Mavzu: Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar idrokjarayonlarini rivojlantirish


Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar idrokining rivojlanish xususiyatlari



Download 56,81 Kb.
bet3/6
Sana30.04.2022
Hajmi56,81 Kb.
#599421
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar idrokjarayonlarini rivojlantirish

1.2. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar idrokining rivojlanish xususiyatlari
Bilish faoliyatining yetarlicha taraqqiy topmay qolishi aqli zaiflikning asosiy belgisidir. Bilish jarayoniga xotira, idrok, tasavvur, tafakkur, nutq va diqqat kabilar kiradi. Bilish jarayoni xususiyatlarini o’rganmasdan turib, aqli zaiflikning mazmunini tushunish mumkin emas.
Voqelikni aks ettirish yaxlit jarayondir. Qaysidir xalqadagi buzilish butun zanjirga ta’sir ko’rsatadi. CHunonchi, voqelikni bevosita aks ettirish formalarining sezish, idrok, tasavvurlarning yetarlicha taraqqiy etmaganligi psixik faoliyat oliy formalarining, jumladan voqelikni miya yordamida bilvosita aks ettirish bo’lgan fikrlashning yetarlicha rivojlanmay qolishiga olib keladi
Psixik jarayon bir qator xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlarni bilmasdan turib korreksion-tarbiyaviy ishning samaradorligiga erishish mumkin emas.
Barcha jarayonlar uchun umumiy narsa, bu ularning mazkur bola nuqsoniga, nerv sistemasining individual-tipologik xususiyatiga hamda ruhiyatiga, umuman shaxsining xususiyatlariga bog’liqdir. Har bir jarayon taraqqiyotning hamda mavjud bo’lishning maxsus harakteri bilan farqlanadi.
Bilish jarayoni sezish va idrok etish (jonli mushohada)dan boshlanib va abstrakt (mavhum) tafakkurga, voqelikdagi narsa va hodisalarni bilishga o’tadi.
Sezish - bola ruhiy taraqqiyotining asosini tashkil etuvchi, atrofini o’rab turgan voqelikni bilishning dastlabki bosqichidir. Sezish aqliy zaif bolalarda o’ziga xos xususiyatga egayu
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda bilishning birinchi bosqichi - idrok qilishda yetishmovchiliklar kuzatiladi Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar idrokining o’ziga xos xususiyati bilan ajralib turishi berilayotgan o’quv materiallarini idrok qilish uchun uzoq vaqt talab etilishi, asosiy narsalarni, muhim belgilar va alomatlarni ajratishda qiynalishi, yaxlitlikdagi qismlar orasidagi ichki bog’lanishni tushunmasligi bilan belgilanadi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning u yoki bu narsa va hodisalarning xususiyatlarini yetarlicha idrok etmasligi maxsus pedagogik amaliyotda allaqachon qayd etilgan.
Aqli zaiflik asosida tashqi dunyoning ta’sirini zaif qabul qiluvchi, sezish organlarining to’laqonli bo’lmagan funksiyasi yotadi, degan fikr paydo bo’lgan. Bunday qarash asosida ta’limning maxsus metodikasi yaratilgan. Bu metodikaning zamirida maxsus mashg’ulotlarda sezish organlarini tanlab rivojlantirish vazifasi yotadi.
Nerv sistemasining organik shikastlanishi natijasida miya po’stlog’i analiz va sintez faoliyatining oliy jarayonlari kuchsizlanadi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar o’zgaruvchan ta’sirlarga asta-sekin moslashadi.
Juda ko’pchilik aqli zaif bolalarda muskul-harakat apparatlarida nuqsonlar bo’ladi. Bu nuqsonlar motorikaning turli xil buzilishlarida namoyon bo’ladi.
Analiz sezish organida boshlanadi. Retseptorlarning shikastlanishi o’tkaziladigan analizda, shubhasiz, o’z aksini topadi. Lekin eng nozik analiz bosh miya po’stlog’ida ro’y beradi SHuning uchun Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda hissiy sensomotor tajribaning boyishiga sezish organlarini mashk qildirish, maxsus mashg’ulotlar sistemasi bilan sezishli trenirovka qildirish sifatidagina emas, balki o’quvchining bilish faoliyatini rivojlantirishning muhim yo’llaridan biri tarzida qarash kerak. Bu yo’nalish psixolog L.S.Vigotskiy tomonidan ilgari surilgandi.
Sezish orqali bilishning rivojlanishi korreksion-tarbiyaviy ishning muhim jihati sifatida uning umumiy sistemasiga kiradi. Bu ishda ham butun o’quv tarbiyaviy jarayon sistemasida amalga oshiriladigan sensor tarbiya katta ahamiyatga ega
Bilish faoliyatida qanchalik ko’p retseptorlar ishtirok etsa, uning natijasi shunchalik yuqori bo’ladi, undagi nuqsonlarni korreksiyalash jarayoni ham shunchalik muvaffaqiyatliroq bo’ladi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda idrok etish jarayonida idrok etilgan narsaning yetarli differensiyalashmasligi qayd etiladi. SHuning uchun ularning dunyosi me’yorda rivojlangan bolalarnikiga qaraganda bir xil va qotib qolgan holda bo’ladi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar narsalarga qarar ekan, uning barcha xossalarini, tuzilishining xususiyatlarini, fazoviy munosabatlarinn hamisha ham farqlayvermaydilar. Ular predmetlarni bilishda o’xshashlarini yomon farqlaydilar.
J.I.SHifning kurs ishilari Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun harakterli bo’lgan ko’rish idrokining yetarli differensiyalanmaganligini ko’rsatadi. Bu ranglar bilan o’tkazilgan tajribalarda aniqlangan.
Aniqlanishicha, bolalar rangi jihatidan bir-biridan keskin farqlanadigan ranglarni (qizil, yashil) farqlaydilar, biroq oraliq ranglarni qo’shib yuboradilar. CHunonchi, qizilni to’q sariq bilan, ko’kni binafsha rang bilan. SHuningdek, zaif ifoda etilgan rang tuslarini ham (och qizil, och ko’k va och sariq bilan) qo’shib yuboradilar.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar rang ob’ektlarini (uch burchak, kvadrat, aylana) muayyan rang izchilligida joy-joyiga qo’yib chiqish topshiriqlarini, aytaylik, yorug’ tusdan xiraroq tusga yoki aksiga o’tishda idrok etilayottan ob’ektlarning rangi, shakli, hajmini hamisha ham to’g’ri payqay olmaganlar Ob’ektni mazkur belgilariga ko’ra to’g’ri umumlashtira olmaganlar. YUqori sinf o’quvchilarida bunday holat kamdan-kam uchragan.
Idrok etishning xossalaridan biri, uning yaxlitligi va umumlashganligi, ya’ni predmet va hodisalar bizga ta’sir etganda, ongimizda ularning bo’lak va qirralarini tashkil etuvchi muayyan o’zaro aloqada bo’luvchi yaxlit obrazi o’zaro munosabatda paydo bo’ladi.
Idrok etishda faollikning yetarli emasligi Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning oxirigacha tugallanmagan, to’ntarib qo’yilgan predmetlarni, kontur tasvirlarni mashaqqat bilan tanishlarida namoyon bo’ladi Ular nuqtalardan iborat geometrik figuralarni qiyinchilik bilan farqlaydilar.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning predmetlar o’zgarganda xajmini idrok etishlari E.S.Beyn tomonidan tadqiq etilgan. Bunda me’yorda rivojlangan bolalarga qaraganda Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda idrok etishning kam barqarorligi aniqlangan.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar fazo va vaqtni idrok qilishda qiyinchiliklarga duch keladilar, bu esa atrof-muhitda moslashishiga to’sqinlik qiladi. Ko’pincha 8-9 yoshga yetgan bolalar o’ng va chap qo’llarini ajrata olmaydilar. Ular soatdan vaqtni aniqlashga, hafta kunlarini, yil fasllarining ketma-ketligini bilishga qiynaladilar, ranglarni ajratishda muayyan xatolarga yo’l qo’yishadi.
Nutqni idrok qilish va tushunish ongning o’sishiga, uning yangi bilim va ko’nikmalar hosil qilishiga ta’sir qilib qolmasdan, balki ong tarkibini tartibga soladi, insondagi oliy, o’ziga xos ruhiy jarayonning vositaviy qo’rilishini belgilaydi. Eshituv idrokini rivojlanmasligi tovushlarning ko’pincha buzib talaffuz etilishi va nutqning kechikib rivojlanishiga olib keladi.
Ma’lumki, yozishni o’rganish sezgi va IDROKINIng rivojlanganlik darajasiga, shuningdek fonematik tahlil va sintez, ya’ni so’zlarni tarkibiy qismlarga ajrata olish ko’nikmasiga bog’liq. CHunki eshitish idroki nutq, o’qish va yozishni bir xil tavsiflash imkonini beruvchi o’zakdir.
Ko’pgina mualliflar shuni ta’kidlashadiki, sezgi va IDROKINIng yaxshi rivojlanmaganligi sababli keltirib chiqaradigan yozish buzilishlari faqatgina 2-3 sinflarda o’qish jarayonida aniqlanadi. Bunday buzilishlarni maktabga kelgan ilk kunlaridayoq o’z vaqtida aniqlash va nuqsonga mos keluvchi korreksiyalovchi ta’limni tashkil qilish yozish va o’qishdagi buzilishlarning oldini olish imkonini beradi. (R.E.Levina, L.F.Spirova, G.V.CHirkina, A.V.YAstrebova va b.).
YUqorida o’rganilgan adabiyotlar tahlilidan ma’lum bo’ldiki, Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning idrokini o’stirish maxsus pedagogika va ona tili o’qitish metodikasining dolzarb muammolaridan bo’lib, faqat ta’limiy jihatdangina emas, balki tarbiyaviy jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar nutqi va sezgi va IDROKINI to’g’ri yo’naltirish ularning me’yoridagi tengdoshlari darajasiga ko’tarilishiga rag’bat o’yg’otadi: Buning uchun esa muammoning yechimiga doir tegishli ish usullari ishlab chiqish kechiktirib bo’lmaydigan vazifalardandir.

Download 56,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish