Mavzu: O'zbеkiston Rеspublikasining atrof muxitni muxofaza qilish sohasidagi xalqaro hamkorligi. Rеja: Kirish Asosiy qism


Atrof tabiiy-muhitni xalqaro ekologik huquqiy muhofaza qilish tamoyillari



Download 15,04 Kb.
bet2/6
Sana10.07.2022
Hajmi15,04 Kb.
#770215
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'zbеkiston Rеs-WPS Office

Atrof tabiiy-muhitni xalqaro ekologik huquqiy muhofaza qilish tamoyillari. Ekologiya huquqida, atrof-tabiiy muhitni xalqaro ekologik muhofaza qilishning tamoyilari xalqaro huquqning asosiy prinsiplaridan kelib chiqadi va xalqaro ekologiya huquqiga nisbatan qo'llaniladi.
Mazkur (prinsiplarni) tamoyillarni qo'llashdan asosiy maqsad, tabiiy muhitni va uning boylik manbalarini saqlash hamda ulardan oqilona foydalanishdir. Atrof tabiiy-muhitni xalqaro ekologik huquqiy muhofaza qilish tamoyillari, asosan BMT va uning atrof muhit bo'yicha o'tkazilgan Stokgolm konferensiyasi (1972), Yevropada xavfsizlikni ta‘minlashning yakuniy hujjatida (Xelsinki, 1975) va Umumjahon tabiat xartiyasida hamda Rio-de-Janeyro konferensiyasi (1992) qarorlarida aniq ko'rsatib berildi.
1. Tabiatni muhofaza qilish va uning mutanosibligini saqlash tamoyili. Bunga asosan, barcha davlatlar tabiat va uning boyliklarini muhofaza qilishlari hozirgi va kelajak avlodlar faravonligini ko'zlab ekologik tadbirlarni birgalikda amalga oshirishlari lozim. Zero, tabiatni muhofaza qilish ishida barcha davlatlar bir-birlari bilan xamkorlik qilishlari zarur. Bunday ekologik xamkorliklar teng huquqli va o'zaro manfaat asosidagi shartnomalarga muvofiq amalga oshirilishi shart.
2. O'z territoriyasida tabiat boyliklariga nisbatan suverenitetlik prinsipi. Ushbu prinsip dastlab BMT Bosh Assambleyasining 1962 yil 14 dekabrda qabul qilgan "Tabiiy boylik manbalari ustidan ajralmas suverenitet" qarorida o'z ifodasini topgan. Bu prinsip har bir davlat o'z tabiiy boyliklarini o'z siyosatiga muvofiq erkin tasarruf etish bo'yicha suveren huquqqa ega ekanligini ko'zda tutadi, boshqa davlatlarga esa bu huquqni hurmat qilish majburiyatini yuqlaydi.
3. Inson ekologik huquqining afzalligi. Bu prinsipga asosan, insonning yashashi uchun qulay ekologik sharoit bo'lishini ta‘minlash, har qanday jarayonda insonni ekologik yashash omili birinchi o'rinda turishi lozim.
4. Hamma sohada ekologik nazoratni tashkil etish va olib borish. Olib borilayotgan barcha nazorat tartibi xalqaro huquq qoidalariga mos bo'lib, O'zbekiston Respublikasida "Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida"gi qonunning VII-bo'lim 28-32 moddalari asosida amalga oshirilishi lozim.
5. Xalqaro miqyosda ekologik axborotni erkin almashinish tamoyili. Mazkur holat bo'yicha davlat atrof tabiiy muhit holatini kuzatib borish xizmati tabiiy muhitda sodir bo'layotgan fizik, kimyoviy, biologik jarayonlarni, atmosfera havosi, tuprok, yer usti va yer osti suvlarining ifloslanish darajasini, ifloslanishning o'simlik va hayvonot dunyosiga ta‘siri oqibatlarini kuzatib borish, manfaatdor tashkilotlar va aholini atrof tabiiy muhitda sodir bo'layotgan o'zgarishlar haqida joriy va shoshilinch axborotlar hamda bu muhit holatiga doir taxminlar bilan ta‘minlash maqsadida tashkil etiladi.
6. Favqulodda ekologik vaziyat holatida davlatlarning birbirlariga o'zaro yordam ko'rsatishi. Davlatlarning o'zaro kelishuvlari asosida favqulodda ekologiya vaziyati va ekologiya ofati mintaqalarida shu vaziyatni keltirib chiqargan ishlar to'xtatilib quyiladi, atrof tabiiy muhitga zararli ta‘sir etuvchi faoliyat (aholiga xizmat ko'rsatish bilan bog'liq faoliyat bundan mustasno) taqiqlanadi, tabiiy muhitni tiklash va sog'lomlashtirish chora-tadbirlari ko'riladi.
7. Xalqaro ekologiya huquqiy kelishmovchilik va nizolarni tinch yo'llar bilan hal etish. Xalqaro miqyosda kelib chiqadigan ekologik huquqiy nizolarni, davlatlarning o'zaro kelishuviga asosan tuzilgan bitim yoki shartnoma asosida tinch yo'l bilan hal etiladi.
Shuningdek, hozirgi davrda yana bir qator tamoyillarni shakllanish jarayoni kechmoqda:
- boshqa davlatlarning ekologik masalalar bilan bog'liq bo'lgan ishlariga aralashmaslik;
- ekologik muammolarni hal etishdagi hamkorlik;
- tinchlik va ekologik xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;
- ekologik muammolarni hal qilishni ko'p tomonlama kelishuv asosida rivojlantirish;
- ekologik baho berish va boshqalar.

Download 15,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish