Mavzu: Qadoqlashda kombinatsiyalangan materiallardan foydalanish Reja: Kirish


Polimer idishlarning umumiy xarakteristikasi



Download 1,76 Mb.
bet5/8
Sana31.12.2021
Hajmi1,76 Mb.
#225082
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
asliddin

Polimer idishlarning umumiy xarakteristikasi. Plastmassa – yopishqoq-oquvchan yoki yuqori elastik holatdagi buyum ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan xususiyatga ega bo‘lgan asosiy komponenti polimer va ularning aralashmasidan iborat material.

Polimer – asosiy komponentlari yuqori molekulyar birikmalar bo‘lgan materiallar guruhi.

Sopolimer – boshqa xususitli guruhlar yoki monamerlarning singishi hisobiga ko‘rinishi o‘zgargan gomopolimerlar.

Gomopolimerlar – bir xil monomerlardan iborat polimer.

Monomer – bu polimerning asosi hisoblanadigan past molekulyar modda.

Polimer idishlar quyidagi turdagi polimerlardan tayyorlanadi:

Sun’iy polimerlar:

-Sellofan (SL);

-Sellyuloza ishlab chiqaradigan efirlar.

Sintetik polimerlar:

-Polietilen;

-Polipropilen (PP);

-Polivinilxlorid (PVX);

-Polietilentereftalat (PETF);

-Polistirol (PS);

-Poliamid (PA);

-Poliuretan (PU);

-Polikarbonat (PK).

Endi ushbu polimerlarga tavsif beramiz:

Sellofan (SL) –ssellyulozani kimyoviy qayta ishlab olinadi. Plyonka va tola ko‘rinishida qo‘llaniladi. Afzalliklari: yuqori gigienik xususiyatli, nisbatan past darajada gaz o‘tkazuvchan, suv bug‘larini yuqori darajada o‘tkazuvchi, yog‘larga chidamli. Kamchiliklari: nam holatida mustahkamligi past, yuqori darajada namlikka bo‘kuvchan. Keng darajada qo‘llaniladigan turli xil plyonkalar olinadi,ssellofanning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinib ishlatiladi.

Sellyuloza ishlab chiqaradigan efirlar -ssellyulozani eterifikatsiyalab olinadi. Jumladan, diatsetatlar, triatsetatlar, atsetobutiratlar va boshqalar olinadi. Ularning asosida olingan plyonkalar bosma yozuvni yaxshi oladi va shuning hisobiga ular bezaladi (pardozlanadi).

Polietilen (PE) – birinchi marta etilen gazini polimerizatsiya qilish yo‘li bilan olingan. Ishlab chiqarilishi bo‘yicha eng ko‘p hajmdagi va arzon polimer hisoblanadi.

Polietilen uch xil markada ishlab chiqariladi:

1) YUqori bosimdagi polietilen (YUBPE) – 1500 atmosfera bosimi va 2000S haroratda olinadi. Zichligi ancha pastligi, molekulalarning sertarmoq shakldaligi, elastikligi, yumshoqligi, gigienikligi bilan ajralib turadi. U asosan plyonka va tolalardir.

2) Past bosimli polietilen (PBPE) – 6 atmosfera bosimi va oddiy havo haroratidassigler Natt katalizatori ishtirokida olinadi. YUqori darajada zichligi, molekulalarining to‘g‘ri chiziqli ekanligi, qattiqligi, yuqori bosimli polietilenga nisbatan past darajada gigienikligi bilan ajralib turadi. CHelak, kanistr va boshqa qattiq idishlar tayyorlanadi.

3) O‘rta bosimli polietilen - 30-40 atmosfera bosimda olinadi.

Umuman polietilen ancha sovuqqa chidamli, issiqlikka kam darajada chidamli, eskirishga moyil, shu sababli unga aminlar ko‘rinishidagi stabilazatorlar qo‘shiladi. qattiq idish va bir qavatli yoki kombinirlangan plyonkali qadoq idishi ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. YUqori bosimli polietilenlar ko‘pincha iste’molga oid idishlar ishlab chiqarishda, past bosimli polietilenlar esa transport idishlari (bochka, yashik va boshqalar) ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.

Polipropilen (PP) – Propilen gazinissigler Natt katalizatori bilan birgalikda polimerizatsiyalash yo‘li bilan ishlab chiqarila boshlagan. Polietilendan juda shaffoligi, silliqligi, yorqin sirti, mustahkamligi va qattiqligi, shuningdek issiqlikka chidamliligi, sovuqqa chidamsizligi bilan ajralib turadi hamda tayyor buyumlari sovitilganda kam darajada kichrayib qoladi va eskirishga yuqori darajada moyil. Ushbu sifatlar polipropilenning keng ko‘lamda qo‘llanilishini ta’minlaydi.

Orientirlangan va ikki o‘qli orientirlangan polipropilen ishlab chiqariladi.

Polivinilxlorid (PVX) – vinilxlorid suyuqligini polimerizatsiyalab olinadi. Ikki turda ishlab chiqariladi:

mustahkam viniplast – konstruksion material sifatida ishlatiladi.

PVX plastikat – PVX smolasiga 50-60% miqdorda plastifikator qo‘shib olinadi. U plyonka ishlab chiqarishda qo‘lanilmoqda.

Polivinilxloridning quyidagi sopolimerlari mavjud:

PVX va akrilonitril – qadoqlash uchun oziq-ovqat plyonkalari;

PVX va vinilidenxlorid – xlorli vinil sopolimeridan olingan plyonka, bunday plyonkalar murakkab shakldagi mahsulotlarni termoqadoqlash uchun ishlatiladi.

PVX va vinilatsetat – bunda yumshoq smola olinib plyonka, lok-bo‘yoq materiallari, elimlar, gramplastinkalar va boshqalarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.

Umuman polivinilxlorid issiqlikka chidamsiz (Q 700S gacha). Uning sovuqqa chidamliligi plastifikatorning turiga bog‘liq, katta kimyoviy barqarorlikka ega, yaxshi dielektrik xususiyati mavjud. Ushbu polimerni qo‘llanilish doirasi uning xususiyatlariga bog‘liq.

Polistirol (PS) – stirol polimerizatsiya qilinib olinadi. Klassik polistirol juda shaffof bo‘lib, yuqori yorug‘lik sindirish xususiyatiga, kimyoviy barqarorlikka ega, lekin mo‘rt va issiqlikka chidamsiz (Q 800S gacha). Qadoq idishi ishlab chiqarish uchun yuqori molekulyar massaga eaga bo‘lgan polistirol ishlatiladi. U yuqori optik xususiyatlarga, shaffoflikka, namlik ta’siri, kislota va eritmalarga chidamlilikka, ba’zi organik eritmalarga bardoshlilikka egadir. Polistirol plyonkalari shaffof, lekin qattiq, shuning uchun ko‘pincha polistiroldan qattiq idishlar tayyorlanadi. Polistirol engil shaklga keladi, yaxshi dekaratsiyalanadi va payvandlanadi.

Polistirolning quyidagi sopolimerlari ishlab chiqariladi:

1)zarbga bardosh polistirol va akrilonitril, butadienli kauchuk. Santexnika vositalari ishlab chiqariladi.

Akrilbutadienstirol – qattiq, zarbga bardoshli, maishiy asbob-uskunalar va telivizorlarning bloklari tayyorlanadi va materiali engil bo‘yaladi.

Polistrol va uning sopolimerlari stirol (zaxarli modda) ajratib chiqaradi. SHuning uchun uning miqdori cheklanadi. Polistirolning “oziq-ovqat uchun” va “nooziq-ovqat uchun” markalari ishlab chiqariladi. Polistirol o‘zining sovuqqa chidamli va issiqlikka chidamlililik xususiyatlari hisobiga sovitiladigan oziq-ovqat mahsulotlari uchun qattiq idishlar ishlab chiqarish keng tus olgan.




Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish