Mavzu: Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar idrokjarayonlarini rivojlantirish



Download 56,81 Kb.
bet2/6
Sana30.04.2022
Hajmi56,81 Kb.
#599421
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar idrokjarayonlarini rivojlantirish

Kurs ishi maqsadi - Ruhiy rivojlanishi sustlashgan kichik maktab yoshdagi bolalar eshitish idrokining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish, sezgi va idrokini rivojlantirish shakllarini takomillashtirish.
Biz oldimizga qo’yilgan maqsadni amalga oshirish uchuy quyidagi vazifalarni belgilab oldik:
- muammoning nazariy va amaliyotdagi holatini o’rganish va tahlil etish;
- Ruhiy rivojlanishi sustlashgan kichik maktab yoshdagi bolalarning sezgi va idrokini rivojlanishini o’ziga xos xususiyatlarini eksperimental o’rganish va tahlil etish;
- kichik maktab yoshdagi Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar sezgi va IDROKINI rivojlantirish yo’llarini aniqlash.
Kurs ishi obekti – Nutqi to’liq rivojlanishda muammolari bo’lgan kichik maktab yoshidagi o’quvchilar
Kurs ishi predmeti - Ruhiy rivojlanishi sustlashgan kichik maktab yoshdagi o`quvchilarning sezgi va idrokini rivojlanirish jarayoni
Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat
I BOB RUHIY RIVOJLANISHI SUSTLASHGAN BOLALAR IDROKINI O’RGANISHNING ILMIY NAZARNY ASOSLARI.
1.1. Muammoni o’rganish bo`yicha pedagogik, psixologik va metodik adabiyotlar tahlili.
Nutqning bizning hayotimizdagi ahamiyatini baholash juda qiyin. Muloqot vositasi sifatidagi nutq bir vaqtning o’zida biz uchun fikrlashning muhim quroli bo’lib xizmat qiladi Ma’lumki, nutq insonning muhim ruhiy funksiyasi hisoblanadi Nutqiy muloqot faqat insongagina xos bo’lgan odamlar o’rtasidagi ijtimoiy aloqa usullarini yaratadi va shu tufayli bilish faoliyatining oliy shakllari rivojlanadi.
Nutqning me’yorida va nuqsonli rivojlanish muammosi umumiy va maxsus pedagogikada o’rganib chiqilgan.
Ma’lumki, bola ijtimoiy va biologik omillar asosida nutqni egallaydi, ulardan birining buzilishi yoki yetishmasligi nutq patologiyasiga olib keladi U yoki bu nutq buzilishi bor bola atrofdagilarning idrokini tushuna olmaydi va o’zi ham gapira olmaydi. Maxsus korreksion-pedagogik ta’sirsiz bolaning har tomonlama ma’naviy, jismoniy, nutqiy rivojlanishini va maktabga tayyorlashni ta’minlab bo’lmaydi.
Defektolog-olimlarning kurs ishilarida A.S.Vigotskiyning o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan anomal bolalar ruhiyatining rivojlanishi normal bola rivojlanishida kuzatiladigan asosiy qonuniyatlarga buysunadi degan qoidasi katta rol o’ynaydi L.S.Vigotskiyning ilmiy-metodologik konsepsiyasi anomal bolalarni, xususan nutqida buzilishlari bor bolalarni maxsus uqitish va tarbiyalashning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqishga yordam berdi.
L.S.Vigotskiy defektologiya muammolariga nuqtai nazarining umumiy tizimida quyidagilarni yetakchi sifatida ko’rsatish mumkin:
- rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni ruhiy rivojlantirishning muhim imkoniyatlari g’oyasi;
- rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar rivojlanishiga ijtimoiy ta’sirlarning, xususan pedagogik ta’sirlarning hal qiluvchi roli to’g’risidagi qoida;
- patologik rivojlanayotgan bola shaxsining shakllanishida jamoa faoliyatining (o’quv, o’yin, mehnat) yetakchi ahamiyati to’g’risidagi xulosa.
Bola ruhiyatining shakllanishiga nutqdagi kamchiliklarning ta’siri to’g’risidagi fikr qo’llab-quvvatlandi va rivojlantirildi. Bundan tashqari, kurs ishilarda u yoki bu nutq buzilishlari bolada ijtimoiy qiyinchiliklarni keltirib chiqarish to’g’risidagi fikr ham o’z aksini topdi. Bu qiyinchiliklarni bartaraf etish yoki oldini olish bolaning tengdoshlari bilan muloqotini yo’lga qo’yish, uni jamoa faoliyatiga qo’shilishiga yordam beradi. Ilmiy g’oyalar nutq patologiyasining turli shakllarini o’rganishda muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Nutq buzilishlari his-tuyg’u (emotsiya) va iroda sohasining buzilishiga olib keladi, nutq rivojlanishiga xalaqit beradi, maktabda o’qishga tayyorlashga ta’sir ko’rsatadi, savodxonlikni o’zlashtirishga to’sqinlik qiladi. SHu munosabat bilan nutq buzilishlari bor bolalar idrokini rivojlantirish masalasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Barcha nutq buzilishlari korreksiyaga muhtoj, uni imkon qadar erta boshlash zarur. I.P.Pavlov qayd qilib o’tganidek, «hech narsa bir joyda qotib, ta’sirlarga berilmay qolmaydi, har doim yaxshi tomonga o’zgarishi mumkin, faqat tegishli shart-sharoitlar amalga oshirilsa bo’lgani».
Markaziy va periferik xarakterga ega bo’lgan patologiya sababli nutq buzilishi bo’lgan bolalarning nutqi ko’pincha normal rivojlanishdan ortda qoladi, bu uning intellektual qobiliyatlari va his-tuyg’ulari takomillashmasligiga olib keladi, bolalarni maktabda o’qishga tayyorlanishiga to’sqinlik qiladi. Demak, nutqning asosiy funksiyalaridan biri -kommunikativlik buziladi, bu nutqning rivojlanishiga yanada ko’proq to’sqinlik qiladi.
Nutq boshqa belgilar tizimi kabi dastlab kommunikativ vosita rolini o’ynaydi, shundan keyingina fikrlash bolada o’z xulq-atvorini ongli ravishda tartibga solish quroli bo’lib xizmat qiladi.
Olimlar tafakkur bilan nutqning o’zaro aloqasi haqida gapirar ekan, ular orasiga tenglik alomati qo’yishadi. Tenglik alomati bu ikki jarayonning ajralmas ekanligini anglatadi.
Aksariyat olimlar o’z kurs ishilarida tafakkur bilan nutqning o’zaro aloqasi haqida to’xtalib o’tadilar. Bolalarda bilish faoliyatining o’sishi nutqning rivojlanishiga ta’sir etishi, bu esa, o’z navbatida, tafakkur uning ta’sirida takomillashuvi haqidagi fikrlar ko’plab kurs ishichilar asarlarida uchraydi.
Bolalarda nutqning o’sishi ularning atrofdagilar bilan muloqot jarayonida sodir bo’ladi. L S.Vigotskiy nutqni ijtimoiy muloqot vositasi sifatida talqin etadi. Bolaning kattalar bilan muloqotn uni o’stirishda yetakchi kuch ekanligini ta’kidlab o’tadi.
L S Vigotskiy, A.N.Leontev, S.L.Rubinshteyn kabi olimlarning ishlarida ham inson bolasi har qanday boshqa jonzotlarning bolalari taraqqiyotidan jiddiy farq qilishi haqidagi fikrlar ilgari suriladi. Hayvonlarda biologik jihatdan muhrlangan va irsiy jihatdan avloddan-avlodga o’tib kelgan holatlarga xos xususiyat hisoblanadi, shuningdek, individual tajriba sifatida ontogenezda saqlanib qoladi. A.N.Leont’ev ta’kidlaganidek, hayvondan farqli insonda ajdodlar to’plagan ijtimoiy-tarixiy tajriba muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ijtimoiy-tarixiy tajribani egallamay turib inson shaxsi rivojlanmaydi. Rivojlanish uchun esa bola kattalar bilan muloqotda bo’lishi zarur.
Aqli zaif bolapar idrokini shakllantirish ularning Nutqi to’liq rivojlanishda muhim vosita hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar idrokini o’stirish bilan bog’liq masalalar maxsus bog’chalarning korreksion-pedagogik ishining markazida turadi va maktabda ona tili o’qitishning asosini tashkil qiladi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarga maxsus ta’lim-tarbiya berilganda, ularda faqat oddiy malaka va ko’nikma hosil bo’libgina qolmay, balki ma’lumotlarni ongli ravishda eslab qolish, umumlashtirish, taqqoslash kabi aqliy faoliyat malakalari ham o’zlashtirib boriladi. Garchi bu jarayon Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda qiyin kechsa-da, maxsus ta’sir etish tufayli bu toifadagi bolalarning kamolotiga muhim ta’sir ko’rsatadi.
Bolalar ruhiyatining rivojlanishi uchun kattalar bilan muloqotga kirishuvi zarurati barcha yosh davrlariga xosdir. Hatto dastlabki oydagi hayoti chog’ida ham kattalarning bolaga faqat gigiyenik jihatdan munosabati biologik extiyojini qondirish uchun kamlik qiladi. Bu davrda ham tarbiyaning yetarli darajada bo’lmasligi ulardagi harakat, sensor va intellektual qobiliyatlarning rivojlanishdan orqada qolishiga olib keladi.
N.M.SHelovanov va N.M.Aksarinalarning fikrlariga qaraganda, bolaning kattalar bilan hissiy muloqotga kirishuvi asosida unda quvnoq kayfiyat paydo bo’ladi, shaxsiy faolligi o’sadi. Bularningbarchasi bolaning harakat va sensor rivojiga ta’sir qiladi. Bundan tashqari, bolaning kattalar bilan o’zaro muloqoti chog’ida ovoz (tovush) chiqarishi uning nutqiy rivojiga ijobiy ta’sir etadi.
Olib borilgan kuzatishlar va izlanishlar natijasida hayotining dastlabki oylarida kattalar bilan muloqotga kirishuvi bolaning faolligini oshiradi, hissiyotini boyitadi va bilish faoliyati uchun zarur bo’lgan holatlar (qo’llar harakati va nutq) rivojlanishiga imkon yaratadi degan xulosalarga keldik. Bu xolat shuni o’zida ifodalaydiki, birinchidan, dastlabki yarim yillik hayoti chog’ida yaxshi tashkil etilgan hissiy muloqot mavjud bo’lsa, bolalar bilishda yuqori faollikni namoyon etishi mumkin, ikkinchidan, ular bunday muloqotga kirishmagan tengdoshlaridan ma’lum darajada o’zib ketadi.
Har tomonlama yetuk, komil insonni shakllantirishda maktabgacha yoshdagi bolalarning kattalar bilan muloqotiga oid xususiyatlarni tadqiq etish muhim amaliy ahamiyatga ega.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning atrofdagilar bilan muloqotga kirishi qiyinchilik bilan amalga oshadi. CHunki kattalar bu jarayonni bevosita boshqarib, idora etib turmasa, Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar muloqotga mustaqil ravishda kirisha olmaydi. SHunday sharoit yaratish kerakki, Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning o’zlari o’zaro muloqot qilishga ehtiyoj sezsinlar.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning barcha toifalari uchun nutqiy faoliyatning buzilishi umumiy xususiyat hisoblanadi. Nutqiy o’sishdagi yetishmovchilik Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning atrofdagilar bilan muloqotini cheklab qo’yadi. Bu, o’z navbatida, bilish, so’z bilan uyg’unlashgan axborot olishni ma’lum ma’noda o’sishdan to’xtatib qo’yadi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar idrokini o’stirish qiyin kechsa-da, ta’lim-tarbiya jarayonida nutq hamisha diqqat markazida turishi lozim. Nutq tarbiyasi ta’lim asosini tashkil qiladi.
SHuning uchun ham Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar idrokini o’rganish dolzarb masalalardan biridir. Bolalarda nutqning o’sishiga yordam beradigan vositalarni yoki uni orqada qolish sababini aniqlash bu jarayonga muvofik pedagogik ta’sirni tashkil etishning kaliti bo’lib xizmat qiladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda nutq o’stirish muammosiga bag’ishlangan ko’pgina ilmiy kurs ishilarda ko’rsatilishicha, bu xildagi nuqsonli bolalarda dastlabki nutqiy ko’rinishlar guvurlash davrining bo’lmasligi yoki kechikishi (bu keyinchalik nutqni egallash uchun zarurdir); dastlabki so’zlarning kechikib hosil bo’lishi; so’z birikmalarini egallash davrining sekin va qiyinchilik bilan kechishi; so’zlardan sodda gaplarni tuzish uchun uzoq vaqt talab etilishi; nutqiy ijodiyotda mustaqillikning yetishmasligi; fonetik kamchiliklarning uchrashi; nutqiy faollik darajasining pastligi; nutqiy muloqot kambag’alligi kuzatiladi. M.S.Pevznerning kuzatishlariga ko’ra Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar nutqida dastlabki so’zlar 3-4 va hatgo 5 yoshlarida paydo bo’ladi.
CHexiyalik olim M.Zeyemanning isbotlashiga qaraganda, Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda nutq 3 yoshdan keyin paydo bo’ladi. M.Roshkaning ta’kidlashicha esa, Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda guvurlash davri 12-24 oygacha, ya’ni ikki yasharligigacha bo’lmaydi.
G.V.Kuznetsovaning kurs ishiida ham xuddi shunga o’xshash holat aniqlangan. I V.Karlen va M Strazullalar ham Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar ikki yasharligigacha guvurlash davriga o’tmasligini (me’yorida rivojlanayotgan bolada bu 5-7 oyda kuzatiladi), dastlabki so’zlar 2,5-5 yoshda vujudga kelishini ko’rsatib o’tganlar.
Nutqning bunday kech paydo bo’lish sabablarini qayd etgan ko’pgina kurs ishichilar Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda ruhiy jarayonlarning umumiy rivojlanmasligi va aqliy rivojlanishning kechikishi xos xususiyat ekanligini ta’kidlaganlar Buning natijasida tovushlarni idrok etish hamda ularni o’zaro farqlash kabi murakkab psixik faoliyat, ya’ni fonematik eshituv rivojlanmaganligi ko’rsatiladi.
Fonematnk eshituvning rivojlanmasligi tovushlarning ko’pincha buzib talaffuz etilishi va nutqning kechikib rivojlanishiga olib keladi.
A.G.Kashe debil bolalarning talaffuzidagi kamchiliklarni o’rganib, yordamchi maktabning 1-sinf o’quvchilarida 65%, 2-sinf o’quvchilarida esa 60% holatlarda talaffuzdagi u yoki bu xususiyatli kamchiliklar kuzatilishini ta’kidlab o’tadi.
Keyinchalik A.I.Orlova ham boshlang’ich sinflar bilan olib borgan kurs ishilarida 1-sinf bolalarida 65%, 2-sinf o’quvchilarida esa 55% miqdorida talaffuz kamchiliklari borligini ko’rsatib o’tgan.
Turli yoshdagi Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar va o’quvchilar idrokini o’rganish natijasiga asoslangan holda ularda to’g’ri fonetik nutq rivojlanishi asta-sekin izchillikda olib borilishi zarur ekanligini ko’rsatadi. Kurs ishilarda maxsus o’qitish, ta’sir o’tkazish orqali o’quvchilar talaffuzidagi kamchiliklar sinfdan sinfga o’tishi bilan kamayib borishi, undagi nuqsonlarning oqibatida Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda so’zning situativ mohiyati, ya’ni vaziyatbopligi uzoq saqlanishi, semantik tomoni esa me’yordagi tengdoshlarinikiga qaraganda kamligi ta’kidlab o’tilgan. Oligofren bolalarning faol va passiv lug’ati orasidagi o’zaro nisbat birinchi bor P.M.Dulnev tomonidan tadqiq qilingan. Faol va passiv lug’at orasidagi keskin tafovut Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda barcha so’z turkumlarini egallash jarayoniga tegishlidir. Bu, ayniqsa, sifat so’z turkumidan foydalanganda yaqqol namoyish bo’ladi.
Tarasenko o’z izlanishlarini yordamchi maktabning boshlangich sinflarida predmet sifatini aniqlashga bag’ishlagan. Tekshiriluvchilardan 69%i predmetning belgisini va qismlarini to’g’ri nomlashgan, 31%i esa xatoliklarga yo’l qo’yishgan.
Bolalarda nutqning paydo bo’lish xususiyatlari o’rganilgan ishlarda me’yorida rivojlanayotgan bola nutqida grammatik kategoriyalar va so’zlarning qanday hosil bo’lishi masalalari ko’rib chiqilgan. Nutqni bolalar tomonidan egallashning dastlabki bosqichida ular ot so’z turkumiga mansub so’zlardan foydalanadilar. Keyinchalik asta-sekinlik bilan fe’l, sifat va boshqa so’z turkumlaridagi so’zlarning miqdori ortib boradi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar nutqidagi kamchiliklar fonematik idrok, tovushlar tahlilining buzilishi hamda nutqning leksik-grammatik jihatdan orqada qolishiga olib keladi.



Download 56,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish