Mavzu: Xitoy xalq respublikasining demografik xususiyatlari. Reja mamlakat aholisi soni, tarkibi, joylashuvi. Mamlakatning demografik ko’rsatkichlari



Download 133,55 Kb.
bet2/6
Sana26.04.2022
Hajmi133,55 Kb.
#582332
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xitoy Xalq Respublikasi 091218234301

Tug'ilishning rejalashtirilishi.
Bizga ma'lumki, tug'ilishni rejalashtirish aholining xohish-irodasiga asosan amalga oshiriladi. Tug'ilishni rejalashtirishning asosiy mezonlari quyidagilardir:
· Kech nikohlarni va kech bola ko'rishni qo'llab-quvvatlash; 1981 yilda Xitoy hukumati yoshlarning turmush qurish yoshini belgilash to'g'risida qonun qabul qildi, unga binoan erkaklar 22 yoshdan, ayollar esa 20 yoshdan kichik bo'lmasligi qat'iy ko'rsatilgandir;
· Oilada farzand ko'rish soni belgilanib, 1 oilaga 1 farzand deb belgilandi;
· Qishloq joylarda agar oilada nogiron farzand tug'ilgan bo'lsa, ularga 2- farzandni ko'rishga va oz sonli millat uchun ham 3 farzand ko'rishga ruxsat berildi.
Xitoy hukumati tug'ilishni rejalashtirish siyosatini birinchi navbatda, mamlakatning aholi zich joylashgan hududlari, shahar va qishloqlarida amalga oshira boshladilar. Ba'zi qishloqlarda, ishchi kuchi yetishmayotgan hududlardagi yosh oilalarda ikkinchi farzand tug'ilishini rag'batlantirishga qaror qilindi. (Lekin birinchi farzand bilan ikkinchi farzand o'rtasida ma'lum bir muddat o'tishi kerak deb belgilandi).
Ko'pgina Milliy Avtonom rayonlarda kichik millatlarning soni va irodasiga muvofiq, tabiiy sharoitlari va iqtisodining holati, madaniy an'analari, ularning urf-odatlaridan kelib chiqqan holda, har bir oilaga ikki, ba'zi bir joylarda esa, uchtadan farzand ko'rish mumkin deb topildi. Juda kam sonli kichik millatlarda tug'ilishni chegaralash siyosatini mutlaqo qo'llash mumkin emasligi kelishilib olindi.
Hozirgi davrda xitoyliklarning «Nikoh» tushunchasida chuqur o'zgarishlar yuz bermoqda. Yoshlar o'z ixtiyorlari bilan hukumat tomonidan belgilangan yoshdan ham kechroq turmush qurishga, o'zlarining moddiy va ma'naviy ahvollarini yaxshilab olishga intilmoqdalar. Har bir oila o'zlarining farzandlarini sog'lom va barkamol bo'lib o'sishini ta'minlashga harakat qilmoqdalar.

Xitoy oilalari.
Hozirgi kunda Xitoy jamiyatida 352 mln. oila mavjud bo'lib (2007 y.), har bir 100 oilaga o'rtacha 363 kishi to'g'ri kelmoqda. Oddiy Xitoy oilalari er-xotin va ularning bolalaridan tashkil topgan bo'lsa, ba'zi bir oilalarda katta avlod kishilari - buva va buvilar ham istiqomat qilishadi. Lekin, ko'pchilik xollarda yosh avlodlarning mustaqil hayot kechirishga intilishlari oqibatida oilalar tobora ixchamlashib bormoqda. Ilgarilari har bir oilada o'zining «bosh rahbari» bo'lgan bo'lsa, hozirgi kunda har bir oila a'zosi o'zaro maslahatlashgan holda hayot kechirib, kelajak rejalarini qurmoqdalar.
Xitoy Xalq Respublikasi ko'p millatli unitar davlatdir. 1990 yil Butun Xitoy aholisini ro'yxatga olish natijalariga ko'ra, Xan millati umumiy aholining 91,96 foizini, qolgan 55 ta millatlar esa, aholining 8,04 foizini tashkil etdi. Xitoy jamiyatida xan millatidan tashqari barcha millatlarni «kam sonli millatlar» deb hisoblash rasman qabul qilingan.
Xan millati mamlakatning deyarli barcha hududlarida, shu bilan birga, Xuanxe, Yanszi va Chjuszyan daryolarining havzalarida, mamlakatning janubiy sharqiy hududilarida keng tarqalgandir. «Kam sonli millatlar» Xitoy jamiyatida ozchilikni tashkil etsada, ular mamlakat hududining 64,3 foizida istiqomat qiladilar. «Kam sonli millatlar» asosan, Xitoyning Shimoliy-Sharqiy, Shimoliy, Shimoliy-G'arbiy va Janubiy-G'arbiy qismlarida keng tarqalgandir. Yunnan provinsiyasida esa, hozirgi kunda, (janubiy g'arbiy Xitoy) 20 dan ortiq millatlar yashaydilar.
Mamlakatning ko'pgina shahar va uezdlarida odatda, millatlar soni kam bo'lib, asosan ularda bitta yoki ikkita millat vakillari yashashadi. Mamlakat aholisini sonida erkaklar salmog'i ustun bo'lib, ular - 50,8% ni, ayollar esa 49,2% ni tashkil etadi. Aholining aksariyat qismini o'rta yoshdagilar tashkil etib, (15-64 yosh) ular - 67,6% ni, bolalar (14 yoshgacha) 25,7 % ni, qariyalar esa (65 yoshdan yuqori) - 6,7 % ni tashkil etadi[1].
Xitoy Xalq Respublikasi agrar-industrial davlat hisoblanadi. Uzoq Sharq va Janubiy-Sharqiy Osiyoning boshqa mamlakatlari kabi uning aholi punktlarini hududiy joylashuvida keskin tafovutlar ko'zga tashlanadi: deyarli 90% aholi mamlakat hududining 1/3 qismida to'plangandir. Shunday bo'lsada, aholining 64%i qishloqlarda, qolgan 36%i esa, shaharlarda yashaydi (2007y.), ya'ni yoqorida ta'kidlanganidek, mamlakatning katta qismida aholi zichligi juda pastdir. Xitoy o'zining urbanizatsiya darajasiga ko'ra, yaqingacha sust urbanizatsiyalashgan mamlakatlar qatoriga kirib kelgan. Biroq, shahar aholisining tugilish bo'icha «portlash»i, ja'ni, juda ham tez sur'atlarda o'sishi, uni chetlab o'tmadi. Endilikda shahar aholi punktlarining, yirik shaharlarning (450 ta) va millioner shaharlarning (34ta) umumiy soni jihatidan, shuningdek, shahar aholisining mutloq miqdori bo'yicha Xitoy dunyoda birinchi o'rinni egallamoqda. Xitoy o'zining qishloqlari soniga ko'ra ham dunyoda birinchi o'rindadir: mamlakatda taxminan 700 000 ta qishloq bor


Download 133,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish