Mavzu: O’zbekistonda oila institutini mustahkamlashda davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari kirish


II.Bob. O’zbekistonda oila institutini mustahkamlash sohasidagi islohotlar



Download 95,57 Kb.
bet3/5
Sana12.06.2022
Hajmi95,57 Kb.
#656915
1   2   3   4   5
Bog'liq
OILA DIPLOM ISHI (1) Sardor Norboyev

II.Bob. O’zbekistonda oila institutini mustahkamlash sohasidagi islohotlar
2.1. Mustaqillik yillarida oila institutini mustahkamlash sohasidagi amalga oshirilgan islohotlar
Oila - jamiyatning asosiy bo`lagi, kichik vatan, ilk tarbiya o`chog`i, yurt boyligi va tayanchi, mehr-muhabbat ramzi. O`z oilasini mustahkamlash, farzandlarini vatanparvar, davlat va jamiyat uchun sidqidildan xizmat etuvchi shaxs sifatida tarbiyalash har bir fuqaroning burchidir. Oila kelajak avlodni voyaga yetkazadigan eng go`zal maskan bo`lgani sababli jamiyatdagi ma’naviy-mafkuraviy muhitning sog`lomligida muhim o`rin egallaydi. Shaxsning kelajagi oiladagi muhitga, oila boshliqlari bo`lmish ota-onaning o`z burch va mas’uliyatlariga qanday munosabatda bo`lishiga bog`liq. Oilada tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash uchun uning har bir a’zosi, avvalo er va xotin o`z mas’uliyatini to`liq his qilishi va bajarishi lozim bo`ladi. Ma’lumki, mamlakatimizda onalik va bolalikning huquqiy, ijtimoiy himoyasini ta’minlash, xotin-qizlarning turmush tarzini yaxshilash, jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun qulay sharoitlar yaratishning huquqiy kafolatlari tizimli ravishda takomillashtirib borilmoqda. Mustaqillikning ilk davrlaridanoq oilaga uning har bir a`zosiga e`tibor kuchaytirib borildi.
Jamiyatdagi har qanday qusur va kamchiliklarning ildizini aksar hollarda oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitdan izlash nechog`li o`zini oqlagani kabi kuchli, barqaror hamda farovon davlat tizimi negizini ham, avvalo, mustahkam oilalar tashkil etishini bugun tobora chuqur anglab yetmoqdamiz. Shu ma’noda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev milliy va ma’naviy qadriyatlarimizdan kelib chiqqan holda oila institutini rivojlantirish, bu sohada yillar davomida e’tibordan chetda qolib kelgan bo`shliq hamda muammolar yechimi yuzasidan tegishli davlat organlari va jamoat tashkilotlari oldiga dolzarb vazifalarni qo`yayotgani bejiz emas.
Ta’kidlash joiz, ayni vaqtga qadar oilalarni alohida ijtimoiy institut sifatida monitoring qiluvchi hamda bu boradagi yagona siyosatni amalga oshiruvchi davlat organi mavjud emas edi. Oilalar bilan ishlagan tashkilotlar tarqoq ravishda faoliyat yuritardi. Masalan, mahalla instituti faqatgina mahalla kesimida, xotin-qizlar qo`mitasi ayollar masalasida, sog`liqni saqlash tizimi ona va bola salomatligi yo`nalishida hamda shu kabi boshqa qator tashkilotlar ham o`z ob’ekti tizimida davlatimizning oila siyosatida ishtirok etib kelardi xolos.
“O`zbekiston Respublikasida onalik-otalik, bolalik davlat himoyasidadir. O`zbekiston Respublikasida onalik va otalik izzat-ikrom va hurmatga sazovordir.
Ona va bola manfaatlarini muhofaza qilish ayollarning mehnati va sog`lig`ini saqlashga doir maxsus tadbirlar ko`rish, mehnatni onalik bilan bog`lab qo`shib olib boorish uchun ayolonalik va bolalikni huquqiy himoya qilish, moddiy va ma`naviy jihatdan qo`llab-quvvatlash yo`li bilan ta`minlanadi1”.
