«Katta sakkizlik» tarkibiga kiruvchi mamlakatlarning ko‘rsatkichlari (2018 yil)
|
Aholi soni
| |
YaIM
| | |
Mln.
kishi
|
Jamiga nisbatan
foizda
|
mlrd.
doll.
|
Jamiga nisbatan
foizda
|
Jahon bo‘yicha
|
7550,3
|
100
|
80737
|
100
|
AQSh
|
328,1
|
4,3
|
21344,7
|
26,4
|
Yaponiya
|
126,4
|
1,7
|
5176,2
|
6,4
|
Germaniya
|
82,8
|
1,1
|
3963,9
|
4,9
|
Buyuk Britaniya
|
66,5
|
0,9
|
2829,2
|
3,5
|
Fransiya
|
65,1
|
0,9
|
2761,6
|
3,4
|
Rossiya
|
144
|
1,9
|
1610,4
|
2,0
|
Italiya
|
60,8
|
0,8
|
2025,9
|
2,5
|
Kanada
|
37,1
|
0,5
|
1739,1
|
2,2
|
«Katta sakkizlik»
mamlakatlari birgalikda
|
910,8
|
12,1
|
41451,0
|
51,3
|
Manba: http://ru.wikipedia.org.
Valyuta-moliyaviy sohani xalqaro uyg‘unlashtirishning kuchayishi ko‘p jihatdan XVFning faoliyati bilan bog‘liq. U o‘zining nizomiga muvofiq valyuta kurslari va a’zo mamlakatlar to‘lov balanslarini tartibga soladi, ko‘p tomonlama to‘lov tizimlari va rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi qarzlarini nazorat qiladi, a’zo mamlakatlarga ularning valyuta-moliya muammolarini hal qilish uchun kredit beradi. - Valyuta-moliyaviy sohani xalqaro uyg‘unlashtirishning kuchayishi ko‘p jihatdan XVFning faoliyati bilan bog‘liq. U o‘zining nizomiga muvofiq valyuta kurslari va a’zo mamlakatlar to‘lov balanslarini tartibga soladi, ko‘p tomonlama to‘lov tizimlari va rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi qarzlarini nazorat qiladi, a’zo mamlakatlarga ularning valyuta-moliya muammolarini hal qilish uchun kredit beradi.
- Rivojlanayotgan mamlakatlarda tarkibiy qayta qurishlarni moliyalashtirish bilan XTRB faol shug‘ullanadi. XTRB va u bilan birga Jahon banki tarkibiga kiruvchi Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) har xil investitsion obyektlarni o‘rta va uzoq muddatli kreditlash bilan shug‘ullanadi, loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy asoslarini tayyorlaydi, rivojlanayotgan mamlakatlardagi tarkibiy qayta o‘zgartirishga yordam beradi.
- Davlatlararo tashkilotlar ichida barcha sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlarni birlashtiruvchi IHRT muhim rol o‘ynaydi. Uning doirasida ichki iqtisodiy tadbirlarning boshqa mamlakatlar milliy iqtisodiyoti samaradorligiga ta’sirini, ularning to‘lov balansi holatini o‘rganish amalga oshiriladi, milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jaligi tamoyillariga tez moslashishini ta’minlash maqsadida makroiqtisodiy tartibga solish bo‘yicha tavsiyanomalar beriladi. IHRT jahon xo‘jaligi doirasida ko‘p omilli fuksional aloqalarni o‘rganishni amalga oshiradi, valyuta va budjet siyosati, narxlar, savdo va boshqa sohalar bo‘yicha ilmiy asoslangan iqtisodiy prognozlar tavsiya etadi.
- Sharqiy Yevropa mintaqasida tarkibiy qayta qurishga moliyaviy ta’sir ko‘rsatish va yordam tashkil qilish maqsadida 1991 yil Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) tuzildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |