Mavzu: rim madaniyati reja: rim adabiyoti rim teatr vujudga kelishi



Download 2,93 Mb.
Sana10.07.2022
Hajmi2,93 Mb.
#772869
Bog'liq
portal.guldu.uz-Жахон тарихи


MAVZU:
RIM MADANIYATI
REJA:
  • RIM ADABIYOTI
  • RIM TEATR VUJUDGA KELISHI
  • RIM MUSIQA SAN’ATI.

Rim, Qadimgi Rim — qad. davlat. Rivoyatga koʻra, R. shahriga akauka Romul va Rem tomonidan mil. av. 754/753 y.da asos solingan. Rivoyatlarda 8 — 6-a.larda hukmronlik kilgan 7 podshoh qayd etilgan. Soʻnggi podshoh Tarkviniy Takabbur quvilgach, respublika tuzumi oʻrnatilgan (mil. av. 510/509 y.). Mil. av. 3-a. oʻrtalariga kelib, butun Italiya hududini tobe etgan R. yirik davlatga aylangan.
Tarbiya va maori f . Qad. davrlarda bolalar oilada tarbiyalangan. Mil. av. 5-a.da ibtidoiy maktablar vujudga kelgan. Bolalar maktabga 7 yoshdan qabul qilinib, 4—5 y. oʻqitilgan. Uyda va maktabda lotin, yunon tillari, yozish, oʻqish, hisob oʻrganilgan. Bolalar dastlab xonadonlarda oʻqituvchi yollab oʻqitilgan, keyinchalik maktablarda taʼlim berishning yangi tizimi shakllandi. Mil. av. 2-a.
ning 60-y.larida grammatika, ritorika maktablari vujudga keldi.
Ta’lim jaroyoni
Mil. 1-a.da qizlar uchun grammatika maktablari tashkil topdi. Ritorika maktablarida 13—19 yoshdagi bolalar oʻqitildi. Bu maktablar, asosan, notiqlik sanʼatini oʻrgatar edi. Maktablarda HUQoʻQ, falsafa, tarix, sheʼriyatdan taʼlim berilar edi. 2-a.dan huquqshunoslik guruhlari tashkil topdi. Imperator Mark Avreliy davrida (2-a.) Afinada oliy maktablar tashkil etildi. Bunday maktablar keyinchalik Rimning gʻarbiy viloyatlarida ham vujudga keldi
Adabiyotining eng qad. namunalari (mil. av. 5—4-a.lar) saqlanmagan. Keyingi maʼlumotlarga qaraganda u davrlarda sheʼriyat (ibodat, nikoh qoʻshiqlari, marsiyalar) asosiy oʻrin egallagan. Mil. av. 2-a. oxirlaridan R. lirikasining ilk asarlari maydonga keldi. Shu davrlarda yaratilgan asarlardan Plavt va Terentiy komediyalari toʻla saqlangan. Sitseron faoliyati R. adabiyoti uslubining shakllanishida muhim rol oʻynadi.
Mil. Av. 2 asr oxirlarida rim lirikasi rivojlandi.
Lukretsiy, Katull muhabbat va doʻstlik mavzularidagi sheʼrlari bilan tanildilar. Imperiyaning ravnaqi va inqirozi davri (1—3-a.)da Rim madaniyati Yunon madaniyati bilan parallel, lekin mustaqil rivojlandi. Bu davrda Ovidiy "Muhabbat ilmi", "Metamorfozalar" kabi oʻlmas asarlari bilan R. adabiyoti rivojiga salmokli hissa qoʻshdi. Adabiyot yangi uslublar bilan boyidi. 4—5-a.larda xristian adabiyoti rivojlandi.
Teatr sanʼatining vujudga kelishi hosil bayramlari tantanalari 6n bogʻliq. Mil. av. taxm. 33y.larda xalq hajviy tomoshalari vujudga kelgan. Bunday tomoshalar — atellanalar koʻpincha 4 doimiy personajdan iborat boʻlib, dastlabki paytlarda niqob kiygan yoshlar, keyinchalik professional artistlar ijrosida namoyish qilingan. Mil. av. 240 y.larda yunon originallari asosida ilk dramalar, keyinroq yunon mualliflarining tragediya, komediyalari sahnalashtirilgan.
Mil. av. 2—1-a. boshlarida kuyi tabaqalarga mansub R. fuqarolarining hayoti aks ettirilgan tomoshalar koʻrsatila boshladi. Ilk tosh teatr binosi mil. av. 55—52y.larda kuriddi. Artistlar ozod qilinganlar va qullardan iborat boʻlib, truppalarga uyushgan. Erkaklar ayol rollarini ham bajarishgan. Respublikaning soʻnggi asrida tragik aktyor Ezop va komik aktyor Rossiy shuhrat qozongan. 1—2-a.
larda raqslar sahnalashtirildi, siyosiy voqealarga oid tomoshalar ham koʻrsatila boshladi.
Asta-sekin maishiy kichik kurinishlar murakkab syujetli spektakllarga aylana bordi. Sirklarda tomoshalar, amfiteatrlarda gladiatorlarning janglari bilan bir katorda ovchilarning hayvonlar bilan olishuvlari, ommaviy ov lavhalari, dengiz janglari va b. ham koʻrsatila boshladi. Imperiya davrida badiiy dramalar oʻrniga qon toʻkiladigan tomoshalarga ishtiyoq kuchaydi. R. teatri, ayniqsa, dramaturgiyasi jahon teatri va dramaturgiyasi rivojiga katta hissa qoʻshdi.
Arxi tekturasi, tasviriy va amaliybezak sanʼati antik badiiy madaniyatning soʻnggi, yakunlovchi davri hisoblanadi. R.da arxitektura, haykaltaroshlik va rassomlik sanʼatida realizm kuchaydi, ularda Yunoniston sanʼatidagidek afsona (mif)lar emas, tarixiy shaxslar, voqealar koʻproqaks ettirildi. R. sanʼatining qad. davrida Etruriya sanʼatining taʼsiri kuchli boʻldi. Puni urushlari va oxirgi respublika davri (mil. av. 31-a.lar) sanʼatida Buyuk Yunoniston (Jan. Italiya) va rimliklar istilo qilgan sharqiy yunon shaharlari sanʼati bilan uygʻunlikda rivoj topdi
Rimda haykaltaroshlik taraqqiy etgan.
Binolar ulugʻvor qurildi, turar joylar tabiatga yaqinlashtirilib barpo qilina boshladi (ayniqsa, shahardan tashqaridagi villalar), mil. av. 2-a.dan boshlab betondan foydalanildi, bu binolarni arzon va tez qurishga, shakllari turlituman boʻlishiga imkon berdi. Mil. av. 2—1-a.larda tomoshaxonalar, teatrlar takomillashtirildi, tomoshabinlar oʻtiradigan joylar galereya, zinapoyalar bilan sahnadan, tomosha koʻrsatiladigan mayd.dan ajratildi.
Rimda qurulgan binolardan lavhalar.
Tasviriy sanʼatda mil. av. 3—1-a.larda portret haykal rivoj topdi, shaharlar rasmiy kishilar va qahramonlarning haykallari bilan bezatildi. Respublika davrida tarixiy mavzularda relyeflar koʻp ishlandi, monumental bezak rassomligi, mozaika, qimmatbaho toshlarni badiiy ishlash sanʼati yuksaldi. Qadimgi R. meʼmorligining yuksak ravnaqi imperiya gullabyashnagan davrga toʻgʻri keladi.
Rimda tasviriy san’at Rimning gullab-yashnagan davriga to’g’ri keladi.
Binolarning monumentalligiga (arkalar, toqli, gumbazli binolar) ahamiyat berildi, imoratlar haykaltaroshlik, rassomlik sanʼati asarlari bilan jozibadorlashtirildi. Arxitektura imperator shaxsiyatini ulugʻlashga va imperiya qudratini koʻzkoʻz qilishga xizmat qildi.
(R.da Avgust forumi, mil. av. 1-a. oxiri va mil. 1-a. boshlari). 1-a. oʻrtalarida saroylar oʻta hashamdor qilib qurildi.
Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish