Mavzu: Umumrivojlantiruvchi mashqlar va ularning guruhlari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Download 153,37 Kb.
bet1/9
Sana20.04.2022
Hajmi153,37 Kb.
#568139
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3. Umumrivojlantiruvchi mashqlar


Mavzu: Umumrivojlantiruvchi mashqlar va ularning guruhlari
Reja:
I. Kirish
II.Asosiy qism
1. Yelka kamari va qo‘1 muskullarim rivojlantirish va mustaxkamlashga qaratilgan umumrivojlantiruvchi mashqlar.
2. Dastlabki holatlar.Tik turganda oyoqlar uchun dastlabki holatlar,tik turganda qolarni dastlabki holatlari.O‘tirganda dastlabki holatlar,yotganda dastlabki holatlar.
3. Saflanish mashqlari Sallanish mashqlari (davra,kolonna, shcrenga...) Qayta saflanishlar.Turli tomonlarga burilishlar,tarqalish va yig‘ilishlar
III. Xulosa


I. Kirish. Maktabgacha ta‟lim uzluksiz ta‟limning bosh bo‟g‟ini bo‟lib, bolalarni sog‟lom turmush tarzini yuritishga o‟rgatish, gimnastika va faol o‟yinlar bo‟yicha mashg‟ulotlar o‟tkazish orqali tarbiyalanuvchilarda jismoniy tarbiya mashg‟ulotlari va sportga qiziqish uyg‟otishni shakllantirish, jismonan sog‟lom o‟sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashdavlatimiz oldida turgan eng muhim va dolzarb vazifalardan biridir. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2020 – yil 24-yanvar PF-5924- son O‟zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to„g„risida Farmoni, 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-son O‟zbekiston Respublikasi maktabgacha ta‟lim tizimini 2030 – yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi, 2019 – yil 13 fevral 118-son 2019–2023 yillarda O‟zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish Konsepsiyasi, hamda 2018-yil 14 avgustdagi PQ-3907-sonli “Yoshlarni ma‟naviyahloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta‟lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‟tarish chora-tadbirlari to‟g‟risida”gi qarorlari ayni kunda izchillik bilan hayotga tadbiq etilib kelinayotganligi bunga yaqqol misol bo‟la oladi. Maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashning asosiy maqsadi bolalardagi turli ko‟nikma va malakalarni shakllantirish, ulardagi kuchlilik, tetiklik, tezkorlik, jismoniy tarbiyaning mohiyati va funksiyalari chaqqonlikni, chidamlililikni amalga oshirish, ziyraklik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishdan iboratdir. Maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida bolalarni jismonan tarbiyalash vazifalari: 1-vazifa. Bolalarni maqsadga to‟g‟ri yo‟naltirilgan harakatlarni faollashtirish uchun shart-sharoit yaratish. 2-vazifa. Harakatning hayot uchun muhim turlarini shakllantirish: yurish, yugurish, emaklash, sakrash, o‟rmalash, otish, ilib olish, suzish, velosipedda uchish, oyoq, qo‟l, tana, bosh harakatlarini rivojlantirish. 3-vazifa. Saflanish va qayta saflanish. Bu harakat maktabgacha ta‟lim muassasalarlardagi mashg‟ulotning boshidan to yakunigacha davom etadi. 4-vazifa. O‟yin harakatlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, jismoniy sifatlarini rivojlantirish, chaqqonlik, epchillik, ziyraklik, irodalilik, sabr-qanoat, kuchlilik shu bilan birga gavdani tik tutish malakalarini oshirish. 5-vazifa. Bolalar qomatlarini to‟g‟ri shakllantirishga ta‟sir ko‟rsatish va yassi oyoqlilikni oldini olish. 6- vazifa. Faol harakatga bo‟lgan qiziqishni tarbiyalash. 7- vazifa. Jismoniy mashq va o‟yinlarning foydasi haqida, asosiy gigiyenik talablar va qoidalari haqida yetarli darajada tasavvur va bilimlar berish. Ajoyib pedagog K.D.Ushinskiy o‟yinlarga, gimnastikaga, bolalarni ochiq havoda bo‟lishiga katta ahamiyat bergan edi. U bolalar bilan gimnastika mashg‟ulotlarini o‟tkazayotganda diqqatni tiklashga imkon beruvchi mashqlarni bajarish uchun kichik tanaffuslar qilishni tavsiya etgandi. Balalarni sog‟lom, baquvvat va organizmiga har tomonlama ta‟sir ko‟rsatadigan umumrivojlantiruvchi gimnastika mashqlari bo‟lib, tanani alohida qismlari bilan bajariladigan harakatlar yoki ularning birikmalaridan iborat. Bu harakatlar bolalarning tana a‟zolarida har xil tezlikda va turli xil mushaklarini kuchlanishi bilan ijro etiladi. Shuning uchun hamumumrivojlantiruvchi gimnastika mashqlari maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida keng qo’llanilmoqda.

1. Yelka kamari va qo‘1 muskullarim rivojlantirish va mustaxkamlashga qaratilgan umumrivojlantiruvchi mashqlar. Umumrivojlantiruvchi mashqlar bu maxsus mashqlardir. Ular butun organizmning rivojlanishi va sog‘lomlashishida muxim rol o‘ynaydi va yelka kamari, gavda, oyoq kabi yirik muskul guruhlarining rivojlanishi va mustahkamlanishiga,bo‘g‘imlarning xarakatchan bo‘lishiga muskullar taranglashuvi va bo‘shashuvi jarayonini normallashtirishga yordam beradi. Bu mashqlarning vazifasi to‘g‘ri qad-qomatni shakllantirish, butun tayanch xarakat apparatini mustaxkamlash va qon aylanish, nafas olish, almashinish jarayonlari, asab tizimi faoliyatini yaxshilashdan iboratdir.Umumrivojlantiruvchi mashqlar harakatlarni idora qiluvchi oliy motor markazlari ishini faollashtiradi; tezkorlik, chaqqonlik, kuchlar nisbati, chidamlilik, egiluvchanlik kabi jismoniy sifatlarni namoyon qilishga yordam beradi, ijobiyemotsional kayfiyat uyg‘otadi.


Umumrivojlantiruvchi mashqlar bir necha guruhga bo‘linadi:
1. Yelka kamari va qo‘l mushaklarini rivojlantirish va mustahkamlash uchun mashqlar.
2.Gavda, orqa mushaklarini rivojlantirish va mustahkamlash uchun mashqlar.
3.Oyoq va qorin mushaklarini rivojlantirish va mustahkamlash uchun mashqlar.
Birinchi guruhdagi yelka kamari va qo‘l mushaklari uchun mashqlar ko‘krak qafasining nafas olishini oshirishga yordam beradi;diafragmani mustahkamlaydi, chuqur nafas olishga imkon beradi, umurtqani rostlaydi, yurak mushaklarini mustahkamlashga yordam beradi.
Ikkinchi guruh mashqlari gavda, orqa mushaklari uchun.Bu mashqlar qad-qomatning to‘g‘ri shakllanishiga ta’sir qiladi va gavdani oldinga va yon tomonlarga engashtirishda, o‘ng, chapga burilishda, aylanishda umurtqaning egiluvchanligini rivojlantirishga yordam beradi.
Uchinchi guruh mashqlari oyoq va qorin mushaklari uchun. Ular ichki organlarni tez harakatlar (sakrashlar, sakrab tushishlar…) paytida chayqalishdan qorin muskullarini mustahkamlashga yordam beradi, shuningdek, vena qon tomirlarida qon yurishmay qolishining oldini oladi (tizzaga
chapatilash, yarim cho‘qqayish, cho‘qqayish…).Umumrivojlantiruvchi mashqlar bola organizmiga har tomonlama mustahkamlovchi ta’sir yetadi. Mashqdagi har bir harakat dastlabki holatdan gavdaning to‘g‘ri holati (tik turgan), o‘tirgan, yotgan holatlardan hamda oyoq va qo‘llarning muayyan mashq uchun zarur holatidan boshlanadi.
Dastlabki holatlar turlicha bo‘ladi:- tik turgan holatda oyoqlar uchun dastlabki holat;
- tik turganda qo‘llarning dastlabki holatlari;- o‘tirgandagi dastlabki holatlar;
- yotgandagi dastlabki holatlar.Jismoniy mashqlar ko‘krak qafasi harakatchanligining kuchayishiga, nafas olishning chuqurlashishiga, o‘pka hayot ko‘lamining kengayishiga, qonning kislorod bilan o‘yinishiga yordam beradi.Mashqlar davomida buyumlardan foydalanish. Bolalar bajaradigan umumrivojlantiruvchi mashqlarning katta qismi buyumlar: tayoqchalar, bayroqchalar, chambaraklar, lentalar, shnurlar, langarcho‘plar, sharlar bilan; predmetlarda –
gimnastika devori, skameyka, stullar, xodada amalgaoshiriladi. Bolalar buyumlar bilan bajariladigan mashqlarni qiziqish bilan bajaradilar, mashqlarni takrorlash to‘g‘ri muskultonusini hosil qilishga yordam beradi.

Download 153,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish