Mavzu: O'zbekiston va Qoraqalpog'iston hunarmandlar o'lkasi



Download 278,51 Kb.
Sana14.01.2022
Hajmi278,51 Kb.
#360512
Bog'liq
6.O'zbekiston va Qoraqalpog'iston hunarmandlar o'lkasi


Mavzu: O'zbekiston va Qoraqalpog'iston hunarmandlar o'lkasi

Reja:

1. O‘zbekistonda hunarmanchilikni rivojlantirish

2. Qoraqalpogʼiston Respublikasi Toʼrtkoʼl tumanidagi Hunarmandlari

Ma'lumki yurtimizda hunarmandchilik qadimdan taraqqiy topgan, turli bejirim buyumlar yaratish, kundalik hayotda asqatadigan jihozlar tayyorlash, shu orqali o‘z mehnati bilan odamlarga naf keltirish qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Bugungi kunda O‘zbekistonda hunarmandlar tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlar va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yo‘nalishlari 25tadan 34taga yetdi. Hozirda ular ichki va tashqi bozor uchun mahsulotlar ishlab chiqarishmoqda. Bu mahsulotlar o‘zining sifati, badiiy jihatdan yuksakligi, tabiiyligi va milliy o‘zligimiz, tarixiy an'analarimizni o‘zida uyg‘unlashtirgani bilan ham ahamiyatlidir.

Hozirgi kunda hunarmandchilik mahsulotlarini chetga eksport qilish va hunarmandlar faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida 2018 yilda dunyoning 20dan ortiq davlatida (Germaniya, Shveytsariya, Rossiya, Italiya, Angliya, Koreya, Malayziya, Ozarboyjon, Latviya, Finlyandiya, Hindiston, Fransiya, Gretsiya, Turkmaniston, Eron, AQSh, Ukraina, Turkiya, Xitoy, Ispaniya) 113ta ko‘rgazma va yarmarka o‘tishi rejalashtirilgan.

PF-3393 - sonli Qarorning 5-bandida O‘z.SSP, “Hunarmand” uyushmasi hunarmandchilik mahsulotlarini uzoqdagi tuman (shahar)lardan sotib olish va kelgusida yirik shaharlarda sotish hamda eksport qilish uchun “Hunarmand” uyushmasi huzurida savdo-xarid korxonalari tashkil etish vazifasi qo‘yilgan.

 

Uyushma ta'sischiligida “Sraft and art” MChJ tashkil etilgan bo‘lib, mazkur korxona kelgusida Respublikaning turistik obektlari, diqqatga sazovor joylari, hududlardagi hunarmandchilik markazlarida hamda bir qator bozorlarda “Art salon”lar ya'ni amaliy va tasviriy san'at asarlarining savdo xarid ishlari bilan shug‘ullanuvchi do‘konlar tashkil qilishni rejalashtirgan. Bundan tashqari korxona chet el vakolatxonalari, galereyalar va turistik firmalar bilan hamkorlikda ish olib borish, chet ellarda o‘z filiallarini ochish huquqiga xam egadir.



Yangi nizom

Shuningdek, bir qator tashkilot va vazirliklar bilan hamkorlikda “Xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan ko‘rgazma, tanlov, yarmarkalarda namoyish etish uchun hunarmandchilik mahsulotlarini olib chiqishning soddalashtirilgan tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ni ishlab chiqish belgilangan.



2020 yil 3 mart kuni “Hunarmand” uyushmasining Qoraqalpogʼiston Respublikasi boshqarmasida “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlarning taklif, fikr – mulohazalarini oʼrganish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida Respublika “Hunarmand” uyushmasining boʼlim boshligʼi Baxtiyor Аllakov, hududda faoliyat olab borayotgan 20 nafar tajribali hunarmandlar va OАV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlar oʼz takliflarini bildirdilar. Jumladan, musiqa asboblari ustasi hunarmand N.Jolmanov daraxtlarni kesib olish uchun ruxsatnoma ishlab chiqish kerakligi haqida, G.Embergenova avloddan avlodga hunar oʼrgatib kelayotgan hunarmandlarga yer ajratilishi haqida, Uyushma boʼlim boshligʼi B.Аllakov hunarmandlar ixtiyoriy

ravishda xom-ashyoni xarid qilishi haqidagi taklifni bildirdilar. Shuningdek, hunarmand Ye.Ibadullaev mahorat darsi oʼtkazish uchun madaniy meros obʼektlaridan xona ajratish haqida, Boshqarma boshligʼi D.Аllambergenova arqon ishlab chiqarish hunarmanchilik turiga kiritish, hunarmand N.Jolmanov musiqa asboblari yoʼnalish turiga “doʼmbra” soʼzini kiritish haqidagi taklifni bildirdilar.
Tadbir soʼngida “Hunarmand” uyushmasining Qoraqalpogʼiston Respublikasi boshqarmasi oʼrtaga tashlangan qonun loyihasiga berilgan barcha takliflarni umumlashtirib, uyushmaning Respublika rahbariyatiga taqdim etilishi aytib oʼtildi.

Respublika Hunarmand uyushmasi raisi Ulugʼbek Аbdullaev Qoraqalpogʼiston Respublikasi Toʼrtkoʼl tumanidagi Hunarmandlar bozorchasiga tashrif buyurib Toʼrtkoʼl tuman hunarmandlari bilan uchrashdilar, 2019 yil 18 dekabrda foydalanishga topshirilgan bozorchada 11 ta dukon va 138 ta rastani oʼz ichiga olgan. Toʼrtkoʼl tumani hunarmandlari asosan 14 yunalish boʼyicha faoliyat koʼrsatmoqda.



Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-5242-sonli farmonining 12 bandiga koʼra, turistik, meʼmoriy-madaniy obʼektlar hududlarida, shuningdek yirik savdo markazlarida hunarmandlarga oʼz mahsulotlarini sotish uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarga ega boʼlgan savdo rastalari tashkil etilishini taʼminlash belgilab qoʼyilgan.

Qoraqalpogʼiston Respublikasi Toʼrtkoʼl tumanida “Toʼrtkoʼl savdo Kompleksi M.Ch.J” xududidagi “Hunarmandlar Bozorchasi”ning ochilish marosimi boʼldi. “Hunarmandlar bozorchasida” hunarmandlar ishlab chiqargan mahsulotlarini sotish uchun yoshlarni hunarga oʼrgatish maqsadida ularga zaruriy shart-sharoitga ega boʼlgan doʼkonlar qurilib tantanali ravishda topshirilgan edi.
Download 278,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish