Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari



Download 0,89 Mb.
bet171/175
Sana30.12.2021
Hajmi0,89 Mb.
#87825
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   175
Bog'liq
SIYOSATSHUNOSLIK1

Xalqaro tashkilotlar — mustaqil davlatlarning birlashmalari bo‘lib, ular xalqaro shartnomalar va nizomlar asosida ma’lum maqsadlarda barpo etiladi hamda doimiy harakatlanuvchi organlarga ega bo‘ladi, shuningdek, xalqaro huquq asosida ta’sis etilgan bo‘lib, xalqaro huquqiy sub’ektlarga ega bo‘ladi.

Xalqaro tashkilotlarning turkumlari quyidagi xususiyatlarga ko‘ra o‘tkazilishi mumkin: ularning faoliyat ko‘rsatish doirasi va faoliyatlar mavzusi bo‘yicha.

Xalqaro tashkiltolarning quyidagi turlarini ajratish mumkin:

1. Davlatlararo hammabop tashkilotlar bo‘lib. Ularning maqsad va faoliyat mavzusi dunyoning barcha davlatlarida qiziqish uyg‘otadi.

a) BMT (asosiy organlar: Bosh Assambleya, Xavfsizlik kengashi, Iqtisodiy va ijtimoiy Kengash (EKOSOS), Xalqaro sud va kotibiyat) quyidagi asosiy maqsadlarni ko‘zlaydi:


  • xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash va ushbu maqsadlarda jamoatchilik tomonidan tinchlikka xavf soluvchi tajovuzlarni samarali bartaraf etish hamda tajovuzkorlikka qarshi choralar ko‘rish, adolat va xalqaro xuquq tamoyili asosida xalqaro kelishmovchilikka olib keluvchi vaziyatlarni bartaraf etish, tinchitish, ularning tinchlikka xavf solishini oldini olish;

  • teng xuquqli va xalqlarning o‘z taqdirlarini o‘zlari hal etish tamoyillarini hurmat qilgan holda millatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirish;

  • ushbu umumiy maqsadlarga erishish yuzasidan harakatlarning kelishilgan markaziga aylanish;

b) BMT ning ixtisoslashgan muassasalari — mustaqil xalqaro tashkilotlardir. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlariga bevosita va bilvosita quyidagilar kiradilar: Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va rivojlanish banki, Xalqaro moliyaviy uyushma (XMU) va Xalqaro rivojlanish uyushmasi.

  1. Mintaqaviy davlatlararo tashkilotlar. Bunday tashkilotlar jug‘rofiy mintaqadagi davlatlar tomonidan barcha masalalar yuzasidan barpo etiladi.

  2. Xalqaro hukumatlardan tashqari tashkilotlar.

Bu tashkilotlar xalqaro hukumatlarning sub’ektlari hisoblanmaydi, biroq bunday tashkilotlar o‘z faoliyatini milliy, mintaqaviy va xalqaro tizimdagi davlatlararo miqyosda yuritadi va yuridik shaxs nufuziga ega bo‘ladi.

Hozirgi kunda jahon siyosatida xalqaro tashkilotlarning rolini bir vaqtlardagidek kuchsiz deb baholab bo‘lmaydi. Bugunda ular jahon siyosat maydonida mustaqil sub’ektlar sifatida namoyon bo‘lmoqdalar. Shubhasiz, xalqaro tashkilotlar geosiyosiy va mintaqaviy jarayonlarda yanada katta o‘ringa ega bo‘lib bormoqdalar. Ular haqli ravishda xalqaro munosabatlarning teng huquqli ishtirokchisi hisoblanadi.

Birinchi xalqaro tashkilotlar XIX asrning boshlari va o‘rtalarida paydo bo‘ldi: Reynda kemachilik bo‘yicha Markaziy komissiya (1815 y.), Xalqaro telegraf ittifoqi (1865 y.) va Umumiy pochta ittifoqi (1874). Birinchi xalqaro tashkilotlar iqtisodiyot, transport, madaniyat, davlatlarning ijtimoiy manfaatlari sohasida tuzilgan bo‘lib, ular o‘z maqsadlariga ko‘ra siyosatdan tashqari sohada birgalikdagi transchegaraviy hamkorlikka yo‘naltirilgan edi. O‘sha paytlarda xalqaro tashkilotlar faqatgina yuqorida sanalgan hamkorlik turlari uchun asos bo‘lib xizmat qilgan.

XX asrning boshlariga kelib, bu chog‘da xalqaro hamkorlik jarayonlarining jadallashishi sabab bunday tashkilotlar soni o‘sdi. Bu hol, o‘z navbatida, bunday tashkilotlarning yana ham tez rivojlanishi uchun zamin hozirladi.

Juda qisqa vaqt faoliyat ko‘rsatganligini hisobga olmaganda, 1919 yilda tuzilgan Millatlar Ligasi, shubhasiz, siyosiy xalqaro tashkilot tuzishdagi birinchi qadam edi. Kollektiv xavfsizlik tamoyillariga asoslangan tashkilot tuzish g‘oyasining o‘zi Millatlar Ligasini bugungi xalqaro tashkilotlarning asoschilaridan biriga aylantirdi. Biroq yangi jahon urushlari oldini olish uchun tuzilgan Millatlar Ligasi muvaffaqqiyatsizlikka uchradi. Negaki, kollektiv xavfsizlik tamoyili o‘z tatbiq qilinish (qo‘llanish) o‘rnini topmadi. U kollektiv xavfsizlik, qurolsizlanish, mojarolarni tinch yo‘l bilan tartibga solish va xalqaro huquqni hurmat qilishga yordam berishi lozim bo‘lgan tashkilotdan, hozirgi ingliz tadqiqotchisi K.Archer ta’rifiga ko‘ra, «bo‘sh po‘choqqa» aylandi. Uni o‘z manfaatlaridan tashqari siyosat olib borish yoki Liga maqomi tufayli biror narsani yo‘qotishni istamagan mamlakatlar tan olmadi. Dunyoga nafaqat urushni yoqlamaydigan, balki uni samarali bartaraf eta olish huquq va imkoniyatlariga ega bo‘lgan yanada kuchli tizim zarurligi ma’lum bo‘ldi.

Shunisi xarakterliki, Millatlar Ligasi BMTga hozirgi vaqtdagi shaklini olishiga qaysi bir darajada yordam berdi. Ko‘pchilik ekspertlar BMT tuzilishi jihatdan samarali bo‘lganligi, chunki u o‘z o‘tmishdoshining kamchiliklarini hisobga olganligini tasdiqlashadi.

Vaqt ko‘rsatdiki, BMT Nizomi dunyoda tinchlik va xavfsizlikni saqlash, shuningdek, siyosatdan tashqari sohada hamkorlikni rivojlantirishning samarali va ta’sirchan vositasi ekanligi ma’lum bo‘ldi.

BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning faoliyati ularning yutuq va kamchiliklarini ko‘p darajada oldindan belgilab qo‘ygan muayyan xalqaro muhitda kechdi. 1945-1990 yillarda BMT xalqaro munosabatlarning urushdan keyingi ikki muhim omilining hal qiluvchi ta’siri ostida rivojlanib bordi. Ulardan biri — Sharq va G‘arb o‘rtasidagi «sovuq urush», ikkinchisi — iqtisodiy rivojlangan SHimol va ortda qolgan qashshoq Janub o‘rtasidagi kuchayib borayotgan mojaro (ziddiyat) edi. Shu jihatdan BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar tarixi urushdan keyingi dunyo rivojining aks etishi hisoblanadi.

Qayd etish lozimki, xalqaro tashkilotlar boshqalardan mutlaqo ajralib turadigan tuzilmalarni o‘zida ifoda etmaydilar, chunki geosiyosiy jarayonlar ularning faoliyatiga ta’sir qiladi, shuning uchun har qanday xalqaro tuzilma ushbu jarayonlarning aksigina hisoblanadi. Xalqaro tashkilotlar nisbatan uzoq bo‘lmagan yo‘lni bosib o‘tar ekan, XXI asrga jahon geosiyosiy jarayonlarining to‘laqonli ishtirokchilari bo‘lib kirdilar.

Har qanday turdagi xalqaro tashkilotning shakllanishi davlatlar o‘rtasidagi u yoki bu muammolarning hal qilinishi muhimligiga asoslanadi. Muammolarning muhimlik darajasi mustaqil davlatlarning o‘zlari tomonidan belgilanadi, shundan ularning tasnifi aniqlanadi, ya’ni mazkur muammolarni echishga yo‘naltirilgan xalqaro tashkilotlar hukumatlararo yoki nohukumat xalqaro tashkilotlar maqomiga ega bo‘ladilar.

Bugungi kunda xalqaro tashkilotlarning tinchlikni saqlash, mojaro va bahs-munozaralarni tartibga solishdagi roli beqiyos, ularsiz hozirgi dunyoni tasavvur qilish mumkin emas.

Globallashuv va integratsiyalashuv, o‘z navbatida, bunday tashkilotlarning mavqeini yanada mustahkamlaydi. Globallashuv, avvalo, iqtisodiyot, texnologiya, kommunikatsiya, fan va transport sohasidagi transchegaraviy o‘zaro aloqaning (hamkorlikni) yanada mustahkam bo‘lib borishini bildiradi. U, garchi turli darajada bo‘lsa-da, o‘zaro bog‘liqlikning jamuljam tizimida deyarli barcha davlatlar, jamiyatlar, tashkilotlar, aktyorlar va individlar guruhini o‘z ichiga oladi. Bularning barchasi xavf-xatar va tavakkachiliklar: iqtisodiy, xalqlarning ko‘chishi (migratsion), ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishi, jinoyatchilik, giyohvand moddalar savdosi va boshqa sohalarning dunyoviy qo‘shilib (chatishib) ketish bilan birga kechadi. Shu tariqa, globallashuv ko‘ptomonlama diplomatiya ahamiyatining ortishi va ayni paytda uning murakkablashishiga yordam berdi. Xalqaro munosabatlarning, hammasi bo‘lmasa-da, ko‘pchilik jiddiy muammolari ko‘p sonli davlatlar va xalqaro hukumatlararo tashkilotlarni ularni hal qilish uchun jalb qiladi.

Hozirgi xalqaro tashkilotlar ikkita asosiy turga bo‘linadi: hukumatlararo va nohukumat tashkilotlar. Har ikki tashkilotning ham o‘rni muhim va ularning barchasi davlatlarning turli sohalardagi muloqotiga yordam beradi.


Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish