Mavzu: Tovarshunoslikning nazariy asoslari. Reja: Tovarshunoslik fani xaqida. Tovarshunoslik maqsadi va vazifalari



Download 19,55 Kb.
bet1/4
Sana29.04.2022
Hajmi19,55 Kb.
#594421
  1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu


Mavzu: Tovarshunoslikning nazariy asoslari.
Reja:
1.Tovarshunoslik fani xaqida.
2. Tovarshunoslik maqsadi va vazifalari.
3.Tibbiyot tovarshunosligining tamoyillari.
4.Tovarshunoslik tahlil turlari.
5. Farmatsevt-tovarshunos egallaydigan amaliy va nazariy ko’nikmalari.

1.Tovarshunoslik fani haqida.
Tovarshunoslik tovarlarning iste’mol qiymatini o’rganuvchi alohida fan va
mustaqil soha hisoblanadi. Tovar muayyan iste’mol xossalariga ega bo’lib, tovarshunoslik ob’ektini tashkil etadi. “Tovarshunoslik” atamasining ta’rif-tavsiflari behisob. Ulardan eng maqbuli :
“Tovarshunoslik- tovarlarning asosiy tavsiflari, ularning iste’mol qiymatlarini aniqlovchi va ushbu tavsiflarni ta’minlovchi faktorlar xaqidagi fandir”(M.A.Nikolaeva).
Mazkur ta’rif atamalarning keyingi ko’plab ta’riflar asosini tashkil qiladi.
Oliy o’quv yurtlari o’qituvchilarining umumiy tovarshunoslik masalalari
bo’yicha Xalqaro nazariy konferentsiyasi bayonotida quyidagi ta’rif qayd etilgan:
“Tovarshunoslik- tovarlarning iste’mol qiymatini o’rgatuvchi tabiiy-ilmiy fan
predmetidan iboratdir.” “Tovarshunoslik” atamasi 2 -ta so’zdan tarkib topgan: “tovarshunoslik” (lot. Veda – bilim, ya’ni tovarlar haqidagi bilim)
Faqat iste’mol qiymati mahsulotni tovarga aylantiradi, chunki insonning aniq
ehtiyojlarini qondirishga qodirdir. Agar tovarning iste’mol qiymati iste’molchining
anik talablariga javob bermasa, bunday tovarga talab bo’lmaydi, demak, maqsadga
muvofiq foydalanilmaydi.
2.Tovarshunoslik maqsadi va vazifalari
Tovarshunoslik maqsadi – tovarning iste’mol qiymatini, shuningdek, tovar
harakatining barcha bosqichlaridagi o’zgarishlarni tashkil etuvchi eng asosiy
tavsiflarini o’rganish. Tibbiyot va farmatsevnika tovarshunosligi tashhis qo’yish, kasallikni oldini olish va davolash maqsadlarida qo’llaniladigan tibbiyot tovarlarining funktsional xossalarini o’rgatadi. Tibbiyot va farmatsevtika tovarshunosligi predmeti ilm-fan va o’quv darsligi sifatida quyidagi vazifalarni hal qiladi:
- iste’mol qiymatini tashkil etuvchi tibbiyot tovarlarining asosiy tavsiflarini
aniqlash;
- tibbiyot tovarshunosligi tamoyillari va usullarini belgilash;
- toifalash usullarini oqilona qo’llash yo’li bilan tibbiyot tovarlari - ni tizimlash;
- hisob-kitob qilish maqsadida tibbiyot toarlarning assortimentini o’rganish;
- tibbiyot va farmatsevtika tovarlarni tayyorlovchi sanoat korxonasi va
ushbu mahsulotlardan foydalanuvchi tibbiyot muassasasining assortiment siyosatini
tahlil qilish uchun tovarlarning assortimentini va ko’rsatkichlarining xususiyatlarini
o’rganish;
- tibbiyot va farmatsevtika tovarlarning assortimentini boshqarish;
- hisob va jiddiy nazorat asosida tibbiyot mahsulotlarni to’g’ri saqlanishini
amalga oshirish;
-tovarlarning tovarshunoslik taxlili va ekspertizasini o’tkazish;
-ishlab chiqaruvchidan iste’molchigachan tovar xarakati jarayonini axborot
bilan ta’minlash.
Tibbiyot va farmatsevtika tovarshunosligi fani bo’lgusi mutaxassislar –
farmatsevtlarni tibbiyot tovarlari iste’mol qiymati, ularni funktsional xossalarini,
tovarni qabul qilish, sifatini tekshirish, hisobini yuritish va saqlash ishlarini
bajarishga tayyorlashni o’zining bosh vazifasi deb biladi.
O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolar sog’ligini muhofaza qilish
to’g’risida”
gi Qonuniga muvofiq malakali tibbiy xizmat ko’rsatishni ta’minlash
maqsadida, shuningdek tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, sog’lom avlodni tarbiyalash,
sog’likni saqlash tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan o’zgarishlarga
muvofiqlashtirish uchun O’zbekiston Respublikasida sog’likni saqlash tizimini 1998-
2005 yillarda isloh qilish Davlat dasturi qabul qilingan. Mazkur Dasturga muvofiq respublikada etarlicha jadal sur’atlarda zamonaviy tibbiyot, davolash va tashhislash asbob-uskunalari bilan ta’minlanayotgan xususiy davolash-kasallikni oldini olish muassasalari tashkil etilmoqda. Ilgari barpo etilgan va tibbiy xizmat ko’rsatayotgan muassasalari oldida mavjud asbob-uskunalarni va ish qurollarini zamonaviy, ommabop yangi uskunalarga almashtirish masalasi ko’ndalang bo’lmoqda.
Tabiiyki, ushbu barcha tadbirlar tibbiy mahsulotga talabni kuchaytiradi va ular
bozorini kengaytiradi. Zamonaviy tibbiyotda qo’llanilayotgan tibbiyot tovarlarning
nomenklaturasi juda xilma-xildir. Tibbiyot va farmatsevtika tovarshunosligi tibbiyot sohasida mutaxassislar tayyorlash uchun zarur bo’lgan yagona o’quv fani emas. Mazkur fan boshqa o’quv fanlari qatori tabiiy-ilmiy va matematika fanlari – fizika, kimyo, biologiya, anatomiya, fiziologiya, mikrobiologiya, gigiena, matematika; umumiy kasb-kor fanlar – jarrohlik, terapiya, laboratoriya tashhisi, sog’likni saqlashni tashkil qilish,
iqtisodiyot va farmatsevtik menejment va h.k. bilan uzviy bog’liqdir.

Download 19,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish