Mavzu: Tabiy suvlarning ifloslanishi. Suvlarning kimyoviy ifloslanishini oldini olish


Insoniyat va suvni muhofaza qilish masalalari



Download 25,5 Kb.
bet4/5
Sana13.06.2022
Hajmi25,5 Kb.
#661147
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-Mavzu

Insoniyat va suvni muhofaza qilish masalalari.

Tabiiy suv - biosferaning muhim qismi. Biosferada suyuq holatdagi suv hech vaqtda kimyoviy toza bo’lmaydi, ularda ion holatda erigan moddalar bo’ladi. Tabiiy suv tog’ jinslari, atmosfera va turli murakkab organizmlar bilan muloqotda bo’ladi. Atmosferadagi suv bug’lari quyosh radiasiyasini filtr ushlagich bo’lib hizmat qiladi. Er yuzida suv xarakatinmg keskin ta'sirini kamaytiradi.


Suv yer yuzining iqlimini belgilaydigan asosiy omil. Suvsiz ob-havo bo’lmaydi. Er yuzidagi suv bug’larining asosiy manbai okeanlar hisoblanadi. Suvning asosiy qismi dehqonchilik uchun sarflanadi. 1 ga toza, lavlagi, makkajo’xori ekini uchun o’rtacha 4000-8000 m3 suv sarflanadi.
Suvning inson talabini qondirishdagi sarfi ham katta. Bir odamning kundalik ehtiyojini qondirish uchun 300-500 litr suv sarflanadi. Ayniqsa, toza suv sanoat ehtiyojlari uchun ham ko’p ishlatiladi. Masalan, 1 tonna cho’yan eritish va unga shakl (prokat) berish uchun 300 m3; 1 tonna mis uchun 500 m3, 1 tonna rezina ishlab chiqarish uchun 3500 m3, sintetik kauchuk va sun'iy to’qima uchun 2100-3500 m3, 1 tonna nikel uchun 4000 m3 suv sarflanadi. Hozirgi zamon texnikasi ilgarilariga nisbatan ko’p suv sarflaydi. Yirik zavod, fabrikalar butun bir daryolarning suvini oladi. Tog’ boyliklarini mexanizmlar yordamida qazib olish ham ko’p suv sarflashga olib keladi. Yog’och tayyorlashda daraxtlarning shoxlari 3600 atm 900 m3/sek tezlik bilan ninasimon suv oqimi - «suv changi» yordamida tozalanadi.
Suvning nihoyatda ko’p ishlatilishi uni tanqisligiga olib kelmoqda. Hozir yer kurrasining uchdan bir qismidagi aholiga toza suv yetishmaydi. Masalan, 4 mln. aholiga ega bo’lgan Gonkong suvni quvur orqali Xitoydan oladi. Gonkongga surunkasiga suv yetishmaydi. Jazoir chetdan olib kelingan suv hisobiga yashaydi. Suv masalasi kishilik jamiyatining muhim muammolaridan biri bo’lib qolmoqda. Shuning uchun suvni e'zozlash, himoya qilish katta ahamiyatga ega.
Ichimlik suvi tobora kamayib bormoqda. Bunga aholining o’sishi, daryolar oqimida suvning isroflanishi, suv manbalarining sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi sabab bo’lyapti. Suv boyliklarini himoya qilishga hukumatimiz katta e'tibor berayotir. O’zbekiston Respublikasining suvni himoya qilish to’g’risidagi Qonuni 1-moddasida suvga bo’lgan munosabatlarni boshqarish lozimligi ta'kidlanib, u tabiatning boshqa boyliklari bilan bog’liq ekanligi qayd qilingan. Shuning uchun mamlakatimizni qazilma boyliklar haqidagi Qonunda, ulardan foydalanishda suv manbalarini ifloslantirmaslik ta'kidlangan. Baliqlarni himoya qilish uchun toza suvlarga ifloslangan suvlarni tashlamaslik ko’rsatilgan. Mamlakatimizning suv qonunchiligida suvning tozaligiga tashkilotlar, korxonalar va har bir shaxs javobgarligi alohida belgilab qo’yilgan. Suv manbalari tozaligini nazorat qilish, Vazirlar Mahkamasi ijroiya qo’mitalari, xalq deputatlari viloyat kengashlari va Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasiga topshirilgan.
Sanoat va urbanizasiya jarayonining xozirgi darajasida suv resurslarining ifloslanishidan saqlash va uning sifatni yaxshilashga qaratilgan chora tadbirlarning o’zi etarli emas. Shu sababli, iflos oqova chiqindi suvlarni tozalab va zararsizlantirib, so’ngra tabiiy manbalarga oqizish mumkin.
Mexanik usul bilan maishiy xo’jalik chiqindi suvlaridagi erimay qolgan aralashmalarni 60 % gacha, sanoat chiqindi suvlari-dagi usha moddalarni 95 % gacha tozalash mumkin. Iflos chiqindi suvni biologik tozalash tabiiy va sun'iy sharoitlarda amalga oshiradi. Tabiiy sharoitda iflos suvni biologik tozalash aloxida ajratilgan erlarni sugorish yuli bilan amalga oshiriladi. Bunda ajratilgan sugoriladi, iflos suv tuprokdan filtrlanib, sungra toza bulib chikadi. Iflos suvning sun'iy sharoitda biologik tozalash uchun maxsus biofiltrlarni inshoat tindirgichlar kuriladi. Bunda iflos suv isitib aerobli mikroorganizmlardan iborat biolog parda bilan qoplangan yirik materiallardan yutkaziladi.
Iflos kanalizasiya suvlarini tabiiy biologik tozalash natijasida, birinchidan, tarkibida organik moddalarga boy bulgansuv erlarni xam sugorish, xam ugitlash mumkin, ikkinchidan suv ancha sifatli tozalanadi.
Ukraina olimlari sanoatidan chikkan chiqindi suvlarni toza-lashning yangi metodini-antrasit granulalari yordamida tozalash yullarini ishlab chikdilar. Bunda iflos sanoat chiqindi suvlari maxsus termik ishlovdan utgan va orasida mikroskopik bushliklari bulgan antrasit granullaridan o’tkazilib, suvdagi iflos moddalar o’sha granulla ichida saqlanib qoladi va suv tozalanib chiqadi.
So’nggi yillarda chiqindi suvlarni tozalashda xlorenlardan foydalanilmoqda. Keyingi yillar mobaynida ifloslangan, suvlarni tozalovchi ko’plab inshootlar qurildi. Natijada, ifloslangan oqar suvlar ko’paymoqda.



Download 25,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish