M iloddan avvalgi VIII–VII mingyilliklarda O`rtayer dengizining sharqiy sohilidagi o`lkalarda ilk o`troq dehqonchilik madaniyati, chorvachilik va savdo-sotiq qaror topdi. Miloddan avvalgi VI–IV mingyilliklarda esa xo`jalik yanada rivojlanib, o`lkada katta-kichik qishloqlar paydo bo`ladi. Aholi orasida xususiy mulk, tabaqalanish boshlanib, odamlar boy va kambag`allarga bo`lina boshlaydilar. Ibtidoiy qishloqlar asta-sekinlik bilan shahar tusini ola boshlaydilar. Ularning atrofi minorali mudofaa devorlari bilan o`rab olinadi. Dushman kirolmasligi uchun devor ortiga xandaq-chuqur qazilib, unga suv to`latib qo`yilgan. Ugarit, Arvad, Bibl, Sidon, Tir, Damashq, Kadesh, Ebla davlatlari Suriya va Finikiyadagi eng qadimgi shahar-davlatlari edi. Har bir shahar-davlatning o`z podshosi, qo`shini, soqchilari, qamoqxonalari, amaldorlari, qozilari va ma`muriy idoralari bo`lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |