Mavzu: Sheva vakillari nutqida tovushlarning tushishi, orttirilishi hamda “Bir sheva lug‘ati’’ loyihasini sheva so‘zlari bilan to‘ldirish Tayyorladi


O’z shevangizdan o’nta maqol yozib, ulardagi dialektal so’zlarning tagiga chizib, transkiribsiya qiling



Download 155,95 Kb.
bet6/7
Sana20.06.2022
Hajmi155,95 Kb.
#678885
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abdubakilova Farzona 101-guruh FSH (1)

2.2 O’z shevangizdan o’nta maqol yozib, ulardagi dialektal so’zlarning tagiga chizib, transkiribsiya qiling
1.Oraxta yo`q, bashaxtә yox, x’rmandә haz’r.
2.’shlәsәng ch’shlәysәn, ‘shlәmәsәng ch’shlәmәysәn.
3.Әxmәqqa Kәsכn b’r tosh.
4.כrzכnn’ shorvәs’ tәt’mәs.
5. Әxmәq hәr’gәn’n’ b’lmәs, kosә qәr’gәn’n’.
6.Әtkәn djכydәn qכ, әtmәgәn djכygә bormә.
7.Әslכnn’ өl’g’, ch’chqәnn’ t’r’g’.
8.Quru:: lәgәntgә qut chushәr.
9.Bedәnәn’ oy’ yox, qayda bo(l)sә p’tp’ld’q.
10.Bәr’dә q’mәd’ng shәt, өlgәndәn k’n ho:q’l yәt, ho q’l pәryכt.
11.Quru: qәp t’kkә turmәs.
12.B’rr’k’ m’nggә, m’yn’k’ tumәngә.
13.Boltә chushkunchә kundә dem כpt’.
14.Bel’ ag`r’mәgәnn’ nכ: y’ysh’gә vәq.
15.Bochch’ belvaqqa yәlch’mәs, chaxch’ chәqvәqqә.
16.Bergәngә b’tәyәm kөp, כgәngә yustәyәm כz.
Dialektologizmlar:
Bכshכxtә - Boshoqda
ch’shlәysәn - tishlaysan
djכydәn - joydan
chushәr - tushar
t’r’g’ – tushar
Bochch’-buzchi
O‘zbek tili qadimiy va boy tillardan biridir, uning shakllanishi o‘zbek millatining shakllanish jarayoni bilan bog‘liq. Hozirgi adabiy tilimiz o‘zbek xalqining milliy tili, davlat tili darajasiga etguncha uzoq va katta tarixiy rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. Dastlab og‘zaki muloqotni ta’minlagan o‘zbek tili keyinchalik yozma shaklda ham namoyon bo’ldi. Yozma nutq esa til hodisalaridan foydalanishning ma’lum me’yorlarini ishlab chiqish zaruriyatini yuzaga keltirgan. Til hodisalaridan ma’lum me’yor asosida foydalanish esa o‘zbek adabiy tilining shakllanishiga olib kelgan.Qayerda yashashidan qat’iy nazar o‘zbek millatiga mansub barcha kishilar tomonidan ishlatiladigan til o‘zbek milliy tili yoki umumxalq tili deb yuritiladi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili muayyan qolipga solingan, o‘zbek xalqining madaniy ehtiyoji va talablarini qondirishga xizmat qiladigan milliy adabiy tildir. Fan va texnika, matbuot va adabiyot, davlat va idoralar, ta’lim va televideniye adabiy til asosida ish olib boradi. Adabiy til doim o‘zgarib va sayqallanib boradi. Adabiy til rivojlana borib, navbatdagi bosqichga davlat tili darajasiga ko‘tarilishi mumkin. Bunda tilning vazifasi yanada kengayib, mavqei ortib boradi. Ba’zan jamiyatda davlat tili va adabiy til aynan bir tildan iborat bo‘lmasligi ham mumkin. Bunday sharoitda tilning rivojlanishi sekinlashadi va u kundalik turmush tiliga aylanib qoladi. Sobiq ittifoq davrida o‘zbek adabiy tili ham ana shunday holatni o‘z boshidan kechirgan..Jamiyatning iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksalishi, yagona adabiy til me’yorlariga amal qilish, radio va tele eshittirishlar adabiy til bilan shevalar orasidagi farqning kamayishi va nihoyat, yo‘qolib ketishiga zamin hozirlaydi.
O‘zbek milliy tili ko‘p dealektli tillardan bo‘lib, qator shevalarni o‘z ichiga oladi, bu xol uning o‘ziga xos murakkab tarixiy rivojlanish sharoiti va o‘zbek millatining o‘tmishdagi xilma-xil etnik sostavi bilan izohlanadi. Ana shu davrda o‘zbek xalqining muayyan sharoiti bilan bog‘liq ravishda o‘zbek tilining dealekt va shevalari o‘zaro umumiylik kasb etib, yagona umumiy xalq tili bo‘lib birika borgan va uning ajralmas qismiga hamda quyi formasiga aylanib qolgan, lekin ayrim lahja va shevalar orasidagi farqlar hozirgacha saqlanib kelinmoqda. Masalan, qipchoq shevalarida singarmonizm xususiyatining to‘liq saqlanib qolganligi, 9 ta unli fonemaning mavjudligi «F» tovushining deyarli qo‘llanmasligi, checha (yanga), bo’la (xola), lochira ... kabi ko‘plab o‘ziga xos so‘z va terminlarning saqlanib qolganligi yuqorida aytilgan fikrni tasdiqlaydi.
Ana shunday o‘ziga xos tafovutlarga qaramay o‘zbek tilining hamma dealekt va shevalari o‘zbek milliy adabiy tilining shakllanishi va rivojlanishi uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.
O‘zbek tili shevalari 3 ta katta lahjaga qarluq, qipchoq va o‘g‘uz lahjalariga birlashtiriladi.
Sheva – bir millatga mansub bo‘lib, lekin turli hududlarda yashaydigan odamlar tomonidan ishlatiladigan milliy til ko‘rinishidir. Bir etnik guruhga mansub shevalarning o‘zaro yaqin bo‘lgan guruhlari esa – lahja deb ataladi. Dialekt so‘zi sheva va lahja tushunchalarini birgalikda ifodalaydi.
Shevashunos olimlar (V.V.Reshetov va SH.SHoabduraxmonovlar) lahjalarni quyidagicha tavsiflaydilar:
1. Qarluq lahjasi (Janubiy-SHarqiy guruh) bunga ko‘pchilik shahar shevalari kiradi: Toshkent, Andijon, Farg’ona, Namangan. Bu dialektning muhim morfologik va fonetik belgilari:
1) so‘z oxirida «k» tovushi «y» tarzida aytiladi: kerak-keray, elak-elay.
2) «o» lashish yuz beradi: aka-oka, naxor-noxor.
3) «ning» qaratqich kelishigi o’rnida doim ni tushum kelishigi qo‘llaniladi: ukamni (ng) kitobi.
2. Qipchoq lahjasi (SHimoliy-G’arbiy guruh) – bunga Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Qoraqalpog‘iston, SHimoliy Xorazm, Toshovuz (Turkmaniston) viloyati shevalari kiradi. Belgilari:
1) «y» o‘rnida «j» ishlatiladi: yo‘l-jo‘l, yo‘q-jo‘q;
2) «g‘» o‘rnida «v» ishlatiladi: tog‘-tov, sog‘-sov;
3) «k, q» tushumlari: quru(q), sovu(q);
4) eski o‘zbek tilidagi singormonizm qonuniyati saqlangan: olgan (adabiy tilda) – alg‘on (qipchoq lahjasi shevalari) kelgan-kelgun, 9 ta unli fonemaning mavjudligi.
3. O‘g‘uz lahjasi (Janubiy-G‘arbiy guruh) bunga Xorazm, O‘rganch, Xiva, Xozarasp, Qo‘shko‘pir, shovot, Qozog‘iston va Turkmanistonda yashovchi ba’zi o‘zbek-o‘g‘uz shevalari kiradi. Belgilari:
1) unlilar qisqa va cho‘ziq aytiladi: at (hayvon), aad (ism).
2) «t» tovushi «d», «k» esa «g» tarzida aytiladi: tog‘-dog‘, keldi-galdi.
3) ning qo‘shimchasi ing tarzida, ga esa a, na tarzida aytiladi: akamning-akaming, yorimga-yorima.
4) singarmonizm xodisasi saqlangan: uyimga (adabiy tilda), uyuma (o‘g‘uz lahjasida).
Hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun qarluq lahjasiga kiradigan Farg’ona-Toshkent shevalari asos qilib olingan. Olimlarning (V.V.Reshetov, SH.Abduraxmonov) fikricha, Toshkent dialekti fonetik jihatdan, Farg‘ona dialekti morfologik jihatdan adabiy tipga asos bo‘lgan.Lekin professor X.Doniyorov, B.To‘ychiboev kabi olimlar fikricha qipchoq lahjasiga mansub shevalar ham adabiy tilning tarkib topishida faol qatnashgan. CHunki kelishiklarning adabiy tildagi kabi 6 talik tizimi qipchoq lahjasining «j» lovchi shevalarida saqlangan. Umuman olganda adabiy til barcha shevalarga tayanadi:
Shevalarning o‘ziga xos xususiyatlari adabiy til ta’sirida asta sekin zaiflashadi va yo’qola boradi.Hozirgi o‘zbek adabiy tilining ikki xil og‘zaki va yozma shakllari bor, shu ikki shakl vositasida u xalqqa xizmat qiladi.
1. Adabiy tilning og‘zaki shakli to‘g‘ri talaffuz me’yorlariga, eshitish orqali idrok qilishga tayanadi. Bu shaklning tarixiy ildizlari xalq og‘zaki ijodi namunalari: doston, qo‘shiq, ertak, latifa, maqollar negizida rivojlanib, og‘izdan-og‘izga o‘tib kelgan. Ana shu jarayonda uning hozirgi milliy adabiy tilga xos yagona talaffuz me’yorlari shakllangan.
2. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining yozma shakli, avvalo yozuv sistemasiga hamda shu sistema birliklarini ko‘rish va o‘qishga asoslanadi. Yozuv sistemasi, ma’lumki, grafika, orfografiya va punktuasiya kabi komponentlardan tarkib topadi.
Adabiy tilning yozma formasi kishilar orasidagi bevosita aloqa vositasi bo‘lmay, balki boshqa joyda va zamonda yashovchi kishilar bilan ham aloqa bog‘lash vositasidir. Lekin ma’lum ma’noda yozma nutq imkoniyatlari og‘zaki nutqqa nisbatan chegaralangan. Hozirgi vaqtda er yuzi aholisi 3000 dan ortiq tilda gaplashadi. Bu tillarning rivojlanish darajasi va jamiyatda tutgan o‘rni, ularda gaplashuvchilarning soni turlichadir. 100-200 kishidan tashkil topgan qabilaning tili ham, yuz millionli xalq gapiradigan til ham alohida til hisoblanadi.
Miqdor jihatdan ko‘p bo‘lishiga qaramay, tillar, o‘zaro o‘xshashlik xususiyatlariga ham ega. Bu esa tilllarni turlarga ajratish bilan shug‘ullanuvchi mustaqil soha lingvistik tipologiyaning shakllanishiga sabab bo‘ldi. XIX asrdan boshlab ish yuritayotgan tipologiyada tillar asosan uch xil tasniflanadi: genetik tipologiya, morfologik tipologiya, struktual tipologiya.Genetik tipologiya tillarni qarindosh va qarindosh bo‘lmagan tillarga ajratib o’rganadi. Bir umumiy manbadan tarqalgan tillarni qarindosh tillar deb ataydi va ularni bir tillar oilasiga kiritadi.
Zamonaviy tilshunoslik ma’lumotlariga ko’ra hozirgi kunda 20 dan ortiq til oilalari mavjud. Bulardan eng kattasi Hind-Evropa tillari oilasidir. U o‘z navbatida bir necha (ba’zi tasnifda 6 ta, ba’zisida 8 ta) guruhga bulinadi. Va har bir guruh o‘zaro yaqin bo‘lgan yana bir necha tilni birlashtiradi. Oltoy tillar oilasiga kiruvchi turkiy tillar guruhi 24 ta tilni o’z ichiga oladi. Bu oilada 5 ta turkiy, mo’g’ul, manjur, yapon, koreys kabi til guruhlari mavjud.


Xulosa
Men Abdubakilova Farzona kurs ishi yozish jarayonida Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani shevasini o’rganib chiqishga harakat qildim.Dialektalogiya fanini o‘rganish bugungi kun masalalaridan biridir.Har bir hudud shevasini o‘rganib chiqish va tasnif qilish shevashunoslar oldidagi muhim masala deb hisoblayman.O‘z hududimiz shevasini qanchalar yaxshi bilsak, bu biz uchun kata yutuqdir.O‘rganishlarim davomida bir qancha so‘zlarning tilimizda talaffuz qilishda noto‘g‘ri qo‘llanilayotkaning guvohi bo‘ldim.Kurs ishimning asosiy maqsadi ham shevalardagi o‘zgarishlar va ularning tasnifi haqida.Kurs ishini yozishimda menga dialektalogiya fanidan olgan bilimlarim katta yordam berdi.
Ma`lumki, til taraqqiyotidagi qononiyatlar, uning ichki til tizimi yaxlit holatda o‘rganilmas ekan, ijtimoiy lingvistikaning barcha muammolarini hal qilib bo‘lmaydi. Holbuki, hozirgi ijtimoiy lingvistika sinxron holatlar bilan birga, diaxronik prinsplarni ham hayotga tadbiq etib kelmoqda, bu esa tilning funksional (vazifaviy) ko‘rinishlarini tarixxiy taeaqqiyotlar asosida o‘rganishga asos bo‘lish mumkin.Nutq madaniyati tilshunoslik yo‘nalishidagi fan bo‘lib, ijtimoiy munosabatlarda tilning tutgan o‘rnini til taraqqiyotini va tilning funksional jihatlarini hamda jamiyat uchun xizmat qilishini o‘rganadi. Darhaqiqat, nutq madaniyati shakllanish, qurilish, taraqqiyot nuqtai nazaridan tilning ijtimoiy shartlanganligi, “tilning jamiyatga, jamiyatning tilga ta`sirini” o‘rganuvchi fan sifatida qaralmog‘i lozim. Vaholangki, ijtimoiy lingvistika hayot qonuniyatlarini til faktlari asosida o‘rganar ekan, uning o‘ziga xos xususiyatlarini anglamoq va tushunib yetmoq lozim bo‘ladi. Avvalambor, nutq madaniyati bir necha termin ostida nomlanishi bunga yaqqol misoldir.
Nutq madaniyati tarixi bilan bog`liq muammolarni hal etishda quyidagi asosiy omillar mavjud:
-Tilning jamiyatga, jamiyatning tilga aloqadorligi nutq madaniyati tayanch nuqtasi ekanligi;
-milliy tillarni rivojlantirish va taraqqiy etishda nutq madaniyatining muhim omillari mavjudligi;
-milliy va xalq tillarini rivojlantirish, shuningdek, ikki tillilik bu boradagi asosiy omillar sifatida ekanligi;
-millat, millatlaro tillarni rivojlantirishda nutq madaniyati markaziy yadro sifatida idrok etish kabilar mazkur masalani to‘laqonli o‘rganish uchun asos bo‘lishi mumkin. Nutq madaniyati muammolarining yechimiga zamon talablari asosida, davrga hamohang munosabatda bo‘lish, fundamental tadqiqotlar yo‘nalishi muayyan, maqsadli va samarador masalalar bilan shug‘ullanishi taraqqiyotni belgilab beradi.
Lug‘atlarning muayyan xalq manaviyati va milliy madaniyatida muhim o‘rin egallashi isbot talab qilmaydigan holatdir. Ularda jamiyatning rna'lum davrda erishgan bilimilari aks etadi. Lug‘atlar ma'lum ijtimoiy vazifalar bajarishi, jumladan, o‘quvchiga muayyan hodisa holat haqida ma'lumot berishi, uni o‘z va o‘zga tillardagi so‘zlar bilan tanishtirishi, tilni, uning lug‘at tarkibini takomillashtirish va tartibga solishga yordam berishi bilan katta ahamiyatga ega bo‘lib, doimo zamonaga hamnafas tarzda mukammalashib borishi zarur. Biroq lug‘atlar qanchalik zamonaviy, mukammal bo‘lmasin, davrdan ma'lum darajada orqada qolib, so‘zlar hamda ular ifodalagan narsa va hodisalar o‘rtasidagi u yoki bu o'zgarishlar natijasida yuzaga kelgan yangicha munosabatlarni kechikib qayd etadilar. Bu tushunadi va tabiiy hol.
Har qanday milliy tilning asosiy so‘z boyligini, shu tilning tarixan rivojlanishi hamda muayyan lug'atni yaratish chog‘nidagi turg'un holatini lisoniy tizim va nutqiy faoliyat birligida ifoda qiluvchi katta hajmli filologik lug‘atlar ulkan madaniy ahamiyatga molilk ishlar sifatida baholanishga loyiqdir. Shu bilan birga, ularni keng kitobxonlar qo‘lidan tushmay, har doim faol qo‘llanish muddati esa, abadiy emas. Chunki tilning eng harakatchan qismi bo‘lgan leksikada, hatto sho‘ro davrida, turg'unlik yillarida ham, bir tomondan, so‘zlarning eskirishi, ikkinchi tomondan, ularning yangilanishiga olib keluvchi jarayonlar to‘xtab qolgani yo‘q. Ayni holat, ayni jarayonlarni zamonaviy o‘zbek leksikografiyasi tarixida ham kuzatishimiz mumkin. Yuqorida aytilganidek, har qanday tilning rivojlanishida uning leksikasi tez, sezilarli va jiddiy o‘zgarishlarga uchraydi. Leksikadagi taraqqiyot yangi lug‘aviy birliklarning naydo bo‘lishi, ma'lum lug‘aviy birliklarning iste'moldan chiqishi, so‘zlarning yangi ma'noiar kasb etishi va ayrim ma'nolarning yo'qolishi kabi hodisalar bilan xarakterlanadi. Ana shunday o‘zgarishlar ma'lum darajaga etgach, ularni nazariy va amaliy jihatdan aks ettiruvchi ishlarga ehtiyoj tug'iladi. Amaldagi "O‘zbek tilining izohli lug‘ati" ham xuddi shunday ehtiyoj, talab tufayli juda katta mehnat evaziga yuzaga kelgan va u ma'lum vaqtga qadar (aytish mumkinki, O‘zbekiston mustaqillikka erishguncha, 90- yillar o'rtalarigacha) o‘z vazifasini o‘tab keldi. Lekin bu lug‘at ma'lum sabablarga ko‘ra, xususan, lug‘atga so‘z tanlashdan boshlab, so‘z ma'nolarini belgilash, qayd ctish, izohlash masalalarida bir qator kamchiliklarga egaligi, o‘tgan asrning 70- yillaridan shu vaqtga qadar o‘zbek tili lelcsikasida ro‘y bergan katta o‘zgarishlarni o‘zida aks ettirmaganligi, eng asosiysi - hozirgi davrimizga, resnublikaning mustaqillik holatiga mos, muvofiq kelmaydigan siyosiy, mavkuraviy qarashlarni muayyan darajada ifodalanganligi tufayli, hozirgi kun talablariga javob bera olmay qoldi. Xususan, o‘zbek tilining bebaho mulki bo‘lgan, hayotda bekmu ko‘st xizmat qilayotgan juda ko‘n so‘zlar sho‘ro davrida "diniy", "eskirgan" kabi tamg'alar bilan tazyiqqa uchradi, iste'moidan chiqarildi, ularning o‘rnini "ruscha- baynalminal so‘zlar" egalladi. Bunday munosabat amaldagi izohli lug‘at materiallarida ham o‘z aksini tongan edi: lug‘atda iqtisodiyot so‘zini "eskirgan" deb, ekonoinika so‘zining asosiy so‘z sifatida berilishi mumkin.

Download 155,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish