Mavzu: Umumiy sitoembriologik usullardan foydalana olish


Mavzu: Sutkalik va mavsumiy gullash jarayonlarini kuzatish



Download 119,5 Kb.
bet6/12
Sana20.06.2022
Hajmi119,5 Kb.
#686005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Majmua sitoembriologiya

Mavzu: Sutkalik va mavsumiy gullash jarayonlarini kuzatish.
Kerakli materiallar: Plakatlar, xona gullari va ochiq joyda o’suvchi o’simlikni tuvakka o’tkazilganlari.
Gulli o‘simliklarning gullash jarayoni turlichadir. Кo‘pchilik shamol bilan changlanuvchi
o‘simliklar novdasida dastlab gul hosil bo‘lib keyinchalik barg paydo bo‘ladi. (Bodom, tog‘olcha,
shaftoli, o‘riq).
Кo‘pchilik bargini to‘kadigan o‘simliklarda (qayin, emanda) barg va gul hosil bo‘lishi bir vaqtning
o‘zida ro‘y beradi. Ayrim o‘simliklar guli ertalab ochilsa, noqulay ob-havo sharoitida yopilib qoladi
(kanop, shafran). Durman, tamaki gullari kunduzi yopiq bo‘lsa, kechasi ochilib turadi.
To‘pgullarda gul ochilishi ham turlicha. Masalan: shingil, to‘pgulda pastki gullar yuqoriga qarab
ochilib borsa, murakkab boshoqda o‘rtadan gulning uchiga va asosiga qarab ochiladi. Murakkab gullarda savatchaning chetidan o‘rtasiga qarab ochiladi. G‘o‘zada dastlab pastki gullar ochilsa vegetatsiyaning oxirida poyaning uchidagi gullar ochiladi.
O‘simliklarning gullash davri ham turlichadir. Masalan: olma, nok, olxo‘ri, pista kabi o‘simliklar
6-12 kun gullaydi. G‘o‘za esa bir necha oy davomida gullaydi. Limon o‘simligi qulay iqlim sharoitida
muntazam gullab boradi. Gul hosil qilish o‘simlikning turiga bog‘liqdir. Masalan: qayin 10-12 yildan
keyin shaftoli 3-5, jo‘ka 20-25, eman 80-100 yoshida gul hosil qilish xususiyatiga ega. Gul hosil qiluvchi kurtaklar yozda hosil bo‘lib, qishlab bahorda gul hosil qiladi.
Mavzu: Chang donachalari yetukligini aniqlash.
Chang donachasi yadrosining birinchi bo’linishidan so’ng sitokinez boshlanib, ikkita xujayra hosil bo’ladi: birinchisi vokulasi bo’lgan suyuq sitoplazma, katta yumoloq, yadroli va yirik yadrochali xujayra bo’lib vegetativ xujayra deyiladi, ikkinchisi undan kichikroq bo’lib, generativ xujayra deyiladi. Generativ xujayra sitoplazmasi quyuq unda RNK miqdori ko’p, yadrosi suyuqroq , va DNK ga boy bo’ladi ko’pincha urchuqsimon shakilda bo’ladi.
Generativ xujayra vegetativ xujayra bilan uzviy aloqada bo’lgandagina yaxshi rivojlanadi ko’pincha generativ xujayra vegetativ xujayra sitoplazmasi bilan o’ralgan bo’lib, unda u doim oziqa olib turadi shunday qilib vegetativ xujayra generativ xujayraning rivojlanishi uchun kerak bo’lgan boshlang’ich manba yoki materialdir. Generativ xujayra changining rivojlanish davrida har xil shaklda bo’ladi: (yumoloq, loviyasimon, linzasimon, ellipis va urchuqsimon). Generativ xujayra yupqa ikki qavat plazmatik membranadan tashkil topgan qobiq, bilan o’ralgan, bo’lib bu qavat vegetativ va generativ xujayralar o’rtasidagi modda almashinish jarayonini osonlashtiradi.
Generativ xujayra tarkibada shaklli elementlardan plastidalar (asosan leykoplastlar, kamroq, xloroplastlar), ribosomalar va mitoxondriyalar, bo’ladi. Bundan tashqari uning tarkibida yog’lar, kraxmal, aminokislotalar, nuklein kislotalar (RNK), oqsil kristallari va vitaminlar ham mavjud. Ko’pchilik gulli o’simliklarda generativ xujayraning shakllanishi bilan changdonlarda erkak gametofitining shakllanishi tugallanadi. Erkak jinsiy xujayralarning hosil bo’lishi (spermagenez) changning o’sishidan hosil bo’lgan chang naychalarida kuzatiladi. Yetilgan chang donasi ikki xujayrali bo’ladi. Chang naychasida generativ xujayraning bo’linishi oddiy mitoz tipida o’tadi. Generativ xujayra protaplast sitokinez orqali ikkiga bo’linadi. Ba’zan sitokinz bo’lmasdan ikki yadroli generativ xujayra ham hosil bo’lishi mumkin (masalan, yong’oqda siglans regid). Astradoshlar, zig’irdoshlar, bug’doydoshlar va shu kabi boshqa gulli o’simliklarda gul ochilganga qadar changdonda spermogenez bo’lib o’tadi va gul ochilgan paytda erkak jinsiy xujayralar spermiylar tayyor bo’ladi. Uch xujayrali chang donachasi ko’pchilik embriologlarning ko’rsatishicha ikki xujayrali changga qaraganda progressiv xususiyatga ega.
Biroq, shuni ham ta’kidlash lozimki, ba’zi bir o’simliklarda, masalan tamakining (Nicotiana) bitta turda ham ikki xujayrali ham uch xujayrali chang donachalari yetilishi mumkin (Poddubnoy - Arnoldi, 1936).
Yetilgan changdondan uglevodlar (kraxmal va qandalar) lipoyidlar, oqsillar, aminakislatalar, nukliyin kislatalar, fermentlar (sitoxromokisdaza, periokisidaza va boshqa xillar) vitaminlar, korotnoyidlar,geteroauksin, mineral tuzlar bo’ladi. Chunonchi g’allasimon o’simliklarning yetilgan chang donachalarining takibida 43,3 % kraxmal, 42 % oqsillar, amina kislatalar va nukleyin kislatalar, 2,2 % lipoyidlar, 5,1 % kul va 8,2 % cho’kinda moddalar bo’ladi (Jebrak 1959) Changning o’lchami 0,008 mm dan to 0,3 mm gacha borishi va rangi ko’pincha sarg’ish ko’kimtir bo’ladi, changdonalardagi changlar soni ham tuli xil o’simliklarda turlicha bo’ladi makkajo’xori o’simligining bitta changdonidan 50 ming, javdarda 30 ming, ba’zi bir arxediyalarda esa milyonlab changlar yetishadi.



Download 119,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish