Mavzu: Qadimgi suv inshootlari va ilm-fan taraqqiyoti Reja: I. Kirish: Kurs ishining dolzarbligi va ahamiyati II. Asosiy qism: Suv inshootlariga umumiy ta`rif va tasnifi


II.1.Suv inshootlariga umumiy ta`rif va tasnifi



Download 131,34 Kb.
bet2/6
Sana23.06.2022
Hajmi131,34 Kb.
#694263
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi yer suv

II.1.Suv inshootlariga umumiy ta`rif va tasnifi
Yer yuzining dehqonchilik uchun yaroqii kattagina qismida, shu jumladan Markaziy Osiyoda ham nam tanqisligi mavjud va shu boisdan inson qadim zamonlardan boshlab, tabiiy omillar nomutanosibligini tuzatish hamda yerlarni suv bilan ta’minlanishini oshirish uchun juda ko‘p kuch va mehnat sarf qilib kelgan. Yuqorida qayd etib o'tilganidek, Markaziy Osiyoning jug'rofiy joylashgan o‘rni, uning arid iqlimi, ya’ni havoning o‘ta quruqligi, yozning issiq va yog'insiz bo'lishi, qishning nam va sovuq kelishi, ya’ni iqlimning keskin kontinental ekanligi va o'simliklar vegetatsiyasi davrida atmosfera yog'inlari yetarli bo'lmasligi bu yerda sun’iy sug'orish bilangina madaniy dehqonchilik olib borishni taqozo etgan. Mamlakatimizda sug'orma dehqonchilik tarixi juda uzoq o'tmishga borib taqaladi va u qariyb 10 ming yillik tarixga ega. Sug'orish va u bilan bog'liq kanallar, inshootlar qurilish ishlari Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolari vodiysida olib borilgan. Olingan tarixiy ma’lumotlar va arxeologik qazishmalar natijalariga ko'ra, Markaziy Osiyoda sug'orish ishlari bilan eramizdan avvalgi IX-VII asrlarda ham shug'ullanishgan. Qadimgi Baqtriya, Sug'diyona, Xorazm davlatlari, Farg'ona vodiysida sug'orish ishlari olib borilganligi, sug'orish tarmoqlari, suv to'plash inshootlari qurilganligi bunga misol bo'la oladi. Birgina Zarafshon daryosida bundan 2,5 ming yil avval qo'l kuchi bilan bunyod etilgan va hozirgacha saqlanib qolgan Darg'om kanalini olib qaraydigan bo'lsak, ajdodlarimizning qanchalik zukko mirob hamda ulaming yer past-balandligi, nishabligini katta aniqlikda hisoblay olgan fozil insonlar bo'lganligiga ishonch hosil qilamiz. Bundan tashqari, Zarafshon daryosidan suv oluvchi qadimiy va hozirgi paytda ham saqlanib qolgan Narpay, Mirzaariq, Shohrud, Vobkent,Pirmast, Sultonobod va boshqa ko‘pgina kanallarni ham sanab o‘tish mumkin. Qadimiy davlatlar poytaxtlari Zarafshon daryosidan suv oladigan kanallar bo'yida barpo etilgan edi.1 Darg‘om kanali Samarqand (Marokand) ni suv bilan ta’minlagan bo'lsa, Shohrud kanali Buxoro shahri ichidan o'tar edi. Olib borilgan arxeologik tadqiqotlar shum ko'rsatdiki, Amudaryoning quyi qismida irrigatsiya tarmoqlarini eng rivojlangan davri eramizdan avvalgi VI asrdan to eramizning III asrlarigacha bo'lgan vaqtga to'g'ri keladi. Saqlanib qolgan tarixiy hujjatlarga ko'ra, Xorazm sug'oriladigan eng qadimiy va o'z davridagi murakkab gidrotexnik inshootlar tizimiga ega bo'lgan hudud hisoblanadi. Fikrimizning dalili sifatida Amudaryodan Xorazmning o'ng qirg'oq yerlarini Sultoniztog' balandligigacha bo'lgan joylarni sug'orish uchun eramizgacha bo'lgan birinchi ming yillikning o'rtalarida qurilgan Gauxvar (Gavhar) kanalini keltirish mumkin. Eramizning I asrlarida Sultoniztog' yon bag'irlarini sug'orish uchun Tuproqqal’a kanalidan suv oluvchi kattagina tarmoq qurib bitkaziladi, G'aznaobod-Chermen-Yab kanalidan sug'oriladigan yerlar ko'lami kengayadi, III asrda g'arbiy qiyot kanali qurib bitkaziladi, IV asrda Guldursin va Berkut qal’a kanallari atrofida vohalarda sug'orma dehqonchilik ishlari yo'lga qo'yiladi. IX asrda Gurganj (ko'hna Urganch), G'aznaobod (Madra) kanali quyi qismida dehqonchilik tiklanadi, Amudaryoning quyi del’tasi tumanlarini irrigatsiya o'zlashtirishi boshlanadi. Shu davrda Shovot (Shoxobod) va Buve kanallari qurilgan, X asrda Amudaryoning chap qirg'og'ida Xiva kanalidan ikkita tarmoq kanallari bunyod etilgan. X II-X III asrlarga kelib, Xorazmda irrigatsiya ishlarining biroz jonlanganligini guvohi bo'lamiz: G'aznaobod (g'azavot) kanali Chermen - Yab arig'i orqali Shohsanamgacha, Girya kanali Qavatqal’a tumanigacha yetkaziladi2. Qadimiy kanallardan hozirgi paytda Markaziy Osiyoda eng yirik kanal hisoblangan Toshsaqa kanalining tarmoqlari bo'lgan va Shovot, Polvon va G'azovot kanallarini ayni kunlarda ham faoliyat ko'rsatayotganligini aytib o'tish mumkin. Toshkent vohasidagi sug'orish tizimlari, asosan, Chirchiq va Angren daryolarida qurilgan. Grek tarixchilarining ta’kidlashicha, Toshkent atrofidagi yirik kanallar eramizdan avvalgi III—II asrlarda ham mavjud bo‘Igan.Arab geograflari tomonidan Shosh mamlakati (Toshkent vohasi) tarixi batafsil yozib qoldirilgan, jumladan 50 ta aholi punkti haqida ma’lumot berishgan. Ularning ayrimlari hozirgi davrga qadar saqlanib kelmoqda, masalan, Biskent (Pskent), Ferekent (Parkent), Zerekent (Zarkent) shular jumlasidandir. Shahar va qishloqlarda, qadimiy Toshkeijtda aholi zich joylashgan bo'lib, ularni katta-katta bog‘ va uzumzorlar o‘rab olgan edi. Madaniy Shosh vohasi shimoli-g'arbdan ko‘chmanchi qabilalar hujumidan qadimiy Bo‘zsuv arig‘i va salobatli devor bilan himoyalangan edi, mazkur ariq shu kunga qadar saqlanib qolgan. Qadimiy kanallar masalan, Zax, Salor kanallari islom dini kirib kelgunga qadar bo‘Igan nomlar bilan atalib kelinadi. Sirdaryo daryosining o'rta oqimida ikkala qirg'oq bo‘ylab yirik sug'orish kanallari, shahar va qishloqlar izlari qolgan bo'lib, bundan 700...800 yil avval bu yerlarda yirik kanallar bilan sug'orilgan voha gullab yashnagan. Aris daryosining Sirdaryoga quyilish joyida esa qachonlardir yirik savdo markazi bo'lgan 0 ‘tror shahrining xarobalari yastanib yotibdi. Farg‘ona vodiysida dehqonchilik qilish madaniyati, asosan, Chotqol va Farg'ona tog' tizmalaridan oqib tushadigan hamda Norin, Qoradaryo daryolariga quyiladigan kichik-kichik daryolar bo‘ylarida rivojlanib kelgan. Tog' daryolarining suvlari eramizgacha bo'lgan X asrlarda yerlarni sug'orish uchun to'liq foydalanilgan. Daryolar bo'ylarida yirik qishloq va shaharlar, masalan, Kosonsoyda Kosonsoy va Axsikent, Marg'ilonsoyda Marg'ilon, Isfarasoyda Isfara, Xo'jabaqirgansoyda Xo'jand, Oqbura daryosida O'sh kabi shaharlar bunyodga kelgan. Keyinroq barpo etilgan davrga So'x daryo bo'yida yuzaga kelgan Qo'qon (200 yil avval), Namangansoyda esa Namangan (350 yil avval) shaharlarini aytib o'tish mumkin. Taniqli sharqshunos V V.Bartoldning fikriga ko'ra, Farg'ona vodiysidagi sug'orish kanallari Xorazm vohasidagi, Zarafshon, Chirchiq, Angrendagi inshootlarga nisbatan ancha keyinroq, ya’ni XVI-XVII asrlarda paydo bo'lgan. Bu davrlarda, Xitoy bilan o'zaro savdo-sotiq ishlari juda rivojlangan edi va ayni shu paytlarda irrigatsiya qurilishida ham katta yutuqlarga erishilgan. Uning yozishicha, tarixda birinchi marta ana shu davrda Qoradaryo va Norin daryolaridan kanal qazib chiqarilgan,avvallari esa, hatto Somoniylar davrida ham bu joylar Sirdaryoning shimoliy va janubiy irmoqlaridan chiqarilgan kanallardan sug‘orilgan, Qo‘qon xonlari davrida o'tkazilgan kanallardan sug‘orilgan maydonlar o'z o'lchamiga ko'ra, Turkiston tarixida beqiyos o‘rin tutadi. Biroq, Markaziy Osiyoda tez-tez bo‘lib turgan qirg'inbarot urushlar, nizolar va kelishmovchiliklar sug'orish tizimlari hamda shahar, qishloqlarni vayronaga aylantirgan. Necha asrlarga iz qoldirgan XIII asrdagi Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ul bosqinchilari yurishlarini esga olish kifoya.3 Ularning istilosi tufayli yuzlab shahar va qishloqlar vayron qilindi, irrigatsiya inshootlari, shu jumladan Amudaryodagi to‘g‘on buzib tashlandi, natijada Xorazmshohlar davlatining poytaxti bo'lgan Gurganj shahri suv ostida qolib ketdi. Olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida suv omborlari barpo etish maqsadida toshdan qurilgan bir nechta to‘g‘onlar topildi. Mazkur to‘g‘onlar ishlash tamoyiliga ko‘ra, hozirgi qurilayotgan gidrotexnik inshootlardan farq qilmagani holda, bundan ming yillar ilgari shunday takomillashgan inshootlarning qurilishi o‘sha davrlarda ham ajdodlarimiz bu sohada anchagina malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar bo‘lganidan dalolat beradi. Nurota tog‘ tizimlarining Forish va qo'shni tuman hududidagi soylarda suv omborlarini bunyod etish maqsadida qurilgan bir necha katta va kichik to'g'onlami uchratish mumkin. Forish tumanidagi X asrda Osmonsoyida qurilgan Xon to‘g‘oni, Kattaqo‘rg‘on tumanida XII asrda qurilgan g‘isht to‘g‘on va Nurotaning sharq tomonidagi Axchop soyida qurilgan Abdullaxon to‘g‘onlari bunga misol bo‘la oladi. Xon to‘g‘oni ikki tomoni qattiq tog‘ jinslaridan iborat bo'lgan Osmon soyining tor yerida barpo etilgan bo‘lib, uning uzunligi 50 m, balandligi esa 15,2 m ni tashkil etgan. To'g'on qurilishida qattiq tog‘ jinslari (toshlar) ishlatilgan, ular ganch yordamida birlashtirilgan. Suv omboridagi suv sathi uzunligi 700 m, to‘g‘on oldidagi kengligi 50 m, suv dami yetib borgan yerdagi kengligi 200 m ga teng bo'lib, hajmi 1,5 min m3 ni tashkil qilgan. Bu esa o‘sha davrda o'zlashtirishga ehtiyoj tug'ilgan Kaltepa cho'llaridagi 2...3 ming ga yerni sug'orish imkonini bergan. Toshqin vaqtida to'plangan suvlarni suv omboridan chiqarib yuborish va undan ekinlarni sug'orish uchun to'g'onning o'ng tomonidan, qirg'oqqa yaqin qilib ravoq shaklida kengligi 50 sm va balandligi 7 m bo'lgan quvur o'matilgan. To'g'on hozirgi vaqtgacha saqlanib qolgan, biroq suv ombori asrlar davomida Osmon soyidan oqib kelgan tosh va loyqa hisobiga o'z hajmini yo'qotgan. Abdullaxon to'g'oni XVI asrda qurib bitkazilgan bo'lib, o'zining tuzilishi va konstruksiyasi jihatdan juda hayratlanarlidir. To'g'onning balandligi 15 m, ustki qismining uzunligi 73 m, eni 4,5 m,tag qismining uzunligi 73 m va eni 15 m ni tashkil etadi. To'g'on oldidagi suv chuqurligi 15 m bo'lganida suvning dami 1250 m masofagacha suv omborida to'plangan suv 2,5...3,0 ming ga yemi sug'orish imkonini bergan. Abdullaxon to'g'oni inshootlar majmuasidan iborat bo'lib, uni to'g'onning o'zi, ortiqcha suvlarni chiqarib yuborgich (tashlama) va sug'orish ehtiyojlari uchun suv berish quvuri tashkil etgan. Mazkur to'g'on ham hozirgi paytgacha saqlanib qolgan. XIX asr o'rtalarida, hozirgi O'zbekiston hududida Buxoro amirligi, Qo'qon va Xiva xonliklari, ularga tegishli yarim mustaqil ma’muriy hududlar mavjud bo'lgan, bu hududlarda 3,5 min ga yaqin aholi istiqomat qilgan. Aholining 90% qishloq xo'jaligi - dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullangan hamda sug'oriladigan yerlar maydoni 1,6 - 1,8 min ga bo'lganligi taxmin qilinadi. Demak, o'sha davrda jon boshiga o'rtacha 0,45 - 0,5 ga sug'oriladigan yer to'g'ri kelgan. Sug'oriladigan yerlar, jumladan, bog'lar, uzumzorlar va dehqon qo'rg'on-tom orqalari, asta-sekin o'lik yerlar (suv chiqarib hali o'zlashtirilmagan yerlar) ni o'zlashtirish, lalmikor yerlarga suv chiqarish natijasida yuzaga kelgan. X IX asr o'rtalarida va undan keyinroq ham dehqonchilikda yetishtirilgan ekinlaming ustuvor joy lashishi quyidagicha bo'lgan: birinchi o'rinda don ekinlari, ikkinchi o'rinda bog'dorchilik va uzumchilik, uchinchi o'rinda sabzavot va poliz, to'rtinchi o'rinda chorvaga kerakli bo'lgan beda va boshqa ekinlar, beshinchi o'rinda paxta ekini turgan. Mamlakatimizda suv xo'jaligi va melioratsiya bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga XIX asrning oxiri XX asming boshlarida kirishilgan, bu soha o'tgan asming 60-yillariga kelib o'zining yuqori pog'onasiga ko'tarilgan. Ayni paytda respublikamizda sug'orish uchun yaroqii yerlar 15,9 min gektarga teng bo'lib, sug'oriladigan maydon 4,3 min gektarni yoki umumiy maydonning 9,3% ini tashkil etadi. Qishloq xo'jaligida olinadigan mahsulotlarning 95% dan ko'prog'i sug'oriladigan yerlar hissasiga to'g'ri keladi.
Geografiya deb o’zaro chambarchas bog’langan, yer geo­grafik qobig’ini tabiiy va ishlab chiqarish komplekslarini va ularning tarkibiy qismlarini o’rganadigan ta­biiy (tabiiy geografiya) va ijtimoiy (iqtisodiy geo­grafiya), hamda mahsus geografik fanlar tizimiga ay- tiladi. Mahsus geografiya fanlari tizimi geografiya fanida shakllangan alohida muammolar bilan shug’ullanadi. Mazkur fanlar tizimiga siyosiy va harbiy geo­grafiya, tibbiy geografiya, rekreatsiya va turizm geo­grafiyasi, injenerlik geografiyasi, geografik bashorat, meliorativ geografiya, xizmat ko’rsatish geogra­fiyasi va boshqalar kiradi (Vahobov, 2004, 14-bet). Qadimgi gidrotexnik inshootlar geografiyasi esa mahsus geografiyaning aynan ushbu tarmoqlarning barchasini ham o’zida mujassam ettira oladi. Ularning barchasi ma’lummikdorda qadimgi gidrotexnik inshootlar geografiyasining shakllanishida ishtirok etishi bilan birgalikda tabiiy va iqtisodiy geografiya tizimidan ham bo’lak holda ajralib qolmaydi. SHu boisdan bir-birlarini boyita ham boradi.Qadimgi gidrotexnik inshootlar geografik o’rganish jarayonida aynan o’sha muammolar bilan bir necha bor bahsga kirishilgan va u shubhasiz katta etnografik ahamiyat kasb etadi, uquvchini fikrlashga chorlaydi. Ba’zan hatto tarixiy faktlarga ham e’tiroz bilan qarashga undaydi. Mazhalliy aholi orasida suvga bo’lgan e’tiqod shunchalar kuchli edi-ki, suvga tomon supurish yoki suvga tupurish tugul hovuz, sardoba kabi suvi turg’un manba’larga qo’l tiqish yoki begona idish (sardobaning suv oladigan alohida idishi-chelak, ko’za v.h. bo’lar edi) botirishi mumkin bo’lmagan bir holda ayrim chet ellik sayohatchi olimlar (A.Vamberi) o’zbek bolalarining sardobada cho’milib, chorvasini sug’orayotganligini bayon qiladi.4
Aslida har bir gidrotexnik inshoot o’ziga xos etnog­rafik ob’ekt sifatida xizmat qila oladi. Chunki ularning turlari garchand Osiyoning o’zga xalqlar yashovchi hududlari bo’ylab uchrasada, mahalliy gidrotexnik inshootlarda ma’lum belgilari, xususiyatlari bilan o’ziga xoslik ham mavjud. Tuzilishi, tashqi kurinishi va ay­rim xususiyatlaridagi umumiylik bilan birgalikda shu tariqa milliylik yoki ayrim xalqlarning yashash tarzini ifodalovchi muhim ob’ekt sifatida namoyon bo’ladi. Jumladan sardobalar Osiyoning Eron, Afgoniston, Arabiston, Yaman va hakozo mamlakatlarda uchrasada ba’zi xususiyatlari, masalan tuzilishi tufayli bir-biridan farqli ekanligini ko’rish mumkin. Umuman olganda suv qurg’oqchil o’lkada yashovchi har bir xalq uchun asosiy tiriklik manba’i bo’lganligi tufayli, uning manba’lari zamirida turlicha urf-odat elatlar uchun o’ziga xos bo’lgan xususiyatlar ham jamlanganligini ko’ramiz. Shu boisdan ham qadimgi gidrotexnik inshootlarni tadqiq etish muhim etnografik ahamiyatga ham ega.
Respublikamizning tog’ oldi va tekislik qismlari cho’kindi yoki otqindi jinslar, ba’zan esa qalin allyuvial, prolyuvial va akkumulyativ yotqiziqlardan tashkil tongan bo’lib yuza qismi baland-pastlik ayrim holatlarda kum tenalari, hamda taqirlardan iborat. Ba’zan bir xil rel’ef formasi platosimon balandlik (dengiz yuzasidan 300-500 m yuqori) laruchrab turadi.5 Turli xil efemer, efemeroidlar hamda shuvoq, quvray, sho’ra, yantoq kabi o’simlik olami chorvachilikni rivojlantirish uchun qulay resurslardir. Ammo iqlim quruq va oqar suv manba’lari kam bo’lganligi uchun suv muammosi dastlabki o’rinni egallaydi. Tarixiy xujjatlarga ko’ra buhududlarda chovani suv bilan ta’minlash uchun qadimgi gidrotexnik inshootlardan omilkorlik bilan foydalanishgan. Masa­lan birgina Sangisuvloq sardobasi atrofida qo’ng’irot hamda nayman urug’iga xos o’zbek chorvadorlarining 200 dan ortiq o’tovi joylashgan edi.Yuzlab quduq chirli, chog’om, doshoq kabi inshootlar, aynan qo’ychilikning turli yo’nalishlari (qorako’lchilik, teri, go’sht, yung) tuyachilik, yilqichilik, yirik shoxli mol hamda echkichilik rivojlangan hududlar buylab tarqalganligi bejiz emas. Gidrogeologik sharoit qulay bo’lgan hududlarda quduq, chirli, chog’omlardan foyda­lanish garchand mahsulot tannarxiningarzonlashuviga sabab bo’lsada, aks holatlarda, grunt suvi sho’r yoki taxir tamli hududlarda ayrim muammolar yuzaga kelishi mumkin bo’lgan. Yer osti suvi tarkibida tuz miqdorining oshib ketishi uning chorva uchun yaroqsizlanishiga, yoki jonivorlarning turli kasalliklarga chalinishiga sababchi bo’lish ehtimoli yiroq emas.Ana shunday holatlarda doshqoq yoki sardobalar eng ishonchli suvloqlar o’rnini o’tay oladi.Ayni shu holat Qashqadaryo vohasining Qarshi cho’lida yaqqol ko’zga tashlanadi.Bu hududlar Qarshi voxasining ancha pastqam (dengiz yuza­sidan 300-250 m balandlikda) maydonlari sanalib, gruntsuvi, tuproq qatlami ham sho’rlangan.Do’latlisho’r, Sho’rsoy, So’xtasho’r, Chorboysho’r, Yomboshisho’r kabi sho’rxokli maydonlar,hosil bo’lgan.6 Shunday bo’lsada rel’efivao’simlik olamining chorvachilik (qo’y, echki, tuyachilik) ni rivojlantirishga qulayligi qo’shimcha chu­chuk suv manba’larini yaratishni talab qiladi. Fatta, Usti Ochiq, Charcha kabisardobalarni restavratsiya qilish yoki yangi sardobalar tashkil etish ushbu hududda chorva­chilik istiqbolini ravnaq toptirishda eng arzon va qulay yo’l bo’lishi mumkin. Bu tadbirni nafaqat Qarshi balki Surxon-Sherobod, Qarnab, Malik, Qizilkum, Qoraqum cho’llari hududlarida ham keng qo’llash mumkin
Rekreatsiya (hordiq chiqarish, dam olish mazmunini beradi) muammosi, geografiya fanining dolzarb zamonaviy masalalari qatoridan o’rin olgan.Bu muammoni ayrim hududlarda qadimgi gidrotexnik inshoot­larni geografik jixatdan tadqiq etish orqali yechish mumkin.Chunki tarixiy davrlardanoq aynan tadqiqetilayotgan ob’ektlar rekreatsiya maydonlari tarkibida ishtirok etganligini Narshaxiy (1991, 106-bet), Nosir Xisrav (2003, 96-bet), Sh.Shomuhamedov (1963, 34-bet), L.I.Rempel (1981, b. 110), V.I.Kochedamov (1957, b. 165-186), G.A.Pugachenkova (1951, b. 48), U.Alimov (1984), D.A.Nozilov (1997, 14-bet) kabi mualliflar ta’kidlaydilar.Gidrotexnik inshootlar sirasiga kiruvchi ayrim kurilmalar aynan istirohat ahamiyatiga ega ekanligini shu asarning 1- bobida ko’rsatilgan bulsada hovuz, qulfakli hovuz, kanal, ariqlarning ham rekreatsiya ahamiyati nihoyatda muhim o’rin tutishini ta’kidlash lozim. Ularning bu boradagi xizmati qishloq joylarda kamsitilmagan holda ayniqsa yirik shaxarlar miqyosida bo’rtib ko’rinish beradi.Chunonchi Buxoro shaxrida XX asrning boshlariga qadar Tropik meditsina institutining ma’lumoti bo’yicha yuz dan ortiq hovuz mavjud bo’lganligini ta’kidlagan edik (Rempel, 1981, b. 146).Aslida ularning soni korrsatilgan raqamlardan bir-necha bor ko’p bo’lganligi ma’lum bo’ladi. Chunki yuqorida nomi zikr qilingan xaritada Kimsan, Attor, Labi hovuz va yana bir qancha nomerlanmagan inshootlarning nomi uchramaydi. Ammo ushbu katta-kichik suv havzalarining mavjudligi va mikroiqlimni ma’lum miqdorda mu’tadillashtiruvchi ahamiyatini inkor etib ham bo’lmaydi. Shu bo­isdan hovuzlarning rekreatsiya ahamiyati o’z-o’zidan ro’y- rost bo’y ko’rsata boshlaydi.Buxoro shahrii misolida hovuzlarning geografik tarkalishi quyidagicha o’rin topgan. Shaharning ma’muriy binolari bilan uyg’unlashib ketgan yaxlit ansambl tashkil etuvchi hovuzlar: Gavkushon (XVI asr), Hovuzi Nav (XVII asr), Labi Hovuz(XVI-XVII asr), Nodir Devon Begi (XVII asr) v. h. Bu suv inshootlar bo’yi ko’proq mudarrislar, tolibi ilmlar, mullavachchalar bilan gavjum bo’lib, ularning sevimli dam olish markazlari edi. Hovuzlar atrofini o’rab olganNazar Elchi, Nodir Devon Begi, Qozi Latif, Domullo Sher, Ibrohim Oxun madrasasi kabi qator nodir arxitektura yodgorliklari savlat to’kib, dam oluvchi, yohud sayl qiluvchilarda katta zavq-shavq uyg’otar edi (Rempel, 1981, b. 66). Ularning ayrimlari, masalan Labi Hovuz obidasi hanuzgacha buxoroliklar va shaharni tamosha qilgani kelgan mahalliy va chet ellik turistlar uchun aynan rekreatsiya nuqtai nazardan ulkan ahamiyat kasb etmoqda. Aholi yashaydigan mahallalar tarkibiga kiruvchi toshdan ishlov berilgan Mir Do’stim, Do’st Chirog’, Xo’ja Zayniddin (XVI asrlar) kabi o’nlab hovuzlar atrofida ham choyxona, istirohat qiladigan shiyponchalar doimo aholining sevimli dam olish maskanlari bo’lib kelgan.7 Hayit kunlari, xalq sayillarida nonpaz, qandolatpaz, oshpaz, marboz, darvoz, qiziqchi-masxarabozlar, kurashchi polvonlar, hofizlar san’atidan bahramand bo’lish uchun xalq hovuzlar bo’yidagi so’lim, salqin sufalarni to’ldirib yuborishardi. Bayram sayillarsiz ham O’zbekistonning barcha shahar, qishloq, mahalla hovuzlarining bo’yi nihoyatda rohatijonligidan dam oluvchilar arimasligini ko’pchilik yaxshi biladi. Bahovuddin Naqishbandiy, Sayfiddin Boxarziy, Chor Bakr, HazratiImom (XV-XVI asrlar) kabi hovuzlar mashhur shayxlar, diniy ulomo, aziz-avliyolarning xonaqalari bi­lan yaxlit ansambl tashkil etgan bo’lib, bu inshootlar ziyoratchilar dam oladigan istirohatgoh rolini o’tagan va o’tamoqda. Ayniqsa Bahovuddin Naqshbandiy, Chor Bakr obidalari tarkibiga kiruvchi marmar bilan ish- lov berilgan xovuzlar dam oluvchilarning, kungilli dam olishlarida muhim omil rolini o’taganva ayrimlari hanuz bu borada ahamiyatipi yo’qotganichayo’q.

Yirik amaldorlar (xon, hokim, qozi v. x)gakarashli muhtasham bog’lar tarkibiga kiruvchi hovuzlar-masalan Sitorai Mohi Xosa (XIX asr) tosh hovuzi, Karmanadagi XonChorbog’, Mirzo chorbog’, Zakotchi chorbog’idagi hashamatli sufador hovuzlar amaldor shaxslarning istirohatlari uchun xizmat qilgani. Har-biri alohida oila- xonadonlar uchun muljallangan, uncha yirik bo’lmagan hovuzlar, xovlilarning ichkari qismlarida yoki bog’larda tarkib topgan bo’lib, atrofi mevali, manzarali daraxtlar bilan qurshalgan, hamda dam olish uchun daraxtlar soya tashlovchi qismlarida esa bir paxsa bo’yi balandligidagi sufalar umumiy manzara kashf etadi. Hovuz bo’yi yozning jazirama kunlari ham o’zining sezilarli darajada salqin, saranjom-sarishta ozodaligi va dam oluvchiga huzurbaxsh etishi bilan ajralib turgan va shu tufayli qadim davrlardan to zamonamizgacha muhim dam olish go’shalari sifatida qadrlansada, ularning soni tobora kamaya bormoqda. Barcha qurg’oqchil ulkalarning qishloq-shaharlari kabi O’zbekistonning ham barcha tarixiy aholi punktlarini ariq-kanallarsiz tasavvur qilish qiyin.Chunki insoniyat hamisha suv bo’ylarida qo’nim topgan, mexnati bilan o’sha yerni obod qilganligi eng oddiy falsafadir. Mexnat qilib hori- ganda salqin ariq yoki anhor bo’yida dam olgan, ba’zan dam olish sifatini oshirish uchun aynan o’sha arik, anhor bo’ylarining eng qulay joylarini tanlab obodonchi- likni yo’lga qo’yishgan, istirohat uchun qulay shart-sharoit yaratishgan. Shu boisdan bunday joylar dil tortaligi tufayli ommaviy sayillar, bayramlar, mahraka, to’y-hashamlar uchun eng qqulay joy sifatida ehtirof etilgan. Samarkand shahridagi Siyoxob (Qorasuv), Obi Mashhad ariqlari, Navruz bayrami arafasida “Qozon to’ldi”, “Boy bo’ldi”, “Gunoh to’kildi”, kabi qadimiy marosim va rasm-rusmlar bilan birga xalq sayillari, tantanalari o’tkazilar edi (Samarkand tarixi, 1971, 43-bet): Nafaqat Samarkand balki, Toshkent shahrining Bo’zsuv, Qonqus, Qichqiriq kabi kanallari, Buxoro shahrining Joyg’ozi, O’tror, Qalandarxona, Gulobiyon, Zarminok, Bog’dosh, Foshun, Laylak kabi ariqlari bo’yidachorbog’lar, maysazorlar ataylabdan kishilarning hordik chiqarishlari uchun bunyod etilganligi ma’lum. Hatto chorbog’ bunyod etuvchi mahsus mutaxassislar ham mavjud bo’lishgan.Masalan: Mirak Said G’iyos Buxoroda Ubaydullaxon uchun juda ko’rkam bog’ barpo etgan. Ustaning ruxsatisiz biron bir imorat qurilishida hech kim bironta g’ishtni olib qo’yishga haqqi yo’q edi. Mirak Said G’iyosning inshootlar uchun tarxlari ko’p edi. Usta bunyod etgan dam olish maskanini shunday ta’riflaydi.




Download 131,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish