Mavzu: Tabiy suvlarning ifloslanishi. Suvlarning kimyoviy ifloslanishini oldini olish



Download 25,5 Kb.
bet2/5
Sana13.06.2022
Hajmi25,5 Kb.
#661147
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-Mavzu

Suvning ifloslanish turlari

Suvning ifloslanishi 2 turga bo’linadi.Ular quyidagilar:


1.Tabiiy ifloslanish;
2. Sun’iy ifloslanish;
Tabiiy ifloslanishga kosmik changlar, shamol, dovul, quyun, yog’in va sel, vulqonlarning otilishi, o’simlik va hayvonlarning o’lishi va chirishi va aeroplanktonlar bilan ifloslanishlar kiradi. Sun’iy ifloslanish ham 3 turga bo’linad Ular quyidagilar;
LMineral ifloslanish;
2.0rganik ifoslanish;
3.Radioaktiv ifloslanish;
Mineral ifloslanishga kimyo sanoati,neft mahsulotlari,kimyoviy og' itlar va pestitsidlar,yengil sanoat, qurilish materiallari sanoati, daryo transporti,metallurgiya sanoati, mashinasozlik sanoati yonilg’i sanoati,energetika sanoati,tog' -kon,sanoati mashinalarga texnik yordam ko’rsatish korxonalari,avtobazalar va boshqa sanoat korxonalari chiqindilari bilan ifloslanishlar kiradi.
Organik ifloslanishga yog'—moy zavodlari,sutni gayta ishlovchi korxonalar,go’sht sanoati,pivo-vino zavodlari, teri-ko’n
zavodlari, yozgi lagerlar va dam olish uyi chiqindilari,sog' liqni saglash tashkilotlari,maishiy-kommunal xo’jalik,individual xo’jalik chiqindilari,o’rmon va yog’ochsozlik sanoati, chorvachilik komplekslari,qog'oz sellyuloza sanoati,yog' och oqizish va boshga oziq-ovqat korxonalari chiqindilari bilan ifloslanishlar kiradi.
Radioaktiv ifloslanishga radioaktiv chigindilar,sovitish uchun ishlatilgan radioaktivlashgan chigindi suvlar,yadro qurollarini
sinash,boshqa yo’llar bilan vujudga kelgan radioaktiv moddalar bilan ifloslanishlar kiradi.
Tabiiy manbalardan suv olib foydalanishda - daryolardan, ko’llardan, yer osti suvidan yoki omborlaridan olinadigan suvning 1 qismi ifloslanib tabiiy manbalarga qo’shiladi.
Yer kurrasi bo’yicha sanoatda, issiqlik elektr stansiyalarida KS. Losev ma'lumotiga ko’ra, yiliga 670 km3 atrofida suv ishlatiladi, buning 320 km3 issiqlik elektr stansiyalariga to’g’ri keladi. Usha 670 km3 suvning 400 km3 ifloslangan yoki yarim tozalangan holda (shundan 320 km3 IES dan chiqqan iflos issiq suv) tabiiy manbalarga tashlanadi. Qolgan 270 km3 esa bug’lanish, shimilishi va boshqalar hisobiga yo’q bo’lib, tabiiy xavzalarga qaytib tushmaydi. So’nggi paytlarda ko’pgina sanoat korxonalarida suvdan aylanma usulda foydalanishga o’tish tufayli tabiiy manbalardan (daryo, ko’l, yer osti suvlaridan) olinayotgan suvlar km3 ga qisqargan.
Dunyo buyicha sug’orma dehqonchilikda eng ko’p suv iste'mol qilinadi. Hozir dunyoda 200 mln gektar yerni sug’orish uchun yiliga daryolardan va yer ostidan 2800 km3 suv olinadi. Bu dunyodagi daryolarning yalpi oqimining 7 % iga teng. O’sha olingan 2800 km3 tonna suvning 17% yoki 470 km3 qaytarma suvi ko’rinishida daryolarga va yer osti suviga qo’shiladi, qolgan 83 % i (2330 km3) esa butunlay sarflanib ketadi.
Er kurrasida sanoat maishiy xo’jalik va boshqa xo’jalik iste'moli uchun yiliga 3930 km3 chuchuk suv ishlatilib, uning 1220 km3 daryolarga, oz qismi esa er osti suvlariga qayta qo’shilib, uni ifloslamoqda.
1220 km3 iflos ishlatilgan suvlar tozalanib, ba'zi yerlarda tozalanmasdan, daryolarga tashlash oqibatida yiliga 11000 km3 chuchuk daryo suvini ifloslaydi. Bu butun dunyo daryolari oqimining 32% i demakdir. Er sharida chuchuk suv etishmaslik xavfi uning sug’orishda, sanoatda, maishiy xo’jalikda foydalanish natijasida kamayishi emas, balki o’sha xo’jalikda foydalanilgan suvning 1 qismini oqova, chiqindi suvlarga aylanib, yana daryolarga qo’shilishidan uning suvini ifloslanishidandir.
Xozir dunyodagi sanoati o’sgan, axolisi ko’p va sug’orma dehkonchiligi rivojlasgan ba'zi mamlakatlardagi daryolar
suv ustida suzib yuruvchi ko’piklar xosil bo’ladi. Ba zi G’arbiy Evropadagi, AQSh dagi, Yaponiyadagi daryolarga yuvuvchi sintetik moddalarning tashlab yuborilishi natijasida daryo ustida qalinligi 1 m ga etadigan ko’piklar suzib yuradi.
Daryo suv resursining ko’pligi va uning suv rejimini barqarorligi, xavzasidagi suv yig’adigan maydonidagi lanshaftning tabiiy holda saqlanib qolishligiga bog’liq. Lekin so’nggi yillarda o’simliklarni, o’rmonlarni ko’plab kesish, tabiiy o’tloqlarni xaydash, botqoqliklarni noto’g’ri quritish o’sha yerlardan boshlanuvchi daryolar suv rejimiga ta'sir etib, ular kam suvli bo’lib qolmoqda o’rmonlar maydonining qisqarishi patensial bo’lanishiga, daryo va er osti suvlar oqimi rejimiga salbiy ta'sir etadi.
Suv resurslarining sanoat, maishiy-kommunal, qishloq xo’jalik, davolash-sog’lomlashtirish va boshqa soxalaridan chiqayotgan oqova iflos suvlar bilan ifloslanishi natijasida dunyodagi ba'zi daryo, ko’l suvlari har xil zaxarli moddalar, organik moddalar. bakteriyalar, neft maxsulotlari va boshqalar bilan ifloslanib, ular foydalanishga yaroqsiz hollarga kelib qolmoqda.
Dunyo bo’yicha xozir xo’jalikning turli soxalaridan chiqayotgan iflos oqova suvlardan foydalanish uchun ularga aralashtirilayotgan chuchuk suvning miqdori yer yuzidagi daryolarning turg’un, oqimining 40 % ini tashkil etsa, kelajakda oqova iflos suvlarning miqdori 6000 km 53 % ga yetadi. Xo’jalikning turli soxalaridan chiqayotgan iflos oqova, ishlatilgan suvlar shunchalik ximik, organik, neft va boshqa maxsulotlar bilan ifloslanib bormoqda-ki, bularni butunlay tozalab, tabiiy xolga keltirish mumkin emas.
Evropadagi sanoati rivojlangan yirik ba'zi bir malakatlar daryolari Reyn, Temza, Sena, Arno kabi daryolar suvi sanoat va maishiy kommunal xujalik chiqindi iflos suvlarini tashlaydigan kollektorga aylangan.



Download 25,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish