Mavzu: Poykent xarobalari Reja kirish I bob. Poykent(Boykent) shahri



Download 2,97 Mb.
bet2/8
Sana29.06.2022
Hajmi2,97 Mb.
#717444
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi.Poykent



Kurs ishi ob’yekti va predmeti Poykentning shahri va uning tarixi . Tarixchi Muhammad Narshaxiyning “Buxoro tarixi” kitobida Poykent haqidagi ma’lumotlar.Poykent yodgorliklari arxeolog L.A.Zimin va V.A.Shishkin tadqiqotlari. Poykentning arablar tomonidan egallanishi. Arxeologik qazishlar jarayonida poykent yodgorligidan topilgan turli tupilmalar.



Kurs ishning tadqiqot uslubi va uslubiyoti: Ilmiy ommabop manbalardan to’plangan ma’lumotlar tahlil qilib,xulosa va takliflar qilish.



Kurs ishi tuzilishi: Bajarilgan kurs ishi kirish qismi, ikkita bobdan va qilingan xulosalardan iborat. Ishda o’rganilishi e’tiborga olingan ma’lumotlar tushunarli ravishda ifodalash uchun rasmlar berildi.Ishga qo’yilgan maqsadga erishishi uchun to’plangan adabiyotlar manbalarning nomlari va elektron manzillari keltirildi.





I BOB. Poykent(Boykent) shahri


1.1.Poykentning tarixi. Tarixchi Muhammad Narshaxiyning “Buxoro tarixi” kitobida Poykent haqidagi ma’lumotlar.
1.2.Poykent, Varaxsha yodgorliklari arxeolog L.A.Zimin va V.A.Shishkin tadqiqotlarida
1.3. Poykentning arablar tomonidan egallanishi
Qorakoʻlning qadimiy yodgorliklaridan biri Poykent(Boykent) shahridir. Poykentning tarixi 2500 yildan ziyod boʻlib, uning arki va ikkita shahristoni mustahkam qalʼa devori bilan oʻralgan. 20 gektarli maydonga ega shahar sunʼiy tepalik ustida joylashgan. Shahar devorining tashqarisida keng va chuqur zovur qazilib, undan koʻtarma koʻpriklar orqali oʻtilgan. Mil. av. IV-III asrlarda chegara istekomi sifatida Buxoro so’g’dining Eron bilan chegaradosh yerida kadimgi Poykand shahri bunyod etilgan. Keyinchalik Buyuk Ipak Yo’lining Poykand orkali o’tishi kal’ani shaharga aylanishiga sabab bo’ladi.Poykand haqidagi ma’lumotlar arab – fors jo’g’rofiy olimlar: At – Tabariy, Ibn – al – Xordodbex, Ibn Fakix, Firdavsiylar kitoblarida, Muhd Narshahiyning «Tarixi Buxoro» saqlanib qolgan. Poykand haqidagi ayrim ma’lumotlar o’rta asr Xitoy yilnomasida xam keltirilgan. 1
Poykend, Poykand – qad. karvon yoʻli ustida qad koʻtargan shahar harobasi (miloddan avvalgi 4–3–milodiy 11-asrlar). Buxorodan 44 km janubi-gʻarbda, Jondor va Qorakoʻl tumanlari tutashgan xududda joylashgan. Oʻrta asr yozma manbalarida shahar Boykand, Xitoy solnomalarida esa Bi nomlari bilan tilga olinadi. Uning nomlari "Quyi shahar" maʼnosini anglatadi. poykent tashqi devorlarining nihoyatda mustahkamligidan shahar ilk oʻrta asrlarda "Shahristoni Roʻin", yaʼni "Jezdan qurilgan shah-riston" (Jez shahar) nomi bilan shuh-rat topgan.2

Poykent oʻtmishda 4 qism:


1) darvozali ark (maydoni 1 ga);
2) darvozali ichki shahriston (maydoni 11 ga);
3) darvozali tashki shahriston (maydoni 6 ga);
4) sharq, gʻarb hamda jan. tomonlarida qad koʻtargan (maydoni 100 ga dan oshiqroq) ulkan rabodlardan iborat boʻlgan.
Arkda ibodatxona, podshoh saroyi, 9–10-asrlarda qad koʻtargan koshinkor mehrobli jome masjidi, ichki va tashki shahristonlarda savdogar va hunarmandlarning turar joy, mahalla-koʻylari, ichki bozor, us-taxona, nonvoyxona va dorixonalar kabi bino va inshootu korxonalar joylashgan. Shaharning rabod qismida esa 50 dan ortiq naus (ostodonlar xilxonasi)lardan iborat otashparastlarning qabristoni (nekropol), tashki bozor va bir necha (Narshaxiyning koʻrsatishicha, mingdan ortiq) rabotlar, yaʼni karvonsaroylar qad koʻtargan. Manbalarda qayd etilishicha, islomiyat davrida ham Poykent nauslari ochiq boʻlgan. Otashparastlar oʻz marhumlari ustuxonlarini hatto, Buxoro shahridan Poykent nauslariga eltib dafn etganlar.
Ayrim maʼlumotlarning guvohlik berishicha, Poykent Buxoro hukmdorlarining qarorgohi boʻlgan. Har bir pod-sho oʻzi uchun bu shaharda oʻrdugoh barpo etgan. Eftaliylar davlati hukmronligi davrida (5-asrning 2yarmi va 6-asr boshlari) u poytaxtga aylantirilgan. Narshaxiyning yozishicha, shahar aholisining aksariyati savdogar boʻlib, ular Xitoy va dengiz boʻyi mamlakatlari bilan savdo qilganlar va juda davlatmand boʻlgan. Shu boisdan arab geograflari Ibn Hurdodbeh va Ibn al-Faqihlar Poykentni "Madina at-tujjor", yaʼni "Savdogarlar shaxri" nomi bilan taʼrif etadilar.
Vohaning janubi-gʻarbiy chegarasida harbiy istehkom sifatida bino qilingan Poykent ilk oʻrta asrlarda Buxoro viloyatining atrofi yagona mudofaa inshooti – Kan-pir devor bilan oʻrab olingunga qadar u jan.gʻarb, dasht hududlaridan muttasil sodir boʻladigan koʻchmanchi qabilalarning chopkunlarini qaytarish va tashqi dushman hujumlarining yoʻlini toʻsib, ularga dastlabki zarbalarni berishda mustahkam harbiy qaror-goh vazifasini oʻtagan. Uning mudofaa inshootlari nihoyatda mustahkam qurilgan boʻlib, zamonasining har qanday qamaliga bardosh bera olgan.

Poykent arki, ichki va tashqi shahristonlarining har biri alohida qalin (3,5– 5 m) va baland devorlar halqasi bilan oʻralgan. Devor boʻylab har 60 m masofada va tashqi burchaklarda baland (11,5–12,5 m ) 2 qavatli burjlar oʻrnatilib, darvoza atrofi mudofaa inshootlari (labirint) bilan mustahkamlangan. Shahar devorlari va burjlari har 1,6 m oraligʻi boʻylab shaxmat uslubida 3 qator nishon tuynuklari (tirkash) oʻrnatilgan.



Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish