Mavzu: populyatsiyatsion genetika va molekulyar evolyutsiya


Xardi-Vaynberg qonunining qo’llanilishi



Download 279,01 Kb.
bet6/7
Sana29.05.2022
Hajmi279,01 Kb.
#617081
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma'ruza № 14

Xardi-Vaynberg qonunining qo’llanilishi
Bu qonunni amalda qo’llash imkoniyatlaridan biri sifatida shuni aytish mumkinki, u ayrim allellarning dominantligi natijasida barcha genotiplar identifikatsiyalanishi mumkin bo’lmagan holda gen va genotiplarning ayrim takrorlanish sonlarini hisoblab aniqlashga imkon beradi. Masalan, odamlarda alьbinizm hodisasi kamdan-kam uchraydigan retsessiv gen bilan belgilanadi. Agarda normal pigmentlanishning allelini A deb, alьbinizm allelini esa a deb belgilasak, unda alьbinoslarning genotipi aa bo’ladi, normal pigmentlangan odamlarniki esa AA va Aa bo’ladi. Aytaylik, qaysi bir odamzot populyatsiyasida alьbinoslarning takrorlanish soni 10000 taga bitta kishi to’g’ri keladi. Xardi-Vaynberg qonuniga muvofiq aa gomozigotalarning chastotasi q2 ga teng; shunday qilib, q2= =0,0001 bundan q= = =0,01 ga teng. p allelining chastotasi p+q=1 formulasiga muvofiq p=1–q=1–0,01=0,99, p=0,99. Normal pigmentli odamlar genotiplarining takrorlanish soni AA genotipi uchun p2=(0,99)2=0,9801 va Aa genotiplilar uchun 2pq=2(0,99 ∙ 0,01)= 0,0198.
AV0 tizimidagi qon gruppalari uch allelli lokusga misol bo’ladi. Aytaylik, bir necha populyatsiyalarda to’rtta qon gruppalarining quyidagi takrorlanish soni kuzatiladi:
A ( IAIA va IAi0 genotiplar) = 0,45
V ( IBIB va IBi0 genotiplar) = 0,13
AV ( IAIB genotip) = 0,06
0 ( i0i0 genotip) = 0,36
IA , IB va i0 allellarining chastotalarini mos ravishda p, q va r bilan belgilaymiz. Xardi-Vaynberg qonuniga muvofiq, i0i0 genotipining takrorlanish soni r2 ga teng, bundan r= =0,6 V va 0 qon gruppalari takrorlanish sonlarining yig’indisi (q+r)2 (113-rasmga qarang). Binobarin, (q+r)2=0,13+0,36=0,49, bundan q+ r= =0,7, r=0,6 ekanligini bilgan holda IB allelining uchrash chastotasini aniqlaymiz: IB = 0,7 – 0,6 = 0,1. Nihoyat, IA allelining uchrash chastotasi p=1-(q-r)=1-0,7=0,3. p=0,3.
Odamlarda alьkaptonuriya retsessiv genining takrorlanish darajasi taxminan 0,001 ni tashkil etadi. Alьkaptonuriya kasalligiga uchragan odamlarning takrorlanish soni q2 = 0,000001 ga teng, ya’ni har 1 million odamga 1 ta kasallik to’g’ri keladi, bu holda geterozigotalar takrorlanish soni 2pq , ya’ni 0,002 ga teng. Demak, geterozigotalarda alьkaptonuriya genlarining soni gomozigotalarga nisbatan 1000 marta ko’p.
Boshqacha qilib ifodalaganda, agar a allelining takrorlanish soni 0,01, A alleliniki esa 0,99 bo’lsa, unda geterozigotalarning takrorlanish soni 0,0198, ya’ni taxminan 0,02 ni tashkil qiladi, retsessiv gomozigotalarniki esa 0,0001. Demak, gomozigotali holatga nisbatan geterozigotali holatda retsessiv a alleli 100 barobar ko’p uchraydi. Tasavvur etaylik, «irq tozalash» g’oyasi singdirilgan diktator aholi orasidan alьbinizmni yo’q qilishga qaror qildi. Dominant allel bo’yicha geterozigotalar gomozigotalardan farq qilmas ekan, u holda diktatorning dasturi retsessiv gomozigotalarni yo’q qilishga yoki bepusht qilishlikka asoslanishi kerak. Bu esa populyatsiyada bu retsessiv allel takrorlanish sonini arzimagan holdagi kamayishiga olib keladi, chunki, alьbinizmning aksariyat alleli geterozigotalarda saqlanib, fenotipda namoyon bo’lmaydi. SHu sababli keyingi avlodda alьbinoslarning takrorlanish soni xuddi oldingidagiday bo’lib qola beradi. Retsessiv allelning takrorlanish sonini ma’lum darajada pasaytirish uchun juda ko’p avlodlar davomida tanlash ishini olib borish kerak bo’ladi.
Hozirgi vaqtda odamzot populyatsiyalarida davolash mumkin bo’lgan retsessiv letalli kasalliklarga nisbatan teskari vaziyat sodir bo’lmoqda. Bunga fenilketonuriya (FKU) kasalligi misol bo’ladi. Bu kasallik allelining takrorlanish darajasi 0,006. Hatto barcha gomozigotalilar shi fo topib davolanib chiqsa va normal odamlar singari ko’paygan taqdirda ham FKU genining takrorlanish soni juda sekin orta borgan bo’lardi, bu gen bo’yicha gomozigotalilarning takrorlanish soni yana ham sust borgan bo’lardi. Bordi-yu FKU bilan kasallangan barcha odamlar shifo topsalar, unda FKU genining takrorlanish soni 0,06 dan bor yo’g’i 0,006036 (q=q+q2) ga o’zgaradi. Yuqoridagilardan kelib chiqadigan asosiy xulosalardan biri – bu allellarning boshlang’ich takrorlanish soni avlodlar davomida bir xilda saqlanib borishligidir. Navbatdagi avlodning genotiplar nisbati keyingi avlodlarda qanday bo’lsa shunday bo’ladi. Populyatsiyaning birinchi avlodida genotiplar muvozanati qaror topib keyingi avlodlar davomida saqlanib boradi. Matematik G.Xardiga ravshan bo’lgan bu qonuniyat aralash populyatsiyada dominant allelning takrorlanish soni avtomatik ravishda oshib boradi deb hisoblagan biologlar uchun katta yangilik bo’ldi.
P opulyatsiyada retsesciv gomozi-gotalarni eliminatsiya (nobud) qilinishi tufayli allellar chastotalarining o’zgarishi. tAgarda allelning boshlang’ich chastotasi 0.01 bo’lgan bo’lsa uni 0.001 chastotaga
tushirish uchun 900 avlod, 0,0001 chastotaga tushirish uchun 9900 avlod kerak bo’ladi.
Qat’iy ma’noda Xardi-Vaynberg qonuni hech qanday tashqi ta’sir bo’lmagan, panmiksiya sodir bo’layotgan cheksiz katta populyatsiyalardagi bir juft autosoma genlar uchun to’g’ridir. Faqat shu shartlar saqlanganda populyatsiya muvozanatli, ya’ni genotip va allellarning takrorlanish soni bir xil doimiy bo’ladi. Ayonki, populyatsiya to’g’risidagi bunday ideal taqdimot tabiiy sharoitda hech qachon amalga oshmaydi. Populyatsiyaga har doim ichki va tashqi muhitning har xil omillari ta’sir qiladi va buning natijasida genetik muvozanat buziladi.



Download 279,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish