Mavzu: Til ijtimoiy, doim o’zgarib, rivojlanib turuvchi hodisadir. Milliy va adabiy til. Mavzu rejasi



Download 118,04 Kb.
bet6/21
Sana27.06.2022
Hajmi118,04 Kb.
#711510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
1-MA'RUZA

4-§. Til va tafakkur
Tafakkur – bu fikrlash deganidir. Inson gapirishdan oldin o‘ylaydi, fikrlaydi. “Avval o‘yla, keyin so‘yla” degan maqol bejiz yaratilmagan. Demak, til va tafakkur o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Tafakkur borliqning ongda aks etishi bo‘lsa, til tafakkurning muayyan belgilar (masalan, tovushlar) orqali ifoda qilinishidir. Buni quyidagi chizmada aks ettirish mumkin:

Yuqoridagi maqolda fikrning so‘zdan oldin kelishiga ishora qilingan. Borliq dastavval so‘zlovchi ongida fikr shaklida namoyon bo‘ladi, keyin bu fikr so‘zlar vositasida gapga aylanib, tinglovchiga yetkaziladi. Tafakkur va tilning o‘xshash va farqli tomonlari bor. O‘xshashligi:
1. Til ham, tafakkur ham insonga xos.
2. Har ikkalasi ham borliqni aks ettiradi.
3. Har ikkalasi ham bir paytda paydo bo‘lgan.
Farqlari:
1. Tafakkur birliklari tushuncha, hukm, xulosa hisoblansa, til birliklari so‘z, birikma va gapdir.
2. Tafakkurni mantiq fani o‘rgansa, tilni tilshunoslik o‘rganadi.
3. Turli millat vakillari bir xil fikrlashlari mumkin, lekin ular o‘z fikrlarini har xil tillarda ifodalaydilar.
Tafakkur va til bir-birisiz mavjud bo‘la olmaydi, chunki til bo‘lmaganida insonning tafakkuri yuzaga chiqmagan bo‘lar edi. Xuddi shuningdek, tafakkur bo‘lmasa, tilga hech qanday ehtiyoj yo‘q. Biz bu o‘rinda til deganda fikrni ifodalovchi har qanday vositani nazarda tutyapmiz: kar-soqovlarning imo-ishora tili, yo‘l harakati belgilari va boshqalar ham shu jumlaga kiradi.
5-§. Til va nutq
Til va nutq tushunchalari yaqin-yaqingacha farqlanmasdan kelinardi, bu ikki so‘zni ma'nodosh (sinonim) so‘zlar sifatida ishlataverar edik. Keyingi paytlardagi tadqiqotlar til va nutq tushunchalarini farqlash zarurligini ko‘rsatadi.
Til deganda ma'lum xalq tomonidan ishlatiladigan, uzoq tarixga ega bo‘lgan hodisani tushunishimiz kerak. Nutq esa shu tilning ma'lum paytda va ma'lum o‘rinda namoyon bo‘lishidir. Ayrim olimlar til va nutq tushunchalarini farqlashda shaxmat o‘yinini misol qilib keltirishadi7. Shaxmat donalari, taxtasi, shaxmat o‘yini qoidalari yig‘indisi tilga qiyos qilinadi. Bu narsalar taxminan to‘rt ming yildan beri o‘zgarishga uchramasdan kelyapti. Har bir shaxmatchining o‘yin uslubi, o‘ziga xos xususiyatlarini esa nutqqa o‘xshatishadi. Muayyan til birliklari vositasida turli fikrni ifoda qilish mumkin. “Ega+to‘ldiruvchi+kesim” ko‘rinishidagi qolip tilga tegishli bo‘lsa, nutqda shu qolip asosida son-sanoqsiz gaplar tuzish mumkin: “Men ukamni ko‘rdim // Sobir akasiga yordamlashdi // Salim opasidan eshitdi... Bu esa shu nutqning yaratuvchisiga bog‘liqdir.
Tilshunos olim Shavkat Rahmatullayev til qurilishida uning ikki holatini - lison va nutq tushunchalarining farqlanishi haqida yozadi. “Lison, - deb yozadi olim, - kishi miyasidagi til xotirasi qismida mavjud til birliklaridan va ulardan foydalanish qoidalaridan iborat boylik. Nutq esa ana shu boylikdan foydalanish jarayoni va shunday jarayonning hosilasi”8. Olimning fikricha, bu juftlikda nutq asosiy rol o‘ynaydi, chunki tildagi hodisalar dastlab nutqda yuzaga keladi va keyinchalik lisonga ko‘chadi. O‘z navbatida bu hodisa lisondan nutqqa olib chiqiladi9.
Til va nutq tushunchalari ikkita har xil hodisalarni ifodalamas ekan, ularni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish mumkin emas, chunki hodisani shu hodisaning namoyon bo‘lishiga qarama-qarshi qo‘yib bo‘lmaydi.

Download 118,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish