1-jadval. Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi faoliyatining asosiy ko`rsatkichlari
Ko`rsatkich
|
2010
|
2011
|
2012
|
2013
|
2014
|
2015
|
2016
|
Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi ishtirokchilari soni, nafar
|
1487
|
1833
|
2200
|
2327
|
2940
|
3940
|
12639
|
Yetkazib berilgan mahsulotlar bo`yicha shartnomalari soni, dona
|
2668
|
3434
|
2647
|
3119
|
4101
|
5920
|
13318
|
Yetkazib berilgan mahsulot hajmi, mlrd. so`m
|
1822,5
|
2623
|
3681,8
|
4795,9
|
5424,3
|
6315
|
7904,5
|
Aytish joizki, yuqorida ta‘kidlab o`tilgan farmonga muvofiq, ish bilan bandlikning ushbu shaklini rag`batlantirish maqsadida bir qancha quyidagi imtiyoz va kafolatlar ko`zda tutilgan:
tovarlar (ishlar va xizmatlar) ishlab chiqarish bo`yicha kasanachilarga buyurtma beradigan korxonalar 2006 yilning 1 fevralidan boshlab 2021 yil 1 yanvarigacha, mehnat shartnomasi asosida kasanachilarga to`lanadigan mablag`larga teng miqdorda, mehnatga haq to`lash fondidan Yagona ijtimoiy to`lovni to`lashdan ozod qilinadi;
korxonalarga mehnat shartnomasi asosida kasanachilarga korxonalar buyurtmasi bo`yicha mahsulot ishlab chiqarishni va xizmatlar ko`rsatishni tashkil etish uchun asbob-uskuna, jihozlar va inventarlarni tekin yoki ijara sharti bilan berish, jumladan, lizing (moliyaviy ijara) asosida taqdim etish huquqi beriladi;
korxona tomonidan tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq kasanachilarga korxona buyurtmasi bo`yicha ishlarni bajarish uchun tekin foydalanishga berilgan asbob-uskuna, jihozlar va inventarlar ulardan foydalanish davrida mulk solig`idan ozod etiladi;
kasanachilar buyurtmachi-korxonalarning ishlab chiqarish texnologiyasiga to`liq amal qilgan taqdirda, uy sharoitida ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlarni qo`shimcha sertifikatlash hamda standartlash talab etilmaydi;
mehnat shartnomasi bo`yicha ishlayotgan korxonalarga kasanachilar tomonidan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning qaytarilishi ulgurji savdo hisoblanmaydi va litsenziyalanmaydi;
kasanachilar faoliyati buyurtmachi-korxona qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirilgandagina nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirilishi mumkin.
Kasanachilikning bir nechta turlari mavjud bo`lib, ular quyidagilarda namoyon bo`ladi:
Qo`l mehnatini osonlashtiradigan oddiy moslamalarni qo`llanib bajariladigan qo`l mehnati (qo`lda kashta tikish, to`qish, bichish, mahsulotni qadoqlash, navlarga ajratish, yaroqsizini ajratish, bo`yash va hokazo)
Murakkab bo`lmagan asbob-uskunalar qo`llaniladigan tarzda mexanizatsiyalashtirilgan mehnat (tikuvchilik ishlari, sovg`alar ishlab chiqarish, buyumlar yig`ish, mahsulotlarni konservatsiyalash, qandolatchilik mahsulotlarini tayyorlash va hokazo)
Korxonaga xizmatlar ko`rsatish bo`yicha uyda bajariladigan ish (oziq ovqat yarim fabrikatlarini tayyorlash, qandolatchilik mahsulotlarini pishirish, kir yuvish va kiyim kechaklarni ta‘mirlash, qoramol boqish va etishtirish )
Telefon, internet kabi aloqa vositalari qo`llaniladigan tarzda masofadan turib bajariladigan ish (ma‘lumotlar tayyorlab berish ishlari, savollarni ko`rib chiqish va ishlash, aholiga telefon orqali masofadan turib ta‘lim xizmatlarini ko`rsatish, o`tkazmalar va shu kabilarni bajarish)
Do'stlaringiz bilan baham: |