Mavzu: “ustozlik sharafi. 1 Oktyabr – ustoz va murabbiylar kuni”



Download 19,38 Kb.
bet1/2
Sana17.07.2022
Hajmi19,38 Kb.
#814757
  1   2
Bog'liq
5-ҲАФТА АХБОРОТ СОАТИ МАТЕРИАЛИ


USHBU HАFTА “АXBOROT VА MURАBBIYLIK SOАTI” MАSHGʼULOTLАRINI OʼTKАZISH UCHUN TАYYORLАNGАN YORDАMCHI MАTERIАLLАR


Mavzu: “USTOZLIK SHARAFI.
1 OKTYABR – USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI”
Jamiyatning buguni va kelajagi, uning madaniy-ma’rifiy va ma’naviy salohiyati ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan o‘qituvchi va murabbiylarga bog‘liq. Shu sababli mamlakatimizda o‘qituvchilar mehnatini qadrlashga, ularga har jihatdan g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga harakat qilinmoqda. Jumladan, mamlakatimizda ta`lim tizimini jahon andozalari asosida isloh qilish, yangi ilm maskanlari qurish, ularni zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlash ishlari izchil davom ettirilmoqda. O‘qituvchilik azal-azaldan e’tiborli kasb hisoblanadi. Mamlakatimizda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning (1996-yil 9-yanvardagi) Farmoni bilan 1-oktyabr «O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» deb belgilangan. Mamlakatimizda o‘qituvchi va murabbiylarning obro‘-e’tiborini yanada oshirish, yoshlarimizning bizdan ko‘ra bilimli, kuchli va albatta baxtli bo‘lishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.
Haqiqatan ham, o‘zining ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini yosh avlod tarbiyasiga baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnati, jasorati har qanday yuksak baholarga munosibdir.
Bu haqda fikr yuritar ekanmiz, ulug‘ ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiyning: “Avlodlaringizga faqat bugunning emas, kelgusi zamonning ilmini o‘rgating”, degan so‘zlari beixtiyor yodimizga tushadi.
Sharqda, xususan, Markaziy osiyoda ustoz maqomi nihoyatda baland. Muayyan kasb, hunar yoxud san’at egasi o‘z sohasining sir-asrorlarini shu sohaning boshqa yetakchi, tajribali bilimdonidan o‘rganadi va xuddi shu joyda ustoz-shogirdlik munosabati shakllanadi.
Ilm jabhasida bu so‘z rasmiy xarakterga ega. Deylik, bir fan nomzodining faqat birgina rasmiy ustozi bo’ladi. Xalqimiz tilidagi mashhur maqolni esga olaylik: Ustoz – otangdan ulug‘. Ushbu maqol shaklini bir oz tahrir bilan «otangdek» deydigan ham bo‘lishdi. Bu uncha to‘g‘ri emas. Unutmaslik kerakki, bu o‘rinda gap «gap» haqida emas, «maqol» haqida ketyapti.
Maqol bu xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos janri — adabiy hodisadir. Adabiyot esa so‘zga, fikru mulohazaga pardoz beradi, oshirib gapirishni taqozo qiladi. Binobarin, maqolga so‘z san’ati mezonlaridan kelib chiqib munosabat bildirish lozim. Maqol tarkibidagi «dan»ni «dek» deb o‘zgartirish uning so‘z san’atiga xos xususiyatini xiyla siyqalashtiradi. Demoqchimanki, adabiy unsur mubolag‘asiz qo‘llansa, maqolning o‘ziga xos tarovatiga putur etadi. Boz ustiga maqol mohiyati ota mavqeini pasaytirishni emas, ustozga ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan alohida ehtiromni o‘zida majassamlashtirgan.
Maqol mohiyatini anglashning murakkab jihati yo‘q. Bo‘lmaydiyam. Ba’zilar deydiki, ota farzandni dunyoga keltirgan zot, u kishidan ustun bo‘ladigan inson hayotda bo‘lishi mumkin emas. To‘g‘ri, bu fikrda jon yo‘q emas. Shu bilan birga, bu sharqona axloq mezonlarini yoxud uning mohiyatini, shuningdek, estetik so‘z jozibasini idrok etadiganlar fikri emas. Ustozni ulug‘lash otaga bo‘lgan ehtiromning oliy bosqichi. Alhol, o‘zgacha emas.
Hayotda goho oilaviy sharoitidan, aniqrog‘i otasining noshudligidan aziyat chekkan odamlar ham uchraydi. Ularga shu maqol shakllarini ko‘rsatsangiz, shubhasiz, birinchisini — «otangdan ulug‘» degan muqobilni tanlaydi. Bu yerda boshqa paradoks bor. U o‘z fikrining to‘g‘riligini yetarlicha anglayapti. Ya’ni, u masalaga o‘z hayotidan kelib chiqib munosabat bildiryapti. Shunga qaramay, uning fikri mashhur maqol mohiyatiga to‘la mos.
Ustozsiz hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Dunyoda ustozning mehnatidan og‘ir mehnat yo‘q. Hech narsani bilmaydigan yosh bolaga o‘qish-yozishni o‘rgatguncha chekiladigan mashaqqatni gapirmasak ham bo‘ladi. Endigina sport sari qadam qo‘ygan sportchini dunyo miqyosiga ko‘targuncha chekiladigan mehnatlar yoki bor mahoratini yosh bolaga o‘rgatadigan hunarmandning mehnati, sabr-qanoatini ko‘z oldingizga keltirib ko‘ring. O‘zim ham madrasada dars berganman, bu kasbning naqadar sharafli va mashaqqatli ekanini yaxshi bilaman. O‘ylab ko‘ring, o‘zingiz bilgan narsani birovdan har kuni so‘rash, o‘rgatish, ongiga joylash osonmi? Bu mehnatning sharafli tomoni – shogirdlarning, bir marta ustoz deb chaqirishlaridan ortiq baxt va olqish olamda yo‘q. Buning savobini aytmaysizmi, hisobsiz!? O‘ylab ko‘rsak, bir odamni ilmsizlik, johillik va iymonsizlikdan saqlab qolamiz. Gunoh va ma’siyat botqog‘iga tushib, hayotda qoqilmasin deb, qo‘limizdan kelgan, o‘zimizda bo‘lgan bor ilmni ularga beramiz. Gohida o‘quvchi va shogirdlarga qattiq tanbehlar beriladi. Maqsadimiz esa ularning xatolarini to‘g‘rilab, isloh qilish. Sa’diy demishlarkim: “Ota-onaning mehridan, ustozning javri yaxshidur”, deb.
Yana aqoid kitoblarida yozilmishki, bir ustoz va tolibi ilm bir qabriston yonidan o‘tsalar, qirq kun qabristondan azobi qabr ko‘tarilar ekan. Ustozning hurmati-yu, o‘quvchining izzatini ko‘ring. Faqat bir shartni aytibdilarki, ustoz riyo va ta’magirlik qilmasa, ustoz va talaba Alloh taolo, el-u yurtim manfaati uchun xolis xizmat qilaman degan niyatda o‘qisalar va ta’lim bersalar ajru mukofaati kattadir. Bu sharafli mas’uliyatga azaldan katta ahamiyat berib kelingan. Niyatni birinchi o‘ringa ko‘tarishgan. Ustozning niyati xolis bo‘lib, talabalarga o‘rnak bo‘ladigan amalni qilsin. Shogirdlarini gunoh ishlardan qaytarib tursin, buning uchun o‘zi amal qilsin. Aytganiga amal qilmasa, shogirdlarga so‘zining ta’siri bo‘lmaydi. Imom A’zam rahmatullohi alayhning oldiga bir odam o‘g‘ilchasini yetaklab keldi va : “Hurmatli ustoz! O‘g‘lim juda ko‘p asal yeydi. Unga kamroq yegin desam, so‘zimga quloq osmaydi, shunga bir nasihat qilib qo‘ysangiz”, dedi. Imom A’zam hazratlari bir haftadan keyin kelishlarini tayinladi. Bir hafta o‘tgach yana u zotning oldiga bolasini yetaklab keldi: Imom A’zam rahmatullohi alayh bolani boshini silab: “O‘g‘lim, ko‘p asal yemagin! Asalni ko‘p yemog‘ing sog‘ligingga zarardir”, dedilar. Bola: «Xo‘p bo‘ladi», dedi. Shunda uning otasi nihoyatda go‘zal odob bilan, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib (Ulug‘ insonlardan savol so‘ralganda, ko‘ziga tik boqilmaydi, ovoz ko‘tarilmaydi, biroz bosh egilib, qo‘l ko‘ksiga qo‘yilib, tavoze bilan so‘raladi): “Hazrat, shu gapingizni nimagadir avval kelganimizda aytmadingiz?”, dedi past ovozda. “Chunki o‘sha kuni o‘zim, asal yegandim, o‘zim asal yeb bolaga asal yemagin, desam gapimning ta’siri bo‘lmasdi”, debdilar.
Ustoz bag‘rikeng va kechirimli, shogirdlarining haqiga duo qiluvchi bo‘ladi. Arzimas narsalarga jahli chiqmasligi, shogirdlaridan ko‘ngli qolmasligi, ayniqsa, ularni duoi bad, qarg‘ashdan o‘zini tiymoqligi zarur. Zero, ota-ona kabi ustozning duosi ham radsiz qabul bo‘ladi.
Rivoyat qilinishicha, imom Buxoriy (rahmatullohi alayh) hazratlari Makkai Mukarramada ta’lim berayotgan chog‘da bir ziyoratchi Buxoroi Sharifdagi ustozlardan salom va maktub keltiradi. Bu xabarni eshitgan Imom Buxoriy (r.a.) Buxoroi Sharif tomonga yuzlanib, salomiga alik olganlaricha hurmat bajo keltiradilar, so‘ngra maktubni ikki qo‘llab olib, tabarruk qilib, ehtirom bilan xatni o‘qigan ekanlar.
Ha, ustoz misli yonib turgan shamga qiyos. O‘zi yonib, atrofga nuru ziyo sochadi. Boshqalar ana shu nurdan bahramand bo‘ladi. Shu sabab, har bir inson yoshidan, mavqeidan, darajasidan qat’i nazar, saboq bergan ustoz-murabbiyi oldida mudom ta’zimda. Hazrat Navoiy aytganlaridek, Haq yo‘lida bizga ming ranju qiyinchilik bilan saboq bergan muallimlarning mashaqqatli mehnatlari haqini hech bir boylik yoki ganjina bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Ularning mehnatlari beqiyos va benazir.
Mamlakatimiz rahbari farmoni bilan 1997-yildan buyon 1-oktabrning “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” sifatida keng nishonlanayotgani millatimizning ustoz-murabbiylarga bo‘lgan hurmat-ehtiromining amaldagi yorqin ifodasi bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Davlatimiz rahbari ustoz-murabbiylarga ta’rif berib, “Agarki, dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblar ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir. Chindan ham o‘qituvchi nainki, sinf xonasiga fayz va ziyo olib kiradigan, balki, ming-minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini baxsh etadigan, o‘z o‘quvchilariga haqiqatdan ham hayot maktabini beradigan mo‘tabar zotdir”, degan edi.
Chindan ham, ustozlar murg‘akligimizdanoq qalbimizga ezgulik urug‘larini sochadi, qo‘limizdan tutib, ma’rifat saboqlarini beradi, mehr-muhabbat ulashadi. Biz erishayotgan ulkan yutuqlarimiz, qo‘lga kiritayotgan g‘alabalarmizda ularning hissasi katta. Shu sabab, ularni mudom sharaflagimiz, ardoqlagimiz keladi.
Afsonalarga ko‘ra, mashhur sarkarda Iskandar Rumiydan (Aleksandr Makedonskiy) “Nechun Arastuni (Aristotel) otangizdan ortiq izzat qilasiz?”, deb so‘radilar. Iskandar Rumiy javob berdi: “Otam go‘yoki meni osmondan yerga tushirdi. Ammo ustozim Arastu meni erdan osmonga ko‘tardi. Ya’ni, otam meni dunyoga kelmog‘imga sabab bo‘ldi. Ustozim ilm va odob o‘rgatib, martaba va izzatimning ortmog‘iga sabab bo‘ldi”.
Ko‘rinib turibdiki, dunyoni o‘z ilmu ma’rifati bilan lol qilgan insonlar ham doim ustozini yuksak qadrlagan, izzat-hurmatini joyiga qo‘ygan.
Muqaddas dinimizda ilm-ma’rifatli kishilarning maqomu martabalari Alloh tomonidan yuksaklarga ko‘tarib qo‘yilishi haqida shunday marhamat qilinadi: “Sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan kimsalarni Alloh baland darajalarga ko‘tarur”, dedi” (Mujodila surasi). Qator hadisi shariflarda muallimlarning hurmatini joyiga qo‘yish, ularga nisbatan tavoze’li bo‘lishga chaqiriladi. Jumladan,
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qilib, dedilar: “Ilm o‘rganing, ilm uchun sakinat va viqorni ham o‘rganing. Va sizlarga ilm o‘rgatayotganlarga tavoze’ bilan o‘zingizni past tuting!” (Imom Tabaroniy “al-Avsat”da rivoyat qilgan).
Muallimga kibr qilish, uni mensimaslik tuban xulq hamda nifoq alomatlaridan hisoblanadi. Imom Tabaroniy “al-Kabir”da rivoyat qilgan hadisi sharifda bunday deyiladi: “uch toifa inson borki, ularni faqat munofiqqina xorlaydi: Islomda mo‘ysafid bo‘lgan qariya, ilm sohibi va odil rahbar”
Ustoz va muallimga o‘zni past tutib, xokisor bo‘lish najot eshigi, ilm tahsil qilishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Dinimiz shunga buyuradi, shunga o‘rgatadi. Bu ustozlarning shogirdlari ustidagi haqlaridandir. Ulamolar aytadilarki, ustoz va muallimlar faqat la’nati zamon va la’nati makondagina ehtirom qilinmaydilar. Chunki Nabiy alayhissalom olimlar hurmat qilinmaydigan zamonda yashashdan, shunday bir zamonga rizqlari qo‘shilgan bo‘lishidan Allohga sig‘ingan ekanlar. Payg‘ambar alayhissalom panoh so‘ragan zamon esa eng mash’um va mal’un zamon bo‘lishi shubhasizdir. Sahobalardan Sahl ibn Sa’d as-Soidiy (raziyallohu anhu) rivoyat qilishiga ko‘ra, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Allohga iltijo qilib: “Ey Alloh, alim (bilimdon)ga ergashilmaydigan, halim (oqil)dan esa hayo qilinmaydigan bir zamon ustimga kelib qolmasin!”, deya olim va muallimlar hurmat qilinmaydigan zamonda hayot kechirishdan panoh so‘rar edilar (Imom Ahmad rivoyati).
Shogird ustozning g‘azabini keltiradigan, ranjitadigan ishlardan o‘zini tiysin. Ustoz tomonidan berilgan vazifalarni a’lo darajada tayyorlab, ustozni xursand qilsin, chunki ustozlar shogirdlarining zukkoligi, vazifalarini o‘z vaqtida bajarishi va odobini ko‘rib xursand bo‘ladilar. Ustoz shogirdining johillik botqog‘idan, olimlik darajasiga ko‘tarilayotganidan mamnun bo‘ladi. Shogirdlar ilm dargohini bitirib ketsalarda, o‘z ustozlarining ahvolidan xabar olib, ularning yaxshiligi, ustozlar sabab etgan martabalarini izhor qilib, ustozlar foniy dunyoni tark etgan bo‘lsalar, ularning haqiga duo qilib tursinlar.
Alloh taolo Qur’oni karimda: 
Download 19,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish