Mavzu: Xalqaro savdo. Xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro savdo to‘g‘risidagi turlicha nazariyalar



Download 366,51 Kb.
bet3/18
Sana23.06.2022
Hajmi366,51 Kb.
#694827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
XALQARO SAVDO

Mutlaq ustunlik nazariyasi
Merkantilistlarga keskin zarba bergan iqtisodchilardan biri Adam Smit buldi. Adam Smit millat boyligi tuplangan oltin mikdoriga emas, balki mamlakatning pirovard tovar va xizmatlar ishlab chikara olish kobiliyatiga kuprok boglikligini aniq-ravshan asoslab berdi. SHuning uchun ham asosiy masala oltinga ega bulishda emas, asosiy masala mehnat taqsimoti va mehnat kooperasiyasi hisobiga ishlab chiqarishni rivojlantirish hisoblanadi. Ishlab chikaruvchilar iqtisodiy jixatdan mutlak erkin, mavjud konunlar doirasida o‘z faoliyatlari turini mustaqil ravishda tanlay oladigan sharoitlarda eng yaxshi natijaga erishish mumkin. Bu siyosat "lesse-fer" nomini oldi.


@ «Lesse-fer» (fr. fr. laissez-faire) — iqtisodiyot va erkin raqobatga davlatning aralashmaslik siyosati.

Adam Smitning tashki savdo siyosati bir kancha farazlarga asoslangan. U quyidagilarni aksioma sifatida kabul qiladi:



  • Mehnat yagona ishlab chiqarish omili;

  • To‘lik bandlikka erishilgan, ya’ni barcha mavjud resurslardan tovar ishlab chiqarishda foydalaniladi;

  • Xalqaro savdoda ikki mamlakat ishtirok etadi, bu mamlakatlar ikki xil tovar bilan o‘zaro savdo olib boradi;

  • Ishlab chiqarish xarajatlari doimiy, ularning kamayishi tovarga bulgan talabni kupaytiradi;

  • Bir tovarning narxi ikkinchi tovarni ishlab chiqarishga sarflangan mehnat bilan ifodalangan;

  • Tovarni bir mamlakatdan ikkinchisiga tashish bo‘yicha transport xarajatlari nolga teng;

  • Tashki savdo cheklashlar va reglamentasiyalardan xoli. Adam Smit karashlariga muvofik ravishda:

  • Hukumat tashki savdoga aralashmasligi, ochik bozorlar rejimi va erkin savdoni kullab-kuvvatlashi kerak;

  • Millatlar, xususiy shaxslar ham uzlari ustunlikka ega bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi va bu tovarlarni ishlab chikarilishida boshka mamlakatlar ustunlikka ega bulgan tovarlarga ayirboshlash asosida savdo qilishi kerak;

  • Tashki savdo bozorni mamlakat sarxadlaridan tashkariga kengaytirish orkali mehnat samaradorligini rivojlantirishni ragbatlantiradi;

  • Eksport mamlakat iqtisodiyoti uchun ijobiy omil sanaladi, zero u mamlakat ichkarisida sotish imkoniyati bulmagan ortikcha tovarlarni sotish imkoniyatini beradi

  • Eksportga subsidiyalar ajratilishi axoli uchun ortikcha soliq hisoblanadi va ichki narxlarning ortishiga olib keladi, shuning uchun bu subsidiyalar bekor kilinishi kerak.

@ Mutloq ustunlik nazariyasi — mamlakatlar o‘zlari eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqaradigan (ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega bo‘lgan) tovarlarni eksport qiladi va boshqa mamlakatlarda eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqariladigan (ishlab chiqarishda savdo hamkorlari mutlaq ustunlikka ega bo‘lgan) tovarlarni import qiladi.
Agar ikki mamlakat savdo hamkoriga nisbatan kam xarajatlar bilan ishlab chiqaradigan (ya’ni mamlakat ishlab chiqarish xarajatlari bo‘yicha mutlaq ustunlikka ega bo‘lgan) tovarlar bilan o‘zaro savdo qilganda xalqaro savdo foydali bo‘ladi. Mehnat yagona ishlab chiqarish omili bo‘lganligi bois ishlab chiqarish xarajatlarida mutlaq ustunlik sharti bir birlik tovarni ishlab chiqarishga sarflanadigan vaqt bir mamlakatda ikkinchisidan kamroq bo‘lishini anglatadi. Agar to‘liq bandlik hukmron bo‘lsa, ya’ni tovarlar ishlab chiqarishda barcha mavjud resurslardan to‘liq foydalanilyapti deb faraz qilaylik, bir mamlakat doirasida bu shartning bajarilishini quyidagi formula orqali ifodalanilishi mumkin:

A1Q1 + A2Q2 £ L, (1)


Bu erda A1 — bir birlik birinchi tovarni ishlab chiqarishga sarflangan vaqt, A2 — bir birlik ikkinchi tovarni ishlab chiqarishga sarflangan vaqt, Q1 — ishlab chiqarilgan birinchi tovar miqdori, Q2 — ishlab chiqarilgan ikkinchi tovar miqdori, L — mamlakatdagi mavjud mehnat resurslari. Formuladan ko‘rinib turibdiki, birinchi tovar ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun mamlakat ikkinchi tovar ishlab chiqarishini qisqartirishga majbur. Va, aksincha, ikkinchi tovar ishlab chiqarilishining har qanday ko‘paytirilishi birinchi tovar ishlab chiqarilishining kamayishiga olib keladi.


Ikkinchi mamlakatni ko‘rib chiqaylik. Bu mamlakatda A1¢ — bir birlik birinchi tovarni ishlab chiqarishga sarflangan vaqt, A2¢ — bir birlik ikkinchi tovarni ishlab chiqarishga sarflangan vaqt.
Agar birinchi mamlakatda birinchi tovarni ishlab chiqarish uchun ikkinchi mamlakatga nisbatan kam vaqt sarflansa (bu birinchi mamlakat ikkinchisiga nisbatan mutlaq ustunlikka ega ekanligini bildiradi) bu mamlakat bu tovarni ikkinchi mamlakatga eksport qiladi: A11¢
Agar ikkinchi mamlakatda ikkinchi tovarni ishlab chiqarish uchun birinchi mamlakatga nisbatan kam vaqt sarflansa (bu ikkinchi mamlakat birinchisiga nisbatan mutlaq ustunlikka ega ekanligini bildiradi) bu mamlakat ikkinchi tovarni birinchi mamlakatga eksport qiladi: A22¢
Mutlaq ustunlik nazariyasining kuchli tomoni shundaki, u mehnatning qiymat nazariyasiga asoslangan va mehnat taqsimotining yaqqol ustunliklarini nafaqat milliy miqyosda, balki xalqaro miqyosda ham ko‘rsatib beradi. Xalqaro savdoni tushuntirib berishda uning cheklanganligi ham yaqqol ko‘rinib turadi.
Bu nazariya u yoki bu tovarlarni ishlab chiqarishda mutlak ustunlik bo‘lmaganda mamlakatlar nima sababdan o‘zaro savdo olib borishini tushuntirib bera olmaydi.



Download 366,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish