Mavzu: Turkiy tillarda fellardan yasalgan sifatlar. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


O‘zbek va turk tillarida sifat so‘z turkumining leksik-semantik guruhlari



Download 107,24 Kb.
bet3/4
Sana27.03.2022
Hajmi107,24 Kb.
#512794
1   2   3   4
Bog'liq
Turkiy tillarda fellardan yasalgan sifatlar

1.2. O‘zbek va turk tillarida sifat so‘z turkumining leksik-semantik guruhlari
Turli adabiyotlarda o`zbek sifat so`z turkumi leksik-semantik guruhlari turlicha berilgan. O`zbek tilida sifatlar ma`nosiga ko`ra quyidagi guruhlarga bo`linadi:
1. Fel-atvor, xususiyat bildiruvchi sifatlar: yaxshi, yoqimtoy, odobli, chaqqon, sun‘iy, tabiiy, ajoyib kabi.
2. Holat bildiruvchi sifatlar: go‗zal, suluv, soqov, sovuq, tinch, yangi, boy kabi.
3. Rang-tus bildiruvchi sifatlar: oq, qora, qizil, sariq, ko‗k, malla kabi.
4. Shakl-ko`rinish bildiruvchi sifatlar: dumaloq, yassi, qiyshiq, do‗ng kabi.
5. Hajm-o`lchov, masofa bildiruvchi sifatlar: keng, tor, uzun, chuqur kabi.
6. Maza-ta`m bildiruvchi sifatlar: shirin, nordon, sho`r, mazali, bemaza kabi.
7. Hid bildiruvchi sifatlar: xushboy, muattar, ifor, qolansa, sassiq kabi.
8. Vazn-og`irlik bildiruvchi sifatlar: ogir, yengil, vazmin kabi.
9. O`rin va paytga munosabat bildiruvchi sifatlar: kuzgi, kechki, qishgi, yozgi, tashqi, ichki, quyidagi, pastdagi kabi.
Quyidagi jadvalda o`zbek va turk tillaridagi sifat so`z turkumining leksiksemantik guruhlarini ko`rib chiqamiz.



II. O‘zbek va turk tillarida sifat so‘z turkumining grammatik xususiyatlari
2.1. O‘zbek va turk tillarida sifat derivatsiyasining qiyosiy tahlili
O`zbek tilida sifatlar ikki usul bilan yasaladi. Bular: affiksatsiya va kompozitsiya.
Affiksatsiya usuli. O`zbek tilida sifat yasovchi affiksal derivatsion qolip anchagina. Ularni birma-bir sanab o`tamiz.
1. a) ot + -li = 1) asosdan anglashilgan narsa/predmetga egalik belgisini bildiruvchi sifat; rasmli, do‗ppili, masxarali, gavdali; 2) asosdan anglashilgan narsa/predmetga me‟yordan ortiq egalik belgisini bildiruvchi sifat aqlli, gavdali, kuchli, b) harakat nomi + -li = narsa/predmetning feldan anglashilgan ishharakat uchun juda mosligi, bopligini bildiruvchi sifat; o‗tirishli, yeyishli, ichishli.
2. ot +- dor= 1) asosdan anglashilgan narsa-predmetga egalik belgisini bildiruvchi sifat; aloqador, aybdor, manfaatdor; 2) asosdan anglashilgan narsaning me‟yordan ortiqligini bildiruvchi sifat; mahsuldor, nasldor , to‗shdor.
3. ser + ot = asosdan anglashilgan narsaning me‟yordan ortiqligini bildiruvchi sifat; sersoqol, sersuv, sergo‗sht, sersomon.
4. be + ot = asosdan anglashilgan narsaning yo`q ekanligini bildiruvchi sifat; bemajol, bedin, beg‗ubor.
5. ba + ot = asosdan anglashilgan narsaning me‟yordan ortiqligini bildiruvchi sifat; basavlat, baquvvat, sersavlat.
6. no + ot = 1) asosdan anglashilgan narsaga ega emaslikni bildiruvchi sifat; noumid, noinsof, noo‗rin 2) asosdan anglashilgan belgiga qarama-qarshi belgini bildiruvchi sifat; nomard, noma‘lum, nomunosib.
7. sifat + -chan = asosdan anglashilgan xususiyatga moyillikni bildiruvchi sifat; kurashchan, yashovchan, unutuvchan.
8. fel + -choq/chiq/chak = asosdan anglashilgan harakatni bajarishga moyillikning kuchliligini bildiruvchi sifat erinchoq, kuyinchak, tortinchoq, qizg‗anchiq.
9. fel + -qoq/g‘oq = asosdan anglashilgan harakatni bajarishga moyillikning kuchliligini bildiruvchi sifat; uyushqoq, tirishqoq, yopishqoq.
10. fel + -ag‘on = asosdan anglashilgan harakatni bajarishga moyillikning kuchliligini bildiruvchi sifat; topag‗on, chopag‗on, qopag‗on.
11. fel +-mon = asosdan anglashilgan harakatni bajarishga moyillikning kuchliligini bildiruvchi sifat; toparmon, bilarmon, eyarmon.
12. fel/taqlid + -(a) ki(qi) = asosdan anglashilgan harakatni bajarishga moyillikning kuchliligini bildiruvchi sifat; shartaki, jirtaki, yig‗loqi.
13. fel + -k/-q/-g‘ = asosdan anglashilgan harakat natijasi sifatidagi holat belgisini bildiruvchi sifat; egik, buzuq, yorug‗.
14. fel + -kin/qin/g‘in/g‘un = asosdan anglashilgan harakatni belgiga aylantirish; tushkun, turg‗un, ozg‗in/so‗lg‗in.
15. fel + -ma = 1) predmetning asosdan anglashilgan harakat usuli bilan yuzaga kelish belgisini bildiruvchi sifat; qovurma, ag‗darma, qisqartma, ivitma, buyurtma; 2) feldan anglashilgan harakat predmetning odatdagi, unga xos belgisi ekanligini bildiruvchi sifat; ko‗chma, burama, og‗ma, sochma.
16. fel + -(a)rli = shaxs/predmetning asosdan anglashilgan harakatning bajarilishiga oid belgisini bildiruvchi sifat; arzirli, achinarli, zerikarli, maqtarli, ajablanarli, yetarli, tushunarli.
17. taqlid + -ildoq = asosdan anglashilgan belgiga ortiq darajada egalikni bildiruvchi sifat; chiyildoq, bijildoq, dirildoq, akildoq, likildoq, po‗rsildoq.
18. fel + -ch = asosdan anglashilgan harakatga bog`liq belgini bildiruvchi sifa; tinch, jirkanch.
19. ot + -iy/viy = 1) predmetning asosdan anglashilgan narsa/hodisaga aloqadorlik belgisini bildiruvchi sifat; ilmiy, shaxsiy, imloviy 2) asosdan anglashilgan tushunchaga egalik belgisini bildiruvchi sifat; taxminiy, aqliy, ommaviy.
20. ot/ravish + -gi/ki/qi = predmetning asosdan anglashilgan joy yoki vaqtga ko`ra beligisini bildiruvchi sifat; avvalgi, hozirgi, tonggi, tungi, kechki, ichki.
21. ot + -i = shaxs yoki predmetning millat/vaqt/joyga mansubligini bildiruvchi sifat; qozoqi, qishloqi, bahori.
22. ot/sifat + -cha = predmetning millat/joy/miqdor/xususiyat kabilarga ko`ra belgisini bildiruvchi sifat; o‗zbekcha, farg‗onacha, ortiqcha, erkakcha.
23. sifat + -namo = biror shaxsning asos bildirgan xarakter-xususiyat belgisiga ega ekanligini bildiruvchi sifat; darveshnamo, avliyonamo, majnunnamo.
24. ot + -simon = asosdan anglashilgan narsaga o`xshashlik belgisini bildiruvchi sifat; sharsimon, kumushsimon, odamsimon.
25. ot + -parvar = asosdan anglashilgan narsani sevishni bildiruvchi sifat; xalqparvar, insonparvar, vatanparvar.
Ko`rib o`tilganlardan tashqari, -aki (dahanaki, zo‗raki), bad-( badaxloq, badhazm, badbashara), -shumul (olamshumul, jahonshumul ), -chil (dardchil, izchil), -kay (kungay, terskay), -don (gapdon, bilimdon), -msiq (qarimsiq, achimsiq), -kash (dilkash, hazilkash), -m (qaram), -lom (sog‗lom), -qa (qisqa),-bop (qishbop, palovbop), xush- (xushbichim, xushhavo) affiksli qoliplar asosida ham
sifat yasalgan. Bu affiksli qoliplar unumsiz bo`lganligi uchun ularning mazmuniy
tomonini mavjud hosilalaridan umumlashtirib chiqarib bo`lmaydi.
Sifatning tuzilishiga ko‘ra turlari. Sifat tuzilishiga ko`ra sodda va murakkab bo`ladi. Sodda sifatlar bir o`zakli bo`ladi: oq, yozgi, aqlli, beg‗ubor, tor. Murakkab sifat o`z o`rnida uchga bo`linadi: a) juft sifat; b) takroriy sifat; v) qo‗shma sifat.
Kompozitsiya usuli. Kompozitsiya usuli bilan qo`shma va juft sifat hosil bo`ladi.
Qo‘shma sifat. Qo`shma sifat quyidagi qolip asosida hosil bo`ladi:
1. Ot+ot: devsifat, devqomat, dilorom, dilozor, kafangado, otashnafas, sohibjamol.
2. Sifat+ot: xomkalla, sho‗rpeshona, kaltafahm, shirinsuxan, sho‗rtumshuq, balandparvoz.
3. Ot+sifat: yoqavayron, jig‗ibiyron, tepakal, xonavayron, xudobezor, otabezori.
4. Ravish+ot: hozirjavob, kamgap, kamsuxan, kamsuqum, kamqon, kamxarj.
5. Ravish+fe’l: tezpishar, ertapishar, cho‗rtkesar.
6. Fe’l+ fe’l: yebto‗ymas.
7. Olmosh+ot: o‗zboshimcha.
8. Ot+fe’l: tilyog‗lama, gadoytopmas, tinchliksevar.
9. Olmosh+sifat: o‗zbilarmon.
10. Son+ot: ikkiyuzlamachi, qirqyamoq.
Ushbu qo`shimcha vositasida ba`zi otlashgan sifatlar ham yasalgan: bas-kın, bilgin, surgun, tut-kun kabi.
-k (-ka), -k (-ke) feldan sifat yasovchi qo`shimcha harakatdan yuzaga kelgan yoki harakat belgisini ifodalovchi sifatlar yasaydi: açi- k, yat-i-k, sön-ü-k, yuvarlak, cürü-k, yürü-k, dönü-k kabi. Bu guruhga kiritilgan yopiq bo`g`inli barcha so`zlarda -k dan oldin unli orttiriladi: aç-i-k, buruş-и-k va h. Turk tilida ushbu qo`shimcha bilan otlar ham yasalgan: del-i-k, tükür-ü-k, bulaş-i-k, üfür-ü-k, ele-k, döşe-kabi.
-kan qo`shimchani turk tilida faqat çalış-kan, kопuş-kап so`zlarida uchraydi (baş-kan so`zi ot turkumiga kiradi).
-kek qo`shimchasi bilan turk tilida birgina er-kek so`zi yasalgan.
-ki qo`shimchasi oidlik va bog`liqlik ma`nosini ifodalab, sifat yoki ravishdan yangi so`zlar yasaydi: şimdi-ki, önce-ki, öte-ki, demin-ki, sonra-ki, karşi-ki kabi. Ushbu qo`shimcha ko`proq joy va payt nomlarini bildiruvchi so`zlarga qo`shiladi. -ki qo`shimchasi -da, -de, -ta, -te kelishik qo`shimchalaridan keyin qo`shiladi: bende-ki, yerde- ki, aşağida-ki, sende-ki, altta-ki, üstte-ki kabi. Qaratqich kelishigi qo`shimchalari (-in,-ın, -ün.-un, -nin) dan keyin ham qo`llanadi: benim-ki, senin~ki, adamın-ki, onun-ki, oğlunun-ki kabi. So`nggi paytlarda -ki qo`shimchasining – kü istisno ko`rinishi ham uchraydi: dün-kü, bugün-kü kabi.
-l qo`shimchasi faqat ışı -l so`zida uchraydi. Aslida bu ham
turk tilidagi civi-l, şiri-l, pari-l, piri-l so`zlari kabi tabiat hodisalariga taqlid
bo`lishi mumkin. Qadimgi turkchada ina-l, tüke-l so`zlariga qo`shilgan.
-layin (-leyin) qo`shimchasi ilgari o`xshashlik, tenglikni ifodalovchi shakllar yasagan: su- layin ( "su gibi ‖), deniz-leyin ( "deniz gibi‖). Hozirda yasovchi
qo`shimcha sifatida vaqtni bildiruvchi ingichka ko`rinishli so`zlarda uchraydi; sabah-leyin, gece-leyin, akşam-leyin kabi.
-li (-lı, -lu, -lu) qo „shimchasi sifat o`rnida keluvchi otlar yasaydi. Bunday so`zlar ot xususiyatiga ega bo`lib, egalik yoki tegishlilikni ifodalaydi: baş-li, kilitli, toz-lu, köpük-lu, su-lu, güneş-li, Ankara-lı, lise-li, köy-lü, Karahan-li, Osman-li, Selguk-lu, Yunan-li kabi. –li (-lı, -lu, -lü) qo`shimchasi “va” ma`nosida ham qo`llanadi. Ushbu qo`shimcha ilgari - lig ko`rinishida sifatlarga qo`shilgan: iri-li, ufali, gece-li, gündüz-li, ana- lı, baba-li, büyük-li (küçüklü büyüklü - katta va kichik) kabi.
-lik (-lik, -luk, -luk) qo`shimchasi otdan ot va sifatlar yasaydi: kira-lık, yillik, dolma-lık, hediye-lik, gün-lük, yemek-lik, ay-lık kabi.
-msı (-msi, -msu, -msü) qo`shimchasi ham o`xshashlik, rang va mazani ifoda etadi; ağac-i-msi, tatli-msi, mor-u-msu, aci- msi, kirmizimsi, ekşi- msi, yeşil- i-rnsi, fiil-i-msi, duvar-i-msi kabi.
-mtirak qo`shimchasi o`xshashlilni ifodalaydi va undosh bilan tugagan o`zaklarga qo`shilganda undan oldin ayiruvchi -i- (-ı-,-u-, -ü-) unlisi orttiriladi. Maza-ta‟m va rangni ifodalovchi sifatlar yasaladi: aci-mtirak, ekşi-mtirak, sarı mtirak, yeşil-i- mtirak kabi.)
-rak (-rek) qo`shimchasi kuchaytiruv ma`nosini ifodalagan; ufa-rak (ufakrak), kugu-rek (kuguk-rek). Hozirgi o`zbek tilidagi –roq qo`shimchasiga mos keladi (go‗zal-roq, yaxshi-roq, aniq-roq) kabi.
-si (-sı, -su, -sü) qo`shimchasi o`xshashlikni ifodalaydi: kadin-sı, sifat-si, zamir-si, çocuk-su kabi. Ushbu qo`shimcha vositasida yat-si, sin-si, yas-si so`zlari ham yasalgan.
-siz (-sız, -suz, -süz) qo`shimchasi - li (-lı,-lu,-lü) qo`shimchasining bo`lishsiz shakli bo`lib, manfiy ot yoki manfiy sifat qo`shimchalari ham deyiladi. -li qo`shimchasi, asosan, biron narsaning mavjudligini, -siz qo`shimchasi esa mavjud
emasligini bildiradi: taş- siz, ev-siz, kol-suz, ana-siz, görgü-süz, su-suz, süt-süz kabi. U kamdan kam hollarda egalik qo`shimchasidan keyin kelishi mumkin: annemsiz, babam-siz kabi.
-sin (-yin) qo`shimchasi rangni bildiruvchi so`zlardagina uchraydi: sari-şin, mavi-şin (qisqartirilgan shakli mavış), ak-şin, gök-,şin kabi.
-taki (-tagi) qo`shimchasi muayyan o`rin-joy, makon bilan bog`liq sifat hosil qiladi: dolaptaki kitaplar.
Sifat yasovchi qo‘shimchalarning uslubiy xususiyatlari. Sifat yasovchi –li qo`shimchasi –dor, -kor qo`shimchalari va ba- old qo`shimchasi bilan sinonimik munosabatda bo`ladi, shuning uchun ularning birining o`rniga ikkinchisini qo`llash mumkin. Masalan: go‗shtli- go‗shtdor, gunohli-gunohkor, savlatli- basavlat, lekin doim ham ularni bir-biriga almashtirish mumkin emas. Masalan: yurakli, kuchli so`zlarini bayurak, yurakdor, yurakkor, kuchdor, bakuch, kuchkor deb bo`lmaydi.
Sifat yasovchi –siz qo`shimchasi be-, - no old qo`shimchalari bilan sinonimik munosabatda bo`ladi. Shuning uchun ularni ko`pincha birining o`rnida ikkinchisini qo`llash mumkin. Masalan: umidsiz-beumid- noumid, lekin bu qo`shimchalarni ham doim bir-biri bilan almashtirib bo`lmaydi. Masalan: aqlsizni beaql deyish mumkin, lekin noaql deb bo`lmaydi. Shuningdek nomard, noma‘lum singari so`zlarda no- old qo`shimchasi be- old qo`shimchasi va –siz qo`shimchasiga almashtirib bo`lmaydi, chunki bu so`zlar fors-tojik tilidan o`zbek tiliga tayyor holda o`tga. Hozirgi o`zbek tilida yasalgan emas.
Shunga ko`ra sifat yasovchi qo`shimchalardan o`rinli foydalanish katta ahamiyatga ega.
Sifatlar gapda, asosan, aniqlovchi vazifasida, ba‟zan kesim yoki hol vazifalarida ham keladi. Masalan: Shahrimizda ulkan binolar, go‘zal istirohat bog‗lari, tarixiy yodgorliklari ko`p. Shahrimizning ko‗chalari juda go‘zal va
chiroyli. Hulkar gimnastika mashqlarining barchasini juda yaxshi va chiroyli bajardi.
Sifatlar otlashganda boshqa bo`laklar vazifasida ham kela oladi. Sifatning otlashishi – nutqda sifatdan keyin keladigan otning tushib qolishi va ot bajarishi lozim bo`lgan sintaktik vazifalarning sifatning zimmasiga o`tishidir. Masalan: Dunyoda yaxshi odamlar ko`p. Dunyoda yaxshilar ko`p.
Ega: Yaxshilar hamma joyda el hurmatiga sazovor bo`ladi.
To‘ldiruvchi: Ilg‘orlarga mukofotlarni topshirish uchun hokimning o‗zi keldi.
Qaratqichli aniqlovchi: Yaxshining sharofati tegsa, yomonning kasofati tegadi.
Undalma: Ey yaxshilar, bechoralarga yordam qilishni unutmang.
Turk tilida sifatlar aniqlovchi va ot –kesim vazifasida keladi. Ayibsiz yar ayaran yarsiz kalar. Bu gece her zamandan, her zamandan ziyade himayeye muhtacim.
Turk tilida sifatlar otlashganda ega, to`ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi vazifasida keladi.
Masalan:
Ega. Küçük küçüklüğünü hissetmeli (Kichik kichikligini his qilishi kerak).
To‘ldiruvchi. Şu güzele bir bakın! (Shu go‗zalga bir qarang!) kabi. Qaratqichli aniqlovchi: Tok acin halinden bilmez. (Qorni ochning qorni
to‗qdan xabari yo‗q)
Demak, bu yerda so`zning yakka holda sifat bo'lishi emas, sifat kabi qo`llanishi muhim.
Masalan:
1. Yaxshi (odam) bilan yursang yetarsan murodga.
2. Bilimlining kuchi mingga yetar, bilimsizning kuchi birga yetar.
Sifat bog`langan otning tushib qolishi natijasida shu otning ma`nosi hamda vazifalari sifatga yuklanadi. Otlashgan sifatlar kim? nima? so`roqlariga javob bo`ladi, egalik, kelishik, ko`plik qo`shimchalari bilan qo`llaniladi. Otlashgan sifatlar gap ichida ega, to‘ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi va undalma bo`lib keladi.
Shundan kelib chiqqan holda turk tilshunosligida sifatlarning faqat aniqlovchi vazifasini bajarayotganda haqiqiy sifat bo`la olishi, yakka holda uning ot bo`lishi mumkinligi ham ta‟kidlanadi. Shu bois turk tilida sifatlar otlar kabi qo`llana oladi. Predmetning belgisini bildirgan har qanday ot sifat vazifasini bajara oladi. Shundan kelib chiqqan holda turk olimlari har sifatni bir ot deb qaraydilar.
Fe’ldan yasalgan sifatlar. Turkiy bobotilda fe’ldan yasalgan sifatlar mavjud edi. Ularni sifatdoshlar desa bo‘lardi. Ammo ular hozirgi turkiy tillardagi sifatdoshlardan tubdan farqlanadi. Sababi ular zamon, daraja ifodalamaydi, qandaydir harakat belgisini, avvalo, natijani bildiradi. Bunday qadimgi feldan yasalgan sifatlar turgun bolmaydi. Avvalo, ular otlar yoki sifatlarga aylanganlar. Feldan yasalgan sifatlar quyidagi oziga xos affikslarga ega:
-ma//-mä: ozb. orma-їq//-ik: tuv. üzük (uzilgan)<üz, tat. jimirik (buzilgan)-qan//-kän (-kїn//-kin), -g‘an//-gän (-gїn//-gin): tur. dövüshken (urishqoq) chalїsh (ishlamoq), tuv. їrxan (oriq)<їr (charchamoq), chuv. xїtkan (oriq)-ag‘an//-ägän: affiksi, aslida, -qan//-gändan hosil qilingan bolib, birinchi qismi -a//-ä tez takrorlanib turadigan fellarni hosil qiladi: turkm. duragan (turagon)Ushbu affiks bilan hosil qilingan sifatlar doimiy belgi (sifat) ni bildiradi.
-їn//-in affiksi kam uchraydi: qar. bütün (butun)-ar//-är,-їr//-ir affiksi bilan yasalgan sifatlar predmetning turg‘un belgisi yoki xususiyatini bildiradi: turkm. akar (oqar)-qїr//-kir,-g‘їr//-gir. Ushbu affiks -qї//-g‘i affiks bilan modal ma’nodagi -їr //-ir affiksining birikuvidan hosil bo‘lgan: turkm. alg‘їr (olg‘ir)3.5. Olmoshlardan hosil qilingan sifatlar. Turkiy tillarda olmoshlardan ham sifatlar osil qilinadi. Bu sifatlarning xarakterli xususiyati shundan iboratki, ular o‘xshatish affiksi -dag‘,-dїg‘//-dig‘,-day,-dїy yordamida hosil qilinadi: q.turk. andag‘ (andoq), mundag‘ (mundoq), tuv. qandїg‘ (qanday), їndїg‘ (shunday), mїndїg‘ (mundoq), xak. ondag‘ (ondoq; shunday), shor. qaydig‘ (qanday), uyg‘. andaq, qandag‘, qirg‘ mїnday (mana shunday), oshondoy (o‘shanday), tat. shundьy (shunday), andy (shunday), mьndьy (shunday), no‘g‘. mьnday (bunday), ondday (shunday), qayday (qanday), o‘zb. qanday, qoz. qanday, osьnday (o‘shanday), anday, olt. qandїy (qanday), mundїy (bunday), andїy (unday) va hokazo.
3.6. Inkor ma’noli sifatlarning yasalishi. Privativ (inkor ma’noli) sifatlar predmetdagi u yoki bu sifat yoki belgining yo‘qligini ifodalaydi. Yoqut tilidan boshqa barcha turkiy tillarda ular bir xil, ya’ni otga -sїz//-siz affiksini qo‘shish orqali yasaladi: tat. susьz (suvsiz), urmansїz (o‘rmonsiz), aoysьz (oysiz), ozarb. yag‘sїz (yolg‘iz), susuz (suvsiz), güysüz (kuchsiz), o‘zb. tuzsiz, no‘g‘. atsьz (otsiz), qirg‘. su:suz (suvsiz), qoz. süsьz (suvsiz), q.qalp. jersiz (yersiz), tur. tatsїz (mazasiz) kabi.
Chuvash tilida z>r sababli affiks -sъr//-sir shaklini oladi: utsъr (otsiz), vъjsъr (kuchsiz), tipsir (tagsiz) kabi.
-sїz//-siz affiksini ikkita qismga -s va -їz(-iz) ajratish mumkin. S elementi sifatning to‘liq bo‘lmagan belgisini ifodalaydi: tat. alsu (bo‘zargan)Demak, turkiy tillarda so‘z yasalishi keng tarqalgan bolib, otlar, asosan, otdan va sifatdan yasaladi. Bundan tashqari, kichraytirish ma'nosidagi otlarning yasalishi ham oziga xos xususiyatlarga ega. Shuningdek, fe’llardan ot yasalisi ham keng tarqalgan. Modal ma’noli affikslar yordamida ham otlar hosil qilinadi.
Turkiy tillarda yasalgan sifatlar belgi va xususiyat, kichraytirish, nimagadir moyillik manolarini anglatadi. Bundan tashqari, sifatlar fel va olmosh turkumlaridan ham hosil qilinadi. Turkiy tillarda inkor ma'noli sifatlar ham oz yasalish strukturasiga ega.

Download 107,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish