Mavzu: Poykent xarobalari Reja kirish I bob. Poykent(Boykent) shahri


Poykent, Varaxsha yodgorliklari arxeolog L.A.Zimin va V.A.Shishkin tadqiqotlarida



Download 2,97 Mb.
bet3/8
Sana29.06.2022
Hajmi2,97 Mb.
#717444
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi.Poykent

Poykent, Varaxsha yodgorliklari arxeolog L.A.Zimin va V.A.Shishkin tadqiqotlarida


Buxoroning qadimgi tarixiy-arxeologik yodgorliklari XIX asr oxiri XX asr boshlarida rus ilmiy jamiyatlari va jamoatchiligi tomonidan o‘rganila boshlandi. Bu kabi faoliyatni tashkil etish ishiga Rossiya Imperatori Arxeologiya Jamiyati, qolaversa, o‘lkada tashkil etilgan Turkiston axreologiya havaskorlar to‘garagi rahbarlik qildi. Jamiyat va to‘garak a’zolari Buxorodagi tarixiy joylarga ekspeditsiyalar uyushtirganlar. 1913-1916-yillar davomida Buxoro amirligida amalga oshirilgan shunday ekspeditsiyalarning biriga L.A.Zimin boshchilik qiladi.
L.A.Zimin Turkiston axreologiya havaskorlar to‘garagining kotibi sifatida faoliyat olib borganligi bois, to‘garak uni Buxoroda joylashgan tarixiy yodgorliklarni o‘rganish ishiga jalb qildi. Shu bilan birga, bu faoliyatni tashkil etishdan nafaqat to‘garak ma’muriyati balki, Rossiya Imperatorining homiyligi ostida faoliyat olib borgan va O‘rta va Sharqiy Osiyoni o‘rganishni maqsad qilgan Rus komiteti ham manfaatdor bo‘lgan.
Buxorodagi rus siyosiy agentligi L.A.Ziminga ko‘mak berishni so‘rab amirlik hukumatiga murojaat qilgan. Rasmiy muassasalarning o‘zaro ko‘mak berish mazmunidagi xatlaridan tashqari, shaxsan L.A.Ziminning o‘zi amirlik hududida arxeologik qazuv ishlarini amalga oshirish uchun Buxoro amirligi qushbegisiga murojaat qilgan.3
L.A.Ziminning Buxoro amirligi hududida amalga oshirgan ilmiy izlanishlari Rossiya Imperatorining homiyligi ostida bo‘lib, Rus komiteti mablag‘lari asosida amalga oshirilgan. L.A.Ziminning 1914- yilda Poykentga ikki marotaba tashrif buyuradi va dastlabki tashrifi 1914-yil 31 martdan 13 aprel sanalarida amalga oshiriladi. Mazkur tashrifni tashkil etish xususida N.Ostroumov 1914- yil 18 mart sanasida Buxorodagi rus siyosiy agenti nomiga xat bilan murojaat qilgan. Xatda Ostroumov L.A.Ziminning Poykentda qazuv ishlari davomida Buxoro mamuriyati o‘z amaldorini ajratishni so‘rab murojaat qilgan. Ekspeditsiyaning faoliyati doirasida Ostroumov Buxoro amirligi qushbegisining ruxsati bilan Yakkatut stansiyasida Ziminga dastlabki qazuv ishlari uchun 10 nafar ishchi, ot va aravalar bilan kelishlarini so‘ragan. 1 aprel sanasidan esa yana 20 nafar ishchilar va ular ustida nazoratini amalga oshirish maqsadida o‘n boshini ajratishni bildirgan.
L.A.Zimin o‘zining 1914- yilgi dastlabki tashrifi yakunlanishi munosabati bilan 10 aprel sanasida Yakkatut stansiyasidan Buxorodagi rus siyosiy agentlik nomiga telegramma yo‘llaydi va undaqazuv ishlari natijasida aniqlangan bino va buyumlarni iyun oyigacha bo‘lgan muddatda xavfsizligini taminlashni so‘rab murojaat qiladi. Shunday mazmundagi xatni 1914-yil 14 aprel sanasida N.Ostroumov Buxorodagi rus siyosiy agenti nomiga yo‘llaydi. Unda L.A.Ziminning qadim Poykent hududida uch arshin chuqurlikda devorlari pishiq g‘ishtdan qurilgan bino qoldiqlarini aniqlaganligini bildiradi.4
N.Ostroumov L.A.Ziminning Poykentda mart-apreldagi faoliyatining yakuniga binoan hududda mahalliy aholi qazuv ishlarini olib bormasligi va qazuv natijasida mavjud buyumlarni olib ketmasligini ta’kidlagan. SHu bilan birga Poykentda ruxsatsiz qazuv ishlari yoki buyumlarni olib ketilishi kuzatilsa, unga jazo choralarini ko‘rish kerakligi ham bildiradi.5 Xatning so‘ngida bu holatlar xususida Poykent yaqinidagi Sho‘rabod, Qizilrabot, Poykent, Janopar, Qulonch, Alekya, Sayot, Salor va Do‘rmon qishloqlari aholisiga alohida bildirishni ham ta’kidlaydi.
L.A.Ziminning Buxoro amirligidagi ilmiy izlanishlari doirasi nafaqat Poykent xarobalarini o‘rganish bilan chegaralangan edi, balki, hududning boshqa shahar va bekliklarida ham uning tomonidan izlanishlar olib borilgan. L.A.Ziminning 1915-yildagi ekspeditsion faoliyati mart-may oylari davomida amalga oshiradi.
Turkiston arxeologiya havaskorlar to‘garagi boshqaruvchisi V.N.Ostroumov Buxorodagi rus siyosiy agenti nomiga yo‘llagan xatida Ziminga O‘rta Osiyo temir yo‘lidagi Qiziltepa stansiyasida ot va aravalarni tayyorlash bildiriladi.
L.A.Ziminning o‘zi ham amirlik qushbegisi murojaat qilib, Buxoro amaldorini Qiziltepa stansiyasiga ot va aravalar bilan kelishini va qazuv ishlari uchun odamlar ajratishni so‘raydi. Zimin o‘zining 1915-yildagi faoliyatini 2 may kuni Buxoroda joylashgan arxeologik ob’ektlarni va Romitan qishlog‘i hududidagi qadim tepalarni borib ko‘rish bilan yakunladi.
L.A.Ziminning 1913-1916-yillar davomida Buxoro amirligi hududida amalga oshirgan ilmiy izlanishlari keyinchalik uning “Развалины старого Пейкенда”, “Отчеты о весенних и летних раскопках 1914 г. в развалинах Старого Пейкенда”, “Отчет о двух поездках по Бухаре с археологической целю”, “Краткий отчет о поездке по Бухаре в 1916 г”, “Кала-и Дабус”, “Нахшеб, Насаф,Карши. Их история и древности” nomli hisobot va kitoblarida o‘z aksini topdi.6
Buxoro va Xorazm oralig‘idagi karvon yo‘li Istaxriy va Ibn Havqal ma’lumotlari ko‘ra, Varaxsha orqali o‘tgan. Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-



Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish