Mavzu: O’zbekistonda oila institutini mustahkamlashda davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari kirish


Yangi O’zbekiston taraqqiyotida oilani qo’llab-quvvatlash borasidagi ustuvor vazifalar



Download 95,57 Kb.
bet4/5
Sana12.06.2022
Hajmi95,57 Kb.
#656915
1   2   3   4   5
Bog'liq
OILA DIPLOM ISHI (1) Sardor Norboyev

2.2. Yangi O’zbekiston taraqqiyotida oilani qo’llab-quvvatlash borasidagi ustuvor vazifalar
Biz uchun mehr-muhabbat qo`rg`oni bo`lgan oila institutini mustahkamlash zaruriyatini tahlil qilishdan oldin oila tushunchasiga mukammal ravishda to`xtalib o`tsak. Qonunchilikda unga ta`rif berilmagan. A. Nechayevaning fikricha, “oila- oila qonunchiligida ko`zda tutilgan huquq va majburiyatlar bilan birlashgan, birgalikda yashovchi shaxslarning jamoasi1”. G. Matleev oilani “nikoh yoki qarindoshlik asosida shaxsiy va mulkiy huquq va majburiyatlar, axloqiy va moddiy umumiylik hamda qo`llab-quvvatlash, avlodlarning tug`ilishi va tarbiyasi, umumiy ro`zg`or yuritilishi ila bog`langan shaxslarning birlashmasi” deb ta`riflaydi2. Ushbu olimlarning ta`riflarini tahlil qilish oila tushunchasi quyidagi belgilarni qamrab olishini ko`rsatmoqda:

  • nikoh yoki qarindoshlik (shu jumladan farzandlikka olish) asosida bog`langanlik;

  • huquq va majburiyatlar bilan birlashganlik;

  • birga yashash;

  • umumiy ro`zg`or yuritilishi.

Dunyo mamalakatlari konstitutsiyalarining tahlili shuni ko`rsatmoqdaki, ularda oilaga millat yashab qolishi va rivojlanishining tamal toshi, jamiyatning asosiy bo`g`ini deb ta`rif berilgan.
Boy ilmiy-madaniy merosimiz, qadimiy urf-odat hamda anʼanalarimizdan ayonki, har qanday zamon va makonda ham oila biz uchun muqaddas qadriyat sanalgan. Binobarin, tarbiyaviy, maʼnaviy-maʼrifiy, ruhiy-axloqiy, iqtisodiy-huquqiy munosabatlarga asoslangan ijtimoiy birlik hisoblanmish oila qanchalik mustahkam boʻlsa, jamiyat ham shunchalik barqaror taraqqiy etishini ajdodlarimiz juda yaxshi anglashgan. Shu bois ota-bobolarimiz oilaga juda katta eʼtibor bilan qarashgan. Buyuk allomalarimiz Mahmud Koshgʻariy, Ahmad Yugnakiy, Kaykovusdan tortib Beruniy, Ibn Sino, Forobiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulugʻbek va boshqalargacha oʻz asarlarida oilaviy masalalar, xususan, oila aʼzolari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, bola tarbiyasida ota-ona, bobo-buvining oʻrni, komil va vatanparvar shaxsni yetishtirishda bu muhim ijtimoiy institutning roliga alohida yondashib, ibratli hikoyatlar, rivoyatlar, farzandlarga maktublar, hikmatli soʻzlar, sheʼriy satrlar orqali pand-nasihatlar, hayotiy xulosalar yozib qoldirganlar. Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Munavvarqori Abdurashidxonov kabi maʼrifatparvarlarimiz ham odob-axloqi goʻzal, jismonan va maʼnan yetuk avlodni tarbiyalashning yagona yoʻli — barqaror oila qurish ekanini, oilani mustahkamlamasdan davlat va jamiyat taraqqiyotiga erishib boʻlmasligini taʼkidlashgan.
Davlat o`z faoliyatini jamiyat farovonligini ko`zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g`amxo`rlik qiladi. Demak, davlat o`z faoliyatini oilalar farovonligini ko`zlab amalga oshirishi, oilalarning madaniy rivojlanishiga g`amxo`rlik qilishi davlat organlari va mansabdor shaxslar oilalar oldida ham mas`ul bo`lishi lozim. Oilalar hayotiga oid eng muhim masalalar xalq muhokamasiga qo`yilishi kerak. Oilani mustahkamlash, ota-onalar va bolalarning huquqini himoya qilishga jahondagi nufuzli tashkilotlar ham katta hissa qo’shdi. Mustaqillik sharofati bilan yurtimizda inson manfaatlari, oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish xalqaro huquq normalariga binoan amalga oshirildi. Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” (1948-yil), “Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to’g’risida konvensiya”(1979-yil 18-dekabr) va boshqa qator hujjatlarning parlamentizm tomonidan ratifikasiya qilinishi mustaqillik yillarida oila, onalik va bolalik manfaatlarini xalqaro huquq normalari asosida himoya etish sohasidagi ijobiy qadamdir. Mamlakatimizda oilaviy-huquqiy munosabatlar O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oila kodeksi, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning me’yoriy hujjatlari, xalqaro huquqiy normalar, Fuqarolik holatlarini qayd etish tartibi to’g’risidagi Yo’riqnoma, Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalari, O’zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to’g’risida Nizom, Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va tarbiyaga olish to’g’risida Nizom, Voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqidagi qaror, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining oila huquqi masalalariga qaratilgan dasturiy ko’rgazmalari bilan tartibga solindi.
Bugungi shiddat bilan oʻzgarib borayotgan globallashuv davriga kelib ham Oʻzbekiston oʻz istiqboli va kelajagini oilani rivojlantirish, uni eʼzozlashda, deb bilayotgani yuqoridagi anʼanaviy qadriyatlarimizni yanada boyitgan holda zamonaviy, namunali va farovon oilani barpo etish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylanganida ham yaqqol namoyon boʻlmoqda.
Oila institutini davlat tomonidan har tomonlama qo`llab-quvvatlash, yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash, ularning ma`naviyati va madaniyatini yuksaltirish yuzasidan dolzarb vazifalar, chora-tadbirlarni ishlab chiqishiga “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi”1da ham muhim ahamiyat berilgan.
Harakatlar strategiyasi asosida oila institutini mustahkamlashga alohida e`tibor berilmoqda. Buning uchun yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning ma`naviy-axloqiy negizlari va an`anaviy oilaviy qadriyatlarini mustahkamlash bo`yicha maqsadli ishlar olib boorish, erta nikohlarning, oilalardagi nizoli holatlar va ajrashishlarning oldini olish choralari amalga oshirilmoqda. Birinchi marta har bir fuqarolar yig`inida xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma`naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo`yicha 1 tadan, oilalar soni 2000 dan va undan ortiq bo`lgan fuqarolar yig`inlarida esa 2tadan mutaxassis lavozimi joriy etildi. Bu lavozimlarda yetarli bilim darajasiga, yuksak ma`naviy va axloqiy fazilatlarga ega bo`lgan, o`ziga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajara oladigan shaxslar tayinlanmoqda. Xotin-qizlarni va oilani har tomonlama qo`llab-quvvatlash jamoat fondi tuzilib, uning faoliyatini samarali tashkil etish uchun hozirning o`zida 300 mlrd so`m mablag` ajratildi.
“Oilaviy tadbirkorlik to`g`risida”gi qonunga muvofiq, oila boshlig`i, uning xotini (eri), bolalari va nabiralari, ota-onasi, mehnatga qobiliyatli yoshga to`lgan boshqa qarindoshlari (bolalari va nabiralarining erlari), tug`ishgan hamda o`gay opa-singillari, ularning erlari (xotinlari) hamda bolalari, tog`a va amaki hamda amma va xolalari) o`z oilaviy korxonalarini tashkil etish imkoniyatiga ega bo`ldilar.
Oilaviy korxona:

  • mustaqil ravishda tovarlar ishlab chiqarishga (ishlar bajarishga, xizmatlar ko`rsatishga) doir faoliyatni tashkil etish, ishlab chiqarilgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) tasarruf etish va ularga narx berish;

  • lizing vas ug`urta xizmatlaridan foydalanish;

  • tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish huquqlariga egadir2.

Oila byudjetlari daromadlarini ko`paytirish maqsadida aholini ishlab chiqarish faoliyatiga jalb qilishning samarali vositalaridan biri bo`lgan kasanachilikni yanada rivojlantirish hamda mehnat faoliyatining ushbu turi bilan mashg`ul bo`ladiganlarga zamonaviy mashina, asbob-uskunalar, xomashyo va materiallarni xarid qilish uchun moliyaviy resruslar bilan foydalanishni kengaytirish maqsadida 50,0 mlrd so`mlik boshlang`ich ustav kapitaliga ega “Kasanachilikni qo`llab-quvvatlash bo`yicha Konsorsium” mas`uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi. Konsorsium tomonidan kasanachilarga zamonaviy mashina, asbob-uskunalar, xomashyo va materiallarni xarid qilish uchun zayomlarni ajratib sotib olinayotgan tavarlarni kafillikka olish orqali amalga oshiriladigan bo`ldi. Shu bilan birga 2017-yilning 1-iyulidan boshlab kasanachilar uchun jismoniy shaxslarga qo`llaniladigan daromad solig`i qat`iy 7,5% miqdorida belgilandi2.
Mamlakatimizda sog`lom bolani voyaga yetkazishning muhim sharti bo`lgan reproduktiv salomatlikni yaxshilash, tug`ma nuqson va xastaliklar bilan tug`ilishlarning oldini olish, tibbiyot maskanlarining moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini yanada oshirish uchun tizimli ishlar amalga oshirildi. “Sog`lom ona va bola yili” deb e`lon qilingan birgina 2016-yilning o`zida tibbiyot muassasalarini zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlash uchun 80mln dollar qiymatidagi kredit va grant mablag`lari yo`naltirildi. “Sog`lom ona va bola yili” davlat dasturida belgilangan tadbirlar bo`yicha 9 millonga yaqin farzand ko`rish yoshidagi ayollar va 10 millionga yaqin bolalar tibbiy ko`rikdan o`tkazilib, sog`lomlashtirildi. Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida eshitish bo`yicha nuqsoni bo`lgan 350dan ortiq bolada koxlear implantatsiya operatsiyalari amalga oshirildi. Buning uchun 21 milliard so`m mablag` sarflandi. 700 ming nafar bola esa pnevmokok infeksiyasi va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi emlandi.
Oilaning jamiyat hayoti va taraqqiyotidagi ahamiyati xususida to’xtalib, atoqli olim va adib Abdurauf Fitrat bunday degan edi: “Har bir oilaning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog’liq. Tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining intizomiga tayanadi, oilada tartib bo’lsa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va tartibli bo’ladi. Agarda bir mamlakatning aholisi axloqsiz va johillik bilan oilaviy munosabatlarni zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo’l qo’ysa, shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi”. Milliy qonunchiligimiz oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarni huquqiy asosda qurishga ko’maklashdi va ushbu sohadagi asosiy huquqiy hujjat 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Oila Kodeksi” hisoblanadi. Mamalakatimizda oilani ijtimoiy –iqtisodiy, huquqiy jihatdan qo’llab-quvvatlash borasida izchil amalga oshirilayotgan ishlar samarasida ushbu qoida hayotimizda o’zining yorqin ifodasini topdi. Oila Kodeksini oilada tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni ta’minlashga xizmat qiladigan huquqiy hujjat desak xato bo’lmaydi. Chunonchi bu kodeks oilaviy huquqiy munosabatlarni tartibga solib, oila a’zolari (ya’ni, er– xotinlar, ota-onalar, bolalar, shuningdek, oilaning boshqa a’zolari) o’rtasidagi shaxsiy vamulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi va mustahkamlovchi qonun hujjati. Huquqning alohida tarmog’i hisoblangan oila huquqining maxsus manbaidir. E’tiborlisi, Oila Kodeksi mamalakatimizda “Oila yili” deb e’lon qilingan yilda qabul qilingan. Kodeks 8 bo’lim, 30 bob, 238 moddadan iborat. Amaldagi Oila Kodeksi bir qator huquqiy munosabatlarni yangicha hal etgan. Chunonchi, milliy negizlarga asoslanganligi (quda-andachilik, qarindosh –urug’chilik, bobo-buvilar va nabiralar o’rtasidagi munosabatlarning yangicha talqini), umuminsoniy qadriyatlar aks etganligi (nikoh shartnomasining kiritilishi, nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko’rikdan o’tkazilishi) kabi hollar shular jumlasidandir. Shu bilan birga oilaning davlat tomonidan himoya qilinishi O’zbekiston Respublikasining Oila, Fuqarolik, Uy-joy, Mehnat Kodekslarida, “Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida”gi, “Xotin-qizlarga qo’shimcha imtiyozlar to’g’risida”gi qator qonunlar bilan tartibga solinmoqda. Bu boradagi huquqiy mexanizmlarni yanada takomillashtirish, mavjud qonunchilikni bugungi shiddatkor zamon talablariga uyg’unlashtirish, oila institutini mustahkamlash borasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan birga, ilgari Adliya vazirligi tasarrufida bo`lib kelgan fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish idoralari, eskicha qilib aytganda ZAGS idoralari tuman yoki shahar hokimi o`rinbosari –Xotin-qizlar qo`mitasi raisiga bo`ysundirildi. Endi ular nafaqat nikoh munosabatlariga oid hujjatlarni rasmiylashtirish, balki oila institutini mustahkamlash, oilaviy ajralishlarning oldini olish bo`yicha ham faol ish olib bormoqda. Masalan, oila universitetlarini tashkil etish, nikohdan o`tadigan shaxslar bilan suhbatlar olib borish, to`y marosimlarini tartibli o`tkazish, ajralishlarning oldini olish va boshqa muhim chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi.
O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi qoshidagi Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi negizida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va uning hududiy bo`linmalari tashkil etildi. Uning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:

  • oila institutini mustahkamlash bo`yicha, eng avvalo, “Sog`lom oila – sog`lom jamiyat” konseptual g`oyasini hayotga tatbiq etishga yo`naltirilgan yagona davlat siyosatini olib boorish, bu sohada normative huquqiy bazani yanada takomillashtirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish;

  • oilaning reproduktiv salomatligi va demografik rivojlanishini, uning farovonligi va xotirjamligini oshirish masalalarini kompleks o`rganishni tashkil etish, mazkur yo`nalishlar bo`yicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish va samarali tatbiq etish;

  • zamonaviy oilani rivojlantirish, oilaning ichki munosabatlari, shaxslararo munosabatlarni, boy madaniy tarixiy meros va an`anaviy oilaviy qadriyatlar muammolari bo`yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib boorish, ular asosida oila institutini mustahkamlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va oilaviy ajrashishlarning oldini olish bo`yicha takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • umuminsoniy va milliy oilaviy qadriyatlarni, er-xotin, ota-ona va farzandlar, er-xotin va ularning ota-onalari o`rtasidagi munosabatlarni tahlil qilish asosida zamonaviy namunali oilaning mezonlari belgilash, shuningdek, zamonaviy oilaning “Oila jamiyat va davlat himoyasida” konstitutsiyaviy prinsipini keng targ`ib etish va jamiyatga singdirish ishlarini olib borish;

  • davlat organlari, xotin-qizlar qo`mitalari va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda notinch va muammoli oilalarni aniqlash va ularning manzilli ro`yxatlarini tuzish, ma`naviy-axloqiy muhitni sog`lomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash va milliy mentalitetga zid bo`lgan turli yod xatolarga qarshi turish maqsadida ular bilan to`g`ridan-to`g`ri aloqa o`rnatish;

  • oila – nikoh munosabatlari sohasida amaliyotni o`rganish va tajriba almashish borasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish.1

Oila institutini mustahkamlash maqsadida birinchi marta 2017-yilda 5 milliondan ortiq xonadondagi muhit o`rganilib, 15million fuqaro bilan muloqot o`tkazildi, aholi tomonidan ko`tarilgan 500 mingdan ziyod muammoning 72 foizi joyida hal etildi, 14 mingdan ortiq oiladagi notinch vaziyat o`rganildi va bartaraf etildi.
Onalik va bolalikni himoya qilish maqsadida tibbiyot sohasini, xususan shoshilinch tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish, dori-darmon ta`minotini yaxshilish bo`yicha ko`plab ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shu ishlarni yangi bosqichga ko`tarish uchun byudjet mablag`lari hisobidan 1trln so`m mablag` ajratildi. Yosh oilalarni qo`llab-quvvatlash va uy-joy bilan ta`minlash uchun hududlarda Yoshlar uylari qurilishi ko`lamlari kengaytirilib, ular imtiyozli kredit asosida faol yigit va qizlarga taqdim qilinmoqda.
Ota-onalarning pedagogik madaniyatini oshirish maqsadida “Oila- mahalla – ta`lim muassasasi” hamkorligi yanada takomillashtirilmoqda. Sog`lom turmush tarzi keng targ`ib etilib, yoshlarni sport bilan shug`ullanishlari rag`batlantirilmoqda, yangi sport majmualari va maydonlari, suzish havzalari barpo etilmoqda.
Oila masalasi muhimligidan kelib chiqqan holada O`zbekistonda oila institutini mustahkamlash konsepsiyasi qabul qilindi. O`zbekiston Prezidenti “Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida”, “Jamiyatda ijtimoiy-ma`naviy muhitni sog`lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo`llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora tadbirlari to`g`risida”gi farmonlarni imzoladi. Yurtboshimizning 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan milliy hamda maʼnaviy qadriyatlarimiz asosida ushbu sohada yillar davomida toʻplanib qolgan, eʼtibordan chetda qolib kelgan muammolar yechimi yuzasidan tegishli davlat organlari hamda jamoat tashkilotlari oldiga eng muhim va dolzarb vazifalar qoʻyildi. Mazkur Farmonga binoan, Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi oila instituti sohasida yagona davlat siyosatini yurituvchi tizim sifatida tashkil etildi. Markazning asosiy vazifasi davlat va jamoat tashkilotlari, parlament, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini Oʻzbekiston oilalarini mustahkamlash gʻoyasi atrofida birlashtirish, bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirib borish, mamlakatda faqat sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat ustuni boʻla olishini aholi ongiga singdirish, ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish orqali oila institutini mustahkamlash etib belgilangani mamlakatimizda bu borada mutlaqo yangi bosqichdagi saʼy-harakatlar boshlanganidan dalolat beradi. Oʻz navbatida, umuminsoniy va milliy oilaviy qadriyatlarni tahlil qilish asosida zamonaviy, namunali oila mezonlarini belgilash hamda “Oila jamiyat va davlat himoyasida” konstitutsiyaviy prinsipini keng targʻib etish va jamiyatga singdirish masalalariga kompleks yondashish faoliyatimizda ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Bugunga qadar “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining hududiy boshqarmalari, tuman va shahar bo’limlari tomonidan oilaviy muammolar, ish bilan ta’minlash, moddiy yordam, huquqiy maslahat va tibbiy yordam ko’rsatish yuzasidan qilingan murojaatlar bo’yicha fuqarolarga tegishli ko’mak berildi. Shu bilan bir qatorda oila mustahkamligiga erishish, erta nikohning oldini olish borasida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi bilan O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi, O’zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Nuroniy” jamg’armasi, Yoshlar ittifoqi, O’zbekiston musulmonlari idorasi vakillari, tibbiyot birlashmalari hamda ta’lim muassasalari tomonidan hamkorlik tizimli yo’lga qo’yilgan. Xususan, Respublikamizda barcha oilaviy poliklenikalar va qishloq vrachlik punktlarida xotin-qizlar uchun ayollar maslahatxonalari tashkil etilgan. Mamlakatimizda oila institutini mustahkamlash borasida mutlaqo yangicha tizim ishlab chiqildi, keng ko`lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Prezidentimiz 2018-yil 27-iyun kuni imzolagan “O’zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash Konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi qarorining maqsad va vazifalariga ko’ra, mamlakatimizda oilalar mustahkamligi yo’lida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan. Mazkur konsepsiyani amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlar belgilangan bo’lib, unda oila institutini mustahkamlashning institutsional va huquqiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish, qiyin hayotiy sharoitga ega oilalar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z vaqtida olish maqsadida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining yagona idoralararo axborot bazasini yaratish ko’zda tutilgan. Shuningdek, oilaviy biznesni, oilalarga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish tizimini yanada rivojlantirish, Oila kodeksining oiladagi huquqiy munosabatlar mezonlarini aniqlash, alimentlarni belgilash, ajrashish vaqtida ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishga oid normalarini yanada takomillashtirish, ko’p bolali va muhtoj oilalarga imtiyozli kreditlar berish va yer maydonlarini taqdim etish ham nazardan chetda qolmagan. Konsepsiyada nikohdan oldin tibbiy ko’rikdan o’tish tizimini takomillashtirish, erta turmush qurish va qarindoshlar o’rtasidagi nikohning, tug’ma nuqsonli bolalar tug’ilishining oldini olish bo’yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish masalasiga ham ahamiyat berilgan. Hujjatda ijtimoiy himoyaga ham e’tibor qaratilgan bo’lib, voyaga yetmagan yoki nogironligi bo’lgan farzandlarni tarbiyalayotgan yolg’iz va ko’p bolali ota-onalarga yer uchastkalaridan samarali foydalanishida ko’maklashish, ota-onalar uchun nogironligi bo’lgan farzandlarni to’g’ri parvarishlash va tarbiyalash bo’yicha metodik hamda amaliy qo’llanmalarni ishlab chiqish, patronaj va ijtimoiy xizmatlar yordamida ularning ko’nikmalarini oshirish va boshqalar nazarda tutilgan. Shuningdek oilalarda ichki oilaviy va shaxsiy munosabatlarni,xususan, ota-ona va farzandlar, er va xotin, qaynona va kelin o’rtasidagi munosabatlarni yaxshilash, oilada mojaroli va og’ir turmush sharoitlarini amaliy hal qilish mexanizmlarini joriy etish ko’zda tutilgan.Oila huquqi mohiyatini ochib berishda faqat uning tushunchasi, predmetini o’ziga xos xususiyati va shu bilan birga uning eng muhim tamoyillarini ham inobatga olish lozim, chunki uning tamoyillari bu huquq sohasining o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi.
Xususan, oilani mustahkamlash va rivojlantirish, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilash, jamiyatda eng ibratli oilaviy anʼanalarni saqlab qolish hamda targʻibot qilish masalalari boʻyicha hududlarda qator fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borilayotir. Misol uchun, zamonaviy muvaffaqiyatli oila mezonlari qanday boʻlishi kerak, degan mavzuda respublikamizning turli viloyatlarida 800 dan ortiq oilalarda ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazilib, yakuniy natijalar boʻyicha zamonaviy oilaning modeli ishlab chiqilgan. Tadqiqot o`tkazilgan oilalar vakillarining fikrlariga koʻra, oiladagi sog`lom va barqaror, osoyishta psixologik muhit; yuksak maʼnaviy-axloqiy tarbiya; yetarli darajadagi iqtisodiy va maishiy sharoitlar; oila a`zolarining ta`lim yo`nalishida oliy ma`lumotlilik darajasi; sihat-salomatlikka alohida e`tibor qaratish zamonaviy namunali oilaning asosiy mezonlari qatoriga kiradi.
Ushbu Konsepsiyani amalga oshirishdan koʻzlangan asosiy maqsad - mamlakatimizdagi har bir oilaning huquq va manfaatlarini toʻliq roʻyobga chiqarish, ular uchun munosib turmush sharoitini yaratish, oilaviy munosabatlar muvozanatini taʼminlash, oila farovonligini oshirish, muxtasar aytganda, oila institutini har tomonlama qoʻllab-quvvatlagan holda, davlatimizning izchil va barqaror taraqqiyotiga erishishdir. So`ngi yillarda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tashabbusi bilan xalqimiz farovonligi yo`lida keng ko`lamli islohotlar olib borilmoqda. Bu islohotlar natijasida milliy davlatchiligimiz poydevori mustahkamlanib, har bir fuqaro va oila farovonligi, qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari hamda manfaatlari taʼminlandi.
Prezidentning 2020-yilning 18-fevralidagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va хotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5938-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda “Mahalla ziyosi” oʻquv-uslubiy markazi negizida “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tuzilmasiga oʻtkaziladi. Institutning asosiy vazifalari quyidagilar etib belgilandi:

  • jamiyatda “obod va хavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni toʻlaqonli va samarali joriy etish, mahalla va oila institutlarini mustahkamlash sohasidagi ustuvor yoʻnalishlarni shakllantirishda ishtirok etish;

  • fanlararo fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etish;

  • mahalla va oila institutlarini mustahkamlash, хotin-qizlar va keksalarni qoʻllab-quvvatlash hamda ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan konsepsiyalarni, kompleks, maqsadli, sohaviy va hududiy dasturlarni ishlab chiqishning ilmiy-metodologik asoslarini shakllantirish;

  • mahallalar va oilalarda sogʻlom va barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhit hamda tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni ta’minlash, umuminsoniy va milliy, shu jumladan oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;

  • mahalla va oila institutlarini mustahkamlash, хotin-qizlar va keksalarni qoʻllab-quvvatlash hamda ijtimoiy faollikni oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;

  • mahalla va oilalarni qoʻllab-quvvatlash sohasidagi dolzarb ilmiy muammolarga bagʻishlangan ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, yigʻilishlar tashkil etish, shuningdek ushbu sohada yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, ilmiy хodimlarning kasbiy darajasini doimiy oshirib borish;

  • institut faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish, хorijiy mamlakatlarning ilgʻor ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan хalqaro aloqalarni rivojlantirish.

“Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Oila va ayollar maalalari bo`yicha komissiya, hukumatda Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi, hokimlarning mahalla va oila masalalari bo`yicha o`rinbosari, mahallalarda fuqarolar yig`ini raisining oila, xotin-qizlar, va ijtimoiy masalalar bo`yicha o`rinbosari lavozimi joriy qilindi. Xotin-qizlar va oilani qo`llab-quvvatlash jamoat fondi, “Mahalla va oila” ilmiy tadqiqot instituti tashkil etildi. Hujjat bilan “Mahalla va oila” instituti tuzilmasi va uning ustavi tasdiqlandi. Davlat byudjeti mablagʻlari, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining byudjetdan tashqari mablagʻlari va boshqalar institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi. Oila masalasini kompleks o`rganib mavjud holatni tahlil etish, monitoring qilish va baho berishga, ilmiy tadqiqotlar orqali oila farovonligini oshirishga xizmat qiladigan tizim yaratildi. Kambag`allikni qisqartirish maqsadida 2021-yilda ijtimoiy nafaqa oluvchi oilalar soni 2020-yilga nisbatan 2 barobar oshirildi. Yurtimizda aholini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash maqsadida moddiy yordamga muhtoj oilalar ro`yxati, ya`ni “temir daftar” tuzildi”1. Hozir mamlakatimizda oila borasida olib borilayotgan ishlar, siyosat ko`proq utilitar konsepsiyaga yaqin. Jeremi Bentam asos solgan ushbu nazariyaga asosan ko`plab odamlarga nima eng ko`p baxt, foyda olib kelsa u axloqiy deb hisoblanadi. Ushbu nazariyaning mazmunida hatti-harakatlarni amalga oshirishda ushbu harakatlar bilan manfaatiga dahl qilinadigan barchaning manfaati hisobga olinishi kerak degan g`oya yotadi. Biroq sog`lom fikr shuni ko`rsatadiki, hammaning manfaati to`liq hisobga olish imkonsiz. Bentamning fikriga ko`ra esa biror nima qilishda biz ko`pchilikning manfaatidan kelib chiqishimiz zarur1.Shunday ekan ta`lim-tarbiyani, mustahkam oilani biz fiziologik ehtiyojlarni qondirib, uyli bo`lgan, ta`lim olib, o`z daromadiga ega bo`lgan, madaniyat va san`at yutuqlaridan bahramand bo`lgan shaxslardangina kutishimiz mumkin.Oila qo`rg`onining mustahkam bo`lishi uchun xalqimizga xos sabr-qanoat, o`zaro hamjihatlik, mehr-oqibat singari fazilatlarga amal qilib yashash lozim.Milly, diniy qadriyatlarni, insoniy fazilatlatlarni ulug`lash, azaliy an`analarga sodiqlik baxt va saodat maskani bo`lgan oilani mustahkamlab boradi.
Niyatimiz, har bir oila maʼnaviy sogʻlom, baxtli va xotirjam hayot kechirsin. Oila bagʻrida ulgʻayayotgan farzandlar komil inson sifatida voyaga yetib, davlatimizning kuchiga kuch, qudratiga qudrat qoʻshaversin. Zero, oila jamiyatning asosiy boʻgʻini ekan, uning mustahkam boʻlishi, farovonligi davlatimiz va jamiyatimiz ravnaqiga xizmat qilishi, shubhasizdir.


1 Маънавият изохли лугати -Т.: -Б. 2016. 237-238.

2 Философия лугати Т.: “Узбекистон”. 1973, -Б. 355.

1Корабоев У.Узбек халки байрамлари. – Т.: “Шарк”, 2002. –Б. 40.

2 Махмудов T. “Авесто”.-T.: 2001. –Б. 16.

3 Аристотель. Сочинения: В 4т T.4. – M.: “МЫСЛЬ”, 1983. –С. 828.

4 Руссо Ж Ж Об общественном договоре Трактаты /Пер. с. Фр. –М.:КАНОН-прес “Кучково поле”, 1998. – С.416.

5 Гобсс ТЛефиан//Избранние произведения Т 2 М 1964

6 Бекон Ф. Опыты или наставления нраственные и политические //Сочинения. Т. 2. М., 1972.

7 Гегел Г. В. Ф. Философия права. М., 1990.

1 Вурхониддин ал-Маргиноний. Хидоя .1-жилд. Т.: “Адолат”, 2000. -Б.650-654.

2 Алишер Навоий. Махбуб- ул- Кулуб. 13- жилд - Т.: 1966.. –Б. 244.

3 Фитрат А. Оила. Т. “Маънавият” 1998. –Б. 34.

1Инсон хукуклари Умумжахон декларатсияси.Т.: “Узбекистон”, 2012. -Б. 27.

2 Узбекистон Республикасининг Оила кодекси //Узбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси ,1998-й.,5-6-сонга илова; 2003йил 1-сон 8-модда; 2004-й., 1-2cон 18-модда;Узбекистон Республикаси хужжатлар туплами, 2007 й., 14-cон, 133-модда; 2008 й., 16-сон, 177-модда; 2009 й., 37-сон , 401-модда; 2010-й., 35-36-сон, 300-модда, 37-сон, 313-модда; 2011-й., 40-сон, 410-модда; 51-сон, 542-модда; 2013й., 18-сон, 233-модда; 2014й., 4-сон, 45-модда; 2016й., 39-сон, 457-модда.

1 O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: 2019, -Б. 21-22.

2 Узбек тилининг изохли лугати. 5 жилдли. Учинчи жилд, “Узбекистон миллий енциклопедияси” Давлат илмий нашриети, Т.: 2007, Б. 97.

3

Download 95,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish