston Respublikasining patenti berilishi uchun 
talabnomalarni tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari ilovaga muvofiq 
tasdiqlansin. 
2. Ushbu Qoidalar kuchga kirgan sanadan e’tiboran Fan va texnika davlat 
komiteti raisi tomonidan tasdiqlangan Ixtiroga O‘zbekiston Respublikasining 
patenti, dastlabki patenti berilishi uchun talabnomani tuzish qoidalari (1997-yil 10-
sentabr, ro‘yxat raqami 365-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 
3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Ixtiroga patent berish uchun talabnoma 
1. Qonunning 6-moddasi muvofiq agar ixtiro sifatida berilgan obyekt, agar u yangi, 
ixtirolik darajasiga ega va uni sanoatda qo‘llash mumkin bo‘lsa, u huquqiy 
muhofaza qilinadi. 
Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum bo‘lmasa, u yangi deb 
hisoblanadi. 
Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasi haqidagi ma’lumotlardan yaqqol 
ayon bo‘lmasa, ixtirolik darajasiga ega bo‘ladi. 
Texnika taraqqiyoti darajasi ixtiro ustuvorligi sanasiga qadar jahonda 
ommaga oshkor bo‘lgan har qanday ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 
Agar ixtiro sanoat, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda 
foydalanish mumkin bo‘lsa, u sanoatda qo‘llash mumkin deb hisoblanadi. 
2. Qonunning 6-moddasi 8-qismiga muvofiq mahsulot yoki usulga tegishli 
bo‘lgan har qanday texnik yechim ixtiro sifatida e’tirof etiladi. 
a) ixtiro ob’ekti — mahsulot. 
Ixtiro ob’ekti sifatida mahsulotga, xususan, qurilma, modda, mikroorganizm 
shtammi, o‘simliklar yoki hayvonlar hujayralarining turlari kiritilgan. 
Qurilmalarga konstruksiyalar, konstruktiv elementlar yoki konstruktiv 
elementlar majmui bo‘lgan hamda funksional-konstruktiv birlikni tashkil qilgan 
buyumlar kiradi. 



Qurilmalarga mashinalar, asboblar, apparatlar, uskunalar, instrumentlar, 
mahkamlovchi 
buyumlar, 
mashina 
detallari, 
aloqa 
vositalari, 
qurilish 
konstruksiyalari va boshqalar kiradi. 
Moddalarga: 
kimyoviy birikmalar, bularga, shuningdek, shartli ravishda yuqori 
molekulyar birikmalar va gen injeneriyasi mahsulotlari bo‘lgan rekombinant nuklein 
kislotalar, vektorlar va h.k. kiritilgan; 
kompozitsiyalar (tarkiblar, aralashmalar, qotishmalar, eritmalar va 
boshqalar); 
yadroviy parchalanish mahsulotlari kiradi. 
Mikroorganizmlar shtammlari, o‘simliklar yoki hayvonlar hujayralarining 
turlari (liniyalari)ga: 
bakteriyalar, viruslar, bakteriofaglar, mikrosuvo‘tlari, mikroskopik 
zamburug‘lar va boshqalarning shtammlari; 
o‘simliklar yoki hayvonlar hujayralarining turlari (liniyalari), shu jumladan 
hujayralarning klonlari; 
mikroorganizmlar, o‘simliklar yoki hayvonlar hujayralarining turlari 
(liniyalari) konsorsiumlari; 
xususan mikroorganizmlar, o‘simliklar va hayvonlarning plazmidlari, 
vektorlari, barqaror transformatsiyalangan hujayralarini o‘z ichiga olgan genetik 
konstruksiyalar, transgen o‘simliklar va hayvonlar kiradi. 
b) ixtiro ob’ekti — usul. 
Usulga moddiy vositalar yordamida moddiy ob’ekt ustida bajariladigan 
o‘zaro bog‘langan xatti-harakatlar kiradi. 
3. Quyidagilar: 
ilmiy nazariyalar va matematika usullari
tashkil etish va boshqaruv usullari; 
shartli belgilar, jadvallar, qoidalar; 
aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari; 
elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar; 
binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va sxemalari; 
estetika talablarini qanoatlantirishga yo‘naltirilgan, mahsulotlarning faqat 
tashqi ko‘rinishiga oid yechimlar; 
integral mikrosxemalar topologiyalari; 
o‘simlik navlari va hayvon zotlari; 
jamoa manfaatlari, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlar 
ixtirolar deb tan olinmaydi. 



4. Qonunning 15-moddasi 1-qismiga muvofiq talabnoma bitta ixtiroga yoki 
yagona ixtirochilik fikrini (ixtiro birligi talabini) tashkil etgan tarzda bir-biri bilan 
uzviy bog‘langan ixtirolar guruhiga taalluqli bo‘lishi kerak. 
Ixtiro birligi talabiga rioya etilgan hisoblanadi, agar: 
agar ixtiro formulasida bitta ixtiro tavsiflangan bo‘lsa; 
agar ixtiro formulasida bir guruhdagi ixtirolar tavsiflangan bo‘lsa: 
ixtiro formulasida bir turdagi (bir qancha qurilmalar, bir qancha turlar va 
boshqalar), bir xil maqsadda foydalanishga mo‘ljallangan, prinsipial aynan bir xil 
yo‘l (variantlari) bilan aynan bir xil texnika natijasini olishni ta’minlaydigan 
obektlarga taalluqli ixtirolar guruhi tavsiflangan bo‘lsa; 
biri ikkinchisini olish (tayyorlash) uchun mo‘ljallangan bo‘lsa (masalan, 
qurilma yoki modda va qurilma yoki moddani butunlay yoki ularning bir qismini 
olish usuli); 
biri ikkinchisini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa (masalan, usul 
va usulni butunlay yoki uning amallaridan birini oshirish uchun qurilma); 
biri ikkinchisidan (ikkinchisida) foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa 
(masalan, usulda foydalanish uchun mo‘ljallangan usul va qurilma; usul yoki 
qurilma va uning bir qismi; qurilma yoki moddani ulardan yangi maqsadda 
foydalanish uchun qo‘llash va ushbu maqsadga muvofiq ulardan foydalansh usuli; 
qurilma yoki moddadan yangi maqsadda foydalanish va tarkibiy qismi bo‘lgan 
qurilma yoki kompozitsiya) ixtiro birligi talabiga rioya qilingan deb hisoblanadi. 

Download 227,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish