II.2.O`rta Osiyo xalqalarida sug`orma dehqonchilik shakllanishi va suv inshootlaring o`rni
Arxeologiya fanining bugungi ma’lumotlariga qaraganda qadimgi odamlar buloqlar, soy, daryo va ko‘llar atrofida yashay boshlaganliklari, ularni har tomonlama rivojlanishlari uchun imkoniyat yaratgan. Qadimgi odamlar suvdan ichimlik sifatidagina emas, balki mehnat qurollarini yasashda ham foydalanganlar. Mezolit davriga kelib ibtidoiy omochli ziroatchilikni paydo bo‘lishi bilan insoniyat suvni hayot manbai ekanligi, suv ta’sirida yaxshi yashash mumkin ekanliklarini bilib olishgan. SHundan so‘ng suvga boy hududlar insoniyat tomonidan o‘zlashtirila boshlangan. Eniolit va bronza asri ziroatchilari mavzusida Suv va tuproq aralashtirilib "loy"ni hosil qilinishi, undan turli idishtovoqlar yasala boshlanishi va boshpana qurishda loydan foydalana boshlanganligi suvni insoniyat kashf etayotgan moddiy va ma’naviy hayotini rivojlanishiga turtki bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. Insonlarning o‘troq hayot tarziga o‘tishlari, dehqonchilik va hunarmandchilikni paydo bo‘lishi suv bilan bog‘liqdir. Mil.avv. 4 ming yillikda suvga boy vohalar Nil, Frot va Dajla daryolari atrofida ilk shaharlar va davlatlarning paydo bo‘la boshlashiga suvning ta’siri katta bo‘lgan. Ch unki bu yerlar dehqonchilik uchun qulay vohalar bo‘lib,odamlarni o‘troq yashashlari uchun keng imkoniyatlar yaratgan. Temir asriga o‘tish davrida O‘rta Osiyoning rivojlanishi. Ilk sivilizasiyalar vujudga kelishi davri mavzularida Qadimda dehqonlar tabiat hodisalari daryolarning toshishi, sel kelishi davridagi suvlardan unumli foydalanganlar. Bunday suvlar yyerga singib, g‘oyib bo‘lsa-da, tosh, shag‘al, qum va loyqalardan iborat oqizindi jinslarni ko‘plab olib keladi va ma’lum bir hududlarni egallagan. Har yil bahorda sel suvi bilan qoplanadigan bu tekislikni mahalliy aholi "yoyilma" deb yuritadi. Sel suvi bilan yoyilmaga kelib cho‘kkan suyuq cho‘kmani esa "loyqa" deb ataladi. Dehqonchilik uchun bu loyqaning ajoyib agrotexnik xususiyati bo‘lgan. Loyqa tarkibidagi qumlar uning ostiga cho‘kib, yerni g‘ovaklashtirsa, mayda loyqa massalari yer betida qotib, namni o‘z bag‘rida uzoq vaqt saqlaydi. Loyqaning bu hayotbaxsh xususiyatini yaxshi bilgan dehqonlar qadim zamonlardan beri loyqada dehqonchilik qilib keladilar. Har yili bahorda sel kelganda dehqonlar urug‘larini ot, tuya yoki eshaklarga ortib yoyilma tomon shoshilar va sel olib kelgan loyqaning beti qotmasdan ekin urug‘larini sepib olishga harakat qilar edilar. Loyqaga asosan boshoqli va dukkakli ekinlar, shuningdek qovun, tarvuz, qovoq, kunjut va boshqalar ekilib, yozda mutlaqo sug‘orilmasdan hosil olinardi. Loyqadagi dehqonchilik kabi ibtidoiy ziroatchilikning yana bir ajoyib qadimiy uslubi ko‘hna Xorazm yerlarida saqlanib, bobo dehqonlarimizdan bizgacha yetib kelgan. Xorazmliklar uni "qayr dehqonchiligi" deb yuritishadi. "Qayr" deb aslida daryo va uning shoxoblari hamda yirik sug‘orish tarmoqlarining har ikki sohillari bo‘ylab cho‘zilgan pastlik yerlarga aytiladi. Bunday suv bo‘yi qayrlarida sizot suvlarining nami yuqori bo‘lsada, ammo boshoqli yoki dukkakli o‘simliklar ekilmay, odatda faqat qovun va qovoq kabi poliz ekinlari etishtirilgan. Chunki javzo kirib yozning issiq kunlari boshlanishi va yerdan namning qochishi bilan qayrga ekilgan g‘alla ekinlari qovjirab, boshoq tortmasdanoq nobud bo‘lgan. Amudaryoda toshqinlarning o‘z vaqtida bo‘lishi, sizot suvlari namining damiga qarab qayr yerlarida ayniqsa qovun yaxshigina hosil bergan. Daryo bo‘ylariga qovun sayillariga chiqish odati shu asosida paydo bo‘lgan. Ahmoniylar davlati mavzusida. Qadimgi Yunon tarixchisi Gerodot O‘rta Osiyoning Oks vodiysida Ahmoniylar davrida (mil.avv.VI-V asrlar) sun’iy suv ombori barpo etilgani to‘g‘risida hikoya qiladi. Uning yozishicha chor atrofi tog‘lar bilan o‘ralgan vodiydan Oks daryosi oqib chiqar edi. Bu vodiy Ahmoniylar hokimiyati qo‘l ostiga o‘tgach, shoh suvning tog‘lardan oqib chiqadigan joyini to‘sib, darvoza qurdirgan. Suvning yo‘li to‘silgach, tog‘lar orasidagi vodiy ko‘lga aylangan. Suvsiz qolgan aholi bola-chaqalari bilan forslar mamlakatiga borib, shohdan yig‘lab suv so‘rar, ularning suvga muhtojligini ko‘rgan shoh to‘g‘onni ochdirar va suv uchun ulardan alohida haq yig‘ib olar edi. Zardushtiylarda muqaddas sanalgan “suv” ijtimoiy hayotda muhim rol o‘ynagan. Avestoning Yasht nomli kitobida yozilishcha kimda-kim iflos idishda (ko‘zada) suv olsa, u inson besh darra urilgan, kimda-kim o‘lgan hayvon tanasini suvga tashlasa unga o‘lim jazosi berilgan,suvga tupirish gunoh hisoblangan.8 Bu qadimdan insonlar hayotida suv bebaho ne’mat darajasida qadrlanganligidan darak beradi. Qadimiy suv chiqarish moslamalarining eng takomillashgan usuli - bu charxpalak va chig‘irlar bo‘lib, sharqning Misr, Mesopotamiya, Eron, Hindiston, Xitoy va O‘rta Osiyoning dehqonchilik vohalarida qadim zamonlardan beri qo‘llanib kelingan. Bunday suv chiqargich moslamalari o‘rta asrlarda Misr va Mesopotamiyada «soqiya», Eron va Hindistonda «charx», Xorazmda «chiqir», Toshkentda «charxpalak» deb yuritilgan.
“Kulfakli" hovuzlar Chashmalarda to‘plangan suv butun yoz bo‘yi soylarda shildirab oqar va daralardan chiqar-chiqmas toshloq o‘zanlarga singib ketar edi. Garchi buloq suvlari yoyilmaga yetib bormay, toshloqlarga singib ketsa-da, ular qurg‘oqchilik va suvsizlik ofatidan qutilish orzusida bosh qotirgan sohibkor dehqonlar diqqatini o‘ziga tortmay qolmas edi. Tog‘ oldi tumanlarda yashagan dehqonlar ana shu buloq suvlarini bir joyga to‘plash va ulardan kyerakli vaqtda foydalanish maqsadida juda qadim zamonlardayoq daralar ichida va tog‘ etaklarida kichik-kichik hovuzlar qurganlar. Mahalliy aholi bu suv inshootlarini hovuz deb ataydi. Qizig‘i shundaki, qurilish uslubiga ko‘ra bu hovuzlar oddiy hovuzlardan tamoman farq qiladi. Odatda hovuz yer yuzidan chuqur qilib kovlanadi. Bu hovuzlar yerni kovlab emas, balki aksincha to‘g‘ridan-to‘g‘ri yerning ustiga, ko‘pincha buloq qaynab turgan do‘nglikka yoki soyning biron qirg‘og‘iga quriladi. Buning uchun bo‘yi 60 m, eni 40 m keladigan Sugorish inshoati –улу (катта чиғир) qulay maydoncha tanlanib, uch tomoniga tosh va chimdan balandligi 2 metr keladigan devor quriladi. Devorning qalinligi tagi 3 metr, yuqorisi esa 1,5 metr qilib quriladi. Hovuzning yuqori va pastki qarama-qarshi tomonlarida ikkita qulog‘i bo‘ladi. Teparoqdan keladigan suvni hovuzga bog‘lash uchun yuqoridagi quloq, hovuzda to‘plangan suvni chiqarish uchun esa pastdagi quloqdan foydalanilgan. Inshootning yuqori qulog‘i teparoqdan kelib quyiladigan oddiy ariq bo‘lsa, uning pastki qulog‘i tuzilishi jihatdan juda antiqa. U sodda, biroq har tomonlama puxta qurilgan ajoyib mexanizmni eslatadi. Hovuzning pastki qulog‘i ikki tomoni xarsangtoshlardan ishlangan, teppasi yassiroq toshlar yoki ko‘ndalangiga zich tyerilgan yog‘ochlar bilan yopilgan quvurni, ya’ni g‘ulbani eslatadi. Odatda, qulfakli hovuzlar kechqurun bog‘langan, ertalabgacha ular suvga to‘lgan. Bitta hovuzga o‘rtacha 1800-2000 kubometr suv to‘plangan. Erta bilan hovuz qulfagi ochilib, yig‘ilgan suv 7-8 soat davomida butunlay oqib chiqqan. 9Forish tumanidagi har bir dara og‘zida qadim zamonlarda qad ko‘targan juda ko‘p istehkomlarning harobalari tepa bo‘lib yotadi. Mana shu qadimgi davr yodgorliklariga qarab Nurota tog‘ tizmalarining shimoliy etaklarida sug‘oriladigan dehqonchilik madaniyati yeramizning 4-5 asrlarida, ya’ni bundan taxminan 1500-1600 yil muqaddam vujudga kelganligini aniqlash mumkin. Qulfakli hovuzlar mayda dehqonchilik xo‘jaligi uchun har tomonlama qulay sug‘orish inshooti bo‘lib hisoblangan. CHunki har bir qishloq aholisi bunday mayda suv omborlarini katta kuch va turli – tuman maxsus qurilish matyeriallarisiz tosh va chim kabi oddiy matyeriallar yordamida qura olganlar. Bu inshootning Xonbandi deb atalishi suv inshootlarining qurilish tartibi bilan bog‘liq. Ma’lumki, o‘rta asrlarda yirik irrigasiya inshootlari hashar yo‘li bilan yaratilgan. Bunday qurilishlarni hamma vaqt markaziy hokimiyat amalga oshirardi. Sharq mamlakatlarida sug‘orish ishlarini tashkil etishda davlat ma’murlarining o‘ynagan roli yozma manbalarda ochiq va aniq qayd etiladi. Xususan, suvdan tejab va birgalashib foydalanishdek odatiy ehtiyoj G‘arbda, masalan, Flandriya va Italiyada xususiy sohibkorlarni ixtiyoriy assosiasiyalarga birlashishga majbur qilgan bo‘lsa, xududi juda keng bo‘lganligi sababli ixtiyoriy assosiasiyalarining vujudga kelishi uchun imkon bo‘lmagan. Sharqda esa, bunday ishlar hukumat tomonidan tashkil etilib jamoat majburiyati - hasharlar vositasida amalga oshirilgan. Ma’lumki O‘rta Osiyoda hukumatni xonlar va amirlar idora qilgan. SHuning uchun ham ularning buyrug‘i yoki ijozati bilan qurilgan inshootlar: Xonariq, Sultonband, Hovuzxon, Amir Temur ko‘prigi, Abdullaxon sardobasi va boshqalar xon, sulton yoki amirlarning nomlari bilan atalgan. Osmonsoy darasiga qurilgan Xonbandi suv ombori 1953 va 1962 yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tarix va arxeologiya institutining Ya.G‘.G‘ulomov boshliq arxeologik ekspedisiya tomonidan topib tekshirilgan. To‘g‘onning uzunligi ustki qismida 51,75 m, asosida 24,35 m bo‘lib, balandligi 15,25 metrga teng. To‘g‘on xoro (granit) toshlardan yo‘nib qurilgan bo‘lib, toshlar suvga chidamli maxsus qurilish qorishmasi bilan bir-biriga mahkam biriktirilgan. Xonbandi suv omboriga to‘plangan suv o‘ziga xos tarzda boshqarilgan. Suv omboridagi suvning tashqariga oqib chiqishi uchun to‘g‘onning g‘arbiy chekkasiga toshlardan past-baland qilib ishlab chiqilgan to‘qqizta quvur o‘tkazilgan. Ombordagi suvning sathiga qarab quvurlar birin-ketin ochilgan. O‘rta asr irrigatorlari quvur o‘rnatishda daraning birmuncha yotiqroq qoya toshli so‘l qirg‘og‘idan ustalik bilan foydalanganlar. Chunki katta tezlik bilan inshootdan oqib tushgan oqim o‘zan tubini hamda yon bag‘rini yuvib, to‘g‘onga ham putur etkazishi mumkin edi. Shuning uchun quvurlar shunday mo‘ljal bilan qurilganki, har qaysi quvurdan shiddat bilan otilib chiqqan suv avval tog‘ning shu qoyasiga kelib urilgan, so‘ngra undan soyning quruq o‘zani bo‘ylab qazilgan ariqqa oqib tushgan. Suyuqlik xossalarini o‘rganib, suvning bosimi to‘g‘risidagi qonunni yaratgan XVII asr mashhur fransuz fizigi Blez Paskal Xonbandini ko‘rganda edi, o‘z qonunini O‘zbekistonning qadimgi irrigatorlari nomi bilan atalgan bo‘larmidi. Chunki Paskal yaratgan qonun, undan 700 yil muqaddam X asr irrigatorlari tomonidan amalda - Xonbandi inshootini qurishda ishlatilgan. Shuni aytish kyerakki, X asr muxandis-irrigatorlari inshootning mustahkam qurish choralarini izlab topgan bo‘lsalar -da, suv ombori ichida to‘planadigan loyqani tashqariga chiqarib yuborish yo‘lini topa olmaganlar. Shu sababli Xonbandi suv ombori asta-sekin loyqaga to‘lib, ishdan chiqqan, to‘g‘on esa hozirgacha saqlangan. Qishloq xo‘jaligi va iqto yerlarning kengayishi.Mavzusida G‘ishtband
1962 yil bahorida Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Jom yaqinida Xonbandiga o‘xshash yana bir qadimgi suv inshooti qoldiqlari topildi va tekshirish ishlari olib borildi. Bu inshoot aholi o‘rtasida "G‘ishtband" nomi bilan yuritilib Zarafshon tog‘ tizmalarining g‘arbiy etaklaridan oqib chiqadigan Omondara soyida qurilgan. G‘ishtbandning nomi garchi inshootni g‘ishtdan bino qilinganligiga ishora qilsa-da, u aslida yo‘nilgan tog‘ toshlari va maxsus qurilish qorishmasidan ishlangan. Bu suv inshooti Omondaraning eng tor joyiga o‘rnatilgan bo‘lib, to‘g‘onning balandligi 9 m, ustki qismining uzunligi 24,5 m, asosining uzunligi 10 m, qalinligi pastda 9,1 m, yuqorisida 5,5 metrga teng bo‘lgan. To‘g‘onning suv to‘planadigan ichki tomoni deyarli tik, tashqarsi esa zinapoya shaklida qurilgan. Jom qishlog‘ida yashovchi keksa dehqonlarning so‘zlariga qaraganda to‘g‘onning markaziy qismida past-baland joylashgan beshta qulfagi bo‘lgan. Afsuski uning quvurlar o‘rnatilgan bu o‘rta qismini Omondara soyining sel suvlari olib ketgan. Hozirgi kungacha G‘ishtbandning faqat daraning qoya toshli mustahkam qirg‘oqlariga biriktirilgan qanotlarigina saqlagan. G‘ishtband XII asr boshlarida, O‘rta Osiyoda Qoraxoniylar davlati hukumronlik qilgan davrda barpo qilingan. G‘ishtband suv omboriga yig‘ilgan suv tufayli Samarqand va Qarshi shaharlari orasidagi qadimgi karvon yo‘li ustida mustahkam qal’a hamda maxsus rabot qad ko‘targan, Jom vohasida 250-300 gektar yer maydoni sug‘orilib obod etilgan. Bu qal’aning harobalari qozirgi vaqtda Kattatepa deb ataladi. U G‘ishtband inshootidan 5 km g‘arbda, soyning so‘l qirg‘og‘ida joylashgan. G‘ishtband yodgorligida olib borilgan arxeologik tekshirishlarga qaraganda XII asrda qurilgan bu suv ombori ham Xonbandi kabi, asta-sekin loyqa bosishi tufayli ishdan chiqqan. IX-XII asr boshlarida me’morchilik, san’at, musiqa va diniy etiqod. Mavzusida. "Juyi arziz" - "Qo‘rg‘oshin novasi" O‘lkamizning sug‘orilish tarixida shaharlarning suv ta’minoti masalasi qadimdan alohida ahamiyat kasb etgan. Avvalo shaharlar suv manbalariga yaqinroq joylarda qad ko‘targan. Shahar suv xo‘jaligida suvdan iloji boricha tejab foydalanishga harakat qilingan. Shaharlar "rudi shahar", ya’ni "shahar anhori" nomi bilan yuritiladigan maxsus sug‘orish tarmog‘i koriz va ichiga katta diametrdagi quvurlar yotkizilgan tazar (tunnel) lar yoki pishiq g‘ishtlardan bunyod etilgan ulkan novalar kabi qator turli xil gidrotexnika inshootlari orqali suv bilan ta’minlangan.10 Bu borada qadimgi Samarqand va Axsikatlarning suv inshooti ayniqsa diqqatga sazovordir. Yozma manbalar va arxeologik tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, Afrosiyob tepaligi ustiga joylashgan qadimgi Samarqandning atrofi chuqur jarliklar bilan o‘ralganligi sababli shaharga suv maxsus ko‘tarma kanal yordamida olib kiritilgan. Asrlar davomida Samarqanddagi obi hayot bilan ta’minlab kelgan bu qadimgi suv inshooti 10-12 asr manbalarida "Juyi ariz", ya’ni "Qo‘rg‘oshin anhori", aniqrog‘i "Qo‘rg‘oshin novasi" nomi bilan tilga olinadi. Asrlar davomida Samarqand shahrini suv bilan ta’minlashda yagona gidrotexnika inshoot bo‘lib hisoblangan Juyi arziz novasi uning iqtisodiy va siyosiy hayotida muhim rol o‘ynagan. SHuning uchun ham Samarqandning qadimgi hukumdorlari bu inshootning mudofasiga va uning yaxshi saqlanishiga doimo katta ahamiyat berganlar. Juyi arziz anhori atrofidagi yerlardan tushadigan har yilgi daromad mazkur inshootning ta’miri uchun sarflangan. X asr arab geografi Istaxriyning yozishicha, Samarqandning otashparast aholisiga yozin-qishin bu inshootni nazorat qilib turish ishi yuklanib, bunday xizmatlari uchun ular har yilgi og‘ir jon solig‘i "Juzya" dan ozod etilgan. Suv tarmoqlarining mana shunday izlari va inshootlarining qoldiqlarini tadqiq qilib qadimiy shaharning suv bilan qanday ta’minlanganini bilib olish mumkin. Chunki ular o‘z vaqtida shaharning barpo bo‘lishi, gullab yashnashi va nihoyat vayron etilishida muhim rol o‘ynagan. Afrosiyobda hamda Registon yaqinida qayd etilgan qadimgi kanal qatlamlaridan chiqqan arxeologik topilmalardan ma’lum bo‘lishicha Samarqandning qadimgi ko‘tarma anhori ilk bor miloddan avvalgi VI-V asrlarda barpo etilgan. Dastavval u soy va buloq suvlari, so‘ngra - milodning V asrida Darg‘om kanali aholisini ta’minlagan. 1220 yilda Samarqandni qamal qilgan Chingizxon lashkarlari shaharni mudofaa qilib turgan aholini suvsiz qoldirib, ularni taslim bo‘lishiga majbur etish maqsadida "Juyi arziz" novasini buzib tashlaganlar. O‘z davrining bu ulkan gidrotexnika inshooti - "Qo‘rg‘oshin novasi"ning vayron etilishi natijasida doimiy oqar suvidan mahrum bo‘lgan Samarqand o‘zining qadimiy o‘rnida qayta tiklanmadi.
Abdullaxon bandi suv ombori. XVI asr Buxoro tarixchisi Hofiz Tinish Mirmuhammad alBuxoriyning "Abdullanoma" nomli qo‘lyozma asarida hikoya qilinishicha, Buxoro xoni Abdullaxon (1557-1598 yillarda hukumronlik qilgan) 1582 yilda SHimoliy Qozog‘istonga qilgan harbiy yurishidan qaytib kelayotganida Nurotaga Jo‘sh qishlog‘i yaqinidagi Oqchob manzili orqali o‘tgan. Bu yerda bahor oylarida juda ko‘p sel suvlari to‘planar, ammo bu suvlardan dehqonchilikda deyarli foydalanilmas ekan. Sel suvlarini bir joyga to‘plab, undan dehqonchilikda foydalana olish uchun xon Oqchob darasi oralig‘iga katta to‘g‘on qurishni buyurgan. Shubhasiz, Oqchob qishlog‘ining aholisi suv tanqisligi haqida Abdullaxonga arz qilgan va undan Oqchob soyini to‘sib suv ombori qurishga ruxsat berishni iltimos qilgan. SHundan so‘ng Abdullaxon xonlikdagi eng oliy mansablardan biri - "otaliq" lavozimini egallab turgan Ahmadali Naymanga band qurilishida boshchilik qilishni buyurgan. O‘rta asrlarda Hindiston, Eron va Afg‘onistonning shimoliy tog‘lik va tog‘oldi mintaqalarida bunday inshootlardan ayniqsa keng foydalanilgan. Hindistonda bunday suv omborlari "teng", ya’ni "qisiq" nomi bilan mashhur bo‘lgan. Zahiriddin Muhammad Boburning yozishicha, X-XII asrlarda butun G‘azna viloyati G‘aznaband, Saxanband va Saridehband kabi uchta suv omborlariga jamg‘ariladigan suvlar bilan sug‘orilib obod etilgan. Mahmud G‘aznaviy (998-1030 y.) tomonidan qurdirilgan G‘aznibod suv ombori to‘g‘onning uzunligi 300 qari (gaz), balandligi 40-50 qariga teng bo‘lgan. Keyinchalik Alouddin Jahonso‘z G‘uriy (1172-1205 y.) tomonidan buzib tashlagan bu sug‘orish inshooti 1526 yilda Bobur farmoni bilan qayta tiklangan.11 Abdullaxonbandini qurilishi haqida mahalliy aholi quyidagi fikrlarni aytishadi, hikoyaning mazmuniga qaraganda vaqtida yuzlab toshtaroshlar tog‘dan tosh sindirib yo‘ngan va binokor me’morlar ganch pishirgan ekanlar. Tayorlangan ganchxoki meshlarda olib kelingan tuya suti bilan shinniga qorilgan. So‘ngra tog‘ toshlari mana shu ganch qorishmasi bilan biriktirilib, to‘g‘on qurilgan. Samarqand va Buxoro binokor me’morlari bunday qurilish qorishmasini “qir” deb atashadi. "Qir" bilan ishlangan inshoot yoki bino poydevori nihoyatda mustahkam bo‘lganligi uchun buxoroliklar qaysi ish ko‘ngildagidek puxta bajarilsa, "koro qir g‘isht", ya’ni ishlar qir bo‘lib ketdi degan iborani ishlatadilar. Darhaqiqat, "qir" o‘z davrida o‘rta asr qurilishlarida sement o‘rnida ishlatilgan mustahkam birikituvchi qurilish qorishmasi bo‘lib, O‘rta Osiyo me’morchiligida undan juda keng foydalanilgan.
Tarixdan ma’lumki, oqar suvlardan mutlaqo mahrum bo‘lgan cho‘l va dashtlarda qishki va bahorgi mavsumiy yog‘ingarchilik asosiy suv manbai hisoblangan. Cho‘llarda atrofi bir muncha balandliklardan iborat bo‘lgan chuqurlarga qor va yomg‘ir suvlari to‘planib kattagina ko‘lmaklar hosil bo‘ladi. Bunday ko‘lmaklar “qoq” deb ataladi. Qoqlarning suvi chuchuk bo‘lib, aholi qadimdan cho‘ldagi chorva mollarini sug‘orishda undan foydalanib kelgan. Bundan tashqari o‘tmishda O‘rta Osiyoning Qizilqum, Qoraqum, Mirzacho‘l, Qarshi va boshqa cho‘llar orqali chet mamlakatlarga qatnagan savdo karvonlari ham qoqlarning suvidan foydalangan. Shuning uchun ham O‘rta Osiyo cho‘llarini kesib o‘tgan qadimgi karvon yo‘llari yirik qoqlar bo‘ylab yo‘nalgan. Shuni ham aytish kyerakki, qoqlarda suv yil bo‘yi saqlanmagan. Chunki yoz oylarda qoqlardagi suvning bir qismi quyoshning kuchli nuri ta’sirida bug‘lanib ketsa, ikkinchi qismi yyerga singib, iyun oyining oxiri va iyul oyining boshlarida deyarli qurib qolgan. Bunday ahvol, savdo karvonlarining suvsiz cho‘llarni kesib o‘tishida shubhasiz, katta qiyinchiliklar tug‘dirgan. Shu sababli cho‘llar orqali qatnaydigan karvonlarni yoz oylarida suv bilan ta’minlash muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Qoqlardagi suvni kichikroq hajmdagi chuqurroq joylarga to‘plab, quyosh parlanishidan saqlash maqsadida qadimgi suvchilar karvon yo‘llari bo‘ylab cho‘llardagi qoqlarga va ba’zan buloqlar ustiga maxsus suv inshootlari qurishgan. Bunday inshootlar “sardoba” nomi bilan mashhurdir. “Sardoba” tojikcha so‘z bo‘lib, suvxona yoki muzxona ma’nosini anglatadi. Sardobalarni tuzilishiga qarab usti yopiq hovuzlar deb atash mumkin. Chunki ular pishiq g‘ishtdan doira shaklida ishlangan ichi chuqur va usti gumbazli hovuz bo‘lib, cho‘l manzarasida xuddi ko‘chmanchi chorvador aholining o‘toviga o‘xshab ko‘zga tashlanadi. Sardoba hovuzini loyqa bosib, inshootni ishdan chiqarmasligi uchun, sardoba oldiga kattagina suv tindirgich - ochiq hovuz kovlangan. Atrofdan oqib kelgan qor va yomg‘ir suvlari avval suv tindirgichda to‘planib, undagi loyqa hovuz tubiga cho‘kkandan so‘ng, toza suv sardobaga quyilgan. Suv tindirgichga chorva mollari kirib qolib suvni ifloslantirmasligi uchun uning atrofi paxsa devor bilan o‘ralgan. Sardobalar sharqda keng tarqalgan suv inshootlaridan bo‘lib, ular asosan qadimgi karvon yo‘llari bo‘ylab qurilgan. Xurosonda (Shimoliy Eron) bunday suv inshootlari “Obanbor”, Ozarbayjonda esa “avdon” nomlari bilan yuritiladi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda O‘zbekiston va uning atrofida 44 ta sardoba bo‘lib, ularning yigirma to‘qqiztasi Qarshi cho‘lida, uchtasi Mirzacho‘lda, yana uchtasi Toshkent-Farg‘ona o‘rtasidagi qadimgi savdo yo‘lida va bittasi Karmana yaqinida Cho‘li Malikda bo‘lgan. O‘z vaqtida bu sardobalar joylashgan hududlarda ravotlar yoki karvonsaroylar qad ko‘targan. Bular, shubhasiz, cho‘llarda bekat - karvonlarning to‘xtash joyi vazifasini o‘tagan.
Daryo suvlaridan uzoqda joylashgan tog‘ oldi va cho‘lga chegaradosh hududlarda asosiy suv manbalaridan yana biri - yer osti suvlari hisoblanadi. Shuning uchun ham bunday viloyatlarda yashagan aholi qadim zamonlardan boshlab yer osti qatlamlardagi boy suv resurslaridan o‘z ehtiyoji uchun foydalanishga harakat qilgan. Ular tekis yerlarda quduqlar qazib, qovga (chorva mollari tyerisidan tikilganqop yoki mesh) bilan suvni tortib o‘z ehtiyojlarini qondirgan bo‘lsalar, pastbaland adirlardan iborat tog‘ etaklarida yuzlab quduqlarni bir-biriga tutashtirgan antiqa suv inshooti - korizlar vositasida yer osti suvlarini yer yuziga chiqarib, dehqonchilik qilganlar. O‘zbekistonda mana shunday antiqa irrigatsiya inshootlaridan keng foydalaniladigan tumanlardan biri Nurota va Kitobdir. Bu yerlarda qadim zamonlardayoq barpo etilgan korizlardan hozirgi kungacha foydalanib kelinmoqda. Qashqadaryoning Kitob tumanida hozirgacha 13 ga yaqin korizlar saqlanib qolgan.Nurotaliklar korizlar kovlab yer osti suvlarini yer yuziga chiqarish tarixini yeramizdan avvalgi 329-327 yillarda O‘rta Osiyoga bostirib kirgan makedoniyalik Iskandar bilan bog‘laydilar. Nurotaliklarning hikoya qilishlaricha Iskandar Zulqarnayn Zarafshon vodiysiga qo‘shin tortib kelganda Nurota tizmasining janubiy qanoti Oqtog‘ning eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan. U tog‘dan janub tomonga qarab Zarafshon daryosi va obod vodiyni, shimol tomonida esa daraxtsiz keng maysazor yaylovni ko‘rgan. O‘shanda Iskandar yamyashil poyonsiz keng dashtga qarab bu viloyatning daryosi yer ostidan oqar ekan, degan emish. So‘ngra qo‘shinini Nurotaga olib kelib, 366 ta harbiy qism sarkardalariga har biri o‘z otradlari bilan bittadan koriz kovlashi haqida buyruq bergan. Natijada 366 ta koriz kovalanib, Oqtog‘ etaklariga suv chiqarilgan va Nurota atrofi obod bo‘lgan. Korizni kovlashda lag‘m (qazilgan quduqlarni bir-biriga birlashtiruvchi teshik) o‘tkazish eng mashaqqatli va eng ma’suliyatli ish bo‘lib, yer osti suvlarining yer ustiga oqib chiqishi lag‘mning to‘g‘ri kovlanishiga bog‘liq bo‘lgan. Buning uchun, birinchidan, quduqlarni birlashtirishda qarama-qarshi tomonlardan kovlanadigan lag‘mning biror yoqqa qiyshayib ketishiga yo‘l qo‘ymay, quduqlarni bir-biriga to‘g‘ri tutashtira olish, ikkinchidan, koriz orqali yer osti suvlarini yer ustiga oqib chiqishini ta’minlash lozim bo‘lgan. SHuning uchun ham lag‘mlar odatda 0,002-0,005 m qiyalikda kovlangan. Koriz kovlashda bir qancha korizchi jamoalar oylab va yillab lag‘m hamda quduqlar qazib, minglab kubometr tuproq va shag‘allarni qazib chiqarishgan. Masalan, uzunligi 3 km bo‘lgan 250-300 quduqlardan iborat o‘rta hajmdagi korizdan taxminan 7-8 ming kubometr tuproq qazib chiqarilgan. Nurotadagi korizlardan birining "Zulm" deb atalishi yer osti suvlarini yer ustiga chiqarishdagi mehnat jarayonining nihoyatda og‘irligidan bo‘lsa kyerak. Ma’lumki, korizlardan bir me’yorda suv oqib turishi uchun ular har yili tozalanib, ta’mirlanadi. Koriz tozalash eng mashaqqatli va og‘ir ishlardan hisoblanadi. Chunki korizdor dehqonlar har yili erta bahorda 20-30 kun davomida korizning ichida suv kechib, lag‘m va quduqlar tubiga cho‘kkan loyqalarni qazib chiqarganlar. Ko‘pincha koriz pushtasi cho‘kib, lag‘imning kattagina qismini bosib qolar edi. Bunday hollarda lag‘mning bosib qolgan qismi qayta qazilib, o‘pirilgan joylari yog‘och yoki toshlar bilan mustahkamlanar edi. O‘zbekistonning tog‘ oldi hududlarida qadim zamonlardan to hozirgi kungacha korizlardan foydalanib kelinmoqda. Masalan, Maston, Mastak, Zulfiqor, Zulum, Mozor, Xayrobod, Sulton, Ko‘nchi, Begli, Tayla, Korizcha singari bir qancha korizlardan hanuzgacha foydalanilmoqda. Abu Abdulloh Muhammad Xorazmiy Marv vohasining X asr sug‘orish tehnikasini tasvirlagan vaqtida, chiqirlarning dulob, doliya, g‘arrafa, zurnuk, naura va manjanun kabi alohida-alohida oltita atamalarni tilga olgan. Rus tarixchisi V.V.Bartoldning fikricha, bu atamalarning har biri alohida ma’noga ega bo‘lib, baland yerlarni sug‘orish uchun suv chiqaradigan chiqirlarning turli xillarini anglatgan. Chiqirlar vositasida suvni asosan 2 m bakandlikka chiqarish uchun ba’zan bir necha pog‘onali chiqirlar ham o‘rnatilgan. Afsonalarga ko‘ra, qadim zamonda eti pog‘onali chiqirlar o‘rnatilib, Ustyurtga suv chiqarilgan ekan. Ammo Ustyurtda olib borilgan arxeologik tadqiqotlarda buning alomati qayd etilmagan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Amudaryo etaklarida joylashgan yerlar 70 mingga yaqin chiqirlar vositasida sug‘rilgan. Sug‘orma dehqonchilikda chig‘irlarning ham salbiy, ham afzal tomonlari bo‘lgan. Avvalo oqar suvdagi minyeral tuzlarga boy loyqalar xandakka cho‘kib, ekin maydonlari toza suv bilan sug‘orilgan. Natijada dalalarga loyqalar tarkibida oqib kiradigan tabiiy o‘g‘itlar miqdori keskin kamayib, vaqt o‘tishi bilan yerning hosildorligi o‘z-o‘zidan paysaygan. Biroq, chiqir bilan sug‘orishda suv nihoyatda tejalib, undan foydalanishda rejasizlikka mutlaqo yo‘l qo‘yilmagan. Shu bilan birga chiqir xandaqqa oqib kiradigan suv sathining qariyib 2 m pastroqda turishi yerlarni meliorativ holatini mo‘‘tadillashtirib, uzoq vaqt davomida paykallarning ortiqcha zaxdan sho‘ralanib ketishiga yo‘l byermagan.
Misr soqiyasi- chig‘ir Suvni ko‘za bilan o‘lchash. Qadimdan aholi o‘rtasida o‘rnatilgan qat’iy tartib bo‘yicha chashmadan har daqiqada oqib chiqadigan suv hisobga olinib turilib, taqsimlanib kelingan. XIX asr oxiri va XX asrning boshlarida tarixiy ma’lumotlar yozib qoldirgan mualliflardan Mirza Salimbek binni Muhammad Rahimning yozishicha, Nurota chashmasining suvi "ko‘za" bilan hisob qilinib, dehqonlar o‘rtasida taqsimlangan. Chashma suvi ko‘za bilan qanday o‘lchangan? Ko‘za 5-6 litr suyuqlik ketadigan sopol idishdan ishlangan juda sodda suv soati bo‘lib, yozda suv taqsimlanayotganda u bilan vaqt belgilangan. Sopol ko‘zadan suv soati yasash uchun ko‘zaning tubi yon tomonidan dug bilan teshilib, teshikka ingichka qamish naycha o‘rnatilgan. Suv taqsimoti paytida ko‘za suvga to‘lg‘azilib, suv naychadan oqizib qo‘yilgan. Ko‘zadagi suvning naycha orqali jildirab batamom oqib chiqishi uchun ketgan vaqt "bir ko‘za" deb hisob qilingan. Nurota chashmasidan bir kechakunduzda oqib chiqqan suv 160 ko‘zaga teng bo‘lib, kechasidagisi 64 ko‘za va kunduzgisi esa 96 ko‘za hisoblangan. Vaqt bilan hisoblanganda har bir ko‘za 9 daqiqaga teng bo‘lgan. Kunduzgi uch ko‘za va kechasi ikki ko‘za bir "qora" suv hisoblangan. Bir kunlik suv 32 qoraga teng bo‘lgan. Sug‘orish mavsumida chashma yoki ariqda oqayotgan suvni ko‘za bilan o‘lchab, xususiy dehqon xo‘jaliklari o‘rtasida taqsimlash, suvga tanqis Qashqadaryo va Jizzax vohalari uchun xos bo‘lgan. Qashqadaryoda u "o‘ndi", Jizzaxda "ko‘za" nomlari bilan yuritilgan. Bu oddiy suv soati ba’zan chilim qovoqdan ham yasalgan. SHunday qilib, ko‘za faqat suv idishigina bo‘lib qolmay, balki sopol ko‘za va chilim qovoqlardan yasalgan soddagina "suv soati" bo‘lib, suv taqsimoti mavsumida miroblar qo‘lida dehqonlar haqobasini o‘lchab byeradigan asbob - vaqtni belgilovchi soat bo‘lib ham xizmat qilgan. Aziz ustozlar suv va suvdan foydalanish doir ushbu malumotlar bizningcha dengizdan tomchidir.Maqsadimiz tarixda qanday qilib suvdan foydalanganliklari, uning mashaqqatlari to‘g‘risida o‘quvchilarga ma’lumotlar berish. Shu orqali o‘quvchilarimizda bugungi kunda suvning qadriga etishdek tuyg‘uni, bizni chanqovimizni chiqaradigan, ekin yerlarimizga oqib kelayotgan suvning ortida juda ko‘p mehnatlar yotishidek tasavvurni shakillantirishdan iboratdir .
Do'stlaringiz bilan baham: |