O`zbekistonda mustaqillik yillarida xalqimiz uchun muqaddas, hayotimizning tayanchi va suyanchi, jamiyatimizning hal qiluvchi asosiy bo`g`ini bo`lgan oila institutini rivojlantirish va takomillashtirish davlatimizning doimiy diqqat markazida bo`ldi. Bunda “Hayot bor ekan – oila bor, oila sog`lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqaror’ shioriga amal qilindi. Oila institutini yanada rivojlantirish va davlat tomonidan har tomonlama qo`llab-quvvatlash siyosatining asosiy yo`nalishlari quyidagilarni qamrab oldi:

  • oila institutini yanada rivojlantirishga qaratilgan qonunchilik va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;

  • oila, birinchi navbatda, ehtiyojmand oilalarning muammolarini hal etishda davlat va jamiyat tomonidan g`amxo`rlikni yanada kuchaytirish, ularga moddiy yordam ko`rsatish va farzandlarini tarbiyalashda ijtimoiy qo`llab-quvvatlash, munosib ijtimoiy-moddiy sharoitlar yaratish, bunda oilani mustahkamlashda asosiy yukni o`z yelkasiga olgan ayollarga alohida e`tibor qaratish;

  • yosh oilalarga e`tibor va g`amxo`rlikni kuchaytirish, ularni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishni ta`minlash, moddiy va ma`naviy jihatdan keng qo`llab-quvvatlash, shu jumladan qulay va shinam uy-joy bilan ta`minlash, zarur imtiyoz va afzalliklar berish;

  • “Sog`lom ona – sog`lom farzand” tamoyiliga muvofiq oila salomatligini, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish;

  • jamiyatimizning ma`naviy negizlarini yanada rivojlantirish, azaliy milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va mustahkamlash, jamiyatimizda yuksak ma`naviy muhitni keng qaror toptirish, milliy mentalitetimizga mutlaqo yot bo`lgan va kuchayib borayotgan turli xil zararli ta`sirlarga qarshi turishda oilaning o`rni va ahmiyatini oshirish;

  • jismonan sog`lom ma`naviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning rolini kuchaytirish vas hu maqsadda oila institutining ta`lim hamda tarbiya muassasalari bilan o`zaro amaliy hamjihatlikni mustahkamlash ularning yaqin va samarali hamkorligini ta`minlash.

Statistika ma`lumotlari mustaqillik yillarida mamlakatimizdagi oilalarning soni ikki barobar ko`payib, 3.5 milliondan 7 millionga yetganligidan dalolat beradi. Vatandoshlarimizning deyarli hammasi – 95,0% dan ko`prog`i oilalarda yashaydi. Yanada muhim – oilalar tarkibida sodir bo`layotgan jiddiy sifat o`zgarishlaridir. Agar mustaqillikdan avval, ayniqsa qishloq joylarida 7 va undan ko`proq a`zolarga ega bo`lgan oilalar barcha oilalarning yarmi – 41,0 %dan ko`prog`ini, o`rtacha oilalar (5-7 kishi) 28,0%ni tashkil etadigan bo`lsa, bugungi kunga kelib, aksincha oddiy oilalar (3-5 kishi) salmog`i tobora ortmoqda.
Bugungi kun talablari asosida Oila kodeksiga tegishli o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi, “Vasiylik va homiylik to`g`risida” yangi qonun qabul qilindi. “Oilaviy tadbirkorlik to`g`risida”gi Qonunning qabul qilinishi esa oilalarning farovonligini yanada oshirish uchun katta imkoniyatlar yaratdi. Shu bilan birga amalga oshirilgan tahlillar oilalarda ma`naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash va sog`lomlashtirishning samarali mexanizmlarini yaratishga to`sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligini ko`rsatdi. Jumladan, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy va namunali oilani shakllantirish, uning ma`naviy-aqxloqiy negizlari va an`anaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga e`tibor susaygan, erta nikohlarning, oilalardagi nizoli holatlar va ajrashishlarning oldini olish bo`yicha tegishli choralar ko`rilmagan.
Xotin-qizlarning bandligini ta`minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, qishloq joylaridagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish masalalariga yatarlicha e`tibor bermay kelingan. Shu sababdan ham O`zbekistonda har qaysi insonning insonning baxt-u saodati, kelajagi, orzu-intilishlarini mujassam etadigan oilani yanada mustahkamlash va farovonligini oshirish yuzasidan barcha zarur choralar ko`rishga kirishildi. “Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab “Sog`lom ona – sog`lom bola” dasturi izchil ravishda amalga oshirib kelinmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, YUNISEF va boshqa xalqaro jamg`armalar bilan hamkorlikda “Salomatlik-1”, “Salomatlik-2”, “Salomatlik-3” loyihalari doirasida zamonaviy texnik vositalar yordamida malakali tashxis qo`yish, kasalliklarni ilk bosqichda davolash, ayniqsa reproduktiv salomatlikni yaxshilash, tug`ma nuqson va xastaliklar bilan tug`ilishlarning oldini olish ishlari aniq reja asosida olib borilmoqda1”.
Hozirgi vaqtda barcha viloyatlarda ona va bola perinatal hamda skrining markazlari faoliyat ko`rsatmoqda. Ular ishga tushgan 2000-yildan buyon mamlakatimizda irsiy va tug`ma nuqsonli bolalar tug`ilishi 1,7 barobardan ziyod kamaydi. Qishloq joylaridagi barcha homilador ayollar davlat byudjeti mablag`lari hisobidan sog`lom naslni shakllantirish uchun zarur polivitaminlar bilan ta`minlanmoqda. 14 yoshgacha bo`lgan bolalarning deyarli 100 foizi yiliga 2marta, tug`ish yoshidagi ayollar esa har yili chuqur tibbiy ko`rikdan o`tkazilmoqda. Birgina 2016 “Sog`lom on ava bola” yilida 9 millionga yaqin farzand ko`rish yoshidagi va 10 millionga yaqin bolalar tibbiy ko`rikdan o`tkazilib, sog`lomlashtirildi.
Ayollar mamlakatdagi 2386 ayollar maslahatxonasidan tibbiy yordam oladilar. Homiladorlik va ginekologiya kasalligiga chalinganlarga tibbiy yordam ko`rsatish uchun deyarli 30 ming o`ringa mo`ljallangan tug`ruqxona muassasalari mavjud. O`zbekistonda keying 20 yil mobaynida onalar o`limi 2 barobardan, bolalar o`limi esa 3 barobardan ko`proqqa kamaydi. Mamlakatning sog`liqni saqlash tizimida erishilgan yutuqlar xalqaro tashkilotlar tomonidan ham yuqori baholanib kelinmoqda. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tomonidan o`zbek milliy tibbiyot modeli boshqa mamlakatlarga namuna sifatida tavsiya etildi. Buyuk Britaniyaning “Bolalarni asraylik” (“Save the children”) tashkiloti tomonidan tuzilgan 161 mamlakatdan iborat jahon reytingida o`sib kelayotgan yosh avlod salomatligi haqida eng ko`p g`amxo`rlik ko`rsatilayotgan davlatlar orasida O`zbekiston 9-o`rinni egallagani davlatimiz tomonidan bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar dastlabki samaradorligini berayotganligidan dalolatdir. O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta`kidlaganidek, “Har qaysi millatning o`ziga xos ma`naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o`rni va ta`siri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg`ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi navbatda oila bag`rida shakllanadi. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashi belgilaydigan ma`naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik va mehr-muhabbat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir”1. Oila institutining mustahkam huquqiy asosini yaratishda 1998-yilda qabul qilingan Oila kodeksi, “Bola huquqlarining kafolatlari to`g`risida” (2008 yil) va “Yoshlarga oid davlat siyosati to`g`risida”gi (2006 yil) qonunlar alohida ahamiyatga ega bo`ldi. Umuman mamlakatimizda oila bilan bevosita va bilvosita bog`liq 50 ga yaqin qonun, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 20 dan ortiq farmoni, qaror va farmoyishlari, 70 dan ziyod Hukumat qarorlari va farmoyishlari qabul qilingan. Bularning e`tiborli jihati shundaki, oilaga taaluqli har bir qonun yoshlarning va ularning hayotiy manfaatlarini ifodalaydi. Zero, oila va yoshlar jamiyat tayanchi, uning ertangi umidi va istiqboli bilan chambarchas bog`liqdir.
Mamlakatimizda oilaga e`tiborni yurtimizda 1998-yilni “Oila yili”, 1999-yilni – “Ayollar yili”, 2001-yilni – “Onalar va bolalar yili”, 2008-yilni – “Yoshlar yili”, 2010-yilni “Barkamol avlod yili”, 2012-yilni – “Mustahkam oila yili”, 2014-yilni – “Sog`lom bola yili” deb e`lon qilinishi, ana shu yillarda maqsadli davlat dasturlari ishlab chiqilib, ular izchil amalga oshirilgani buni yaqqol namoyon qiladi. Xususan, “1998-yilni “Oila” yili deb e`lon qilinishi, “Oila” ilmiy-amaliy markazining tashkil etilishi, Respublikada oila manfaatlariga qaratilgan maxsus Davlat dasturining qabul qilinishi, uning mantiqiy davomi sifatida 1999-yilni “Ayollar yili” deb e`lon qilinishi, viloyatlarda oilaga xizmat ko`rsatuvchi turli maslahatxonalarning tashkil etilishi, oila muammolarining ilmiy jihatdan tadqiq qilish maqsadida O`zbekiston tarixida birinchi bor oila psixologiyasi muammolari bo`yicha tadqiqot olib boradigan ilmiy kadrlarni tayyorlash maqsadida aspirantura tashkil etilishi, ularga aspirantlarning qabul qilinishi juda katta yangilik bo`ldi”1.
“Jamiyatimizning asosi bo‘lmish oila institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, oilalarni, ayniqsa yosh oilalarni huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish hamda qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish borasida olib borilayotgan barcha ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning rolini oshirish, mustahkam, sog‘lom oilani shakllantirishda mahallaning mavqeyini mustahkamlash va rolini kuchaytirishga doir aniq maqsadga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish maqsadida, shuningdek 2012-yil O‘zbekiston Respublikasida “Mustahkam oila yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan:
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 13-dekabrdagi F-3760-son farmoyishi bilan tuzilgan Respublika komissiyasi tomonidan manfaatdor vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, jamoat hamda nohukumat tashkilotlari, fuqarolarning o`zini-o1zi boshqarish organlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
“Oila sog`lom ekan — jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan — mamlakat barqaror” degan insonparvar tamoyildan kelib chiqqan holda, quyidagilar “Mustahkam oila yili” Davlat dasturini amalga oshirishning eng muhim yo`nalishlari etib belgilansin:
bugungi kun talablarini hisobga olgan holda qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, amaldagi qonun hujjatlariga oila institutini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan zarur o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish, yangi qonunlar, qoida va normalarni ishlab chiqish, bu masalaga jamiyatimiz e’tiborini yanada kuchaytirish;
yosh oilalarga e’tibor va g`amxo`rlikni kuchaytirish, ularni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash, moddiy va ma’naviy jihatdan keng qo`llab-quvvatlash, shu jumladan qulay va shinam uy-joy bilan ta’minlash, zarur imtiyoz va afzalliklar berish;
jamiyatimiz va kundalik hayotimizda mahalla institutining rolini yanada kuchaytirish va maqomini oshirish, Mustahkam oila yili maqsad va vazifalarini hayotga tatbiq etishda mahalla va fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari ahamiyatini, yosh oilalarni qo`llab-quvvatlash hamda shakllantirishda ularning ta’sirini kuchaytirish, yosh oilalarga zarur ko`mak va yordam berish;
oila, birinchi navbatda, ehtiyojmand oilalarning muammolarini hal etishda davlat va jamiyat tomonidan g`amxo`rlikni yanada kuchaytirish, ularga moddiy yordam ko`rsatish va farzandlarni tarbiyalashda ijtimoiy qo`llab-quvvatlash, munosib ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish, bunda oilani mustahkamlashda asosiy yukni o`z yelkasiga olgan ayollarga alohida e’tibor qaratish;
“Sog`lom ona – sog`lom farzand” tamoyiliga muvofiq oila salomatligini, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish;
jamiyatimizning ma’naviy negizlarini yanada rivojlantirish, azaliy milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va mustahkamlash, jamiyatimizda yuksak ma’naviy muhitni keng qaror toptirish, milliy mentalityetimizga mutlaqo yot bo`lgan va kuchayib borayotgan turli xil zararli ta’sirlarga qarshi turishda oilaning o`rni va ahamiyatini oshirish;
jismonan sog`lom, ma’naviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning rolini kuchaytirish va shu maqsadda oila institutining ta’lim hamda tarbiya muassasalari bilan o`zaro amaliy hamjihatligini mustahkamlash, ularning yaqin va samarali hamkorligini ta’minlash”1 kabi vazifalar qo`yilgan edi. Yil davomida esa bu vazifalar bir ketin amaliyotga tatbiq etilib, izchil ravishda olib borildi. oilaningmustahkamligi juda ko`p omillarga bog`liq. Avvalo, har bir oila moddiyjihatdan ta’minlangan bo`lishi kerak. Buning uchun esa oiladagi ishga yaroqli kattalar o`z kasbi, iqtidoriga mos mehnat qilishi, bolalarining to`q va farovon hayot kechirishi uchun harakat qilmog`i lozim.
O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbuslari bilan 2014 yilning mamlakatimizda “Sog’lom bola yili” deb e'lon qilinishi jamoatchiligimiz tomonidan keng qo'llab-quvvatlandi. Joriy yilning 19 fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog’lom bola yili” Davlat dasturi to'g’risida”gi qarori qabul qilindi. Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, bu mustaqilligimizning ilk kunlaridan jismonan sog’lom va ma'nan etuk barkamol avlodni tarbiyalash ustuvor vazifa etib belgilangan ijtimoiy yo'naltirilgan davlat siyosatining mantiqiy davomi bo'ldi. Ona va bola, Yoshlar, Barkamol avlod, Oila va boshqa nomlar bilan atalgan yillarda amalga oshirilgan ishlar xalqimizning ezgu orzusi bo'lgan sog’lom bola tarbiyalashdek olijanob maqsadga hamohangdir. Hech shubhasiz, har birimiz farzandlarimizni sog’lom va har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, ularning baht-saodati, yorug’ kelajagini ko'rishni niyat qilamiz. Dastur 7 bo'lim va 125 banddan iborat bo'lib, unda bolalar tug’ilishi, ta'lim-tarbiyasi, oilada sog’lom muhitni, uning iqtisodiy va ma'naviy-axloqiy asoslarini mustahkamlash, ijtimoiy soha rivojiga ajratilayotgan mablag’lar samaradorligini oshirish bilan bog’liq barcha masalalar aks etgan. Birinchi navbatda, sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash uchun qulay tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratishga qaratilgan qonunchilik va me'yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, yangi qoida va me'yorlarni ishlab chiqish bo'yicha chora-tadbirlar belgilangan. Sakkizta qonun loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. “Bolalarni jismoniy va ma'naviy rivojiga zararli ta'sir ko'rsatuvchi axborotdan himoya qilish to’g’risida”, “Aholining sanitariya-epidemiologik barqarorligi to’g’risida”, “O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to’g’risida”gi qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to’g’risida”, yangi tahrirdagi “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”, “O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to’g’risida”gi va boshqa qonunlar shular jumlasidandir. “Bolalarni jismoniy va ma'naviy rivojiga zararli ta'sir ko'rsatuvchi axborotdan himoya qilish to’g’risida”gi qonunda bolalarni ularning ongini buzuvchi, ruhiy jarohat etkazuvchi axborot ta'siridan himoya qilish, ommaviy axborot vositalarida shafqatsizlik va zo'ravonlik targ’ibotiga yo'l qo'ymaslikning ta'sirchan tashkiliy-huquqiy mehanizmlari ko'zda tutiladi. “Sog’lom bola yili” Davlat dasturida belgilangan ezgu ishlarning ro'yxatini yana uzoq davom ettirish mumkin. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek, biz tayanchimiz va suyanchimiz, g’ururimiz va iftixorimiz bo'lmish bolalarimizga, farzandlarimizga ishonch bilan, hurmat-e'tibor bilan qarashni kelajagimizga bo'lgan ishonch, millatimizga, halqimizga bo'lgan hurmat-ehtirom ifodasi, deb bilamiz. “Sog’lom bola yili” Davlat dasturi buning yana bir yorqin tasdig’idir. Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarga 4 509,2 milliard so'm va 302,9 mln. Dollar miqdorida mablag’ yo'naltirilgan. Mazkur dasturning bajarilishi mamlakatimiz uchun asosiy maqsadi inson huquq va manfaatlarini ta'minlash oilalarni mustahkamlashga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar yo'lida navbatdagi muhim qadam bo'ladi1.
O`zbekistonda “Sog`lom ona va bola yili” deb e`lon qilingan 2016-yilda onalik va bolalikni muhofaza qilish, barqaror rivojlanayotgan davlatning negizi bo`lgan oila institutini mustahkamlash maqsadida barcha manbalar hisobidan 7 trillion 480 milliard so`m va 190 million AQSH dollaridan ziyod mablag` sarflandi. Mustaqil vatanimizning birinchi ordeni – “Sog`lom avlod uchun” deb atalgani, “Oila” markazi, “Sog`lom avlod uchun xalqaro jamg`armasi” tuzilgani ham oila institutiga e`tibor bilan bog`liqligi shubhasizdir. Oilada sog`lom avlodni kamol toptirish, nafaqat jismonan baquvvat, shu bilan birga, ruhi, fikri sog`lom, iymon-e`tiqodi butun, bilimli ma`naviyati yuksak, mard, jasur, vatanparvar insonni ulg`aytirish, o`z davlati va xalqiga sidqidildan xizmat qilishga tayyor demakdir. Oila farzand bilan mukammaldir. O`zbekiston - yoshlar vatani! Yigit va qizlarimizda vatanparvarlik, mehnatsevarlik, adolatparvarlik, halollik, rostgo`ylik, or-nomus, sharm, hayo kabi fazilatlar bevosita oilada shakllanadi. Ushbu muqaddas dargohda shunday milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan barkamol avlodgina mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirish va zamonaviy demokratik jamiyat qurishdek, keng ko`lamli va murakkab vazifalarni hal qilishga qodir bo`ladi. Jamiyatimizda oilaga bu qadar beqiyos ahamiyat berilayotgani bejiz emas. Oila – o`zbek xalqining milliy qadriyati bo`lib, o`zligimizga qaytish, milliy urf-odatlarimizni e`zozlash, kattalarga hurmat va kichiklarga g`amxo`rlik, odamiylik, oliyjanoblik, mehr-oqibat singari asl fazilatlarni mujassamlashtirgandir. Oila jamiyatni jipslashib, unga fayz-baraka kiritib, xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat va ezgulik nuri bilan munavvar etadi.
Inson jamiyat bilan hamnafas yashashga ko`nikkan. Yolg`izlikda uning orzu umidlari, maqsad-muddaolari ro`yobga chiqishi amri mahol. Binobarin, u ko`nglining oromi, naslining davomi uchun oila quradi.
Har bir inson oila muhitida kamolga yetar ekan, oilaning barqarorligi, mustahkamligi va farovonligi jamiyat taraqqiyotining eng asosiy shartlaridandir.
Mamlakatimizda yosh oilalarga har tomonlama ko`mak berish, jumladan, ularni uy-joy bilan ta’minlash masalasiga alohidae’tibor qaratilgan. Yosh oilalar uy-joy qur-moqchi yoki sotib olmoqchi bo`lishsa, ulargabanklar tomonidan ko`p yillik imtiyozlikreditlar berish tizimi joriy etilgan. Oila mustahkamligining yana bir sharti, yuqorida ta’kidlanganidek, unda hukmronlikqiladigan ma’naviy muhit bilan bog`liq. Bu muhitning sog`lomligiga erishish uchun mamlakatimizda juda katta ishlar olib borilyapti. Jumladan, yoshlarni ham jismonan, ham ma’nan sog`lom voyaga yetkazish masalasiga barcha davlat hamdanodavlat tashkilot va muassasalarining diqqat-e’tibori qaratilgan. Hamma shahar va qishloqlarimizda faoliyat ko`rsatayotgan sport inshootlari, maktabgacha tarbiya muassasalari, umumta’lim maktablari, madaniyatva san’at dargohlari bolalarning kamolga erishishi yo`lida xizmat qilmoqda. Bu dargohlarda ta’lim-tarbiya olgan yoshlarimiz erishayotgan yutuqlar esa faqat o`zlari tug`ilib voyaga yetgan oilaninggina emas, butun xalqimizning ham yurtimizning yutug`idir.
Bolalarning ma’naviy barkamol va jismoniy sog`lom bo`lishlari uchun ota-onalarga olimlar tomonidan bir qator vazifalarni bajarish tavsiya etiladi. Jumladan:
- oilada sog`lom ijtimoiy muhitni yaratish, farzandlarda Vatanga muhabbat tuyg`ularini shakllantirish;
- bolalarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash;
- farzandlarning chuqur dunyoviy bilim olishlarini ta’minlash;
- oilada bir-birini doimiy qo`llab-quvvatlash, turli muammoli vaziyatlarni oqilona hal etishga o`rgatish;
- ota-ona va farzand o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni mustahkamlash;
- ota-ona farzandlarining hatti-harakatlari uchun javobgar ekanliklarini his etish;
- yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda ular ongiga ma’naviy meros, axloq-odob an’analarini bugungi kun bilan uyg`un holda singdirib borish.
Oila insonning aqliy va ruhiy rivojlanishini, tarbiyasini belgilab beradi. Agar oilada ota-onaning farzandiga bergan tarbiyasi inson uchun eng qimmatli boylik bo`lsa, noto`g`ri tarbiya jamiyat uchun o`zining salbiy ta’sirini ko`rsatishi shubhasizdir.
Demak, barkamol avlodning ma’naviy va jismoniy yuksalishida mustahkam va barqaror oila zarur. Jamiyatning yomonlik va buzg`unchiliklardan xoli bo`lishi avvalo oilaning tinchligi, totuvligi va ahilligiga bog`liq. Hayot kundan-kunga rivojlanib, yaxshilanib borayotgan bugungi kunda yurtga munosib oila bo`lish, ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni tarbiya qilish jamiyatimizdagi har bir oilaning vazifasidir.



Download 95,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish