Organoleptik usul – sezgi organlari: ko’rish, eshitish, sezish organlari orqali olingan ma’lumotlarni tahlil qilishga asoslangan. Organoleptik usuldan qandolatchilik mahsulotlari, tamaki mahsulotlarining sifatini baholashda, gazlamaga berilgan ranglarning tiniqligini, gullarning shaklini, poyafzal mahsulotlari, tikuvchilik mahsulotlarining tashqi ko’rinishi, ko’zga tashlanuvchanligini baholashda qo’llaniladi.
Qayd etish usuli ma’lum voqeliklar, predmetlar yoki xarajatlarning, masalan, sinov paytida sinovdan o’tolmagan mahsulotlar sonini hisoblash yo’li bilan olingan ma’lumotlardan foydalanishga asoslangan.
An’anaviy usul – muassalar va korxonalarning maxsus eksperimental va hisoblar bo’liimlaridagi mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi (ularga ixtisoslashgan laboratoriyalar, poligonlar, sinov stendlari va boshqalar kiradi).
Ekspert usulida mahsulot sifat ko’rsatkichlarini baholash mutaxassis ekspertlar guruhi, ya’ni dizaynerlar, degustatorlar, tovarshunoslar va shu kabilar tomonidan amalga oshiriladi.
Ijtimoiy usuli mahsulotning haqiqatdagi yoki potentsial iste’molchilariga tayanadi. Iste’molchilarning fikri to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash, so’roq qilish yoki maxsus so’roq anketalari orqali, ko’rgazmalar, konferentsiyalar va boshqalar orqali amalga oshiriladi. Bitta turdagi mahsulotning sifati darajasini baholash differentsial, kompleks va aralash usullar orqali amalga oshiriladi. Mahsulot sifati darajasini baholashning differentsial usuli baholanayotgan mahsulot turining sifat ko’rsatkichlarini tegishli bazis ko’rsatkichlari bilan taqqoslash orqali, ya’ni baholanayotgan mahsulotning sifat ko’rsatkichi R1 taqqoslash asosi qilib qabul qilingan namuna ko’rsatkichlari R1 baza bilan taqqoslanadi.
Har bir ko’rsatkich uchun baholanayotgan mahsulotning nisbiy sifat ko’rsatkichlari quyidagi formulalar orqali aniqlanadi:
Qi=Pi/Pibaz (1.1) Qi=Pibaz/Pi(1.2)
Bu yerda Ri – baholanayotgan mahsulot i-sifat ko’rsatkichining miqdoriy qiymati;
Ribaz-taqqoslash asosi qilib qabul qilingan namunaning i-sifat ko’rsatkichining miqdoriy qiymati.
(1.1.) formula sifat ko’rsatkichining absolyut jihatdan ortishi mahsulot sifatining yomonlashuviga olib keladigan holatlarda qo’llaniladi.
Ba’zan mahsulot sifati darajasini baholashda mushkul holatlar ham uchraydi. Bunday xolatlarda barcha ko’rsatkichlarni ahamiyatlilik darajasiga ko’ra ikki guruhga bo’lish maqsadga muvofiqdir. Birinchi guruhga mahsulotning muhim xossa- xususiyatlarini tavsiflovchi ko’rsatkichlarni, ikkinchi guruhga esa ikkinchi darajali ko’rsatkichlarni kiritiladi. Agar birinchi guruhga qiymati birdan katta yoki birga teng bo’lgan barcha nisbiy ko’rsatkichlarni kiritib, ikkinchi guruhga esa asosiy qismi birdan kichik bo’lmagan ko’rsatkichlarni kiritilsa, taqqosalanayotgan mahsulotning sifat darajasi namunaning sifat ko’rsatkichlaridan past emasligini ko’rishimiz mumkin.
Sifat darajasini baholashning kompleks usuli sifatning kompleks (umumlashgan) ko’rsatkichlaridan foydalanishga asoslangan. Bu usuldan mahsulot sifati darajasini faqat bitta son bilan ifodalash maqsadga muvofiq bo’lgan holatlarda foydalaniladi. Kompleks usuliga ko’ra sifat darajasi baholanayotgan mahsulotning umumlashgan sifat ko’rsatkichini taqqoslash asosi qilib qabul qilingan namunaning umumlashgan sifat ko’rsatkichi bilan taqqoslash orqali aniqlanadi.
Q Q1
Q, fp
(1.3)
Kompleks baholashning mukammalligi umumlashgan sifat ko’rsatkichini ob’ektiv topishdadir.
Baholanayotgan mahsulotning umumlashgan sifat ko’rsatkichlari bilan e’tiborga olinayotgan ko’rsatkichlar o’rtasidagi bog’liqlikni tavsiflash imkoniyati bo’lgan barcha holatlarda quyidagi funktsional bog’liqlikdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Q f (n * Pi ) 1
Barcha bo’lishi mumkin bo’lgan usullar, shu jumladan ekspert usulida ham ushbu bog’liqlikning ko’rinishi turlicha bo’lishi mumkin. Odatda, bunday hollarda
umumlashgan ko’rsatkich qilib mahsulotning xususiyatlarini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlardan biri qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |