Mavzu: Uzluksiz ta’lim jarayonida boshlang'ich sinf o'qituvchilarining axborot kompetentligi kasbiy tayyorgarligini tushuntirish. Reja



Download 0,84 Mb.
bet1/4
Sana05.02.2023
Hajmi0,84 Mb.
#907942
  1   2   3   4
Bog'liq
inbound3664826073934543065



Mavzu: Uzluksiz ta’lim jarayonida boshlang'ich sinf o'qituvchilarining axborot kompetentligi kasbiy tayyorgarligini tushuntirish.
Reja:
I.Kirish.
1. Zamonaviy pedagogik ta'limda sodir bo‘layotgan
o‘zgarishlar.
II. Asosiy qism.
1. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining AT tayyorgarligining
zamonaviyligi.
2. Axborot kompetantligining funktsional tarkibi.
3.O‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligi.
III. Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.


Zamonaviy pedagogik ta'limda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar.
Bugun ta'lim har tomonlama takomillashib zamon talablari asosida tashkil etilishi va yuqori samara berishi kabi masalalarni qo'ymoqda. Ta'limning sifati va samarasi faqatgina tayyorlangan kadrlarga ko'ra belgilanadi. Shu asosida kardlarni tayyorlashga zamonaviy talablar asosida yondashish maqsadga muvofiqdir. Kompetentli yondashuv tushunchasi, o'rganilishi, o'rni va ahamiyati. Kompetensiya iborasi zamonaviy adabiyotda keng qo'llaniladigan termin bo'lib, ta'lim, xodimlarni tanlash, mehnat natijasini baholash, ta'limning muvaffaqiyatligi, professional yo'naltirilganlik va shu kabi masalalarni qamrab oladi. Bugungi kunda ma'no nuqtai nazaridan oxirgacha aniqlashtirilmagan deb hisoblanadi. 1970-yillarda ko'pgina G'arb Yevropa davlatlarida paydo bo'lib, bunda kompetentlik professional tayyorgarlikning yangi yo'nalishini ko'rsatadigan bo'ldi. «Kompetentlik» termini ta'lim faqatgina individual, texnik yoki tajribaviy bilim va qobiliyatni egallash masalalari bilan bog'liq bo'lib qolmay, balki individ shaxsni keyinchalik rivojlantirishga baza bo'lib, xizmat qila oladigan qobiliyat va ko'nikmalari majmuasini ifoda qiladi. Ammo bu g'oya barcha Yevropa davlatlarida turlicha o'z ifodasini topdi. Masalan, Germaniyada 1980-yillardan boshlab, «professional faoliyatda kompetentlik» iborasi boshlangich professional tayyorgarlik mobaynida erishilishi shart bo'lgan maqsadni ifodalagan. Bu o'qitish kursi o'zaro bog'liqlik, texnik kompleks va umumiy bilim yig'indisidan iborat bo'lib, bu bitiruvchiga turli ish joylarida ishni davom ettirish imkonini berar edi. Bu umumiy malaka o'zgarishsiz qolishi mumkin emas, u rivojlanib borishi kerak, chunki individ va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqqan xolda mehnat dunyosining talablari va shartlari ham o'zgarib turadi.

Zamonaviy pedagogik ta'limda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni shartli ravishda ikkita tashkil etuvchiga ajratish mumkin:


- bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash tizimida yondoshuvning joriy qilinishi munosabati bilan sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar;
Maktab ta‘limi tizimida axborotlashgan jamiyatning talablari bilan yuzaga kelayotgan va pedagogik ta‘lim tizimiga nisbatan ilgari boruvchi xarakterga ega bo‘lgan o‘zgarishlar. Boshlang‘ich maktab ta‘lim jarayonida yangi axborot va telekommunikatsion texnologiyalarning qo‘llanilishi o‘quv jarayonini faqat axborot-texnologik va Kompyuterli-metodik qo‘llash vositalarining mavjudligini ta‘lim jarayonida axborot texnologiyalaridan samarali foydalanuvchi ma‘muriy va muxandis- texnik kadrlarni tayyorlashnigina emas, balki boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilarining ham maxsus tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini ham talab etadi.

Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilarining AT tayyorgarligining zamonaviyligi.
Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilarining AT tayyorgarligining zamonaviy holatini tahlil qilish quyidagi yondoshuvlarni aniqlash imkonini berdi:
-biror yondashuv, u kasbiy tayyorlash jarayoniga informatikani va uni o‘qitish metodikasini o‘rganish uchun qo‘shimcha o‘quv soatlarini kiritish;
- modulli- komponentli yondoshuv, u ta‘lim kursini o‘qituvchining konkret
pedagogk faoliyat vaziyatlarida yuzaga keladigan kasbiy masalalarni axborot va kommunikatsiya texnologiyalarida foydalanish bilan hal etish qobiliyatini aniqlovchi integral xarakteristika sifatida tushuniladigan o‘qituvchining kasbiy axborot -texnologik komponentligi tushunchasiga tayanib modulli qurish bilan tavsiflanadi;
- integrativ yondoshuv – u informatikani va axborot texnologiyalari turli o‘quv fanlari bilan integratsiyalanishini nazarda tutadi.
- majmuaviy yondoshuv – u ta‘lim jarayonini majmuaviy (kompleks) tushunish kontseptsiyasiga asoslanadi va uning xususiyati ta'lim jarayoni hamma usullarini ta‘limning axborotlashuvi bilan bog‘langan falsafiy, umumta‘limiy, psixologik-pedagogik va metodik masalalarni jalb qilishdan iboratdir. SHunday qilib, hozirgi vaqtda boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisining AT tayyorgarligi ikki komponentli tayyorlash tizimidan (informatika va uni o‘qitish metodikasidan) ko‘p komponentli tizimga o‘tish bilan tavsiflanadi. Davlat ta‘lim standartlari tahlilining ko‘rsatishicha, boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilarini AT tayyorlash kichik maktab yoshidagi o‘quvchini kompyuter savodxonligini rivojlantirishga tayyorgarligini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Shu bilan bir vaqtda boshlang‘ich maktabni axborotlantirish bosqichi o‘quvchilarning axborotli savodxonligini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bunda u axbortli faoliyat uquvlari va malakalarini, atrof-olam to‘g‘risida axborot fazasi to‘g‘risidagi tasavvurni, asosiy kommunikativ malakalarni axborotga qadriyatli yondoshuv bilan biriktirilishini o‘z ichiga oladigan integratsiyalashgan shaxsiyatli sifat deb qaraladi Yuqorida aytilganlarga asosan, biz axborotli kompetentlikni boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisining kasbiy ta‘limi natijalaridan biri deb hisoblaymiz va uni kichik maktab yoshidagi o‘quvchida axborotli komponentligining strukturasini quyidagicha muhokama qilamiz.
Kompetentlik-biron bir ishni samarali qila olish qobiliyati, ma'lum bir kasbda qo'llaniladigan standartlar bo'yicha bajara olish qobiliyati.
Quyidagi kompetentlik turlari mavjud:
- Ozini tutish(individual)
- Texnik (pofessional)
- Umumiy
- Maxsus
- Boshlang'ich (porogovaya)
- Ijrochi
- Differensial
1. Ozini tutish (povedencheskaya) kompetentligi- o'zining professional vazifalarini bajarish paytida insonning individualligini xarakterlovchi kompetentlik tushuniladi.
2. Texnik (professional) kompetentlik- bu mexnat natijalari, professional majburiyatlarni bajarish standartlari bilan bevosita bog'liq bulgan kompetentlik tushuniladi.
3. Umumiy kompetentlik-ma'lum bir kasb bilan shug'ullanuvchi barcha insonlarni xarakterlovchi kompetenllik xisoblanadi.
4. Maxsus kompetentlik- aniq professional majburiyatlarni samarali bajarish uchun kerak bo'lgan kompetentlik tushuniladi.
5. Boshlang'ich kompetentlik-topshirilgan professional vazifalarni bajarish uchun ishchiga zarur bo'lgan asos, baza kompetentlari tushuniladi.
6. Ijrochilik kompetentligi- erishilgan natijaning sifatini aniqlashtiruvchi kompetentlikdir.
7. Differensial kompetentlik - u yoki bu darajada samarali ijrochilarni farqlashga yordam beradigan kompetenlik hisoblanadi.
Informatika va axborot texnologiyalari fanlarini o'qitish jarayonida kompetentlikni shakllantirishga qaratilgan ta'lim metodlari va vositalaridan foydalanish.
Pedagog shaxsiga qo'yiladigan talablar asosida uning modelini ishlab chiqishda oliy ta'limning Davlat ta'lim standartlarida belgilab berilgan quyidagi holatlar asos uchun qabul qilindi:
- pedagogning faoliyat sohalari: ta'lim; boshqaruv.
- pedagogning faoliyat turlari: o'quv; metodik; tarbiyaviy; tashkiliy; ilmiy (rahbarlik); kadrlar bilan ishlash; tadbirkorlik; ekspertlik va boshqalar.
- pedagog faoliyat yurituvchi muassasalar: maktagacha ta'lim; umumiy o'rta ta'lim; o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi; oliy ta'lim; oliy ta'limdan keyingi ta'lim; maktabdan tashqari ta'lim; ta'limni boshqarish organlari. Pedagog shaxsiga qo'yiladigan talablar mazmuni asoslandi va ularning har biriga tavsif berildi.
Kompitiv komponent – u o‘z ichiga informatika, axborot-texnologiyalari, kichik maktab yoshidagi o‘quvchida axborotli savodxonlikni shakllantirish metodikasi sohasida deklarativ, protsedurali va metodologik bilimlarni o‘z ichiga oladi. -texnologik komponent; u kichik maktab yoshidagi o‘quvchida axborot savodxonligini shakllantirish bo‘yicha faoliyat tajribasini egallashga yo‘naltirilgan axborot va metodik uquvlar majmuasini o‘z ichiga oladi; - motivatsion–qadriyatli komponent; u axborotlashtirish sharoitlarida bilish va o‘zini bilish jarayoniga, axborotga, axborot va axborot-pedagogik texnologiyalarga, pedagog kasbiga munosabatlar guruhlarini va, shuningdek, o‘zini mustaqil rivojlantirish va o‘zi o‘z namoyon qilishga intilishini o‘z ichiga oladi;
Kommunikativ komponent: u «o‘qituvchi–Kompyuter- o‘quvchi», «o‘quvchi–Kompyuter-o‘quvchi», «o‘qituvchi–Kompyuter–o‘qituvchi» pedagogik tizimlarda ta‘lim jarayoni sub‘ektlarining kommunikativ faoliyatini tashkil etish tajribasini egallashga yo‘naltirilgan; Biz bo‘lajak boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisining axborotli kompetentligini darajalar bo‘yicha rivojlanishini muhokama qilamiz. Adaptatsiya – ijro darajasi (kichik maktab yoshidagi o‘quvchida axborot savodxonligini shakllantirish metodikasining nazariy asoslarini eslab qilish va qayta tiklash, kichik maktab yoshidagi o‘quvchida bir tipli, standart vaziyatlarda axborotli savodxonligini shakllantirish algoritmlarini egallash bilan tavsiflanadi, axborot texnologiyalarini bilish va mustaqil o‘zlashtirishga cheklangan motivatsiya bo‘ladi);
Lokal–modellashtiruvchi daraja (axborot texnologiyalari sohasida yangi bilimlarni qidirish va qo‘llanish, bo‘lajak boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisida boshlang‘ich maktab axborot – ta‘lim muhitini lokal modellashtirish uquvining mavjudligi, informatika propedevtika kursini o‘qitish metodikasiga maktabning informatikalashuvi darajasiga bog‘liq ravishda o‘zgarishlar kiritish, kommunikativ faoliyatga yangi axborot texnologiyalarini joriy etish bilan tavsiflanadi; o‘zini mustaqil bilishga cheklangan ehtiyoj mavjud bo‘ladi; axborot texnologiyalari sohasida va kichik maktab yoshidagi o‘quvchida axborot savodxonligini shakllantirish sohasida tajriba to‘plangan).
- Tizimli– odellashtiruvchi daraja (axborot texnologiyalari sohasida bilimlar tizimining mavjudligi, kichik maktab yoshidagi o‘quvchida axborot savodxonligini shakllantirish sohasidagi metodologik bilimlarning mavjudligi, boshlang‘ich maktab axborot ta‘lim muhiti yaratishga qobiliyat, «o‘qituvchi –Kompyuter-o‘quvchi», «o‘quvchi-Kompyuter-o‘quvchi», «o‘qituvchi-Kompyuter-o‘qituvchi»kommunikativ faoliyatini tashkil etishga qobiliyat, yoki uni yangi axborot texnologiyalaridan tizimli foydalanish hisobiga faollashtirish qobiliyati, nostandart pedagogik vaziyatlarda mavjud maxsus bilimlar va metodik bilimlarni qo‘llanishi bilan tavsiflanadi).


Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish