Mavzu: Qonning tarkibi va shaklli elementlari. Ta’limiy maqsad



Download 418,5 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi418,5 Kb.
#680979
Bog'liq
qonning shaklli elementlari.dars ishlanma


Mavzu: Qonning tarkibi va shaklli elementlari.
Ta’limiy maqsad: Oʻquvchilarni qonning tarkibi, shaklli elementlari eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar va qonning ivish jarayoni bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy maqsad: oʻquvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini kengaytirish, gigiyenik va ekologik tarbiya berish, kasbga yoʻnaltirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: oʻquvchilarni qonning tarkibi va shaklli elementlari haqidagi bilimlarini, darslik ustida ishlash koʻnikmalarini, nutq va muloqotmadaniyatini rivojlantirish.
Dars turi: yangi bilim va tushunchalarni berish,
Darsda foydalaniladigan metodlar: tushuntirish, savol- javob, koʻrgazmali,“Klaster” metodi, kichik guruhlarda ishlash, “Aftobusga chiq” oʻyini.
Dars jihozi: mavzuga oid oʻquv filmi, rasmlar, didaktik materiallar, darslik, slaydlar, texnika vositalari
Darsning vaqt taqsimoti.

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Oʻtilgan mavzuni takrorlash

7 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

8 daqiqa

5

Baholash

3 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa


Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
1. Salomlashish.
2. Navbatchi axborotini tinglash.
3. Kunning yangiliklari bilan tanishish.
II. Oʻtgan mavzuni mustahkamlash.
Oʻtgan mavzuni takrorlashda “Klaster” usulidan foydalaniladi:
Oʻquvchilar yozuv taxtasiga chizilgan jadvalni toʻldiradilar.


III. Yangi mavzu:
Reja:
1. Qonning tarkibi.
2. Qonning shaklli elementlari.
3. Qonning ivishi.
Oʻqituvchi qonning tarkibini tushuntirish uchun “Qonni tindirish bosqichlari”
tasvirlangan rasmdan foydalanib, slayd asosida tajribani tushuntirib beradi.
Yangi mavzuni yoritish uchun sinf oʻquvchilarini 3 guruhga boʻlamiz:
1-guruh: Eritrotsitlar
2-guruh: Leykotsitlar
3-guruh: Trombotsitlar
Oʻquvchilarni darslik bilan ishlash koʻnikmasini rivojlantirish maqsadida mavzuni mustaqil oʻqib chiqib, oʻz guruhlarini nomiga oid ma’lumotlarni berishlari aytiladi. Belgilangan vaqt boʻlgach, oʻquvchilar tomonidan berilgan ma’lumotlar eshitiladi. Faol ishtirok etayotgan guruh a’zolariga ragʻbat kartichkalari berib boriladi.Guruh a’zolaridan 1 tadan ishtirokchi oldindan tayyorlab qoʻyilgan oq qogʻozga marker yordamida oʻz guruh nomlar iga tegishli boʻlgan ma’lumotlar bilan jadvalni toʻldiradi:





Jadvaldagi ma’lumotlar, mavzuga oid qoʻshimcha ma’lumotlar oʻqituvchi tomonidan umumlashtiriladi.


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlashda “Aftobusga chiq” oʻyinidan foydalaniladi.Bunda guruhning barcha a’zolari qonning tarkibi va shaklli elementlari haqida 1 tadan ma’lumot beradi. Bir oʻquvchi aytgan ma’lumotni boshqa oʻquvchi takrorlamaydi. Bu oʻquvchilarni xushyorlikka, diqqatini qaratishga undaydi. Barcha oʻquvchi ma’lumotni aytganda yangi mavzu yanada mustahkamlanadi.
- Qon plazmasi tarkibida oqsillar, yogʻlar, uglevodlar, mineral tuzlar, gormonlar, fermentlar, antitelalar boʻladi.
- Plazma tarkibida oʻrtacha 90-92% suv bor;
- Oqsillar esa 7-8% ;
- Qonning shakilli elementlariga eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlar kiradi.
- Eritrotsitlar suyaklarning koʻmik qismida boʻladi;
- Eritrotsitlar 120 kun yashaydi;
- Eritrotsitlarning asosiy vazifasi organizmni kislorod bilan ta’minlash;
- Leykotsitlar asosiy vazifasi organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilish;
- Leykotsitlar organizmga kirgan mikroblarni yutib eritish xususiyatiga ega
- Bu hodisa fogotsitoz deyiladi.
Sogʻlom odamda qon 3-4 minut ichida iviydi.
Oʻyin shu tarzda davom etadi.
Oʻqituvchi qoʻshimcha adabiyotlardan ma’lumotlar aytadi:
-Odam organizmidan koʻp qon ketayotganda qoniga CaCl2 eritmasi quyiladi.
-Tabiiy gaz va pechlardagi yoqilgʻi yonganda gemoglabin bilan birikib, mustahkam kimyoviy birikma hosil qiladi. Shuning uchun bu gaz bilan uzoq vaqt nafas olinsa, odam halok boʻladi.
V.Oʻquvchilarni baholash va ragʻbatlantirish.
Guruh a’zolarini olgan kartichkalari hisoblanadi va gʻolib guruh aniqlanib ragʻbatlantiriladi. Baholar sinf jurnali va oʻquvchilarning kundalik daftarlariga qayd etiladi.
VI.Uyga vazifa: Mavzu yuzasidan test savollari va krossvord tuzish, navbatdagi mavzuni oʻqib oʻrganish.
Download 418,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish