Mavzu: Shaxsning o‟z-o‟zini anglashi va Men—kontseptsiyasi. Shaxsning sotsial tasavvurlari 1


tarzda ish ko‟rishga dahvat etadigan motivyaar sistemasidir



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/14
Sana20.06.2022
Hajmi0,55 Mb.
#684765
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
20 21 mavzu Shaxsning o'z o'zini anglashi va men konsepsiyasi

tarzda ish ko‟rishga dahvat etadigan motivyaar sistemasidir. 
E‟tiqod shaklida namoyon bo‟ladigan ehtiyojlarning mazmuni - bu tabiat
tevarak-atrofdagi olam to‟g‟risidagi bilimlar va ularning muayyan tarzdagi 
tushunilishi demakdir. Bu bilimlar nuqtai nazarlar (falsafiy, estetik, ahloqiy, tabiiy-
ilmiy va hokazolar) ning tartibga solingan va ichki uyushgan sistemasini tashkil 
etgan taqdirda kishinnng dunyoqarashi safatida talqin qilinishi mumkin. 
Dunyoqarash sinfiy xarakterga ega.
E‟tiqodlarning evolyutsiyasi eng avvalo ularning mazmunli tomonlariga 
taalluqlidir. Ularda shaxsning dunyoqarashini ifoda etadigan xislatlar ko‟roq 
darajada namoyon bo‟la boshlaydi. Kishining fikrlari va go‟yalari, printsiplari 
uning butun hayoti mazmuni bilan, uning o‟zlashtirgan bilimlari bilan belgilanadi, 
uning qarashlari sistemasiga zarur tarkibiy qism sifatida kirgan bo‟ladi, kishi uchun 
alohida shaxsiy mohiyat kasb etadi va shuning uchun ham u bu fikrlar va 
tsprintsiplarni qaror totirishga, ularni himoya qilishga, ularnn boshqa odamlar ham 
ma‟qul ko‟rishlariga erishish uchun qat‟iyan ehtiyoj sezadi. 
Hozirga qadar so‟z yuritilayotgan motivlar, avvalo, anglanilganligi bilan 
xarakterlanadi. Boshqacha qilib aytganda, motnv (sabab)lar paydo bo‟ladigan kishi 
uni faolvyatga nimalar da‟vat etayotganini, uning ehtiyojlari qanday ma‟no kasb 
etishini biladi. Lekin barcha motivlar ham bu kateg‟riyaga kiravermaydi. Inson 
ishlari va xatti-harakatlari sababiyatining anchagina ahamiyatga molik jabhasi 
anglanilmagan motivlardan tarkib topadi. Endi ana shularni ko‟rib chiqamiz. 
Psixologiyada shaxsning yo‟l-yo‟riqlari uning yo‟riqlari u yoki bu ehtiyoji 
qondirilishiga yordam berishi mumkin bo‟lgan faoliyatga tayyorligining
moyilligining o‟zi tomonidan anglanilmaydigan holatini belgilaydi. Yo‟l-yo‟riq 
ob‟ekt ni aynan muayyan tarzda idrok etish, tushunib etish va anglab olish yoki u 
bilan ish ko‟rishga o‟tmishdagi tajribada shakllangan shaylik va moyil-likdan 
iboratdir. D.I.Uznadze va uning xodimlari o‟tkazgan ajoyib tadqiqotlar shaxs xulq-
atvorini belgilaydigan qayd etalgan yo‟l-yo‟riqlarning shakllannsh jarayonini 
ko‟rsatib berdn. 
Masalan, birinchi sinf o‟quvchilarining muallimaga nisbatan uning har qanday 
ko‟rsatmasini bajarishga shayligi shaklida namoyon bo‟ladigan yo‟l-yo‟riqlari ana 
shundaydir. Bunda muallimaning har qanday hatti-harakatlariga, shu jumladan, 


biron bir boshqa kishida namoyon bo‟lganida bolalarning qarshi harakatini 
qo‟zg‟atashi mumkin bo‟lgan hatti-harakatlariga nisbatan ham hech qanday 
tanqidiy yondashish bo‟lmaydn. 
Ko‟pgina yo‟l-yo‟riqlarning mohiyatini tashkil etadigan n‟xolislik e kishining 
shaxsiy tajribasidagi ba‟zi faktlar-dan shoshilinch va etarli darajada asoslanmagan 
xulosalar chiqarilishining oqibati hisoblanadi, yoxud bu tafakkur stereotiplarining-
muayyan ijtimoiy guruhda qabul qilingan standartlashtirilgan mulohazalarning 
natijasi bo‟ladi. 
Ijtimoiy hayotning turli faktlarn (hodisalar, odamlar va boshqalar)ga nisbatan 
yo‟l-yo‟riqlar ijobiy bo‟lishi ham (vrachning barcha ko‟rsatmalarini bajonidil va 
aniq bajaradigan bemor umuman tibbiyotga va qolaversa, uni davolayotgan 
doktorga nisbatan ijobiy munosabatga asoslanadigan yo‟l-yo‟riqqa amal qiladi) va 
noto‟g‟ri tushuncha tusini olgan holda salbiy bo‟lishi ham mumkin. 
Psixologik tadqiqotlar yo‟l-yo‟riqning tuzilishi uchta tarkibiy qism (kichik 
tuzilish)dan iboratligini ko‟rsatdi, Bular: kishining bilib olishga va idrok etishga 
tayyor qiyofa (obraz) dan iborat bo‟lgan kognitiv (lotincha sodisho — bilish degan 
so‟zdan olingan) kichik tuzalish, yo‟l-yo‟riq ob‟ekt iga nisbatan xayrihohlik va 
xush ko‟rmaslik hislatlari komleksidan iborat bo‟lgan hissiy-baholash kichik 
tuzilishi, yo‟l-yo‟riq ob‟ekt iga nisbatan muayyan tarzda harakat qilishga, irodaviy 
kuch-g‟ayratlarni safarbar etishga shaylikdan iborat bo‟lgan xulq-atvor kichik 
tuzilishidir. 
Maqsadlar va ideallar. Ijtimoiylashuvning mas‟uliyat hissiga bog‟liq 
yo‟nalishlaridan yana biri shaxsda shakllanadigan maqsadlar va ideallardir. Ular 
shaxsni kelajakni bashorat qilish, eo‟rtangi kunini tasavvur qilish va uzoq va 
yaqinga mUljallangan rejalarni amalga oshirishga tayyorligini ta‟minlaydi. Maqsad 
va rejasiz inson-ma‟naviyatsiz pessimistdir. Bu maqsadlar doimo o‟zining 
anglanganligi va shaxs real imkoniyatlariga bog‟liqligi bilan xarakterlanadi. 
Ularning shakllanishi va ongda o‟rnashishida ma‟lum ma‟noda ideallar ham rolь
o‟ynaydi. Ideallar-shaxsning hozirgi real imkoniyatlari chegarasidan tashqaridagi 
orzu-umidlari, ular ongda bor, lekin har doim ham amalga oshmaydi. Chunki 
ularning paydo bo‟lishiga sabab bevosita tashqi muhit bulib, o‟sha ideallar 
Obyekti bilan shaxs imkoniyatlari o‟rtasida tafovut bo‟lishi mumkin. Masalan,
o‟smirning ideali otasi, u otasiday mashxur va el suygan yozuvchi bo‟lmoqchi. Bu 
orzuga yaqin kelajakda erishib bo‟lmaydi, lekin aynan ana shunday ideallar 
odamga maqsadlar qo‟yib, unga erishish yo‟lidagi qiyinchiliklarni yengishga 
irodani safarbar qilishga yordam beradi. 
Qiziqishlar va dunyoqarash. Qiziqishlar ham anglangan motivlardan bo‟lib, ular 
shaxsni atrofida ro‟y berayotgan barcha hodisalar, olamlar, ularning o‟zaro 
munosabatlari, yangiliklar borasida faktlar to‟plash, ularni o‟rganishga imkon 
beruvchi omildir. Qiziqishlar mazmunan keng yoki tor, maqsad jihatidan 
professional, bevosita yoki bilvosita bo‟lishi, vaqt tomondan barqaror, doimiy yoki 
vaqtinchalik bo‟lishi mumkin. Qiziqishlarning eng muhim tomoni shundaki, ular 
shaxs dunyoqarashi va e‟tiqodini shakllantirishga asos bo‟ladi. Chunki 
e’tiqod
shaxsning shunday ongli yo‟nalishiki, unga o‟z qarashlari, printsiplari va 
dunyoqarashiga mos tarzda yashashga imkon beradi. Xalq doimo e‟tiqodli 


insonlarni xurmat qiladi. E‟tiqodning predmeti turlicha bo‟lishi mumkin-Vatanga 
e‟tiqod, dinga, fanga, kasbga, axloqiy normalarga, oilaga, go‟zallikka va shunga
o‟xshash. 
E‟tiqod va qiziqishlar har birimizdagi dunyoqarashni shakllantiradi. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish