Mavzu: Tuproqning fizik xossalar Reja: Kirish



Download 184 Kb.
bet1/9
Sana29.04.2023
Hajmi184 Kb.
#933435
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi


Mavzu: Tuproqning fizik xossalar
Reja:

  1. Kirish

Maqsad: Tuproqning fizik-mexanik xossalarini o’rganish.
Vazifalar:
1. Tuproqning fizik-mexanik xossalarining turlari.
2. Tuproqning fizik yetilganligi.
3. Sug’orish davrida tuproqning fizik-mexanik xossalarini o’zgarishi.
4. Tuproqning fizikaviy va fizik-mexanik xossalarini boshqarish.


II.Asosiy qism

1.Tuproqning fizik-mexanik xossalarining turlari.
2.Tuproqning fizik yetilganligi.
3.Sug’orish davrida tuproqning fizik-mexanik xossalarini o’zgarishi.
4.Tuproqning fizikaviy va fizik-mexanik xossalarini boshqarish


III.Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati


Kirish
Tuproqning fizik-mexanik xossalari. Tuproqning fizik-mexanik xossalari qatoriga uning donadorligi, g‘ovakliligi, o‘zida nam va suvni tutish xususiyati, kapillyarliligi, namligi, suv o‘tkazuvchanligi kabilar kiradi va ular tuproqning boshqa xossalarini belgilab beradi. Bu xususiyatlar esa turli xildagi ob’yektlar, chunonchi turar-joy binolari, davolash-profilaktika muassasalari, maktabgacha va maktab muassasalari, korxonalarni qurish uchun er-joy tanlash, aholi yashash joylarini chiqindilardan tozalash hamda obodonlashtirish ishlarida ahamiyatga egadir.
Yirik donador tuproq yuqori g‘ovakli bo‘ladi, shuning uchun bunday tuproqda aeratsiya jarayoni juda yaxshi ketadi, natijada bunday tuproq muhiti tez quriydi, tuproqqa tushgan organik va anorganik iflosliklarning o‘z-o‘zidan tozalanish jarayoni jadallikda boradi. Kichik zarrachali tuproqda esa yuqoridagilarning aksi bo‘lib, bunday tuproq muhiti o‘zida namni ko‘p va uzoq muddatlarda ushlaydi, o‘zidan suvni kam va juda sekin o‘tkazadi, yuqori kapillyarlilikka ega, shuning uchun gigienik nuqtai-nazardan bunday tuproq nomuvofiq hisoblanadi.
Kichik zarrachali tuproqli joylarga turar-joy va jamoat hamda ma’muriy binolar qurilgan bo‘lsa, binolarning erto‘lalari va birinchi qavatdagi xonalar doim zax va namligi yuqori bo‘ladi, natijada xonalarning mikroiqlim sharoitlari gigiyenik talablarga javob bermaydi, yashash sharoitlari keskin yomonlashadi. Bunday tuproqli sharoitda o‘z-o‘zidan tozalanish jarayoni juda yomon va sekinlik bilan boradi.
Tuproqning epidemiologik ahamiyati. Tuproqning o‘z-o‘zidan tozalanishi. Tuproq muhitida doimo turli xildagi mikroorganizmlarning bo‘lishi tabiiy bir holdir. Ifloslanmagan tuproq tarkibida asosan saprofit mikroorganizmlar bo‘lib, ular organik va anorganik birikmalarning parchalanishida ishtirok etadi. Biroq tuproq muhiti insonlarning chiqindilari - najas, peshob, xo‘jalikda hosil bo‘ladigan qattiq va suyuq chiqindilar, uy hayvonlarning axlatlari kabilar bilan ifloslanishi mumkin. Natijada bunday tuproq tarkibida patogen mikroorganizmlar paydo bo‘ladi, inson organizmi uchun xavf-xatar tug‘dirishi mumkin
yoviy moddalar bilan ifloslanishi geokimyoviy epidemiyalarning kelib chiqishini belgilab berishi ham mumkin. SHuning uchun aholi yashash joylarini turli xildagi chiqindilar va iflosliklardan muntazam tozalab turilishiga ehtiyoj tug‘iladi va tuproq muhitining ifloslanishining oldini olishga doir tadbirlarning ishlab chiqilishini talab etadi (SanQM №0272-09 “O‘zbekiston sharoitida tuproqni ifloslanishdan muhofaza qilish sxemalarini gigienik asoslashni tuzish bo‘yicha Sanitariya qoida va me’yorlari”).
Tuproq muhitini ifloslashi mumkin bo‘lgan manbalar juda ko‘p va xilma-xildir. Masalan, qishloq aholi yashash joylarida qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish ob’yektlari (pestitsidlar, mineral o‘g‘itlar, chorvachilik), shahar sharoitida esa xo‘jalik chiqindilari, ko‘cha supirindilari, sanoat korxonalarining chiqindilari bo‘lishi mumkin.
Sanoat korxonalari oxirgi o‘n yilliklarda atrof-muhitni ifloslovchi asosiy ob’yektlar bo‘lib qolmoqda va hattoki qishloq aholi yashash joylarining ifloslanishida ularning tutgan o‘rni yuqori ekanligi aniqlanmoqda: birinchidan zararli moddalarning manbai bo‘lgan korxonalarni shahar hududidan chetga chiqarilishi bo‘lsa, ikkinchidan atmosfera havosiga chiqariladigan gaz, tutun, chang, bug‘, kul ko‘rinishidagi iflosliklar havo oqimlari tufayli qishloq hududlarini ham ifloslaydi. Ifloslangan havo muhitidagi zararli moddalar atmosfera yog‘inlari orqali tuproq muhitini ifloslovchi manbaga aylanadi (kislotali yog’inlar).
Tuproq muhitining kimyoviy ifloslanishi fan-texnika taraqqiyotining eng salbiy oqibatlaridan biri hisoblanadi. Tuproq muhitining kimyoviy iflosliklardan tozalanishi juda sekinlik bilan boradigan jarayon hisoblanadi va shuning uchun ham tuproq muhitini kimyoviy ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik eng asosiy muhofazalash variantidir.
Tuproqning organik ifloslanishiga kelganimizda, uning o‘z-o‘zidan tozalanishini inobatga olish talab etiladi. Organik birikmalarning o‘z-o‘zidan tozalanishi natijasida kichik miqdorlardagi ifloslanishlar oxirgi mahsulotlargacha parchalanib, mineral tuzlar, suv, CO2 va chirindiga aylanadi. Tuproqning o‘z-o‘zidan tozalanish jarayoni juda murakkabdir. Suyuq holdagi iflosliklar tuproq orqali filtrlanadi, kolloidli moddalar va qo‘lansa hidga ega bo‘lgan gazlar sorbsiyalanadi, suyuqlik tarkibidagi organik moddalar esa ularning fizikaviy va kimyoviy xossalariga muvofiq aerobli va anaerobli sharoitlarda parchalanishga uchraydi. Aerobli sharoitda karbonsuvlar va yog‘lar tuproq tarkibida bo‘ladigan mikroorganizmlarning hayotiy faoliyatlari ta’sirida suv va CO2 hamda chirindi mahsulotigacha parchalanib ketadi.
Oqsilli moddalar aerobli sharoitda ham, anaerobli sharoitda ham 1-bosqichda tuproq mikroorganizmlari ta’sirida ammonifikatsiya jarayoniga uchraydi (Nitrozo bakteriyalar- Nitrozomonas), 2-bosqichda esa aerobli sharoitda nitritlargacha parchalanadi. Keyinchalik nitritlar nitrobakteriyalar (nitro bakteriyalar) ta’sirida nitratlargacha parchalanadi. Anaerobli sharoitda organik moddalarning parchalanishidan qo‘lansa hidga ega bo‘lgan gazlar hosil bo‘ladi.
Tuproqda aeratsiya sharoiti yaxshi bo‘lsa, o‘z - o‘zidan tozalanish jarayoni juda yaxshi ketishi uchun sharoit yaratiladi. Bundan tashqari organik moddalarning parchalanishi uchun yuqori bo‘lmagan tuproq namligi hamda bakteriotsid ta’sirga ega bo‘lgan quyosh nurlarining ultrabinafsha radiatsiyasining ahamiyati ham kattadir. Ammo, bu omillar ta’sirida tuproqning yuza qatlami doimo toza bo‘lishi mumkin.
Organik moddalarning parchalanishi natijasida chirindi (gumus) hosil bo‘ladi. Gumus - bu moddalar kompleksi bo‘lib, o‘z tarkibiga gemitsellulozalarni, yog‘larni, organik kislotalarni, mineral moddalarni, protein komplekslarini va sanitar saprofitlarni oladi.

Tuproqning fizik-mexanik va kimyoviy xususiyatlarini tekshirish uchun tuproqdan namuna olish 2 ta 25 m2 li maydonda amalga oshirila- di. Maydonning bittasi atrof-muhitni ifloslovchi manbaga yaqin, ikkinchisi undan uzoqda bo‘lishi kerak. Tuproqdan namuna tanlangan joyning diagonallari bo‘yicha tuproq burg‘isi, parmalovchi asbob yoki belkurak yordamida olinadi. Namunalar 5-8 joy dan 0,8-1,5 kg atrofida olinadi. O‘rtacha namuna miqdori 1-1,5 kg bo‘lib, bu namunalar har xil chuqurlikdan va tekshirish maqsadiga ko‘ra undan chuqurroq qismlaridan ham olinishi mumkin. Olingan namunalar qopqog‘i yaxshi yopiladigan bankalarga yoki polietilen qopchalarga solinib, og‘zi mahkam berkitiladi, raqamlanadi va kuzatuv xati solinadi. Kuzatuv xatida namuna olingan joy chuqurligi, vaqti, tuproqdan namuna olinayotgan vaqtdagi meterologik sharoitlar ham yozib qo‘yiladi.


masalan: Yer maydoni … m bo‘lgan uchastkadan tuproqdan namuna olindi. Namuna olishdan maqsad maydonni ifloslantiruvchi manbalar... (bor, yo‘q) aniqlash. Tuproqdan namuna ... kg olindi, metr chuqurliklardan.
Tajriba o‘tkazish uchun tuproq namunasi tabiiy sharoitlarda yaxshi quritilgan bo‘lishi kerak.
Bakteriologik tekshiruvlar uchun olingan tuproq namunalari sterillangan asbob va idishlarga olinishi kerak. Olingan namunalar hajmi 200­-300 sm3 bo‘lishi lozim. Olingan namunalarning saqlanish muddati 1-2 0C haroratda 24 soatgacha.
gumus kamayib, strukturaning asta-sekin buzilib borishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun ham tuproqda mo’’tadil mikrobiologik jarayonlarning bo’lishi muhim ahamiyatga ega.

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish