Mavzu: shimoliy amerikaning iqlim mintaqalari va tabiat zonalari. Kirish


II.1.Subtropik iqlim mintaqasi va tabiat zonalari. (Dasht,O’rmon dasht,Cho’l va chalacho’l tabiat zonalari.)



Download 1,42 Mb.
bet5/12
Sana27.05.2022
Hajmi1,42 Mb.
#611217
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Hujjat (2)

II.1.Subtropik iqlim mintaqasi va tabiat zonalari. (Dasht,O’rmon dasht,Cho’l va chalacho’l tabiat zonalari.)
Subtropik iqlim mintaqasi 40° sh. k. dan Meksika qo‘ltig‘i oralig‘idagi hududlarni egallaydi. Issiq, sernam yoz va iliq,sernam qish bu mintaqaning asosiy xususiyatidir. Tinch okean qirg‘oqlari O‘rta dengiz subtropik iqlim tipiga xos bo‘lib,sovuq Kaliforniya oqimi ta’sir etadi. Qishi iliq (+6 °C dan +8 °C gacha), nam keladi, yozi esa quruq va iliq bo‘ladi. U Amerika Qo'shma Shtatlarining janubida va Meksikaning shimolida tarqalib, materikning keng hududlarini egallaydi, bu esa odamlarning yashashi uchun qulay sharoitlarning shakllanishiga yordam beradi. 3 ta sektor mavjud.G'arbiy - Tinch okeani sohilida. Yog'ingarchilik miqdori shimoldan janubga qarab kamayadi va yiliga 2000 mm dan oshmaydi. Qishlari salqin, ammo harorat musbat.Yoz issiq, o'rtacha harorat 22 ° C ga etadi.Markaziy - Kordilyera va cho'llar. Tabiiy sharoit inson hayoti uchun qulay emas. Yillik kam yogʻingarchilik, materikda hosil boʻlgan havo massalarining hukmronligi, katta harorat diapazonlari: qishda -8° dan yozda +32°C gacha. G'arbdan sharqqa tomon yo'nalishda kontinentallik kamayadi.Sharqiy - Atlantika sohillari. Iqlim musson aylanishi ta'sirida shakllanadi. Yog'ingarchilikning sezilarli miqdori (yiliga 1000-2000 mm) tufayli botqoqlanish mavjud. Qishlari issiq va yumshoq, Floridada sovuq davrning o'rtacha harorati 0 ° C dan + 24 ° C gacha. Yozi issiq, oʻrtacha harorat +30° dan oshadi. O‘rmon-dasht va dasht tabiat zonasi.Kanada taygasidan janubda,AQSh ning aralash va keng bargli o‘rmonlaridan g‘arbda joylashgan.Uning tarkibiga Markaziy tekisliklarning g‘arbiy, Missisipi daryosining o‘ng sohilidagi qismi, Buyuk tekisliklarning shimolidagi shimoliy va janubiy Saskachevan daryo oralig‘i kiradi. Radiatsiya balansi shimoldan janubga tomon30 kkal/sm2 dan 50 kkal/sm2 gacha o‘zgarib boradi. Zonaning o‘tkinchi xususiyatlari tuproq-o‘simlik qoplamida va hayvonot olamida aniq seziladi. Shimoliy o‘rmon-dashtda chimli-podzol, o‘rmon bo‘z va ishqorsizlangan qora tuproqlar, janubiy qismida preriya qora tuproqlari keng tarqalgan. Tuproqlarning qoramtir gumus qoplamida 3-6% gacha chirindi bor. O‘simlik qoplami o‘tloq-dasht va o‘rmon tiplaridan iborat. O‘rmon-dasht zonasi inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida qadimdan yaxshi o‘zlashtirilgan. Shuning uchun asl preriya landshaftlari saqlanmagan. Zona hududida don ekinlaridan bug‘doy, arpa, zig‘ir, makkajo‘xori, suli ko‘p ekiladi.Kashtan va qora tuproqlarida chalov, betaga,bizon o‘ti eng ko‘p uchraydi.Zonalarning shimoliy va sharqiy qismlarida qalin o‘tlarning bo‘yi 1,5 m ga yetadi. Buyuk tekisliklarda o‘t o‘simliklar ancha siyraklashadi,tikanli butalar, janubda, hatto, dub, akatsiya kabi daraxtlar uchraydi. Asosiy hayvonlari bizon, bo‘ri, tulki, kiyik, skuns(badbo‘y), opossum, oqboshli burgut va boshqalardan iborat.Chala cho‘l va cho‘l zonasi. Kordilyeraning baland tog‘lar bilan o‘ralgan tog‘ oralig‘i platolarini – Katta Havzani o‘z ichiga oladi. Bu hududning yillik radiatsiya balansi dasht zonasining radiatsiya balansiga juda yaqin. Yog‘in miqdori 300-200 mm va undan ham kam. Mumkin bo‘lgan bug‘lanish miqdori yog‘in miqdoridan 4-7 marta ko‘p. Tog‘ oralig‘i botiqlarida relyefning tekislik va yassi balandlik shakllari bilan almashinishi iqlim va landshaftlarning o‘zgarishiga ta’sir etadi. Natijada past joylarda cho‘l va balandlik massivlarida chala cho‘llar vujudga kelgan. Quruq iqlim sharoitida och kashtan, och qo‘ng‘ir va sho‘rxok tuproqlar shakllangan. O‘simlik qoplami kserofitli butachalardan – shuvoq va sho‘ralardan iborat. Zona hududida yaylov chorvachilik xo‘jaligi yaxshi rivojlangan.Asosiy o‘simligi qora shuvoq, kaktus (bo‘yi 4 — 9 m), yukka (daraxtsimon doimiy yashil o‘simlik) qo‘ng‘ir-jigarrang tuproqlarda o‘sadi. Sudralib yuruvchilar (qora ilon) va kemiruvchilar,Chala cho'l va cho'llandshaftlarlari Kolubiya platosining g'arbiy qismida Katta Xavzada eng qurg'oqchil iqlim sharoitida o'rtacha mintaqada vujudga keladi. Tabiiy muhitning ana shu tipi asosan yassi yerlarda bo'lsa ham , ko`p Jihatdan Kordilyeraning tog‘ relyefiga ham bog'liq . Chunki , Kordilyera tog'lari tufayli ichki yassi tog'liklarga yiliga bor - yo'g'i 100-250 mm yog’in tushadi. Iqlimning qurg'ochilligi tabiatning barcha xususiyatlarida o'z aksini topgan. Bu territoriyalarda oqar suv nihoyatda kam va okenga yetib bormaydi. Buning oqibatida tog'larda yemirilgan. Jinslar chuqurliklarda qoladi.Bu chuqurliklar suv oqiziqlari va delyuviy bilan tobora to`lib boradi. Hayvonot dunyosida dashtlar zonasida uchraydigan ko'pgina turlar,jumladan kemiruvchilar, yerqazarlar xarakterlidir; ayniqsa sudraluvchilar: zahar tishli kaltakesak , frinozoma , xirot va chinqiroq ilon ko`p uchraydi. Subtropiklar . O`rtacha va suv tropik mintaqaning landshaft zonalari sektori ko`p jixatdan bir - biriga o`xashaydi. Okean bo`yidagi g'arbiy va sharqiy sektorlarda o`rmon landshaftlari materik ichki sektorida dasht va cho`llar eng ko'p. Subtropik mintaqalar materik ichki qismi landshaftlari iqlim kontinental va qurg'oqchilik ekanligini o`rtacha mintaqali yuqorida aytilgan landshaftlari bilan umumiy bo`lgan bir qancha alomatlarga ega. Materikni g'arbiy sohilida 43° shimoliy kenglikdan Janubda AQShning Janubiy chegaralarigacha o'rta dengiz bo`yi qug'oqchil o'rmonlari va butalari landshaftlari uchraydi. Bu landshaftlar Yevropaning o'rta dengiz bo'yidagi xuddi shunday landshaftlarga o'xshashdir.O`rta dengiz bo'yi landshaftlari tabiatning umumiyligi iqlim sharoiti o'simliklari tuproqlari xakaterida daryolari rejimida boshqa xususiyatlarda ko'rinadi.O'rtacha mintaqani g'arbiy igna bargli o'rmonlaridan farq qilib o'rta dengiz bo'yidagi qurg'oqchil o'rmonlar va butazorlar zonasini iqlimi temperaturani ancha baland bo`lishi temperatura apilatudasini katta farq qilishi va yog'in miqdorining kam bo`lishi bilan xarakterlanadi . Yog'inni kam bo'lishi shimoliy tinch okean antisiklonining sharqiy chekkasi bo'ylab shimoldan keladigan quruq havoni yoz paytida hukumron bo`lishi bilan bog'liqdir. Turli mavsumlarda yog'in miqdori katta farq qiladi. Qishda siklonlar kirish bilan yog'in ko`p yog'sa yozda nihoyatda kam yog'adi. Doimiy yashil sekvoylalar sof holda uchraydi . Bunday sekvoyyalar daryo terassalarini allyuvial tuproqli yerlarida okean yaqinida bo`ladi. Tog’ yon bag'irlarida ulkan sekvoyya uchraydi. Bu sekvoya bilan odatda pisandusuga va duglas pixtasi qarag'aylar dublar qulpinay daraxti ham birga uchraydi . Suptropik o'rmonlar tagida dag'al bargli doimiy yashil buta turlari , jumladan rododendron ko'p o'sadi. Kesib yuborilgan yoki yonib bitgan igna bargli o'rmonlar o'rnida , ayniqsa zonaning eng quruqroq janubi qismida qayta paydo bo`lgan doyimi yashil siyrak o'rmonlar va butalar O'rta dengiz bo'yidagi makvis butozorlarini eslatadigan chappiral butazorlari o'sadi. Suptropik mintaqaning boshqa joylaridagi kabi,bu yerning tuproq qoplami uchun xam kuchli nurash mineralizatsiya proseslari xarakterlidir . Atlantika bo`yidagi nam sektoridan farq qilib , tuproqning yuvilish rejimi yog'in eng ko'p tushadigan kuz paytlardagina ro`y beradi. Ana shu paytda tuproqda eng harakatchan birikmalargina chiqib ketadi. Hosil bo'ladigan jigarrang va sur Jigarrang tuproqlarda anchagina miqdorda organik va mineral oziq moddalar bor . Bu tuproqlar sho'rlagan emas karbanatli gorizantal yuzi joylashgan. Tuproqlar tabiiy holda juda unimdor sug'orish kerak bo'ladi. G'arb va Janubda chaparral bevosita suptropik cho'llarda o`tadi sup tropik cho'llar Katta Xavzaning Janubiy qismini va Meksika tog'ligi ichki qismning shimolini egallaydi . Tarkibida sukkulentlar uchraydigan juda xilma - xil assotsiatsiyalar cho`llar zonasi o'simliklarning ajoyib xususiyatidir.Subtropik mintaqaning sharqiy qismida (Pidmont platosiga qirg'oq bo`yi past tekisliklraida va markaziy tekisliklarining sharqida) 36 gradus shimoliy kenglikdan Janubda o'rtacha mintaqaning keng bargli o'rmonlari subtropik musson aralash o'rmonlari bilan almashiniladi. Bu zona landshaftlari igna barglilarni bo`lishi almashiniladi . Bu zona landshaftlarida igna barglilarni bo'lishi yoz paytida namning ko'p buglanishi va qumli grondalarning ko'pligi bilan bog'liqdir.O'rta oyli tempiratura 3-50 C dan pastga tushmaydi, o'simliklarning vegetatsiya davri 7-12 oy davom etadi.Temperaturaning baland, yog'in miqdorining anchagina bo'lishi nurshning kuchli va uzulksiz davom etishi, tuproqdan eriydigan elementlarning olib ketilishi hamda kremniy,temir va alyuminiy oksidlarining to`planab tuproqqa sarg'ish yoki qizg'ish tus berish uchun sharoit yaratadi.Zona landshaftlar uchun keng bargli o`rmonlardagi kabi fauna turlari xaraterlidir. Bundan tashqari , bu tropiklarga xos hayvonlar , chunonchi alegator,alegator toshbaqasi,qushlardan to'ti , kalibri Iva boshqalar uchraydi.Tropik mintaqada faqat Kaliforniya yarim oroli va Meksika tog'ining Janubiy qisimida joylashgan. Bu teretoriyaning deyarli hammasi tog'li bo`lib, landshafti xilma – xildir.Meksikaning g'arbida okean sohillida tropik mintaqadagi materiklarining g'aribiy chekkasidagi barcha yerlaridagi kabi cho'llari uchraydi.Bu cho'llar sovuq Kaliforniya oqimi tufayli xosil bo`lgan.Kaliforniya oqimi atmosferaning quyi qatlamida temperaturani ancha pasaytiradi.

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish